Mahmud az-Zamaxshariy asarlarida ham insonning tabiatga va atrofmuhitga bo‘lgan munosabati masalasi yoritiladi. Allomaning “Kitob al-jibol val-ankina val-miyoh” (Tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob) nomli asarida tabiiy geografik muhit, turli o‘lkalar, tog‘lar va dengizlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Amir Temur (1336-1405) o‘zining markazlashgan davlatida obodonchilik ishlarini olib borgan. U Movarounnahrda bog‘-rog‘lar yaratgan, masjidu madrasalar qurdirgan Sohibqironning o‘zi ham Qaerdan bir g‘isht oldirsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim. Qaerdan bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim, deya e’tirof etgan. O‘z davrida Amir Temur boshchiligida Samarqand atrofida tiklangan Bog‘ishamol, Bog‘ibaland, Bog‘ibihisht, Bog‘ijahonnoma, Bog‘ichinor va Bog‘idilkusho kabi bog‘larning ta’rifi xorijiy mamlakatlarga ham yoyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |