Jahon adabiyotida amir temur siymosi


Edgar Allan Poning "Tamerlane" poemasi



Download 0,52 Mb.
bet3/3
Sana13.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#788101
1   2   3
Bog'liq
amir temur (2)

2. Edgar Allan Poning "Tamerlane" poemasi
Edgar Allan Po (1809-1849)— amerika romantik yozuvchisi va adabiy tanqidchisi. G’arbdagi simvolizm oqimi boshlovchisi. Aktyorlar oilasida tug’ilgan. 1815-20 yillarda Buyuk Britaniyada yashagan. 1825 yili Virginiya universitetiga kirgan, Uest-Poynt harbiy akademiyasida o’qigan. Asosan, fojiali, «dahshatli» , yoki yumoristik novellalar klassigi. Po g’arb detektiv adabiyotining asoschilaridan («Tilla qo'ng'iz», «O'g'irlangan maktub»).Shafqatsizlik, yovuzkorlik Po hikoyalarida inson tabiatidagi hayvoniy hirslarning tantanasi tarzida talqin etilgan. Po jamiyat hayoti, kishilar tabiati va ruhiyatidagi yemirilish hollarini tasvirlar ekan, hajviy va ijtimoiy-tanqidiy qarashdan ham samarali foydalangan. «Ijod falsafasi» , «Poetik printsip» falsafiy asarlari bilan shimoliy amerika estetikasi rivojiga munosib hissa qo’shgan. Poning detektiv hikoya janrida orttirgan tajribalari A. K. Doyl, R. L. Stivenson, G. Chesterson singari ingliz adabiyoti vakillari ijodida an’ana sifatida foydalanildi;
Amerika adabiyotida butunlay yangi uslub yarata olgan Edgar Po garchi o’z vatandoshlari tomonidan tan olinmagan bo’lsa-da,mashhur fransuz shoiri Sharl` Bodler tomonidan qilingan tarjimalardan keyin uning jahon adabiyotiga, eng avvalo g'arb simvolizm oqimiga ko’rsatgan beqiyos ta’siri yuzaga keldi. She’riy ijodi fransuz va rus simvolistlariga ta’sir ko’rsatgan. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan («Tilla qo’ng’iz», 1962)
“Temurbek” — Edgar Allan Po sheʼri boʻlib, Amir Temur haqida yozilgan amerikalik adib asari hisoblanadi. Po Amir Temur hayotini xayoliy tarzda tasavvur qilgan va yozilgan. She'r birinchi marta 1827 yilda "Tamerlan va boshqa she'rlar" to'plamida nashr etilgan. Faqatgina 50 nusxada chop etilgan ushbu to'plam muallifning haqiqiy ismi bilan emas, balki "Bostniyalik" taxallusi bilan yozilgan. She'rning asl nusxasi 403 misra edi, lekin uni kiritish uchun 223 misraga qisqartirildi. Asarda Temur hayoti tasvirlanadi, albatta, u tasvirlar hammasi hayoliy hech qanday tarixiy sodir bo'lgan voqea hisoblanmaydi
Asarning asosiy mavzulari - mustaqillik va g'urur, shuningdek, yo'qotish va surgun. Po she'rni o'zining dastlabki muhabbati Sara Elmira Royster, uning tug'gan onasi Eliza Po yoki uning sut onasi Frensis Allanlardan mahrum bo'lganligi sababli yozgan bo'lishi mumkin. Ayni 18 yoshida o'sha yoshdagilarga xos fikrlab, u qaysidir ma'noda o'z hayotini o'sha she'rda aks ettirganini ko'pchilik adabiy tahlilchilar bayon qilishadi. Aniq yoshlik she'ri bo'lgan deyishimiz mumkin. She'rda, shuningdek, Po hayoti davomida foydalanadigan mavzular, jumladan, o'z-o'zini tanqid qilishga moyilligi va mukammallikka intilishlari muhokama qilinadi. She'rga lord Bayronning Manfred dramasi va uning "Jiaur" she'ri uslubi ta'sir qilgan.
Po Temur haqida birinchi marta 1822 yil iyul oyida Virjiniya shtatining Richmond shahrida yosh yigit sifatida eshitgan bo'lishi mumkin. Richmond teatrida "Tatar Timuri" nomli ot tomoshasi oktabr oyida takrorlandi. Ba'zi Poning hayotini o'rganuvchi olimlari, Po ishtirok etgan yoki hech bo'lmaganda shou haqida eshitgan deb taxmin qilishadi. Ammo qiziq tomoni u Tamerlane taxallusi bilan Baltimor Saturday gazetasida uning 2 ta she'ri ham chop etilgan.
“Temur” she’ri buyuk jangchining (Temur) o’z hayotiga nazar tashlab, agar boshqa tanlov qilganida nima bo’lar edi, deb o’ylayotgan afsuslari haqidadir. Xususan, u shuhratparastlik uchun sevgidan voz kechganidan afsuslanadi. U she'rni aytib o'tayotgan paytda, u umrining oxiriga yetgan va o'limini kutayotgan bir ruhoniy bilan gaplashmoqda.
Ushbu poemani ingliz tilidan o'zbek tiliga  Miraziz A’zam va Faxriyor tarjima qilgan. Hozirgi kunda uni kutubxona va internet saytlar orqali topish mumkin.
Ota yaqinlashar qazo soati
Yupanchdan na foyda? U kor qilsaydi?
Sen qilgan na tavba va na bir toat
Kibr gunohini yuva olsaydi?
Asar to'liq Temur tilidan bayon qilinadi. “Qazo soati”ga ishora qilish bizga hozircha kimligi aniq bo’lmagan she’rning hikoyachisining umrining oxiriga yetganini bildiradi. Shu o'rinda taxmin qilishimiz mumkinki, u gaplashayotgan ''ota'', ehtimol, oxirgi soatlarida u bilan birga kutayotgan ruhoniydir. Shu tariqa uning bolaligi haqidagi xotirlar bilan davom etadi.
Uning bolalik davri tasvirlangan bir necha satrlardan so'ng, biz she'rning markaziy nuqtasiga tushamiz : u bir paytlar oshiq bo'lgan.
Bu satrlardan biz nafaqat uning bu ayolni juda sevib qolgani, balki shu qadar uzoq vaqt oldin bo'lganini eslash qiyin bo'lgan taassurotga ega bo'lamiz ("hayolimda - beqaror shamolda soyalar"). Yana she’rda g’amginlik, o’kinch hissi bor. Temur buni aniq aytmasa-da, bu satrlarning ohangi yo'qotishdan darak beradi; u hali ham hayotining bir bo'lagi bo'lishini orzu qilgan odamning xotirasini zo'rg'a ushlab turadi.
Qisqacha aytganda, Allan Po bu ushbu hayoliy poemasini yaratishda aynan o’z mentaliteti va o’z qarashlari asosida yozgan. Umuman olganda tarixdagi har qanday shaxsni turli tomondan qarab u haqidagi turlicha adabiy asar yaratishimiz mumkin. Bu bilan ushbu asarni yomonlash niyatim yo’q shunchalik jahon adabiyotida yuqori o’rin egallab juda ko’plab adiblar aynan bobokalonimiz haqida asarlar yaratishining o’zi juda kata natija.
3. Marsel Brion " Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur " romani


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish