Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


O’zbekiston bilan Markaz munosabatlarining kes-kinlashuvi. «Davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi



Download 1,75 Mb.
bet31/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   207
Xalq xo’jaligidagi vay-rongarchilik, iqtisodi-yotning izdan chiqishi. Sovet hokimiyati to’g’ridan-to’g’ri dehqonlarni hamda o’lkadagi rus krestyanlarini talashga, zo’rlik bilan ulardagi g’alla, oziq-ovqat, yem-xashak, ot-ulov, mol-larni tortib olib ketishga kirishdi. Bunday bosqinchilik xatti-harakatlarini amalga oshirishda Turkistondagi bol-sheviklar, qizil armiya qo’mondonligi Rossiyada joriy qilingan tadbirlardan andoza olmoqchi bo’ldilar.

Turkistonda 1920-yilga kelib qator dekretlar chiqa-rilib, oziq-ovqat razvyorstkasi joriy qilindi, ya'ni oziq-ovqatga davlat monopoliyasi asosida xo’jaliklardan or-tiqcha g’alla va boshqa mahsulotlar majburan tortib oli-nadigan bo’ldi. Amalda esa soldatlar va qurollangan ishchilar (oziq-ovqat otryadlari) xo’jaliklardagi jamiki g’alla va boshqa mahsulotlarni zo’rlik bilan olib keta boshladilar, hatto urug’likka qoldirilganlari ham talab ketildi. Shahar bilan qishloq o’rtasida natural mol almashish va'da qilinganiga qaramasdan, dehqon xo’ja-liklari hech qanday sanoat mollari olmadi. «Harbiy kom-munizm» nomini olgan bu siyosat asosida shahar va tumanlarda voyaga yetgan va 55 yoshgacha bo’lgan mehnat bilan band bo’lmagan har bir fuqaro majburiy ravishda mehnatga jalb qilindi. Hatto namoz paytida askarlar masjidlarga bostirib kirib odamlarni zo’rlik bilan ishga haydab borgan. Dehqonlarni talash ularning qahr-g’azabi, norozili-gini yanada oshirdi. Razvyorstka o’lkadagi rus krestyanlariga nisbatan ham amalga oshirildi, ularning noroziliklari, qarshiliklari ba'zida jiddiy tus oldi. Shunda ular sovet hokimiyati dushmanlari, krestyanlar posyolkalari esa «quloqlar posyolkalari» deb qoralandi. 1920-yil yozida Markazda ularga qafiy choralar ko’rish belgilandi. 1921—1922-yil-larda krestyanlarning yerlari natsionalizatsiya qilindi, bu tadbir yer reformasi (islohoti) deb ataldi. Uning asosiy rayoni Yettisuv viloyati bo’ldi, Turkrespublika bo’yicha davlat yer fondiga olingan 230 ming desyatina yerdan 26 ming desyatinasi o’troq dehqonlarga berildi.

Shu bilan birga yevropalik yer egalariga nisbatan siyosat o’zgaruvchan bo’ldi, ba'zida bog’lar, mollar, yerlar egalariga qaytarib ham berildi. Rossiyaliklarning Tur-kistonga kelishi, ularning yer bilan ta'minlanishi davom etdi.

Sovet hokimiyati dehqonlar qarshiligini sindirish maqsadida ular orasida nizo va dushmanlikni keltirib chiqarmoqchi bo’ldi. 1920-yilda bo’lib o’tgan o’lka sovetlarining IX qurultoyi qishloqda sinfiy tabaqalanish-ni ayj oldirish to’g’risida qaror qabul qildi.

Oziq-ovqat razvyorstkasi, «harbiy kommunizm» Turkistonda normal xo’jalik aloqalarini buzdi, xo’jalik faoliyatining bosh obyektiv qonuniyati bo’lgan moddiy manfaatdorlik tamoyilini yo’qqa chiqardi.

Sovet hokimiyatining iqtisodiy sohada ko’rgan choralari samarasiz bo’lib chiqdi. o’lkadagi xo’jalik hayotining inqirozi tobora halokatli tus olib bordi. Asrlar davomida tarkib topgan, dunyo mamlakatlarida mavjud bo’lgan xo’jalik shakllari va munosabatlari Turkistonda inqirozga yuz tutdi.

Turkistonda aholi barcha qat-lamlarining moddiy va ijti-moiy ahvoli keskin og’irlashib ketdi. Xo’jalikdagi vayrongarchilik, ziroatchi aholining surbetlarcha talanishi xalq ommasini zarur mahsulotlar, birinchi navbatda non bilan ta'minlash ishini butkul izdan chiqardi. Odam-larning tuz, kerosin, sovun, paxta yog’i topishlari amri mahol bo’lib qoldi. To’qimachilik matolari, oddiy kalish, gugurt va shu kabilar savdodan yo’qoldi. Natijada qishloqlarda eski mato to’qish dastgohlari ishga solinib, dag’al bo’z va qalama to’qish bilan zarur ehtiyojlarni qondirish yo’liga o’tildi.

Qahatchilik zarbalarini butun aholi seza boshladi. Ayniqsa, shaharlar va posyolkalardagi aholining moddiy ahvoli juda og’ir kechdi. Farg’ona viloyatida achinarli ahvol vujudga keldi. Ishsizlik, ochlar, gadolar, vayron bo’lgan qishloqlardan va Rossiya guberniyalaridan kel-gan juldur va boshpanasiz bolalar qayg’uli va mudhish manzarani tashkil qilardilar. Og’ir moddiy ahvol norozi-lik uyg’otib, yangi shaharlarda o’qituvchilar, tabobat




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish