Turkistonda iqtisodi yotdagi kelishuvchilik jarayonlar. O’lkada yangi voqelik dastlab shaharlarda, ishlab chiqarish, tijorat sohalarida yuz berdi. 1921 —1922-yillarda faqat Toshkentda 86ta korxona, 2386 ta do’kon, shuningdek, bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, tomoshaxonalar va boshqalar davlat tasar-rufiga olindi, ular qisqa vaqtda ishga tushirilib, xizmat ko’rsata boshladilar. Shirkatlar, birjalar tiklandi, yar-markalar uyushtirildi. Hunarmandchilik tez tiklandi. Turkistonda 1920-yilda 30 ming atrofida kosib qolgan bo’lsa, 1923-yilda ularning soni 110 mingga yetdi. Hunarmandlar aholining deyarli barcha ehtiyojlarini qondirar edilar. Hunar-mandlar bozorga chiqarilgan poyafzalning 86 %ini, ish-langan terining 76 %ini, kiyim-kechak va bosh kiyimlarning 85 %ini, idish-tovoqlarning 60 %ini ishlab chiqardilar. Ko’pgina ro’zg’or buyumlari, dehqonchilik-da zarur qurollar ham hunarmandchilik mahsulotlari edi.
Davlat iqtisodiyotni boshqarish tizimini yangi sharoitlarga moslashtirish choralarini ko’rdi. 1921-yil mart oyida Turkiston Iqtisodiy Kengashi (TurkEKOSO) tuzilib, mahalliy iqtisodiy kengashlar uning tasarrufiga o’tkazildi. Shuningdek, TurkEKOSO tarkibida Davlat Planlashtirish Komissiyasi (Gosplan) tuzildi. Pul xo’jaligi jiddiy amaliy ifoda kasb etdi. 1921-yilda Turkiston bonlari muomaladan chiqarilib, Rossiya qog’oz pullari muomalaga kiritildi, lekin ular tez orada qadrsizlanib qoldi. 1922-yilda boshlangan pul islohoti (pul almashtirish) uch yil davom etdi. Oltin hisobidagi chervonlar, kumush va mis tangalar chiqarildi. Markaziy banklarning bo’limlari, Turkistonning o’z banklari tashkil etilib, faoliyat ko’rsatdi. Davlat daromadlari va xarajatlari hisobga olinib, byudjet tuzishga kirishildi.
Davlat tasarrufida qoldirilgan korxonalarning xo’jalik hisobida faoliyat ko’rsatib, xarajatlarni daromaddan qoplay olganlari kreditlar bilan ta'minlandi, mahsulot chiqarish kengaytirildi. Bu jarayonda ba'zida ishchi, xiz-matchilar soni qisqartirildi. Transport, sanoat tiklanib bordi. Elektrstansiyalar, tramvay ishga tushirildi, korxo-nalar, ijaraga olingan obyektlar aholi talablari uchun mahsulot chiqarib, xizmat qila boshladilar. Chunonchi, o’lka sanoat korxonalari mahsulotining umumiy hajmi 1923/24-xo'jalik yilida 1921-yildagiga nisbatan 1,7 marta o’sdi. Sanoat mahsulotlarining miqdori 1923-yildagi 5 mln oltin so’mdan 1924-yilda 7 mln 322 ming oltin so’mga yetdi. Sanoat va hunarmandchilik sohalariga nisbatan iqti-sodiy siyosatdagi liberallashuv (kelishuvchilik)ning maz-mun-mohiyatini ma'muriy-siyosiy tazyiqni bo’shashti-rish, moddiy manfaatdorlik uchun imkoniyatlar yaratish, xo’jalik hisobi tamoyillaridan keng foydalanish tashkil qildi. Xo’jalik faoliyatiga erkin raqobat kirib kelib, yakkahokimlik (monopoliya), jumladan, davlat mono-poliyasi dastlab cheklandi, keyinchalik esa bekor qilindi. Qishloq xo’jaligini tiklash, dehqon xo'jaliklari va oziq-ovqat taqchilligini bar-YalS tamoyillari Oziq-ovqat solig’iga o’tildi. Bu dehqon xo’jaligini ko’tarish uchun yo'1 ochdi. Soliqni to’lagan-dan so’ng ortiqcha mahsulotni bozorda sotish, xo’jalikka zarur narsalarni sotib olish imkoniyati tug’ildi. Dastlab o’lkada oziq-ovqat solig’i sakkizta natural soliqdan tarkib topdi. Bu chalkashlik va suiiste'mollarga sabab bo’ldi. Soliq tizimini takomillashtirish choralari ham ko’rildi. 1921-yilda ekin yerlari maydoni oldingi yilga nisbatan ancha kengaydi. Lekin chalkashlik hamon salbiy ta'sir ko’rsatardi. Oziq-ovqat solig’i 1921-yilda 76 % ga, 1922-yilda qariyb 98 %ga bajarildi. Yangi yengillik tug’dirgan tamoyillar dehqonlar o’rtasida keng targ’ib qilinmadi. Rahbarlikning ma'muriy usullarini qoilash davom etdi. Chunonchi, 1921-yilning yozida irrigatsiya tarmog’i har-biylashtirildi. Dehqon xo’jaligi bu tarmoqda majburiyat-ni bajarish bilan birga, suv solig’ini to’lashi lozim edi.
Qishloq xo’jaligida moddiy yordam ko’rsatish uchun yagona oziq-ovqat solig’iga, keyinchalik natural shakl-dan pul bilan to’lashga o’tildi. 1923-yili Toshkentda qishloq xo’jalik banki ta'sis etildi. o’lkada irrigatsiyani tiklash uchun 1922/23-xo’jalik yiliga 5 mln 850 ming oltin so’m, kelgusi yilga 4 mln 800 ming va 1924/25-xo’jalik yiliga 6,5 mln oltin so’mga yaqin mablag’ ajratil-di. Bu mablag’lar sug’oriladigan ekin maydonlarini qayta tiklash uchun dehqonlarga ularning uyushmalari orqali kreditga berildi. Paxtachilikni tiklashga Rossiya markaziy to’qimachi-lik korxonalari ayniqsa muhtoj edi. Markaz bunga alohi-da ahamiyat berdi. Bu ishni tashkil qilish uchun Markazda paxtachilik bosh boshqarmasi ta'sis etildi, uning bo’limlari Turkistonda, boshqa joylar-da ish ko’rdi. Turkistonga g’alla, boshqa mollar yuborila boshlandi. Paxta soliqdan ozod qilindi, uning xarid narxi oshirildi. Hatto paxta yetishtirgan boy dehqonlarga ham paxtachilik qo’mitasi homiylik qila boshladiki, bu hol o’lkadagi rahbar bolsheviklarning noroziligini uyg’otdi. 1923-yilda paxtaga davlat monopoliyasi bekor qilindi.
Qishloq xo’jaligi, xususan, paxtachilikni tiklash uchun shirkatchilik uyushmalari (kooperatsiya) shakllari tashkil qilindi, davlat-bank mablag’lari shular orqali dehqon xo’jaliklariga kredit qilib beriladigan bo’ldi. Kooperatsiya turlari oldin ham bo’lgan, ammo sovet hokimiyati ularni burjuacha tashkilot deb tarqatgan edi. Yangi kooperativlar 1921-yilda tuzildi. Paxta tozalash zavodlari, paxtani xarid qilgan idoralar paxtakor dehqonlarni kooperativlarga uyushtirib, ularga hosilni terguncha kredit berib turganlar. Bularning soni 57 ta edi. Davlat keng miqyosda kreditlashni 1923-yil bahori-da amalga oshirdi. Paxtakor kooperativlar va meliora-tsiya kooperativlari tuzildi. Paxtakor kooperativlar soni 1923-yil oxirida 417 tani, ularga a'zolar soni 66 ming xo’jalikni tashkil etdi. Ularning soni 1924-yilda 523 va 124 ming, 1925-yilda 723 va 270 ming xo’jalikka yetdi. Meliorativ kooperativlar soni 1923-yilda 7 ta, 1924-yilda 29 taga yetdi. Kreditdan foydalangan dehqon xo’jaliklari paxta maydonlarini kengaytirib bordilar.
Turkistonning uch viloyatida 1922-yilda paxta hosili 39 ming tonnani, 1923-yilda 111 ming va 1924-yilda 209 ming tonnani tashkil etdi. 1924-yilda ekin yerlarining umumiy maydoni Birinchi jahon urushidan oldingi hajmning 60 % ini tashkil qildi. Qishloqda chorvachilik va boshqa tarmoqlar ham tiklana bordi. Bozor munosabatlariga, xo'jalik faoliyatida moddiy man-faatdorlikka imkoniyatlarning tug’ilishi qiyinchiliklami yenga boshladi. Ocharchilik chekindi. 1924-yilda Farg’ona vodiysi halokatli ahvoldan qutuldi.
Soliq sohasida kambag’al oilalarga imtiyozlar berildi. Soliqlarni asosan tadbirkorlar, tijoratchilar, o’rtahol va yirik dehqon xo’jaliklari, hunarmandlar to’lar edilar. 1922-yil may oyidan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarining yakka shaxslar tomonidan o’lkadan tashqariga olib chiqib ketilishi taqiqlandi.
Eski shaharlar, mavzelar va tumanlarning aholisi dala yerlari, bog’-rog’lari hosili, sigir, qo’y-echkilari mahsu-lotlaridan foydalanar, bir qismini sotuvga ham olib chiqar edi.
Ijtimoiy siyosatda davlat yer maydonlariga artellar, kolxozlar, sovxozlar tuzib, ularning faoliyatini yo’lga qo’yishga harakat qildi. Lekin bu tadbirlar ijobiy natija bermadi. Mehnat vositalari, urug’lik, dastlabki mab-lag’lar bilan ta'minlanmagan kolxoz va artellar tarqalib ketar edi. Ayrim sovxozlarni xlopkomlar ijaraga olib, ishchilar yollab ixtisoslashtirdilar. Keng dehqon xo’jalik-lariga nisbatan yuritilgan siyosat va amaliy chora-tadbir-lar o’rtahol xo’jaliklarni qo’llab-quvvatlash, ularning sonini ko’paytirib borishga qaratildi.
Qishloq xo’jaligida ish hayvonlarining yetishmasligi jiddiy muammo tug’dirdi. o’lkada chetdan, ayniqsa, Xitoyning chegara oldi yerlaridan ho’kiz va otlar sotib olishga mablag’ (oltin, kumush pullar) ajratildi, sotib olingan qoramollarni chegaradan boj to’lamay olib kirishga ruxsat berildi. 1924-yilda Farg’ona vodiysiga 20 ming bosh qoramol keltirildi.
Xususiy savdo bilan birga davlat savdosi ham olib borildi. Ammo davlat magazinlari, do’konlarida gazmol, kiyim, kerosin va boshqa mollarning narxi baland bo’lib, keng aholining ularni sotib olishga qurbi yetmay qoldi. Natijada 1923-yil kuziga kelib, bir tomondan, savdo inqirozi (mollarning sotilmay qolishi), ikkinchi tomon-dan esa qimmatchilikdan noroziliklar kelib chiqdi. Bu hol shunday jiddiy tus oldiki, hukumat tezda narxlarni tushirishga majbur bo’ldi.
Xo’jalikni ko’tarishga qaratilgan siyosatda salbiy jihatlar ham bor edi. Chunonchi, davom etib kelgan an'anaga ko’ra, mintaqada gidrotexnika va katta ariqlar davlat mablag’lari hisobiga, mahalliy ahamiyatga ega ariqlar esa dehqonlarning o’zi tomonidan yil sayin ta'mirlanib, tartibga keltirib turilardi. Biroq sovet organ-lari bunga amal qilmadi, ishning ba'zi og’irliklari xalq zimmasiga yuklatildi. Sug’orish inshootlarini tiklash ish-lari iqtisodiy jihatdan rag’batlantirilmadi.
20-yillarning o’rtalarigacha iqtisodiy liberallashuv,kelishuvchilikning tiklanishi bilan bir qatorda hokimiyat siyosatida sinfiylik va siyosatlashtirish tamoyillari ham ko’zga tashlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |