Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


Saylovlar o’tkazish tar tibidagi o’zgarishlar



Download 1,75 Mb.
bet30/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207
Savol va topshiriqlar

1. O’zbekiston hududidagi xalqlarning davlatchilikka qaratil-gan harakatlari nimalarda ko’rindi?

2. Kimlar qanday qadriyatlarni himoya qilib chiqdilar?

3. 1920-yilda Turkistonda keskin siyosiy inqirozni keltirib chiqargan voqealar to'g'risida gapirib bering.

4. Mahalliy xalqlarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga qarshi choralar va siyosatning sabablari hamda mohiyatini ochib bering.

9-§. ASRIY Xo’JALIK JARAYONLARINING BUZILISHI VA IQTISODIY INQIROZ

Reja:

1.O’zbekiston aholisining ijtimoiy tarkibi hamda xo’jalik faoliyati

2. Xalq xo’jaligidagi vay-rongarchilik, iqtisodi-yotning izdan chiqishi

OI’zbekiston hududida o’z-beklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqal-poqlar, ruslar, kelib chiqishi hindistonlik, afg’onistonlik, eronlik va boshqa mam-lakatdan bo’lgan kishilar yashar edilar. Til va madani-yatdagi ba'zi tafovutlar ularning totuv va bahamjihat yashashlariga xalal bermagan. Ular ijtimoiy-siyosiy faoliyat ko’rsatib, ro’y bergan voqealar, o’zgarishlar, jarayonlar ynalishiga o’z ta'sirini o’tkazib borganlar. O’zbekistondagi milliy g’oya sog’lom va adolatli turmush tarzi olib borish, boshqa mamlakatlar xalqlari hayoti bilan tanishish, ular bilan savdo va madaniy aloqalarni o’rnatish kabi an'analarda mujassamlashgan. Ijtimoiy jihatdan aholining ko’pchiligini dehqonlar, so’ngra hunarmandlar, savdo-tijorat ahJi, ziyolilar, yol-lanma ishchi-mardikorlar, ruhoniylar, rus posyolkalari-ning krestyanlari, aravakashlar, mahkama xodimlari tashkil qilgan. Sovet hokimiyati davrida banklar, aksio-nerlik jamiyatlari xodimlari, madrasa o’quvchilari, qis-man masjidlarning imom-xatiblari guruhlariga zarba berildi, ular yo’q bo’ldi yoki doirasi qisqarib ketdi. Amalga oshirilgan iqtisodiy o’zgarishlar jamiyatning asosiy ijtimoiy guruhlariga salbiy ta'sir ko’rsatganiga qaramasdan, ular 20-yillar boshiga kelganda o’z xo’jalik faoliyatlarini davom ettirishga intildilar.

O’zbek dehqonlari xo’jalik salohiyati nuqtai nazari-dan uch guruhga bo’linardi: badavlat dehqonlar, o’rta salohiyatli dehqonlar hamda kambag’allar. Sovet hokimiyati davridagi ba'zi o’zgarishlarni hisobga olma-ganda, bu holat 20-yillar oxirigacha davom etib keldi. Turkistonning uchta O’zbek viloyatlaridagi dehqon xo’jaliklarining uchdan ikki qismiga yaqini ikkinchi guruhga molik bo’lgan. Buxoro davlatining markazi va g’arbiy qismlarida hamda Xorazmning voha qismida ham manzara umuman olganda shunday edi. Iqtisodiy mustaqil xo’jaliklarning o’rta hisobda 2 desyatina sug’oriladigan yeri, ish hayvonlari va boshqa mehnat vositalari bo’lgan. Dehqonlar tomonidan ekilib, hosili yig’ib kelingan yerlar ijtimoiy, shuningdek, iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lib kelgan.

Shaharlarda, uyezdlar, volostlar, bekliklar va tumanlar mavzelarida, ishchi posyolkalarida o’zbe-kiston hududidagi aholining beshdan bir qismi yashar edi. Bu hunarmandlar, savdogarlar, xizmatchilar, ishchilar va boshqalar edi. Materiallar va xom ashyo-ning kamayib va qimmatlashib borishi, buning ustiga sovet hokimiyatining tazyiqi hunarmandlar ahvoliga ham ta'sir qildi. Lekin hunarmandlar soni qisqarma-di, aksincha, ba'zi joylarda ko’paydi. Chunonchi, chetdan sanoat mollari kelishining kamayishi mahal-liy kosibchilar mahsulotlariga talabni oshirib yubordi.

Masalan, Farg’ona va Sirdaryo viloyatlaridagi mahal-liy to’qimachilik do’konlarini 1913-yilda 1100 kosib ishlatib turgan bo’lsa. 1920-yilda ularning soni 2280 kishiga yetdi. To’la bo’lmagan ma'lumotlarga qara-ganda, 1920-yilda Turkistonda 150 ming (1917-yilda-gi 91241 o’rniga) hunarmand bo’lib, ulardan ko’nchi-lar 8680, etik va mahsido’zlar 24030, ip yigiruvchilar 20150, to’qimachilar 62150, temirchilar 7470 kishini tashkil qilgan. Ko’plab sanoat korxonalari to’xtab qolishi oqibatida ishsizlar soni ko’paygan, ularning ham bir qismi kosibchilik bilan shug’ullangan.

Turkistonning Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona vilo-yatlarida qariyb 400 ta rus posyolkalari bo’lib, undagi aholi 100 ming kishi atrofida edi. Ularni rus krestyanlari, temir yo'l ishchilari, baliqchilar tashkil qilardi. Shu-ningdek, O’zbek shaharlarining yangi shahar qismlarida ham rus ishchilari, turli xizmatchilar yashagan. 1920-yilda Rossiyaning ko’p guberniyalarida qur-g’oqchilik bo’lishi natijasida Turkistonga 60 mingdan ko’p ochlar keldi. Mamlakatning Yevropa qismidan keluvchilar oqimi to’xtovsiz davom etdi. Turkistonda xususiy mulkchi-lik bekor qilingan joylarda vayrongarchilik kuchayib bor-di, egasiz korxonalar, yer maydonlari, bog’lar qarovsiz qoldi, ulardagi jihozlar talab ketildi. o’lkada qimmatchi-lik va inqiroz chuqurlashib bordi.

o’lkada, ayniqsa, shaharlarda g’alla, aholini non bilan ta'minlash muammosi jiddiy tus oldi. Nonni, boshqa mahsulotlarni kartochkalar bilan cheklangan miqdorda taqsimlash joriy qilindi. Bunga sinfiylik omili ham qo’shildi. Iste'molchilar soni esa pasaymadi. Buning usti-ga qizil armiya qismlari ham mahalliy zaxiralardan ta'minlanar edi.

Sanoat bilan qishloq xo’jaligi, shahar bilan qishloq o’rtasida mol almashuvining yo’qolib ketishi natijasida g’alla, oziq-ovqat mahsulotlarining dehqonlar tomo-nidan olib kelib sotilishi barham topdi. Oziq-ovqat diktaturasi qoniqarli natija bermadi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish