Abu Nasr Forobiy (870-950) ham o‘z asarlarida tabiiy taraqqiyot, ijtimoiy munosabatlarning ichki qonuniyatlari, ma’lum fanlarning asoslari borasidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Alloma mazkur hududda yashab ijod qilgan mutafakkirlar ichida birinchi bo‘lib fanlarni tasniflagan hamda mavjud fanlar sirasida tabiatshunoslik fanining o‘rni va rolini asosli tarzda ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘lgan.
Abu Nasr Forobiy tomonidan yaratilgan «Kitob al-haji va al-miqdor», «Kitob al-mabodi al-insonni» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»), «Qalam fa’zo al-hayvon» («Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob»), Fozil odamlar shahri” [6] hamda «Risolat fi-a’zo al-inson» («Odam a’zolarining tuzilishi») kabi asarlarida inson va hayvon organizmining tuzilishi, a’zolari, ularning vazifalari, shuningdek, inson va hayvon organizmining fiziologik xususiyatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar xususida so‘z yuritar ekan, anatomikfiziologik tushunchalarning mohiyatini sharhlab o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |