Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


Kommunistik ta'limotning ma’naviy sohaga halokatli ta’siri



Download 1,75 Mb.
bet29/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   207
Turkiston mustaqilligi uchun kurash va muqo bil qarshilik choralari.Yerli xalqlar, milliy rahbarlar Turkiston milliy davlatchiligiga erishihsh uchun jiddiy kurash olib bordilar. 1920- yilda u yana keskin tus oldi. Mustaqillik harakatining oldini olish, Turkistonni Markazga batamom qaram qi-lish maqsadida mart oyida «Turkiston avtonomiyasi to’g’risida nizom» tayyorlandi. Turkkomissiya undan kelib chiqib TSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqdi. Bu hujjatlarda Turkiston tashqi aloqalar olib borish, o’z armiyasiga ega bo’lish, temir yo'1, pochta, xalq xo’jaligini mustaqil boshqarish huquqlari-dan mahrum etildi. Bular, shuningdek, soliqlar ta'sis etish, o’lka byudjetini tuzish, sud ishlari, qonunlarga o’zgarishlar kiritish, amnistiya berish RSFSR tasarrufiga o’tishi belgilandi. Yerli rahbarlar bularga Turkiston xalqlari mustaqilligining batamom yo’q qilinishi, deb qarab, qafiy qarshi chiqdilar. Turkiston Sovet Respublikasini Turkiston respublikasi deb o’zgartirish masalasini ilgari surdilar hamda Turkistonni boshqarish Nizomi, Turkiston respublikasi Konstitutsiyasi loyihala-rini tayyorladilar. Milliy davlatchilik, mustaqillik g’oya-lari nufuzli yig’inlarda, shuningdek, keng jamoatchilik tomonidan qizg’in ma'qullandi. o’lka yerli xalqlari o’zini idora qilib, taraqqiyot sari borolmaydi, ularga Rossiya rahbarlik qilishi kerak, degan shovinistik g’oyalarga qarama-qarshi mintaqa xalqlarining mushtarakligi, mustaqil davlatchilik an'analari, imkoni-yatlari ta'kidlandi. 1920-yil 1-martda bo’lgan yig’inda Turkiston MIK raisi T.Risqulov yevropalik Turk-komissiya a'zolariga qarata, yerli xalq o’zini-o’zi idora qilishni istaydi, kelgindilar rahbarligini rad qiladi, deb ta'kidladi.G’oyaviy-siyosiy kurash keskinlashdi. Turkkomissiya yerli rahbarlar loyihalarini muhokama qilishga yo'l qo’ymadi. Bundan norozi bo’lib, may oyida T.Risqulov, STursunxo’jayev, N.Xo’jayevlar Markazda mintaqa xalqlari davlatchiligi, mustaqilligini asoslash, himoya qi-lishga harakat qildilar. Hay'at shu bilan birga Turk-komissiyasini tugatish, Turkfront RVS (inqilobiy harbiy kengash) huquqlarini cheklash, qizil armiya qismlarini Turkistondan chiqarish yoki qurolsizlantirishiii qafiy talab qildi. Shuningdek, tashqi aloqalar, tashqi savdo va harbiy masalalarni RSFSR tasarrufidan Turkiston MIK tasarrufiga o’tkazish masalalari qo’yildi. Kompartiya va RSFSR rahbariyati Turkiston vakillari loyihalarini qafiy rad etdi. Milliy rahbarlar sinfiy pozi-tsiyalardan chekinishda, milliy burjuaziya manfaatlari tomonga og’machilikda ayblandi. T.Risqulov Turkiston MIK raisligidan bo’shatildi, qator boshqa rahbarlar ham ishdan chetlashtirildi. Turkistonda inqilobiy rejimni yanada kuchaytirish choralari ko’rildi.

1920-yil sentabrda qabul qilingan Turkiston respub-likasining yangi Konstitutsiyasida TSR nomi TSSR deb o’zgartildi. Milliy davlatchilik, mustaqil rivojlanishga qaratilgan Xorazm va Buxoro respublikalarining intilish-lariga ham Markaz, bolsheviklar qarshi choralarni ko’rdilar. Respublikalarni RSFSRga tobe qilishga qaratilgan bitimlar tuzildi, siyosat amalga oshirildi. Bunda ham ulug’ davlatchilik xalq ommasi va milliy rahbarlarning noroziligini keltirib chiqardi.

RSFSR rahbariyati, bolsheviklar mintaqani siyosiy-ma'muriy qaramlikda tutish bilan birga, bundagi boylik-larga egalik qilishga asosiy e'tiborni qaratdilar. o’zbe-kiston hududining xom ashyo boyliklarini talon-toroj qilishda davom etish ko’zda tutildi. Bosh mahkamalari Moskvada joylashgan paxtachilik qo’mitasi (niaB-xjioiikom), pillachilik tresti (mejiKOTpecT) va shu kabi tashkilotlar tashkil qilindi. 1923-yilda o’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (Cpeaa33K0C0) tuzildi, uning 1-konferensiyasi 1923-yil 5-martda o’tkazildi. Rasman uchta respublika iqtisodiyotining hamkorlik yo’lida bir-lashuvi e'lon qilindi. Amalda esa mintaqa xo’jaligi usti-dan Markaz nazorati o’rnatilishi, boyliklariga amaliy egalik qilish yo’li ochildi. Xalq ommasi davlatchiligi, mustaqilligi va asriy huquqlarining inkor qilinishi, yerli rahbarlar tashab-buskorligiga qarshi choralar, ulug’ davlatchilik, shovinis-tik boshqaruv amaliyotlari mintaqadagi iqtisodiyotga, ijtimoiy-siyosiy muhitga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Bu hol yig’inlarda, matbuotda ochiq e'tirof etib borilgan.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish