1. Aziziddin Nasafiyning hayoti va faoliyati haqida so‘zlang



Download 106,2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.06.2022
Hajmi106,2 Kb.
#716889
Bog'liq
2-nazorat savollar javoblar



Nazorat savollari
1.Aziziddin Nasafiyning hayoti va faoliyati haqida so‘zlang.
2. Aziziddin Nasafiyning ma’naviy merosi xususida nimalarni bilasiz?
3. Aziziddin Nasafiyning asarlarida komil inson talqini qanday bayon etilgan? 
Zero, boy milliy ma’naviy meroslarimizda olg‘a surilgan masalalar asosini 
ma’naviy-axloqiy qarashlar tashkil etadi. Axloqiy meyorlar hayotning bosh mezoni 
sifatida belgilangan bu asarlarda shaxsning jismoniy, ma’naviy, ruhiy kamoloti, 
xulq-atvori haqida ibratomuz fikrlar o‘z ifodasini topgan. Xususan, komil inson 
tarbiyasida oila, jamiyat, mehnat, hunar va ta’lim hamda ustozning o‘rni kabi qator 
masalalar yoritilgan. 
Uzoq asrlar davomida xalqimiz o‘z farzandlariga ilmu ma’rifat o‘rgatish va odob-
axloq fazilatlarini singdirishda etnopedagogik manbalar bilan bir qatorda 
ajdodlarimiz nasihatlariga ham amal qilib kelganlar. Bugungi zamonaviy sharoitda 
ham ma’naviyat sarchashmalardagi axloqiy tarbiyaga oid qarashlarni chuqur 
o‘rganish zaruriyati yo‘qolmagan. Bugungi kunga qadar bir qator o‘tmish 
allomalari va olimlarning ma’naviy qimmati baland bo‘lgan asarlari, ulardagi 
komil inson tarbiyasi haqidagi qarashlarga oid ba’zi maqolalar e’lon qilingan 
bo‘lsa-da,, ammo bu sohada maxsus tadqiqot ishlari nihoyatda kam ekanligi 
ma’lum. Ana shunday hali asarlari to‘liq o‘rganilib, hayotga tadbiq etilmagan 
olimlardan biri Aziziddin Nasafiydir. 
Aziziddin Nasafiyning asarlarida komil inson qiyofasida aks etuvchi ma’naviy-
axloqiy xislatlar sifatida quyidagilar keltiriladi (1-jadval). 
1-jadval. Aziziddin Nasafiy asarlarida keltirilgan ma’naviy-axloqiy sifatlar 
Axloqiylik 
To‘g‘rilik 
Insof 
Saxiylik 
Saxovatlilik 
Bilimlilik Aqllilik 
Donolik 
Mardlik 
Qanoatlilik 
Sabrlilik 
Mehnatsevarlik 
Insoflilik 
Insoniylik 
Nafsga berilmaslik 
G‘ayratlilik 
Xushmuomalalik 
Mustaqil fikrlash 
Oqibatlilik 
Harakatchanlik 
Mazkur ma’naviy-ahloqiy sifatlar allomaning asarlari, hikmatlarida o‘z ifodasini 
topgan. Aziziddin Nasafiyning “Zubdat ul-haqoyiq” asarida odob-axloq 
meyorlarining inson hayotida ifodalanishi ancha ravon aks ettirilgan. Ushbu 
asarning mazmuni islom dini ta’limoti ta’sirida yaratilgan bo‘lsa-da, uning 
mazmunidagi asosiy axloqiy tarbiyaga oid fikrlar pedagogik qimmatga egaligi 
bilan diqqatga sazovor. Shu jihatdan asardagi fikrlar, Nasafiy hikmatlaridagi 
islomiy qarashlarning allomalarimiz Alisher Navoiy, Koshifiy, Sa’diy SHeroziy 
kabilarning hikmatlari bilan ta’limiy-ahloqiy jihatdan hamohanglik, yaqinlikni 
ko‘rish mumkin. Chunonchi, Aziziddin Nasafiy “Zubdat ul-haqoyiq” asarining 
ikkinchi bob, uchinchi asl, to‘rtinchi fasli bo‘lmish “Nasihat” bobida ”Tuz 
to‘dasiga qo‘shilgan tuzga aylanadi, ifloslikka tushgan iflos bo‘ladi, zero, nopok va 
paliddan nopok va palid tug‘iladi, safodan safo hosil bo‘ladi. Sendan tug‘ilgan sof 
bo‘lishi uchun avval o‘zingni pokla”, - degan fikrni bildiradi. Alloma falsafiy 
qarashlarining asl mohiyatida shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillariga e’tibor 
qaratadi. Ijtimoiy omil (“tuz tudasiga qo‘shilgan”)ning tarbiyada ustuvor ekanligini 


ta’kidlaydi. Shuningdek, olim irsiyatning (“nopok va paliddan nopok va palid 
tug‘iladi”) muhim ekanligini qayd etib, tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash 
(“avval o‘zingni pokla”) ham katta ahamiyat kasb etishini uqtirib o‘tadi. Bu bilan 
komil inson tarbiyasida bir tomondan irsiyatning, ikkinchidan xulqning 
mo‘tadilligi natijasida ham nafs, ham badan sog‘lom bo‘lishi ta’kidlanadi. Bu esa 
hadisi sharifda keltirilgan “Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila 
tug‘iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi”, - degan 
purma’no fikr bilan hamohangdir. Demak, Nasafiy komil inson tarbiyasida barcha 
omillarni birgalikda amalga oshirish va yaxshi xulqni tarbiyalash mumkinligini 
ta’kidlab o‘tadi. Shuningdek, komil inson tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati 
nihoyatda katta ekanligini e’tirof etadi. Tarbiyada ota-ona o‘z tarbiyasi bilan 
alohida va muhim o‘ringa ega. Ota-onaga Alloh tomonidan berilgan ne’matlar 
ichida eng ulug‘laridan biri farzanddir. Ularning burchi esa o‘z farzandini komil 
inson qilib tarbiyalashdir. Har bir ota-ona shu mas’uliyatni his etishi, ota-
onalarning o‘zlari ham o‘z xulq-atvorlari, insoniyligi, axloqlari bilan o‘rnak va 
namuna bo‘lishlari nihyatda ahamiyalidir. Ulardan har ikkalasining farzandlari 
oldida e’tiborli obro‘ga ega bo‘lishi muhimligi qayd etiladi. 
Aziziddi Nasafiy komil inson xulqini tarbiya qilishda meyorga amal qilishni 
nasihat qiladi. Allomaning ta’kidlashicha, meyorga amal qilish har bir insonning 
hurmatli bo‘lishini kafolatlovchi asosiy mezondir. Meyordan ortiqcha so‘z aytish, 
hattoki nasihatni ham ortiqchasi komil inson tarbiyasida so‘zning ta’sir kuchini 
yo‘qotadi. Alloma bu borada “Ifrotiy (haddan, meyordan oshiq) ro‘za va namozga 
berilib, ketma-ket hajga borma. Buyurgan farzni ado etish bilan cheklan. Ko‘p so‘z 
va gaplarni yodlashni ham o‘zingga odat qilma, fiqxni berilib o‘rganishning ham, 
ko‘p hikmat bilishning ham foydasi yo‘q, keraklisini bilib olsang, bas”,_ - deydi. 
Nasafiyning fikricha, har ishda meyorning bo‘lishi komillik belgisidir. Ortiqchasi 
bekerak va befoydadir. So‘zlaganda fikrlar tarbiyalanuvchining yuragiga yetib 
borishi lozim. Ko‘p so‘zlash samarasiz bo‘lib, tarbiyalanuvchi tarbiyachining 
so‘zlariga va nasihatiga e’tibor bermasligi aniq. Bu esa tarbiyachining ko‘pchilik 
oldida obro‘sizlanishiga yetarli asos bo‘ladi. 
Aziziddin Nasafiy boshqa allomalar kabi o‘z qarashlarida insoniy sifatlarni 
qadrlagan, odamiylikka zid xususiyatlarni albatta qoralab kelgan. Nasafiy 
hikmatlarida komil inson sifatlari, ya’ni tarbiyalanganlik ko‘zgulari – yaxshilik 
qilish, saxiylik, iroda sifatlari, qanoat va boshqalar yorqin ko‘rinishlarda namoyon 
etiladi. Nasafiy hikmatlarida shaxs oila, mahalla va jamiyatdagi tarbiya jarayoni 
qonuniyatlari hamda tamoyillari asosida tarbiyalanadi va kamol topadi deb 
ta’kidlanadi. 
Aziziddin Nasafiy fikricha, shaxs ma’naviy dunyoqarashining shakllanishida uni 
o‘rab turgan ijtimoiy muhitning muhim o‘rni bor. Nasafiy hikmatlarida insoniy 
sifatlardan saxiylik va xasislik o‘ziga xos tarzda ta’riflanadi. Ma’lumki, saxiylik 
shaxs ma’naviyati kategoriyasi bo‘lib, u insonning ma’naviy tarbiyalanganlik 
darajasi bilan baholanadi. “Saxiy” arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi “mard”, 
“mehribon”, «javonmard” demakdir. Saxiylik ma’naviy-axloqiy fazilat sifatida 
faqat odamzodgagina xos ruhiy hodisadir. Saxiylik tushunchasi diniy va dunyoviy 
mazmunga ega bo‘lib, dunyoviy mazmuni odamiylikdan iboratdir. Uning tarkibiga 


kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g‘oyat turli-tumandir. Odamiylik deganda 
xalqning uzoq tarixi davomida turli sinovlardan o‘tib, sayqal topib kelayotgan va 
faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan axloqiy qadriyatlar tushuniladi. 
Diniy mazmunda oliy bir ibtidoga ishonch ruhining qalbda qaror topishidan kelib 
chiqib mol-dunyoga hirs qo‘ymaslik, muruvvatli bo‘lishni anglashdir. Diniy va 
dunyoviy mazmunda biroz tafovut bo‘lsa ham, ularning mohiyati va shakliy 
tuzilishi bir xil. Chunki saxiylik shaxs ma’naviy-ruhiy olamida qaysi 
yo‘nalishda qaror topmasin, uning sharti asosan bittadir. YA’ni saxiy odamning 
so‘zi bilan ishi bir bo‘ladi. Bunday inson har qanday sharoitda yaqinlari va 
maslakdoshlari uchun hech bir dunyoviy boylikni ayamaydi. Insonlarning hojatini 
chiqarishdan charchamaydi, huzur qiladi. Agar shunday qilmasa, vijdon azobida 
qoladi va o‘zini o‘zi sira kechirmaydi. Demak, vijdon, halollik, poklik, rostgo‘ylik, 
insof-diyonat, saxovat, muruvvat bilan yashash faqat ma’naviy dunyosi boy 
odamlargagina xos fazilatlardir. 
Shu bois saxiylik va xasislik masalalari Aziziddin Nasafiyning asarlarida har 
tomonlama tahlil etilgan. U o‘z hikmatlarida shunday yozadi: “Ikki xil odamlar 
bekorga harakat va mehnat qilgan hisoblanadi. Biri boylik to‘plab o‘z iste’mol 
taomi uchun xassislik qilsa, ikkinchisi bilimga ega bo‘laturib, shu bilimini 
boshqalarga o‘rgatmasa”. 
Aziziddin Nasafiy saxiylikning ziddi bo‘lgan xasislik qiluvchi kishini xatto 
o‘zining omon qolishi uchun ham to‘plagan boyligidan foydalanmasligini 
insoniylikdan xoli tushuncha sifatida ko‘rsatmoqda. Xasislik inson 
ma’naviyatining go‘zal emasligi, xasis odamning insoniylik mazmun mohiyatini 
to‘g‘ri anglamasligi, axloqiy xususiyatlarga ega emasligi, qilgan mehnatining 
rohatini ko‘rmasligi, kibru havodan andishada bo‘lmasligidadir. Shu bilan birga, 
masalaning yana bir tomonini, ya’ni bilim va iqtidor egasining o‘z ilmidan 
boshqalarga foyda tegmasligi ham xasislik ekanligini, ilm egasi saxiylik 
maqomidan bebahra qolishini shu birgina hikmatda qisqa, lekin boy mazmun bilan 
ana shunday yoritib beradi. 
Shuningdek, Nasafiy har bir insonning jamiyat hayotida muayyan va aniq maqsadi 
bo‘lishi kerak degan fikrni ilgari suradi. Nasafiyning fikricha, maqsadga 
yo‘nalganlik jamiyat rivojining asosiy va ahamiyatli shartidir. Alloma maqsadga 
yo‘nalganlikni aniq bayon qilish bilan jamiyatdagi meyorlar bilan shaxsning 
ehtiyojlari uyg‘unlashuvi muhimligini, shaxsning amaliy faoliyatida ijtimoiy 
munosabatlar tizimini ro‘yobga chiqarishga tayyor bo‘lishi zarurligiini 
tushuntirishga intiladi. Maqsadga yo‘nalganlik hamda rejalashtirish g‘oyalarini 
ishlab chiqish va baholashni harakatlarning unumdorligi, muammoli vaziyatlarni 
hal etish zaruriyati bilan izohlaydi. Chunki maqsadga yo‘nalganlik insonlarning 
turli-tuman ziddiyatli voqea-hodisalarga bardosh qila olishini ifoda etadi. Bu 
yo‘nalishda Aziziddin Nasafiy inson maqsadining ma’naviy tarbiyadagi o‘rni 
beqiyosligini ko‘rsatib o‘tadi va bu haqda o‘zining quyidagi hikmatini keltiradi. 
“Bir odamdan so‘radilar: “Harakatsiz va maqsadsiz olim kimga o‘xshaydi?” Javob 
shunday bo‘ldi: “Asal bermaydigan asalariga”. Ma’lumki, maqsadga intilish uch 
narsaning butunligidan hosil bo‘ladi: shijoat, ishonch va amal. Shijoat – tizimli 
harakatlar majmui; ishonch – so‘z va harakatlarda maqsadning aniqligini tan olish; 


amal – ishonchni yaxshi ishlar (amal) bilan isbotlash. Bu xuddi asalarilarning 
harakatiga qiyoslanadi. Asalari shijoatda, g‘ayratda tengsiz, maqsadi aniq va 
harakatlari ishonchli, amali esa barchani lol qoldiradi. Gulchangdan asaldek ne’mat 
oladi ular. Bu esa mana shu uchta butunlikning buzilmasligidir. Allomaning 
maqsadsiz olimning asal bermaydigan asalariga o‘xshatishi ana shundandir. 
G‘ayratli bo‘lish shaxs fazilatlariga ijobiy ta’sir etar ekan. Nasafiy “Bilimga ega 
bo‘lib, lekin harakat qilmaydigan kishi yerni ekinga tayyorlab urug‘ sochmagan 
dehqonga o‘xshaydi...” – deydi. YA’ni bilimi bo‘laturib g‘ayrati, harakati 
bo‘lmasa, umri besamar o‘tadi demoqchi. Inson bilimi va g‘ayratining 
mushtarakligi uning ongi va ahvoli ruhiyatiga singgan, undan mustahkam o‘rin 
olgan dunyoviy g‘oya va dunyoqarash sifatida qudratli harakatlantiruvchi kuch va 
inson irodasini mustahkamlovchi vositadir. Bilim markazida dunyoqarash, olamga, 
odamga va ularning turli uyushmalariga munosabatni belgilash yotsa-da, ammo 
umuminsoniy axloqiy qadriyatlar – vatanparvarlik, oila, jamiyat, xalq va butun 
insoniyat oldidagi burchni anglash kabilar insoniy shartlar hisoblanadi. Bunday 
xususiyatlardan mahrum bo‘lgan odamlarga odatda mevasiz daraxt sifatida 
qaraladi. Nasafiy ham shu bois bundaylarni “yerni ekinga tayyorlab urug‘ 
qadamagan” kishiga o‘xshatadi. Bilimi yetarli bo‘lib, harakat sust bo‘lsa, o‘ziga, 
insoniyatga, jamiyatga nisbatan loqaydlikdir. Loqaydlik tushunchasi zamirida 
ishyoqmaslik, dangasalik, so‘z va amal birligining yo‘qligi, bahonakashlik singari 
mazmunlar ham ifodalanadi. Aziziddin Nasafiyning fikrlari bugungi kunimiz 
uchun ham shaxs kamolotidagi dolzablikni belgilovchi mezonlar deyish mumkin. 
Zamonaviy jamiyatni parokandalikka olib keluvchi illat – bu loqaydlikdir. 
Darhaqiqat, loqayd kishilar tevarak-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarni ko‘rib, 
his etib turishsa-da, “Bu menga taalluqli emas” yoki “Bu mening muammom 
emas”, – deb o‘tib ketaveradilar. Bu bilan ular o‘zlarini go‘yoki ortiqcha 
muammolardan xalos etmoqchi bo‘ladilar. Ammo bilishmaydiki, ularning bu 
loqaydliklari katta bir falokat yoki muammoga sabab bo‘lishi, hatto yurt tinchligiga 
rahna solishi mumkin. Shu bilan birga, ko‘pchilik insonlarning jamiyat hayotidagi 
o‘zgarishlar, islohotlarga befarqligi, doim o‘z qobig‘iga o‘ralib olishlari 
taraqqiyotga g‘ov bo‘lishi mumkin. “Barchamizga ayon bo‘lish kerakki, – deb 
uqtirgandi mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov, – qayerdaki 
beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zi bo‘ladi deb tashlab 
qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi” 
Nasafiy fikricha, insoniy munosabatlar (ijtimoiylashuv) rivoji har bir insonning 
faoliyati va harakatiga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Faol harakat qilmaslik, ijodiy 
mehnatsiz kishilarning ma’naviy-axloqiy hayotini, kamolotini tasavvur etish 
mumkin emas. Faolligi yo‘q odamda ehtiyoj, manfaat, harakat bo‘lmasligini 
quyidagi hikmati bilan izohlaydi. “Qancha o‘qisangiz ham, harakat qilmasdan 
bilolmaysiz”. Harakat qilish esa muayyan organlar va muskullar harakatisiz, 
shuningdek, kishilar bilan aloqaga kirish istagisiz, tilsiz, tafakkursiz, hissiyotsiz 
ro‘y bermaydi. 
Nasafiy hikmatlari mazmunida inson ma’naviy tarbiyasining eng mukammal 
ko‘rinishi uning muomala odobida ekanligi bayon etiladi. Muomala xushtavozelik, 
ochiq yuzlilik alomatlari bilan zohir bo‘ladi. Xushmuomalalik insonning olamni, 


unda o‘z o‘rni va mavqeini bilishi, ijtimoiy mavjudot sifatida namoyon bo‘la 
olishining zarur shartidir. Muomala orqali inson ruhi ezgulikni qaror toptirish 
tomon yo‘nalib, ijtimoiy-siyosiy hayotning insonga yaqinlashuvida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Xushmuomalalikda ham meyor katta ahamiyat kasb etadi va 
bu tushunchalar odatiy bir ma’noda qo‘llaniladi. Ochiq yuzlilik va xushtavozelik 
barqaror bo‘lmagan muhitda insonning shaxs sifatida shakllanishi qiyinlashadi. 
Ijtimoiy hayotda bu borada “Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar”, “Bola shirin so‘z 
gadosi”, – degan naqllar uchraydi. Nasafiy o‘z qarashlarida har narsaning, 
jumladan, xushmuomalalikning ham chegarasi borligini, sharoit va voqealar 
rivojiga qarab yashash lozimligini uqtiradi. Bu borada olim: “Siz xushmuomala 
bo‘lish kerak bo‘lganda qo‘pol so‘zlarni aytmang, chunki tayoq o‘jar hayvonlar 
uchun mo‘ljallangan. Agar siz g‘azablansangiz xushmuomala bo‘lmang, chunki 
shakar achchiq dori kerak bo‘lgan joyda yarashmaydi”, – deydi. 
Inson fe’li o‘zgaruvchan ekanligiga e’tiborini qaratgan Nasafiy ochiq yuzlilik talab 
etiladigan vaqtda qo‘pollik ishlatilsa, insonlar o‘rtasida ishonch, mehr-oqibat 
yo‘qolishiga olib kelishini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, fikrning amalga oshishida 
insonning ko‘p vaqti va kuch-quvvati behuda sarflanishiga sabab bo‘lishini aytadi. 
Inson faqat o‘z chiroyi, odobi va muomalasi tufayli hayotda dadil qadam qo‘ya 
olishini tushuntiradi. Shuningdek, alloma kerakli vaqtda tarbiyada shirin so‘z 
emas, tanbeh berish ham asosiy qurol ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bu esa tarbiyada 
avval aqlingni ishlat, foyda bermasa qalbingni ishlat, yana foydasiz bo‘lsa 
qo‘lingni ishlat ta’biriga mos keladi. 
Shu hikmatga yaqin misol sifatida Nasafiyning quyidagi fikrini keltirish mumkin. 
“Qadimgi donishmandlar kulgili hikoyalar va maqollardan saboq olishgan, chunki 
keyingi avlodlar ular haqida kulgili hikoyalar va maqollarni to‘qimasliklari 
uchun”. Dunyoda insonlar ma’naviyatining turli jihatlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi 
hamda har biri voqelikka o‘z dunyoqarashi, axloqiy mezonlari darajasida 
munosabat bildiradi. Aziziddin Nasafiy ibrat olishning manbasini yanada ochib 
berishga harakat qiladi va donishmandlik tushunchasi bilan uquvsizlik yonma-yon 
turishini ta’kidlaydi. Aziziddin Nasafiy hikmatlarida donishmandlikning belgisi 
kulgili hikoyatlardan ham tarbiya olish mumkinligi, bu borada aql va 
ma’naviyatning uyg‘unligini, uquvsiz esa kulgili voqea sababli shunchaki ko‘ngil 
xushlashini ko‘rsatib beradi. Donishmand qachondir u ham kimlargadir kulgi 
bo‘lishi mumkinligini his etadi va bunga zinhor yo‘l qo‘ymaslikka intiladi. 
Uquvsiz esa voqeani barcha davralarda gapirib yuradi. Bu bilan o‘z qadrini kulgiga 
almashtirib qo‘yadi. Bu hikmat Alisher Navoiyning “Bulut yig‘lab ko‘z yoshi 
to‘kishi bilan dur sochuvchi bo‘ldi, chaqmoq esa kula-kula pastlashdi, yerga kirdi”, 
– degan ibratli naqliga hamohang qadr topa olgandir. 
Aziziddin Nasafiy hikmatlaridagi e’tiborli g‘oyalardan biri shuki, donishmand ko‘z 
o‘ngida fil bilan jang qilishga chanqoq kishi jasur bo‘lmaydi. G‘azablanganda 
nomaqbul gaplarni aytmaydigan kishi jasurdir. 
G‘azab odamiylikni tark etish bilan baholanadi. Nasafiyning fikricha, g‘azab 
iymonsizlikning bir ko‘rinishidir. Shu sababli uning hikmatlarida insondagi g‘azab 
(yomon)lik bir olov misol insonni kuydirsa, uni tark etish odamiylikning oliy 
ko‘rinishi – yaxshilikka erishish ma’nosida keltiriladi. G‘azablanganda insonning 


jasorati, kuch-quvvati mardlik deb baholanmasligini ta’kidlab o‘tadi. Insondagi 
jasorat g‘azab bilan o‘lchanganda edi, dunyo iymonsizlar makoniga aylanardi. 
G‘azabi kelganda o‘z aql-farosati (iymoni)dan kechmagan, o‘zini iroda qila olgan 
kishigina mardlik timsoli sifatida qadr topishi anglanadi uning ilmiy qarashlarida. 
Nasafiyning bunday hikmati inson irodasi bilan ham bevosita bog‘lanadi. Iroda va 
iymonlilik darajasi ko‘p jihatdan ijtimoiy omillarga ham bevosita bog‘liq. Iroda 
inson tabiatidagi mustahkamlik, qat’iyatlilik, o‘z xohishini boshqara oladigan, turli 
hoyu havaslariga qarshi tura olishni anlatuvchi tushuncha. Irodalilik “so‘rash, talab 
qilish, tanlash, afzal ko‘rish” degan ma’nolarni anglatadi. Iroda insonni biron bir 
narsani qilishga yoki qilmaslikka undaydigan ichki kuchni bildiradi. Boshqacha 
qilib aytganda, iroda odamlarning harakati va xatti-harakatlarini boshqaruvchi 
kuchdir. O‘z navbatida, iroda kuchi “ongni o‘ylash va qaror qilish qobiliyati, 
shuningdek, teng ravishda shunday qilish usullaridan birini tanlash va tanlash 
uchun kuch" hisoblanadi. 
Iroda ma’naviyatning muhim komponenti. Irodalilik sifati g‘azablanganda o‘zini 
qo‘lga olishda, samarali kuchga ega ekanligiga ishongan holda muvaffaqiyatga 
erishishning birinchi shartini belgilaydi. Mazkur sifat bo‘shlik, dangasalik va 
loqaydlik kabi ichki dushmalarni yo‘q qiladi. Irodasi zaif inson o‘z g‘azabini bosa 
olmaydi. Nasafiyning hikmatlari qatidagi yashirin ma’no “iroda odamni hayvondan 
ajratib turuvchi xususiyat emas, balki odamni bir-biridan ajratib turadigan yagona 
ruhiy kuch” ekanligini o‘quvchiga anglatishdir. 
Bugungi zamonaviy sharoitda ham aynan yoshlar irodasi masalasiga e’tibor ortib 
borayotganligining boisi shundaki, globallashuv jarayonida yoshlar uchun g‘oyat 
zarur bo‘lgan mafkuraviy immunitetning shakllanishida ulardagi iroda sifatlari 
muhim ahamiyat kasb etadi. Nasafiy iroda sifatlarini shakllantirishdagi o‘z 
qarashlarini quyidagi hikmati orqali davom ettiradi. “Yomonlikka yaxshilik bilan 
javob berish yomonlikdan yaxshilik orqali o‘ch olish bilan barobar bo‘lishi 
mumkin” Nasafiy bu hikmati bilan insonning irodasini yomonlikka yaxshilik 
qilishdek jasorat manbai sifatida e’tirof etadi. Zero, yomonlikka yaxshilikni qalqon 
qilish inson yuragining benihoya axloqiy qudrat manbai ekanligidan darakdir. 
Aziziddin Nasafiy komil inson tarbiyasi haqidagi fikrlarini “Kitoblar yuklangan 
eshak fikrlaydigan darajaga yetmaydi yoki dono bo‘lib qolmaydi. Mohiyatiga 
yetmaydiganlar uchun o‘tin ko‘taradimi yoki kitobmi farqi yo‘q”, - deb davom 
ettiradi. Bu hikmat orqali Nasafiy komil inson ma’naviyatiga daxldor bo‘lgan 
sog‘lom e’tiqod, yuksak dunyoqarash va sof iymon asoslarini shakllantirish 
jarayonida zarur dunyoqarashga, keng fikr doirasiga ega bo‘lmaslik har qanday 
insonning, xususan, yoshlarning mustaqil fikrlovchi, olijanob shaxs bo‘lib 
yetishishlariga to‘siq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Nasafiy fikricha, donolik 
sandig‘ida ko‘p kitob saqlash yoki ularni ko‘tarib yurish bilan belgilangan vazifa 
ado etilmaydi, balki kitobdan uqqan sifatlar asosida odobli va xushxulq sohibi 
bo‘lish, ezgulik yo‘lida yurish muhimligini, bunday fazilatlarga ega odamning aqlu 
farosatidan o‘zgalar qanchalik bahramand bo‘lishi ahamiyatli ekanligini 
tushuntiradi. Shu bilan birga, o‘qilgan kitobni uqib olish, ya’ni chinakam aql va 
bilim o‘zaro omuxta bo‘lsa, bunga insoniy fazilatlar qo‘shilsa, ma’naviy komillikni 
vujudga keltirishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Aks holda bilimsiz aql qalbni 


mahv etadi, qalban yomonlik va tuhmatdan, axloqsizlikdan qutilish mushkul bo‘lib 
qoladi. Nasafiyning “Zubdat ul-haqoyiq” asaridagi bir qator nasihatlar insonni 
saxovatli va himmatli bo‘lishga, yolg‘on, qalloblik nuqsonlaridan uzoq yurishga 
undaydi. “Sening qalbing haqgo‘ylik va ezgulik bilan bezansin, toki inson degan 
ulug‘ nomga munosib bo‘lsang, do‘zax azoblaridan qutilasan, illo agar buni ehtiyoj 
yuzasidan qilsang, joying do‘zaxda bo‘lsin. Shunday bo‘lginki, sendan beixtiyor 
hamisha yaxshilik va saxovat yog‘ilib tursin, hamma vaqt yovuzlik va haqorat 
yog‘diradigan kishilardan bo‘lma. Chunki ularning haqiqati (tabiati) hamisha 
nohaqlik va zulm, noxushlik ijod qilishdir. Sening haqiqating (mohiyating) 
to‘g‘rilik va xayrli ishlar ijod qilish bo‘lsin”, - deyiladi “Zubdat ul-haqoyiq” 
asarida. Aziziddin Nasafiyning falsafiy fikrlaridan anglaymizki, yolg‘on va 
qalloblik yovuzlikning bir qismi bo‘lib, insonni jaholat va gunohga yo‘llaydi, 
axloqsizlikka yo‘l ochadi. Shu sababli alloma bu haqda ogohlantiradi. 
Bundaylarning qilmishlari, kasblari “yomonlik ijod qilish” bo‘lib, kishilarga ozor 
berishdan zavqlanib yashaydilar. Bu kabilar aslo Haqqa yaqinlasha olmaslar, ya’ni 
yaxshilik yo‘lidan yurmaydiganlardir. Bu kabi yomon ijoddan tiyilishning muhim 
omillaridan biri sifatida esa alloma yovuzlikka oshno bo‘lganlardan yiroq bo‘lishga 
va hamisha nohaqlikka qarshi kurashishga, insonlarga zulm qilmaslikka, doimo 
sharafli bo‘lishga, yomonliklarga hushyor munosabat bildirishga undaydi. 
Aziziddin Nasafiy fikrlarida ko‘p e’tirof etiladigan axloqiy tushunchalar yaxshilik, 
saxiylik, to‘g‘riso‘zlik va boshqalar kishilarning ma’naviy kamolotidagi rivojlanish 
jarayonlari haqida. Nasafiy har bir insonni yomonlikdan uzoq bo‘lishga, o‘zini 
yomonlikdan asrashga va ma’nan komillikka erishishga da’vat etadi. “Kimki 
hamisha odamlarga farog‘at tilasa va odamlar uchun farog‘at keltirsa o‘sha 
saxovatli qalb egasidir. Bunday odam hech kimdan xizmatini darig‘ tutmaydi. Tili, 
qo‘li, moli bilan o‘zgalar yordamiga shoshiladi. Hamma vaqt odamlarni qiynashni 
odat qilgan, odamlarga azobu zulmni ravo ko‘ruvchi, tili, qo‘li bilan odamlarga 
ozor beruvchilar qalbi nuqsonli odamlardir”, - deya fikr yuritadi alloma. 
Nasafiy hikmatlarida tarbiyaning kuchiga nihoyatda katta baho berilib, tarbiyali 
inson jamiki axloqiy sifatlarini jamiyat va o‘z maqsadi yo‘lida foydalanishga 
qaratish lozimligini uqtiradi. Tarbiya jarayonida inson rivojlanib, qalb va ruh 
tozaligini ta’minlaydi. Lekin buning aksi bo‘lganda, ya’ni axloqiy sifatlarning 
ziddiga ega bo‘lgan kishilarga tarbiya berishning foydasizligini shunday 
ifodalaydi: “Tarbiyasiz yoki yomon xulqli odamlarga yaxshilik qilish tuzli joyga 
don ekishga o‘xshaydi. Yomon xulqli kishiga yaxshilik yo‘lini ko‘rsatish so‘qir 
odam oldida sham tutish bilan barobardir”. Nasafiyning mazkur hikmati 
bobokalonimiz Alisher Navoiyning quyidagi hikmati bilan mushtarak: 
Nokasu nojins avlodin kishi bo‘lsin debon, 
Chekma mehnatki, latif bo‘lmas kasofat olami. 
Kim kuchuk birla xo‘tikka necha qilsang tarbiyat, 
It bo‘lur, dog‘i eshshak, bo‘lmaslar aslo odami. 
2
Aziziddin Nasafiyning “Hech kimsaga yoki biron bir joyga qalbingiz bilan 
bog‘lanib qolmang, chunki quruqlik va dengiz juda keng, dunyoda esa ko‘plab 
insonlar bor”, - deyilgan hikmatining diqqatga loyiq jihati shundaki, komil inson 
axloqiy saodatining muhim sharti sifatida qalb pokligiga urg‘u berilgan. Bu 


tasodifiy bo‘lmay, balki inson qalbining bevosita axloqqa aloqadorligiga ishoradir. 
Komil inson axloqining eng muhim sharti qalb pokligi ekan, avvalo, uni biror 
narsa yoki buyumga bog‘lab qo‘ymaslik kerakligi, balki keng qalb bilan 
insoniyatga ma’naviy-axloqiy xizmat qilinishi nazarda tutiladi. Shuningdek, 
Aziziddin Nasafiy mazkur hikmatda “qalb bilan bog‘lanmaslik” zaruratini 
turmushning turli bosqichlarida, yaxshilik va yomonlik kelganida, inson o‘zini 
qanday tutishi, irodasi va bardoshini toblashi haqida ham mulohaza yuritadi. 
YA’nikim, boylik va lavozimga bog‘lanib qolish sababidan gerdayib ketmasliklik 
kerakki, o‘sha narsalar qo‘ldan ketgan vaqtda ruhan tushkunlikka berilmasdan 
yashash imkoniga ega bo‘lish mumkin. Komil inson axloqining eng go‘zal 
ko‘rinishi dunyo moliga ega bo‘lganda saxiylik va muruvvatga, qashshoqlikda 
harakatchan va tadbirkor bo‘lishga, yuksak martabaga erishganda kamtar va odil 
bo‘lishga intilishdir. Aziziddin Nasafiy o‘z qarashlarida komil inson kamolotida 
ilm olish, o‘rganishdan charchamaslik va to‘xtab qolmaslikka ahamiyat qaratadi. 
Ilm olish maqomining bunday yuksak qadrlashnishi komil inson irodasining 
yovuzlik va axloqsizlikka qarshi chiniqtirishda, jismoniy, ma’naviy barkamolligini 
tarbiyalashda muhimligini qayd etadi. Inson komillikka intilar ekan, ilm va 
e’tiqodli bo‘lishi, boshida turli kaltaklar sinmasligi uchun o‘z qalbida haqiqat va 
rostlik chirog‘ini yoqishi, jaholat pardasini chilparchin qilmog‘i kerakligini 
ta’kidlab ta’lim beradi. Chunki ilmsiz inson o‘z haqiqatini (mohiyatini) 
anglamaydi, shu bois zulm ostida qolishini aytib, “Shahar itiga doimiy ravishda 
kaltaklar yog‘iladi, chunki u ovchi itidek ovga qodir emasda”, - deb uqtiradi. 
Aziziddin Nasafiy o‘z dahosi bilan insonlarning barcha sohada ne’matlar 
yaratuvchi asosiy kuch ekanligini, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taqdiri 
insonlarning mustaqil fikrlashiga, ularning ijod qilishiga bog‘liqligini ko‘ra bildi. 
U yozadi: “Uy tovug‘idek zulmni boshingdan kechirgandan ko‘ra, nega erkin 
parvoz qiladigan kabutar kabi sayohat qilmaysan?” Bu bilan alloma inson hurligi 
(mustaqilligi) har nedan muhim ekanligini ta’qidlab, erkin bo‘lmagan kishi uy 
tovug‘iga qiyoslanadi. O‘z erki uchun intilishi bo‘lmagan, adolat istasa ham jur’ati 
yetmaydigan, fikri sayoz, vaziyatni o‘z qarichi bilan o‘lchaydiganlar rahnomo 
bo‘lolmasligini ta’kidlaydi. Kabutar esa hurlik ramzi sifatida o‘z dunyoqarashiga 
ega, tafakkuri teran, axloqiy yetuk insonlarga qiyoslanadi. Shuningdek, alloma 
mustaqil fikrli, erkin tabiatli insonning g‘oyaviy sezgirligi, o‘z nuqtai nazarini 
himoya qilishi, ishi va so‘zi birligi o‘zi va jamiyat rivoji uchun xizmat qilishga 
qodir bo‘la olishiga ishonadi. Qadim nasaflik ajdodimizning insoniyatga tuhfa 
qilgan bebaho ma’naviy ne’mati nafaqat tarixiy-qomusiy yodgorlik, balki 
pedagogik qimmatga ega noyob durdonadir. Bu asar olam va odam haqidagi 
bilimlar majmuasi, tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan 
tarbiya kitobi hamdir. Aziziddin Nasafiyning asarlaridagi fikrlarni, hikmatlarni 
axloqiy qarashlarga boy manba sifatida baholash hamda undagi mazkur qarashlarni 
o‘rganish dolzarb pedagogik muammo ekanligini asoslash imkonini beradi. 

Download 106,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish