M. B. Qurbonovaga berildi. M. B. Qurbonova Аmir Temurning buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli meʼmor, notiq, ruxshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va



Download 7,16 Mb.
Sana30.06.2022
Hajmi7,16 Mb.
#719599
Bog'liq
Amir Temur


Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji Аmir Temur tavalludining
686 yilligi munosabati bilan “Ulug’ siymolar nomi doimo barhayot” mavzusida
oʼtkazilgan “Master-klass”
BАYONNOMАSI

9 aprel 2022 yil Buxoro shahri

Qatnashchilar: BuxDU “Tarix va madaniy meros” fakulteti dekani Jo’rayev J.R. “Milliy gʼoya, maʼnaviyat asoslari
va huquq taʼlimi” kafedrasi dotsenti Maxmudova N.B.
Tarix fanlari dotsenti M.B.Qurbonova, “Milliy g’oya,
ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi
o’qituvchisi N.Z.Hayotova, “Buxoro tarixi” kafedrasi
katta o’qituvchisi Boltayev B.B, fakultet tyuter
o’qituvchilari 5-1 MIG’-20,5-2MIG’-18 talabalari,
30-maktab o’qituvchilari va o’quvchilari

KUN TАRTIBI:


  1. Аmir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Ulug’ siymolar nomi doimo barhayot” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir toʼgʼrisida

Tadbirni fakultet dekani J.R.Jo’rayev kirish soʼzi bilan ochdi. U bugungi tadbir Аmir Temur tavalludining 686 yilligini nishonlash doirasida oʼtkazilayotganligi, shuningdek, Аmir Temur oʼz davrining atoqli sarkardasi hamda olamga mashhur katta imperiyani tuzgan din va davlat arbobi, ilm-fan, sanʼat va adabiyotni qadrlagan tarixiy shaxs boʼlganligi haqida gapirib oʼtdi. U o’z so’zida, Buyuk Аmir Temur tomonidan yozilgan muhim asar “Temur tuzuklari”dir. Bu asar А.Temur hayoti davomida yozilgan boʼlib, unda davlatni boshqarishga oid Аmir Temurning tajribasidan kelib chiqgan nasihatlari, raiiyatni adolat bilan boshqarish toʼgʼrisidagi fikrlari keltirilgan. Bu kitob bugungi kunda davlat boshqaruvi sohasida dasturiamal boʼlib xizmat qilayotganligi haqida gapirib berdi. So’ng so’z “Buxoro tarixi” kafedrasi dotsenti t.f.n. M.B. Qurbonovaga berildi. M.B.Qurbonova Аmir Temurning – buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli meʼmor, notiq, ruxshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson ekanligini ta’kidlab, Temur va temuriylar davri, umuman Sharq, xususan Oʼrta Osiyo ilm-fani, madaniyati, maʼnaviyati, adabiyot va sanʼati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilish bo’lganligi haqida so’zlab berdi. Bu davrdagi maʼnaviy – maʼrifiy xayotdagi koʼtarilish va yuksalishining manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi Oʼrta Osiyoning madaniy, maʼnaviy va maʼrifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, maʼnaviyati va maʼrifatining davomidir. Oʼrta Osiyo xalqlari orasida yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllanganligi va ijod etganligi xususida gapirib oʼtdi.


Soʼzga chiqdi: 30-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor orinbosari Maxmudova Zarina. U so’zida maktabning 6,7,8,9-sinflaridan yig’ilgan badiiy jamoasi tashrif buyurganlari va Amir Temurga atalgan badiiy kecha tayyorlab kelganliklarini ayti. So’ng o’quvchi yoshlar ishtirokida tadbir namoyishi ko’rsatildi. O’quvchi –yoshlar tomonidan Amir Temurga bag’ishlab she’rlar, Temur tuzuklaridan namunalar, sahna ko’rinishlari va raqs ijro etildi .
Tadbir so’ngida J.R.Jo’rayev tadbirni tashkillashtirgan o’qituvchilar va maktab jamoasiga minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi. Faol o’quvchi yoshlarga Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan kitoblar berildi. Bundan keyingi tadbirlarda ham Buxoro Davlat Universiteti va maktabning o’zaro hamkorligini davom ettirish va mustahkamlash kerakligi ta’kidlandi.
Tadbir so’ngida t.f.n. dotsent N.B.Maxmudova so’zga chiqib, o’quvchi-yoshlar tomonidan ijro etilgan sheʼrlar, sahna koʼrinishlari, badiiy jamoa aʼzolarining chiqishlari tadbir ishtirokchilarida ijobiy taassurot qoldirganligini alohida taʼkidladi.Tadbirdan maqsad yoshlarimiz ongida vatanparvarlarlik, xalqparvarlik, vatanimizga munosib farzand boʼlib yetishish, el – yurt xizmati yoʼlida fidokorona mehnat qilish har birimizning muqaddas burchimiz - ekanligini anglatishi haqida fikrlar bildirildi.Bunday tadbirlarni tashkil etish kelajakda pedagog kasbini egallayotgan talaba yoshlarga master-klass sifatida ko’rsatilgani va tadbirlarni yanada jonliroq va qiziqroq o’tkazish bu mohir pedagogga bog’liqligi ta’kidlandi.
Qaror qilindi:



  1. Аmir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Ulug’ siymolar nomi doimo barhayot” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’z maqsadiga erishildi deb qabul qilinsin.

  2. Buxoro Davlat Universiteti jamoasi bilan va 30-maktab hamkorligi davom ettirilsin.

  3. Talabalar va o’quvchi-yoshlar hamkorligida tadbirlarni tashkil etish davom ettirilsin.

Yoshlar ishlari bo’yicha
dekan o’rinbosari: Boltayev A.A
Bayonlashtirdi: Hayotova N.Z




Download 7,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish