Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotda ro‘y beradigan hodisalar, tabiiy taraqqiyot qonuniyatlari, ijtimoiy voqelik va tabiiy hodisalarning o‘zaro ta’sir mohiyatini tushuntirishga urinadi. Alloma yer yuzida kechadigan ayrim hodisalarning mohiyatini Quyosh va uning koinotga ko‘rsatuvchi ta’siri bilan izohlaydi. Mutafakkirning fikricha, inson tabiiy qonuniyatlarga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ravishda o‘rgana oladi.
Abu Rayhon Beruniy ayrim tabiiy-ilmiy masalalarning yechimini topishda tabiiy jarayonlarning dinamik va dialektik xususiyatini ochib berishga harakat qiladi. Allomaning fikricha, yer yuzida o‘simlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar chegaralangandir. Biroq, o‘simlik va hayvonlar cheksiz ravishda ko‘payishga intiladilar va bu yo‘lda kurashadilar.
Abu Rayhon Beruniy o‘zining Saydana nomli asarida 1116 turdagi doridarmonlar xosiyatini tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli xil o‘simlik, 101 tasi hayvon hamda 107 tasi minerallardan olinishiga alloma alohida urg‘u berib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |