1918-1920-yillarda Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy ahvol. Amir-likning mahv etilishi. Amirning 2-martdagi farmonida birinchi farmonning hayotga tatbiq etilmaganiga «ba'zi bir amaldorlarning ig’vogarligi» sabab qilib ko’r-satilgan, «hur fikrli kishilar»dan ijroiya komitet ta'sis eti-lajagi, «erkinlik dushmanlari»ning chetlashtirilishi, aholi uchun og’ir bo’lgan soliqlar - amlok va aminonaning bekor qilinishi, yangicha soliqlarning joriy qilinishi e'tirof etilgan edi. Ammo qurolli to’qnashuv oqibatida boshqa masalalar ustuvorlik qildi. Buxoroda, amirlikning boshqa joylarida siyosiy vazi-yat tubdan o’zgardi. Ijtimoiy va siyosiy hayot jarayoni o’zanidan chiqib ketdi. Yosh buxoroliklar quvg’ini, ularni hibsga olish, qatl qilishlar sodir bo’ldi. Jami 3 mingga yaqin kishi qatl etildi. Yosh buxoroliklar Samarqand, Toshkent va boshqa joylarga muhojirlikka ketdilar.
Yosh buxoroliklar, ilg’or kayfiyatdagi ziyolilar va arboblar bo’lib o’tgan voqealar, siyosiy vaziyatning o’zgarganini chuqur tahlildan o’tkazdilar, oldinda turgan vazifalarni muhokama qildilar. Yosh buxoroliklar o’z siyosiy yo’nalishlariga va taktikasiga bir qator muhim o’zgarishlar kiritdilar. Ulardan eng asosiysi tubdan o’zgargan vaziyatda tinch yo'l bilan amir hokimiyati saqlangan holda amirlikda demokratik o’zgarishlar bo’lishi imkoniyati qolmagan, deb e'tirof etilishi edi.
Fitrat, F.Xo'jayev va boshqalar milliy harakatda faol qatnashdilar, Buxoroda islohotlar o’tkazish borasidagi faoliyatni davom ettirdilar. Fitratning bunday faoliyati 1917-yil bahorida boshlangan edi. 16-apreldan Samar-qandda chiqa boshlagan «Hurriyat» gazetasining 24— 74-, 82—87-sonlariga Fitrat muharrirlik qildi. Kolesov voqealaridan so’ng Fitrat Toshkentda yashadi, «Chi-g’atoy gurungi» adabiy-ma'rifiy to’garagining tash-kilotchilaridan va faol a'zolaridan biri bo’ldi. Fitrat o’z maqola va asarlarida milliy davlatchilik, vatanparvarlik g’oyalarini tarannum etdi. F.Xo’jayev Yosh buxoroliklar g’oyalari ruhidagi dasturiy hujjat — maromnomani tuzdi va nashr etdi, «Uchqun» gazetasining chiqishini tashkil qildi. 1918—1920-yillarda Yosh buxoroliklar dasturlari, siyosiy qarashlari, taktikasida Buxoroda islohotlar o’tkazish uchun kuch, zo’rlik ishlatish zarur bo’lib qol-gani tan olindi, ikkinchi tomondan, aholining diniy e'tiqodi e'tirof etildi. Shuningdek, bolshevistik proletar diktaturasi, mulkdorlarni ekspropriatsiya qilish qoida-lariga yon berilmadi.
Buxoro hukumatining tashqi siyosatida, iqtisodiy alo-qalarida o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rossiya qog’oz pullari ko’payib ketdi, ularning qiymati deyarli qolmadi. Natijada aholi rus posyolkalari, temir yo'1 bekatlarida bu pullarga mol, oziq-ovqat sotmay qo’ydilar. Turkiston hukumatiga mol ayirboshlash taklif qilindi. Lekin Buxoro paxtasi evaziga beriladigan paxta yog’i, guruch Turkistonda yetarlicha yo’q edi, savdo bo’lmadi. Shu vaqtning o’zida Buxoro bilan Angliya o’rtasida savdo birmuncha jonlandi. Jumladan, 1918-yilda inglizlar Bu-xoro bozorlarida 1 mln. pud paxta, 1 mln. dona qorako'1 teri, 200 ming pud jun, 150 ming pud xom ipakni xarid qildilar. Bu aloqalar 1919- va 1920-yilda ham davom etdi. Masalan, faqat 1919-yil bahorida ingliz savdogarlari 400 toy qorako'1 terini xarid qilib olib ketdilar. Chetga sotish uchun Buxoroda mahsulot ancha ko’p bo’lib, an'anaviy Rossiya bozori batamom izdan chiqqan, qog’oz pulning xarid quvati yo’q edi. Natijada Buxoroda ko’plab mollar, ayniqsa, paxta, qorako'1 teri, ipak sotilmay, omborlarda to’planib qolaverdi. o’z nav-batida ekin maydonlari qisqardi, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshdi. Rossiyadagi inqilobiy voqealar natijasida Buxoro savdogarlarining talaygina mollari Moskva, Nijniy Novgorod, Kazalinsk va boshqa joy-lardagi do’konlar, omborlarda qolib ketdi.
Buxoro bilan Rossiya davlatlari o’rtasidagi munosabatlar murakkab kechdi. Yangi rus hukumati chorizmning mustamlaka bitimlari bekor qilinadi, deb e'lon qilishi bilan Buxoro hukumati Samarqand va Jizzax, ularning atrofidagi yerlarim qaytarib berish masalasini qo’ydi. Lekin RSFSR hukumati bunga rozi bo’lmadi, aksincha, Buxoroni o’z ta'sir doirasiga olish choralarini ko’rdi.
1920-yil bahorida amir Turkkomissiya a'zolari Eliava va Frunzeni qabul qilib, muzokaralar olib bordi. Sav-dogarlarning vakillari Rossiyada qolib ketgan mollar taqdirini hal qilish uchun Buxorodan jo’nab ketdilar. Lekin RSFSR— Buxoro munosabatlari yomonlashib bordi. Moskvaning ma'qullashi oqibatida Buxoro amirligiga qarshi dushmanlik kampaniyasi kengaytirildi va ashaddiy tus oldi. Qo’pol ravishda Buxoroning ichki siyosiy tuzumini qurol bilan o’zgartirish choralari ko’rildi. Frunze, Kuybishyev o’z niyat-maqsadlarini ochiq-oydin gapirdilar. Amir hokimiyatiga muxolif kuchlar bolsheviklarga yordam so’rab murojaat ham qildilar.
1920-yil avgust oyi oxirlarida Turkiston fronti qo’mondoni MLFninze buyrug’i bilan Buxoro hududla-
rida juda katta harbiy kuchlar, zambaraklar, brone-poyezd, aeroplanlar jangovar holatga keltirildi. 29-av-gustga o’tar kechasi ko’p tomonlama tajovuzkorlik harakati boshlab yuborildi. Asosiy kuchlar poytaxt Bu-xoroga hujum qildilar. Qo’shinlar tinch aholi boshiga shiddatli o’q yog’dirdilar. Shahar vayron, ko’pgina odamlar qurbon bo’ldi. Buxoro shahrida yong’in avj oldi.Amir Olimxon poytaxtni tashlab chekindi, u Buxoroning sharqiy qismi tomon yo'l oldi. 1920-yil 2-sentabr kuni tajovuzkor kuchlar Buxoroni egalladilar. Amir hokimiyati ag’darildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |