2. Zamonaviy o‘zbek geografik maktab namayondalari
Hamidulla Hasanov 1919-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Yoshligidanoq ilmga chanqoqligi uning maktabni tamomlagach, o`sha paytdagi O`rta Osiyo universitetining (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti) geologiya-geografiya fakultetiga yetakladi. Geografiya fanining rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan benazir ustoz-Hamidulla Hasanovich Hasanov ko‘p qirrali entsiklopedist olim bo‘lgan. U kishining ilm-fan va, ayniqsa, geografiya fanining rivojlanishi tarixiga qo‘shgan xissasini har qancha ta’riflasak ham oz.
Olimning ijodi serqirra va sermazmun bo‘lib, oltita yirik yo‘nalishda izlanish olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |