Abu Ali ibn Sino (980-1037) ichki-tashqi muhit (ovqat, havo, suv, iqlim, turmush sharoitlari va hokazo) kasallik paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib beradi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi hamda tarqalishida bir qator tabiiy omillar sirasida iflos suv va havo, turli kasalliklarni tarqatuvchi hamda ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda hayvonotlar makruh (mikrob)lar haqidagi fikrni bayon etadi.
Alloma suvni qaynatib yoki suzgichdan o‘tkazib istemol qilishni tavsiya etadi. Allomaning ushbu qarashlari Pasterdan deyarli 8 asr oldin yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblar to‘g‘risidagi ilmiy g‘oyani asoslanishida muhim o‘rin tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |