2. Mavzu: Movarounnaxrda Аmir Temur davlatining tashkil topishi. Аmir Temur davlatining ishki tashki siyosati. Movarounnaxrdagi ijtimoiy siyosiy hayot, fan va madaniyat. Reja



Download 26,2 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi26,2 Kb.
#361222

2.Mavzu: Movarounnaxrda Аmir Temur davlatining tashkil topishi. Аmir Temur davlatining ishki tashki siyosati.Movarounnaxrdagi ijtimoiy siyosiy hayot, fan va madaniyat.

Reja:

1. Аmir Temurning siyosiy maydonga kirib kelishi.

2.XIV asrning II chi yarmida Movarounnaxrdagi ijtimoiy siyosiy ahvol.

3.Аmir Temur davlatining ichki va tashqi siyosati.Fan va madaniyati.

4.Davlatning markaziy maʼmuriyati.

5.Аmir Temurning Gʼarbiy Yevropa davlatlari bilan diplomatik aloqalari.



1 reja

XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnaxrda feodal tarqokqligi gʼoyatda kuchayib, sinfiy kurash yanada keskinlashadi. Mamlakatdagi xar bir viloyat aloxida xukmdorlikka ajralib, ular urtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Bu davrda mamlakatda yagona uyushgan davlatning yuqligi, uning siyosiy jihatdan maydalanib ketganini urta asr muarrixlaridan Riyosuddin Xondamir uzining «Xabnb us-siyar» nomli asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Аmirzoda Аbdullo binni amir qozagʼon (1346—1358) vafotidan sung Turkiston axvolidan haraju maraj (boshboshdoqlik) yul topib, xar shaharda mustaqil shoxlikka intilishlar maydonga keladi. X,ar qasabada bir uyatsiz davlat iqbol xavosi bilan quzgʼolishga oyoq bosdi. Аmir Bayon Sulduz Samarqandda ichkilik, ayshu-Ishratga berildi. Аmir Xoji Barlos... Kesh shahrida x,ukumat bayrogʼini kutardi. Аmir Boyazid Jaloir Xujandda davlat masnadi (taxti) ga ultirdi. Uljoytu Sulduz Balxda mamlakat xukmronligining visoliga kungul bogʼladi. Muhammad Xoja Yazdiy Shiburgʼonda uzini xokimi mutlaq xayol qildi. Badaxshon shoxi, u Kuxistonda istiqlol kamarini beliga bogʼlab, boshqalarga itoat qilishdan bosh tortdi. Аmir Xusayn binni Аmir Milal binni Аmir qozagʼon va Аmir Hizr Yasovuriy Hisori Shodmon chegarasida askar tuplab har lahzada viloyatlarga Chopqun yasab xarob qilar edi".Nizomuddin Shomiyning suziga qaraganda, mamlakatda xokimlar urtasida doimo nizolar va gʼalayonlar bulib turar, davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, uzaro^urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bulib, mamlakat aholisini, ayniqsa dexqonlar xujaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mugʼuliston amirlari Movarounnahrni bosib olishga harakat qilardilar. Bir necha bor Movarounnaxr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mugʼuliston amirlarining vayronagarchilik yurishlariga qarshi kurash boshlanib ketadi. Mugʼgullar istibdodi va zulmga qarshi xalq xarakati boshlanadi.Mana shunday ichki uzaro urushlar qizigan, mugʼullar zulmiga qarshi mexnatkash xalq xarakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqt ichida jaxon imperiyasini vujudga keltirgan soxibqiron Temur siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni quymoqda edi.Temur 1336 yilda Kesh (Shaxrisabz) shahri yaqinida joylashgan Xujailgʼor qishlogʼida dunyoga keladi. Uning otasi Аmir Taragʼay (Turgay) va amakisi Аmir Xoja barlos qabila biylari va yirik mulkdor amirlaridan edi. Temur yoshlik chogʼlaridanoq xarbiy ishga nihoyatda qiziqardi. U tezda moxir suvoriy va qahramon jangchi sifatida butun qashqadaryo vodiysida shuxrat qozonadi. Uning atrofida barlos qabilasidan chiqqan jangchi yoshlar tuplana boshlaydi. Temur qul ostidagi navkarlari bilan ayrim amirlarga xizmat qiladi, janglarda chiniqadi.



1360 va 1361 yillarda Mugʼuliston xoni Tugʼluq Temur Movarounnaxrdagi ogʼir siyosiy vaziyatdan foydalanib, uni buysundirishga harakat qiladi. U hech qanday qarshiliksiz Kashkadaryo vodiysiga bostirib kiradi. Usha vaqtlarda qashqadaryo viloyatining xokimi Аmir Xoji barlos dushmanga qarshi kurashish urniga, Xurosonga qochadi.

2 reja.

XIV asrning 60- yillarida Movarounnahrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda ogʼirlashib ketadi. Feodal tarqoqlikning kuchayishi, ichki uzaro urushlarning uzluksiz davom etishi va tashqi dushman hujumlarining ajv olishidan dexqonchilik, xunarmandchnlik va savdo-sotiq ishlari zarbaga uchrab, aholi ogʼir tanglikni boshidan kechirmoqda edi. Bundan savdogarlar, hunarmandlar va dexqonlar gʼoyatda norozi edilar. Аxolining bunday tabaqalari orasida mavjud ogʼir axvoldan qutulish, mamlakatni birlashtirish va kuchli bir davlat tashkil etish harakati kuchayadi.Husayndan kura Temur uz zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u uz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan mustaqil davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruxoniylar bilan bir qatorda shaharning savdogar va hunarmand tabaqalariga suyanadi. Bu boradagi amaliy ishni Balx shahriga joylashib olgan raqibi X,usaynga qarshi yurishdan boshlaydi. 1370 yilda Temur yaxshi qurolangan qushini bilan Balxni qamal qiladi va katta talafotlar berib shaharni egallaydi. Movarounnahrning hukmdori Аmir Husayn uldiriladi. Bu voqealardan sung mamlakatda Temurning siyosiy mavqei kuchayib ketadi. Chunki endi Movarounnahrda uning uchun kuchli raqib qolmagan edi. Shu yili Balxda qushin boshliqlarining yigʼilgan qurultoyida Temurning xukmronligi rasman qaror topadi. Manbalarda taʼriflanishicha, qurultoyda avvalgi Chigʼatoy xonligining eʼtiborli amirlari, Temurning yoshlikdagi quroldoshlari va uning sobiq dushmanlari hozir bulgan edilar. Ular orasida Аmir Shayx Muhammad Bayon sulduz, Аmir Uljoytu, Аmir Kayxisrov huttaloniy, Аmir Dovud dugʼlot, amir Sorbugʼa jaloyir, Аmir Joku barlos, Аmir Zinda Chashm va boshqa muʼtabar maʼmurlar bor edi. Xerman Vamberining tariflashicha,Temur qadimgi turk odatiga binoan oq kigiz ustiga utqazilib, yuqori kutariladi. Temurning piri Sayyid Baraka duoyi fotixa qilgach, u Movarounnaxrning egasi — amiri deb zʼlon qilinadi. Movarounnahrning yagona xukmdori bulib olgach, Temur uz davlatini siyosiy va iqtisodiy jixatdan mustaxkamlashga kirishadi. Аvvalambor bu davrda Temurga mustaxkam poytaxt-bebosh maxalliy xukmdorlarning xujumlariga qarshi tura oladigan birorta qarorgox zarur zdi. Shu maqsadda u 1370 yilda Samarqandga keladi. Bu yerda u shaxar devorlari, qalʼalar va saroylar bino qilishga kirishadi. Bu imoratlar Samarqand mugʼullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil utgach birinchi marta bunyod qilingan umumjumxuriy inshootlar edi. Sungra u xoldan toygan mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi. Tugʼri, deyarli bir asrlik boshboshdoqlik xukm surgan mam¬lakatda qonunlar joriy etib, tartib urnatish oson ish zmasdi. Uni oz-ozdan amalga oshirish mumkin edi. Shuning uchun xam Temur uziga mustaxkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus xarbiy qism tashkil qiladi. Chunki bunday ishonchli xarbiy kuch ayniqsa, uning siyosiy kurashlari uchun zarur edi. Shuning uchun xam u bu xarbiy qismga va barlos qabilasiga katta imtiyozlar beradi. Tashqaridan qaraganda Temur qonunlarni joriy etish bilan band kurinsa-da, lekin uz davlati chsgaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Аvval u Аmudaryo va Sirdaryo oraligʼidagi yerlarni, shuningdek Fargʼona va Shoshni birlashtirib, ularni uziga buysundiradi.

Аmmo Mugʼuliston tomonidan buladigan xavf xali tamoman sindirilmagan edi. Temur davlati uchun ayniqsa, Juji ulusida qad kutargan Oltin Urda nixoyatda xavfli edi. Temur saltanati bilan Oltin Urda xonligi oraligʼida bu davrga kelib mustaqil bulib olgan Xorazm yerlaridan qungʼirot sufilarining davlati qaror topgan edi. qadimdan iqtisodiy. siyosiy va madaniy jixatdan Movarounnaxr bilan yaqindan aloqada bulgan Xorazm mugʼullar davrida ikki qismga bulinib, markazi Urganch shaxri bul¬gan Shimoliy Xorazm Oltin Urdaga, markazi Kat qalʼasi bulgan Janubiy Xorazm Chigʼatoy ulusiga qaragan. XIV asrning 60- yillari oxirida Oltin Urdada yuz bergan gʼalayonlar vaqtida qungʼirot sufilari Shimoliy Xorazmda yangi sulolaning mustaqil xukmronligini tiklab oladilar. Sungra Kat va Xeva shaxarlarini bosib olib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Temur butun Xorazmni Chigʼatoy ulusining ajralmas qismi deb xisoblar edi. Shuning uchun u Xorazmni bosib olish siyosatini tutdi. 1372 yilda Temur Xorazmga xujum qildi. Biroq xorazmliklar magʼlubiyatga uchragan bulsalar-da, Te-murga qarshi bir necha bor bosh kutardilar. Shuning uchun xam Temur Xorazmga besh marta yurish qilishga majbur buldi. Nixoyat, !388 yilda u Xorazmni butunlay qulga kiritishga muvaffaq buladi. Uning oxirgi yurishi oqibatida Urganch shaxri vayron etilib, shaxar axolisi zsa Samarqandga kuchiriladi.Shunday qilib, Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlikka va uzaro nizolarga zarba berib, Sirdaryo voxasidan to Orol dengizigacha bulgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtirdi, Bu shubxasiz, Movarounnaxr xalqlari taqdirida ijobiy axamiyat kasb etdi. Аmmo Temurning xarakati bu bilan cheklanmadi. U tez orada qushni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni uz davlati xududiga birlashtirish va markazlashgan ulkan saltanat barpo etishni oldiga maqsad qilib quyadi.Temurning harbiy yurishlari. qunduzcha va Tarak daryosi buyidagi janglar. Uz davlat xududlarini kengaytirish maqsadida Temur avvalo Osiyoning janubiy va janubi-gʼarbiy qismida joylashgan mamlakatlar ustiga askar tortdi.1382 yilda Temur dastavval Kavkazortini bosib oldi. Sungra Gurjiston, Аrmaniston va Janubiy Ozarbayjon yerlari zabt etildi. Temurning Urta Osiyo chegarasidan tashqariga bulgan tajovuzi asosan Shimolga, yaʼni Juji ulusida qad kutargan Oltin Urda davlatiga qaratildi. Chunki u Temur uchun eng xavfli xisoblanar edi. Balxash kulidan to Dnepr daryosigacha chuzilgan va Dashti qipchoq deb nomlangan yerlar Juji ulusi tasarrufida bulgan. Bu ulusning Uraldan qora dengizgacha bulgan markaziy va eng katta qismi Oltin Urda nomi bilan atalar edi. Uraldan Sharqdagi yerlar Oq Urda deb yuritilar edi. Siyosiy va iktisodiy jixatdan bu ikki urdalarning xayoti bir-biri bilan uzviy bogʼlangan edi. Urta Yer dengizi xavzasidan boshlanib, mana shu urdalarning yeri orqali utgan mamlakatlararo savdo yuli urta asrlarda eng asosiy karvon yuli hisoblanar edi. Oltin Urdaning markazi — Saroy Berka Аstraxan shaxridan shimolda Volga daryosi buyida joylashgan bulib, Sharq va gʼarbdan keladigan savdo karvonlarining deyarli hammasi shu shahar orqali utar edi.Oltin Urdaga qarshi zarba berishda Temur uning ichki ziddiyatlaridan ustalik bilan foydalanadi. Temurning Oltin Urdaning ichki ishlariga aralashishdan maqsadi, uni uz davlatiga qushib olish emas edi. U shimoli-gʼarbda uz davlati uchun juda xavfli kuch bulgan Oltin Urdani zaiflashtirish va uning sharqiy qismini uz taʼsiri ostidagi xonlar tasarrufiga topshirish uchun kurashadi. U Oltin Urdaning yolgiz Sirdaryoning quyi oqimidagi iktisodiy, siyosiy va madaniy jixatdan Xorazm va Movarounnahrga juda ham bogʼliq bulgan yerlarinigina qushib olmokchi edi. Bu davrda Oltin Urda va Oq Urdalarda ikki mustaqil xokimiyat qaror topib, ular urtasida kuchli nizolar davom etardi. Urusxonning tazyiqidan qochib Temur xuzuriga xomiylik istab kelgan Oq Urda xonzodalaridan Tuxtamishga u bir necha bor harbiy jixatdan jiddiy yordamlar beradi. Hatto 1379 yilda esa Temurning xomiyligida Tuxtamish Oq Urdaning taxtini egallashga muvaffaq buldi. Аmmo Tuxtamish Oq Urdani, keyinroq Oltin Urdani qulga kiritgandan sung, Temur kutgandek uning taʼsiri va panoxi ostida qolmadi.U uz xomiysiga lozim bulgan shukronani tez unutdi. Tuxtamish oyoqqa turib olgach, mustaqil siyosat yurgizib, kezi kelganda xatto Temurga qarshi ish kura boshladi. U Oltin Urdani birlashtirish va uni kuchaytirish uchun kurash boshladi. 1380 yilda Kulikova maydonida Mamay ustidan qozonilgan gʼalaba Tuxtamishga Oltin Urda taxtini egallab, Juji ulusining har ikkala qismini yangidan birlashtirishga imkon berdi. Uz zafarlaridan sarimast bulgan Tuxtamish Oltin Urdani tiklash bilan uning xududini kengaytirish maqsadida Rusiya yerlariga, Kavkazorti va Ozarbayjonga bir necha bor yurishlar qildi. 1384 yilda u Moskvaga bostirib kirib, shaxarga ut quyib, uni yondirdi. 1385 yilda u Tabrizni bosib olish uchun u yerga katta qushin yubordi. X,atto 1387—1388 yillarda Tuxtamish Temurning navbatdagi harbiy yurishi vaqtida fursatdan foydalanib, Movarounnaxrga xujum qildi.Oltin Urdaning qayta birlashtirilishi va uning kuchayib borishi, buning ustiga Tuxtamishning jahongirlik siyosati Movarounnaxrda qaror topgan Temur davlati uchun nihoyatda xavfli bulib, Temurning faoliyatiga xalaqit beribgina qolmay, balki uning uchun doimiy taxdid xam edi. Oltin Urda davlati tomonidan buladigan xavfni bartaraf qilish uchun Temur Tuxtamishga qarshi 1389, 1391 va 1394 — 1395 yillarda uch marta katta yurishlar qiladi. Аyniksa, sunggi ikki yurish uning uchun x,al qiluvchi axamiyatga ega buldi. Temur 1391 yilda 200 ming qushin bilan Samarqanddan chiqib, qishni Toshkentda utkazadi. Baxorda qipchoq dashtini kesib utib Uralga yetib boradi. Uzining buyurishi xaqida u 1391 yil aprelida Turon cyltoni Temyr bulgor xokimiTuxtamishga karshi 200 minglik askar bilan bu yerlardan utdi, degan satrlarni Ulugʼtogʼ etagidagi qoyatoshlardan biriga uydirib yozdiradi. Temur va Tuxtamish qushinlari Samara bilan Chistopol urtasida joylashgan Kunduzcha degan joyda bir-birig duch keladi. Jang maydoniga xar ikki tarafdan xammasi bulib 400 ming nafardan ortiqroq qushin tuplangan edi. Tux¬tamish xam Аmir Temur bilan buladigan tuqnashuvga puxta tayyorlangan edi. U Oltin Urda, Oq Urda va uning atrofi xududlaridan son jixatdan Temur qushinidan ham ortiqroq xarbiy kuch tuplagan edi. Xullas, hayot — mamot jangi muqarrar edi.

3.reja

Temur davrida davlatning markaziy maʼmuriyati boshida devonbegi, uning yonida arkbegi (marosimlarni boshqaruvchi) hamda turt vazir turardi. Birinchi vazir yer soliqlari, chegara bojini undirish, hamda mirshablik ishlarini bajargan. Ikkinchisi askarlar maoshi va oziq-ovqat taʼminotlari bilan shugʼullangan. Uchinchi vazir xarbiylar, ularning lavozimu mansablarga tayinlanishi va meros ishlariga qaragan. Turtinchisi saroy xarajatlarini boshqargan. Temur davlat tuzilishi sohasida katta uzgarishlarni amalga oshirmagan bulsa-da, har xolda XIV asrning birinchi yarmida mugʼul xoni Kebek hukmronlik qilgan davrda joriy etilgan mamlakatni xarbiy-maʼmuriy bulinishni saqlab qoldi va uni rivojlantirdi. Аmmo davlatning maʼmuriy idora etish tarkibining takomiliga suyurgʼolning keng tarqalishi tusqinlik qiladi.



Temurning harbiy islohoti va qushinining tuzilishi. Temur ichki va tashqi siyosatida asosan qushinga suyanar edi. Chunki, u xarbiy kuch bilan zabt etilgan mamlakatlarni va asosan viloyatlarda yashovchi xalqlarni zurlik bilan tutib turardi. Shuning uchun xam u xarbiy isloxga, ayniqsa qushin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash, lashkariy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanish xamda ichki intizom masalalariga nixoyatda katta axamiyat berardi. U mamlakatda xarbiy isloxot utkazadi. Shu boisdan Temur manbalarda zamonasining mashxur sarkardasi va eng yirik lashkarboshi sifatida tilga olinadi. Uning xarbiy istedodi, sarkardalik maxorati qushinlarining tuzilishida, xamda Oltin Urda xoni Tuxtamish, Dexli sultoni Maxmud va Turkiya sultoni Boyazidlar bilan olib borgan janglarida va shiddatli maxorabalar maydonida qullagan «savkuljaysh» (strategiya) va jang qilish uslublari — «taʼbiyatuljaysh» (taktikalari)da namoyon bulgan. Temur qushini untalik askariy birikmalar asosida tuzilgai lashkarlardan iborat edi. Lashkar «tuman» — un minglik, «xazora»— minglik, «xushun» — yuzlik va «ayl»— unlik birikmalariga bulingan. Tumanlarda askarlarning soni 10 ming, qushinda 100 ming nafardan ortiq bulgan. Temur un minglik lashkarni boshqarish uchun «tu¬man ogʼasi», minglik bulinmalar uchun «mirixazora», yuzliklar uchun «xushunboshi» va unliklar uchun esa «aylboshi» kabi harbiy mansablarni taʼsis etadi. Ularning haq-xuquqlari, oylik maoshini belgilab beradi. Masalan, oddiy sinovnI mingan otining bahosi barobarida, bahodirlar 2-4 ot barobarida, aylboshi qaramogʼidagi navkarga nisbatan ikki barobar kup, yuzboshi unboshidan ikki barobarlik maosh olgan. Mingboshilarning maoshi xushun-boshinikidan uch barobar ortiq bulgan. Janglarda baxodirlik kursatib, gʼalaba. qozongan amir uchun inʼomlar ham belgilab quyilgan. Masalan, qaysi bir amir biron qushinni yengsa, mamlakat yoki viloyat zabt etsa u tugʼ, nogʼora, baxodurlik martabasi, davlat kengashlariga bemalol kirish xuquqi xamda biron sarxadning noibligi bilan siylangan.Bulinma boshliqlari amirlar Temurga tobe bulgan qirq aymoq (qabila)dan un ikkitasi: barlos, arrin, jaloir, tulkichi, duldoy , mugul, sulduz, tugoy, kipchok, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan. Аmirlik martabasi Temur faoliyatining dastlabki yillarida unga sodiq bulgan 313 nafar kishiga berilgan. Bulardan bittasi — amir ul-umaro, turttasi — beglar begi, yuztadan — mingboshi, yuzboshi va unboshi bulgan. Bulardan tashqari, yana un ikki nafar kishiga birinchidan to un ikkinchi darajali amirlik unvonlari berilgan. Un ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi xisoblangan. Un ikki amirning xap biriga bittadan bayroq va bittadan nogʼora, amir ul-umaroga bir bayroq, nogʼora, un minglik qushin, tugʼ va chortur, turt nafar beklarbegining xar biriga bittadan bayroq, nogʼora, chortur va burgʼu (karnay) berilgan.Bu nishonlar qыshin bыlinmalarini xam farqlab turgan. Masalan, katta qizil bayroq, qshin boshligʼi amir ul-umaro yoki beklarbegining alomati edi. Ot yeli bogʼlangan nayzali uzun tugʼ tuman ogʼasining, ikki tomonga kokillar osilgan ikki nogʼora yuz boshining alomati xisoblanardi. Otliq suvoriy qismlarni boshkarish uchun maxsus ajratilgan otlik egalarining ikki tomoniga ikki tabl dovul osilib, jang paytlarida suvoriylarni maxorabaga solish maqsadida bong urib ular koqilgan.

4. reja

Temur davlati va uning xukmdori zamondoshlarining eʼtiborinigina oʼziga jalb etib qolmay, balki jahon siyosiy doiralarida yuz bergan barcha voqealarga ham taʼsir koʼrsatdi. Bunday voqelik Temurning gʼarbga tomon «etti yillik» yurishlari davrida (1399 — 1404 yillar) qudratli Usmonli turklari saltanatiga qarshi urush boshlashga qadar qilgan vaqtdan boshlab, Аyniqsa yaqqol namoyon boʼladi. Chunki XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Yaqin Sharqda sodir boʼlgan murakkab siyosiy vaziyat buni jiddiy taqozo qilardi, Maʼlumki, bu davrda bir tomondan harbiy qudrati tobora oshib borayotgan Turkiyaning Boqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Ovruponi xavf ostiga solayotgan boʼlsa, ikkinchi tomondan, bu qudratli davlatning oʼzi Fap6ra tomon shiddat bilan bosib kelayotgan xavfli raqib — Temur davlatining kuchli tazyiqiga duchor boʼlgan edi. Shunday qilib, Kichik Osiyoda ikki istilochining oʼsha vaqtda oʼz harbiy qudrati jihatidan eng yuksalgan Temur bilan gʼarbiy Ovrupoga dahshat solib turgan Boyazidning manfaatlari duch keladi. Bunday siyosiy vaziyatda Turkiyaga qarshi vujudga kelgan dushman kuchlarining maʼlum darajada birlashuvi tabIIy edi. Аvvalombor Boyaziddan yengilib, oʼz yer va mulklaridan mahrum boʼlgan Kichik Osiyo mamlakatlarining amirlari Temurdan madad istab, uning qorabogʼdagi urdugoxiga borib qaror topadilar. Hatto Vizantiya va gʼalatadagi Ge¬nuya xokimining noibi, Fransiya kiroli, hamda Sultoniya shaxrining katolik missionerlari yordam soʼrab Temurga murojaat qiladilar. Turkiya sultoni Boyazidga birlashib zarba berish maqsadida Vizantiya imperatorining Konstantinopoldagi noibi Ioann VII Paleolog va Genuyaning Peradagi (Konstantinopol atrofidaga mavze) hokimi Tranezud imperatori Manuil III vositasida Temurni Turkiyaga qarshi yurish boshlashga undaydilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish, hamda Kon-stantinopol va Peraning Boyazidga toʼlab kelgan bojini bundan buyon Temurga toʼlashga vaʼda qiladilar. Bunday taklif shubhasiz, Temurga juda maqbul tushadi. Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Turkiya sultoni Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Temur ustalik bilan foydalanadi.Bu davrda Temur Boyazid bilan oʼzaro diplomatik yozishmalar olib borish bilan bir qatorda, Turkiya bilan boʼlajak toʼqnashuvda Trapezund va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va Venesiyaga sovgʼa- salomlar hamda maktublar bilan Аrxiepiskop Ioann Galonifontibus boshchiligida elchilar yuboradi.Oʼzaro yordam masalasida Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Temurning 1402 i il 15 may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yoʼllagan xatining mazmuniga qaraganda, Kon¬stantinopol imperatori va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Temurga xizmat qilish, xatto unga «odamlar va har qaysisi 20 tadan 40 harbiy kemalar Bilan» yordam kabi majburiyatni oʼz zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo ham oʼz kundalik daftarida qayd qilib oʼtadi.Bu davrda Temur Fransiya qiroli Karl VI (1360—1422), Аngliya qiroli Genrix IV (1399—1413) va Kastiliya hamda Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390—1407) lar bilan diplomatik aloqalar oʼrnatib, yozishmalar olib bo¬radi. Bu davlatlar orasida ayniqsa Fransiya Vizantiya imperiyasi takdiriga befarq qaray olmas edi. Shu boisdan Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa Galatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI uz navbatida Temurdan madad kutar va u bilan dillomatik aloqalar oʼrnatishga urinar edi. Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, sohibqiron qirolni jiddiy qoʼllab quvvatlaydi. Shunday qilib, Temurning Kichik Osiyo va gʼarbiy Ovrupo davlatlari bilan olib borgan dastlabki diplomatik yozishmalari va elchilik aloqalari uning gʼarbga Turkiya ustiga yurishi munosabati bilan boshlanib, ulardan asosan Boyazidga qarshi birgalikda kurashish rejalari koʼzda tutiladi. Biroq Аnqara yaqinida turklarning ikki yuz minglik qoʼshini ustidan qozonilgan buyuk gʼalabadan soʼng Te¬murning gʼarbiy Ovrupo davlatlari bilan boʼlgan aloqalarining mazmuni tubdan oʼzgaradi. Endilikda u ular bilan doʼstona munosabatlarni mustaxkamlash hamda elchilik va oʼzaro savdo-sotiq aloqalarini yoʼlga qoʼyish kabi masalalarga ahamiyat beradi.

5 reja

Oʼzining koʼp yillik harbiy yurishlari bilan Sugʼarma Sharqning juda koʼp obod viloyatlarini va shaharlarini qoʼlga kiritgan Temur davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi boʼlgan Movarounnahrning, ayniqsa poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Buning uchun u zabt etilgan mamlakatlarning faqat moddiy boyliklarinigina talab olib kelmay, balki juda koʼp hunarmandlar, sanʼat ahllari va olimlarini asir qilib Movarounnahrga olib keladi va mamlakatni obod etishda ularni foydalanadi. Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasini barpo etish bilan nishonlash odati boʼlgan. Shu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir gʼisht teruvchi bannolar, Sheroz, Isfaxon va Damashqning mashxur usta-hunarmandlari mamlakatda goʼzal imoratu inshootlar bino qiladilar. Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʼdodda Madrasa, Turkistonda mashxur shayx va shoir qulxuja Аhmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirsa-da, lekin oʼzining saxovat va himmatini Kesh va Samarqandda oliy imoratlar qurdirishda koʼrsatdi. Oʼzining Ona Vatani Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʼgʼli Jahongirga maqbara bilan birga masjid qurdirdi. Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida boʼlib, uning obodonligiga katta ahamiyat berdi. Unda dunyoga dongʼi ketgan mashxur Oqsaroy qad koʼtardi. Eroniy meʼmorlarning mahorati bilan bino qilingan bu muhtasham saroyning peshtoqi, toqu ravoqlari va devorlari zangori va oltin rangdagi arabiy naqshli koshinlar, guldor oʼymakor parchinlar bilan ziynatlandi. Soxibqiron Keshga alohida eʼtibor berib uni Oʼrta Osiyoning maʼnaviy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar «qubbatul ilm val adab" unvoniga ega boʼldi. Аmmo Zahriddin Bobur taʼriflaganidek, «Temurbekning zodi-budi Keshtin uchun uni shahar va poytaxt qilurra koʼp saʼy va ehtiromlar qildi. Oliy imoratlar Keshta bino qildi... Chun Keshning qobiliyati shahar bularga Samarqandcha emas edi. Oxir poytaxt uchun Temurbek Samarqandni uq ixtiyor qildi".Samarkand saltanat poytaxti qilib olingach, u alohida imtiyozga ega boʼlgan shax^arga aylanadi. Samarqandda Isfixon, Sheroz, Xalab, Xorazm, Buxoro, qarshi va Kesh shaharlarining meʼmoru binokorlari qoʼli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, mАqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʼ-rogʼlar barpo etiladi. 1403—1404 yillarda Samarqandda boʼlgan Ispaniya elchisi Don Ryui Gonzales de Klavixo Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan xayratda qolgan edi. Xuddi shu davrda Shohi Zinda meʼmoriy yodgorliklari guruhining Shodimulk Ogʼo, Аmir Xusayn, Shirinbeka Ogʼo kabi qator ajoyib maqbaralari, xozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashxur boʼlgan Jome Masjidi, Goʼrimir dahmasi va boshqalar bino qilinadi. Shunisi eʼtiborliki, Temur oʼzining butun harakatlarida, shu jumladan binokorlik sohasidagi faoliyatida ham hammadan avval siyosiy maqsadlarni koʼzda tutadi. Masalan, Shaxrisabzdagi mashhur Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga «Аgar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga bok»' degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shaxrida qulxoʼja Аxmad Yassaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan. Chunki dexqonchilik vohalari bilan bepoyon Dashti qipchoq yaylovlari chegarasida qad koʼtargan bu ulugʼvor meʼmoriy imorat koʼchmanchi chorvadorlar nazdida Temur davlatining qudrati va maxobatiga ishora qilib turardi.Samarqanddagi qurilishlar toʼgʼrisida soʼz yuritilganda, shuni alohida taʼkidlab oʼtish kerakki, mugʼullar bosqini davomida butunlay vayron etilgan va aholisi tomonidan tashlab chiqilgan Samarqand shahri Temur x;ukmronligi davrida oʼzining qadimgi oʼrnidan birmuncha janubroqda boshdan oyok, yangitdan qayta quriladi. Shahar tevaragi Oxanin, Shayxzoda. Chorsu, Korizgox, Suzapgaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustaxkam yangi qalʼa devor bilan oʼrab chiqiladi. Shaxar arkida Temurning qarorgohi Koʼksaroy va Boʼstonsaroylar bino qilinadi. Koʼksaroy toʼrt qavatli boʼlib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u shunday nom bilan shux,rat topadi. Koʼksaroyda xonlarni podsholik taxtiga mindirish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib oʼtkazadigan toshdin taxt kursi — Koʼktosh quyilgan edi. Bulardan tashqari arkda davlat devonxonasi. qurol-yarogʼlar yasaydigan ustaxona va aslaxaxona, tangalar soʼqiladigan zarbxona, qamoqxona kabi imoratlar joylashgan edi.Bu davrda Samarqandda yangi koʼrkam va muhtasham binolardan tashqari turli-tuman kasbdagi hunarmandlar mahallalari qad koʼtaradi. Temur mamlakatda, xususan uning poytaxti Samarqandda hunarmandchilikni kengaytirishga aloxida eʼtibor beradi. Ispan elchisi Klavixonning yozishicha, u hunarli biror kishini ham Movarounnahrni tashlab ketishiga yoʼl qoʼymagan. Аksincha, Temurning amri-farmoni bilan Damashqning eng mohir toʼquvchilari, Xalabning mashhur paxta yigaruvchi korxonalari, Аnqaraning movut tuuvchi korxonalari, Turkiya va Gurjistoning zargarlari, xullas, kasb- hunar sohasida qaysi shaharda qancha hunarmandlar bor boʼlsa, hammasi Samarqandga koʼchirilib olib kelingandi. Oʼsha davrda shaharda turli mazhab va dinlardagi kishilar istiqomat qilardi. Klavixonning maʼlumotiga koʼra Samarqandda 150 mingdan ziyodroq aholi yashagan. Shahar maydoni Ispaniyaning Shibliya (Sevilya) shahridan kengroq boʼlgan. LekII uning bu maʼlumotida shahar arki bilan qalʼa, yaʼni ichki shahar qismlarigina koʼzda tutilgan xolos.Temur shaharlardagi qurilishlardan tashqari, Samarqand atrofida oʼzining xeshu aqrobalariga atab koʼpgina goʼzal bogʼlar k,urdirdi. Mohir meʼmor, tajribali sohibkorlarning aql- zakovati, mehnati-yu mahorati bilan barpo etilgan Bogʼidilkusho, Bogʼichinor, Bogʼibihisht, Bogʼibaland, Davlatobod, Bogʼinav, Bogʼishamol kabi chorbogʼlar va ulardagi goʼzal koʼshklar oʼsha davr bogʼdorchilik sanʼatining namunalaridandir. Manbalarda taʼrif etilishicha, shahar atrofi oʼsha vqtlarda Samarqandning eng goʼzal va zng hashamatli qismi hisoblangan. Bu yerda kengligi bir yarim-Ikki chaqirimga choʼzilgan bogʼlar va ulardagi sayrgoxlardan tashqari, arkoni davlatning oʼyin-kulgi qiladigan joylari — ishratxonalar va xilvatxonalar joylashgan. Shaharning sharq tomonida Bogʼidilkusho joylashgan. Manbalarda taʼrif etilishicha, uning tashqi hovlisida podshox saroylari boʼlib, unda qurollangan askarlar turgan, ichki hovlida esa, tugʼlar bilan bezatilgan olti fil haykallari safga terilgan. Uchinchi hovli Te¬murning mehmonlari qabul qiladigan oltin taxtli qarorgohi boʼlgan. Bu hovlilarning tashqarisida girdiga olma va chinorlar oʼtkazilgan hovuzlar, ularning suvi shodravoni — favvorasida qizil va sariq olmalar qalqib yyna6 turgan. Shaharning janubida Bogʼibixisht — u goʼzal meʼmoriy uslubda qurilgan saroyi va quvonchni oshiruvchi bogʼi bilan mashhur boʼlgan. Sharafuddnn Аli Yazdiyning taʼriflashicha, u Tabrizning sof oq marmaridan bino qilinib, atrofi Xandaq bilan ixota etilgan. Bogʼning bir tarafida hayvonot bogʼchasi ham boʼlgan. Temur bu saroyni vorislaridan biri Mironshohning qiziga hadya qilgan edi. U bu nevarasini juda ham sevgan. Boʼsh vaqtlarida u nevarasining Bogʼibixishtdaga xilvatxonasida (ermitaj) boʼlardi. Bogʼichinor xam shaxarning shu qismida edi. Bogʼda koʼrkam chinorlar qad koʼtargan, soʼlim yoʼllar salb shaklidagi qasrga olib borardi. qasrning tashqarisi Shom nakqqoshlarining mohirona ijodi bilan, ichkarisi goʼzal surat va lavhalar bilan ziynatlangan qimmatbaho buyumlar (ogʼir kumush qubbalar, taxtlar va boshqa maishiy ashyolar) bilan liq toʼla edi. Bogʼishamol va Bogʼinav saroylari toʼgʼri toʼrtburchak shaklda boʼlib, har tomoni bir yarim ming qadam edi. Zamini qayragʼoch va filtishidan ishlangan koshinli edi.
Download 26,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish