JARAYONLAR
Reja:
1.Davlatchilik muammosi va ijtimoiy hayot jarayonlari.
2., Turkiston mustaqilligi uchun kurash va muqo bil qarshilik choralari
3. Turkiston mustaqilligi uchun kurash va muqo bil qarshilik choralari.
Turkistonda sodir bo’lgan hokimiyat o’zgarishlari, siyosiy beqarorliklarga qaramasdan tub aholi doiralari o’lkada barqarorlikni joriy qilish, ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yishga kirishdilar. Qishloqlar, daha-mahallalarda oqsoqollar, miroblar jamoa ishlariga rahabarlikni davom ettirdilar. Ammo qozbconalar yopilgan, fuqarolarning nizoli ishlari chiqib qolganda, ular yangi shaharlarga borib sudga murojaat qilishlari kerak edi. Bu til jihatdan va boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarardi. Aholi boshqaruv idora-mahkamalarini tuzishga asosli manfaatdorlik bilan yondashdi. Mahalliy boshqaruv ido-ralariga faol, obro'-e'tiborli, savodli vakillarni ko’rsatib sayladilar. Milliy ziyolilar ilgari surgan g’oyalar asosida maktab-maorif, matbuot, boshqa sohalarda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Sovetlar tortib olgan (ekspropriatsiya qilgan) katta turar joy — hovlilarda, shu kabi idoralarda yerli aholi bolalari uchun maktablar, internatlar, shifo-xona (poliklinika)lar ochildi, yerli aholi tillarida gazeta-lar, jurnallar chiqardilar, qator bosmaxonalar ishlay boshladi. Milliy ziyolilar samarali faoliyat ko’rsatdilar. Ular maktab-madrasa, shuningdek, rus-tuzem mak-tablari, boshqa o’quv yurtlarida bilim olgan xalqning ongli farzandlari edi. Ular moddiy ahvolning og’irligi, tashkiliy qiyinchiliklarni sabr-bardosh bilan yengib ish-ladilar. Aholi maorif maskanlarini ta'mirlash, moddiy ta'minlash ishiga o’z hissasini qo’shib bordi. Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdu-rauf Fitrat va boshqa qator taniqli ziyolilar maorif-madaniyat idoralarida samarali xizmat qildilar. Xalq ommasidan qator siyosatchi davlat arboblari yetishib chiqdi. Turor Risqulov Turkiston MIK raisi, keyinchalik Turkiston XKS raisi, Nazir To’raqulov (1892—1939) Turkiston Kompartiyasi MK kotibi, Qayg’usiz Otaboyev (1887—1937) Turkiston XKS raisi,
so’ngra Buxoro respublikasi nozirlar sho’rosi rais muovi-ni, Abdulla Rahimboyev (1896-1938) Turkiston MIK raisi, Inomjon Xidiraliyev (1891—1929) Turkiston MIK raisi, O"zbekiston yer ishlari komissari lavozimlariga ko’tarilib, xalq ommasi manfaatlari uchun xizmatlarini ayamadilar. Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilgan yerli xalq vakillari ijtimoiy adolat, erkinlik shiorlariga ishondilar. Zo’ravonliklar, xalqni talashga barham be-rishga bel bog’ladilar va bu yo’lda kurash olib bordilar.
Rossiyada qurg’oqchilik va ocharchilik bo’ldi. Turkiston aholisi oziq-ovqat xayriya yordamini yubordi, o’lkaga kelgan 160 ming qochoq ochlarni qabul qildi, ularni o’limdan qutqardi. Turkistonning o’zida ham oziq-ovqat yetishmas, xo’jalik og’ir ahvolda edi. Turkiston bolsheviklari Markaz hokimiyatining madadiga tayanib o’lka aholisining ijtimoiy-davlatchilik faoliyati oldini olish, so’ndirish choralarini ko’rib bordilar. Turkiston Muxtoriyatining qurolli yo'1 bilan tor-mor etilishi, Qo’qon aholisining ommaviy qirg’in qilinishi bolsheviklarning asl maqsad-mohiyatlarini ochib tashla-di. Ularning yerli xalqlar milliy davlatchiligiga tish-tirnog’i bilan qarshi ekanligi ochiq ko’rindi. Bolshe-viklar mintaqada hukmronlikni o’rnatish, mustahkamlab borish uchun siyosatning boshqa yo’llarini ham ish-latishga kirishdilar. Bu mahalliy aholining ko’pchilik qatlamlarini ijtimoiy-siyosiy hayot maydoniga yo’lat-maslik, ular o’rtasida adovatni keltirib chiqarish va shu kabilar edi.
Bolshevik siyosatdonlar yerli aholi, uning ko’zga ko’ringan namoyandalari, ayniqsa, milliy ziyolilarga xusumat bilan qaradilar. Islom dini ruhoniylariga qarshi dushmanlik siyosati yurgizildi, masjid-madrasalar, vaqflar ta'qib ostiga olindi. Ochilgan maktablar, inter-natlar moddiy ta'minlanmadi, natijada ko’plari ishini to’xtatdi. Shu sabablarga ko’ra gazeta-jurnallar tez-tez yopilib turdi.
Tub yerlik xodimlar, jumladan, yuqori lavozimlarda-gi arboblar faoliyati qattiq nazorat qilindi. Ular asossiz ravishda almashtirib turildi, ishlariga to’siqlar qo’yildi.O’lkaning tobeligini kuchaytirish uchun Markazdan bol-shevik kadrlar yuborildi, 1920—1932-yillarda Turkis-tonga 1400 ta yevropalik bolshevik keldi. Bularning ko’pchiligi eng yuqori lavozimlarni egalladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |