Savol va topshiriqlar
1. XX asrning 10-yillari oxiri va 20-yillari boshlarida o’zbe-kiston aholisining asosiy qatlamlari va ularning ijtimoiy o’rnini ta'riflab bering.
2. Turkiston iqtisodiyotining inqirozga uchrash sabablari nimada edi?
3. o’lka iqtisodiyotidagi inqiroz va aholining moddiy turmush darajasi o’rtasidagi uzviylikni qanday tushunasiz?
4. Turkistonda xalq xo’jaligi hajmlarining pasayib borishi jad-valini tuzing.
1O-§. TURKISTONDA OCHARCHILIK VA UNING , OQIBATLARI
Reja:
1.Turkistonda ocharchi-likning kuchayishi va uning oqibatlari
2.Turkistondan Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy boyliklarning tashib ketilishi
Ocharchilikning kelib 1917-yil qurg’oqchilik bo’lib,' chiqish sabablari va g’alla hosili yaxshi bo’lmadi. uning boshlanishi o’sha yili Turkiston o’lkasi bo’yicha 52,5 mln pud g’alla yetishtirildi. Holbuki, o’lka aholisining faqat jon saqlashi uchun kamida 110 mln pud bug’doy kerak edi.
1917-yil qishida Turkistonda ocharchilik boshlandi. • Turkiston Muxtoriyati hukumati Kavkazdan Orenburg orqali Turkistonga g’alla keltirishga harakat qilganligi ma'lum. Biroq Toshkentda zo’ravonlik bilan hokimiyat-ni egallagan bolsheviklar hukumatining rahbarlari nafaqat siyosiy boshqaruvda, balki iqtisodiy sohada ham qo’pol xato va jinoyatlarga yo'1 qo’yishdi. Ana shunday jinoyatlardan biri 1918-yil 26-fevralda Turkiston XKS raisi F.Kolesov imzolagan paxta tolasi va xom paxtani musodara qilish to’g’risidagi dekret edi. Mazkur dekret-ga ko’ra, qisqa vaqt ichida zavodlarga topshirilgan 3,4 mln pud paxta tolasi, 6 mln pud xom paxta, 600.000 pud paxta yog’i, 4 mln pud chigit, 1,1 mln pud kunjara sovet davlati ixtiyoriga tekin o’tdi. Dehqonlar zavodga top-shirilgan paxtasi uchun ham, uyidan olib ketilgan paxta xom ashyosi uchun ham loaqal past narxda bo’lsa-da, mutlaqo pul olishmadi. Bu hol, bir tomondan, paxtakor dehqonlarni junbushga keltirsa, ikkinchi tomondan, ocharchilikni kuchaytirib yubordi. Turkistondagi ocharchilik bolshevikcha rejimning qattol siyosati natijasida 1918-yil boshlariga kelganda avj olib ketdi. Oziq-ovqat muammosi bu paytga kelib Turkiston respublikasidagi eng o’tkir muammolardan biriga aylangan edi. Bolsheviklar mahalliy aholi qo’lida-gi g’alla va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tortib olish uchun qafiy choralarni belgilashdi. 1918-yil 9-mayda RSFSR da oziq-ovqat diktaturasi joriy qilindi. Bu masala Markazning o’zida ham qattiqqo’llik bilan amal-ga oshirildi. 15-iyunda Turkitsonda uch kishidan iborat o’lka oziq-ovqat direktoriyasi tashkil qilindi.
Biroq direktoriya o’z faoliyati davomida katta xato-larga yo'1 qo’ydi. Natijada ocharchilikdan qutula ol-mayotgan aholi qirila boshladi. «Ruslarning yangi sha-hari va unda kun ko’rayotgan sovet hokimiyati bilan mahalliy aholi o’rtasida o’tib bo’lmas devor paydo bo'ldi», — deb e'tirof qilishga majbur bo’lgan edi Turkbyuro raisining muovini CSafarov.
Do'stlaringiz bilan baham: |