ataladi
va u jamiyatning birlamchi, boshlang‗ich bo`g‗inidir. Ularning belgilariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1. shaxsiy ehtiyojni qondirish, ular ishlab chiqargan narsasini o`zi yoki
oilasi iste‘mol qiladi, ular ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi hisoblanadilar. Hozirgi
zamonda uy (oila) xo`jaliklari ortiqcha mahsulotlarini sotish uchun bozorga ham
chiqaradi. Bunday hollarda oila xo`jalik faoliyatidan qo`shimcha daromad manbai
sifatida foydalaniladi va ular qisman jamiyatni, boshqalarni
ehtiyojini qondirish
uchun xizmat qilgan hisoblanadi. Bunday holda uy xo`jaligining mahsuloti tovar
shakliga aylanadi;
2. Ular faoliyatida shaxsiy mulkidan foydalanadi (ayrim hollarda kredit
yoki sudalardan foydalanishi ehtimoldan holi emas);
3. O‗z ish kuchini ishlatishadi, yollanma ishchi kuchidan foydalanilmaydi;
4. Faoliyatida ishlatiladigan barcha resurslardan samarali foydalanishga va
ko`proq mahsulot ishlab chiqishga intilishadi;
5. Yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmaydi, ularga hokimiyatdan
ruxsatnoma olish shart emas;
6. Faoliyat yuritishda mustaqil qarorlar qabul qiladi va nihoyat, ular o`z
tavakkalchiligi asosida ish yuritadi.
Jamiyatning asosiy bo`g‗inini, ishlab chiqarish
va xizmatni bozor va
jamiyat uchun amalga oshiruvchi, o`z xo`jalik faoliyatini o`z ehtiyoji (talabi)
uchun emas, tashqi, boshqalar ehtiyojini (talabini) qondirishga yo`naltiruvchi
korxonalar tashkil qiladi.
Bunday hollarda iqtisodiy faoliyat ijtimoiy, ommaviy xarakter olib, ular
nafaqat o`zi yoki oilasi uchun, balki boshqalar uchun ijtimoiy-iqtisodiy maqsadni
ko`zlab ishladilar. Shuning uchun ham korxona ta‘rifini
yoritish uchun, uning
mazmuniga
har
tamonlama
yondashish
zarur.
Korxona
iqtisodiyotiga
bag‗ishlangan adabiyotlarda bu masalaga yaxlit yondashuv mavjud bo`lib, uning
mazmuniga tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy nuqtai nazardan, hamda korxonaning
jamiyatda tutgan o`rni, mavqeiga qarab yondashish tavsiya qilinadi.
Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan
qaraganda korxona - moddiy, mehnat
va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida
tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining,
bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki sotsial ahamiyatga
ega bo`lgan funksiyasini bajarishdir. Shunday qilib korxona xo`jalik sub‘ekti
bo`lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanishdan
kelib chiqadi.
Korxona tushunchasining
muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha
masalalar bo`yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o`z harakatlariga
javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo`jalik
sub‘ekti sifatida namoyon bo`ladi.
Korxona tushunchasini uning jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyatisiz ko`z
oldingizga keltirib bo`lmaydi. Bu nuqtai nazardan yondashish korxonaga
jamiyatning asosiy bo`g‗ini sifatida yondashishni taqozo qiladi.
Nihoyat korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo`lib, u albatta
huquqiy shaxs bo`lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga ―O‗zbekiston
Respublikasidagi korxonalar to`g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunining
birinchi moddasida quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Huquqiy
shaxs huquqiga ega
bo`lgan, mulkchilik huquqi yoki xo`jalikni to`la yuritish huquqi bo`yicha o`ziga
qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va
sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat
ko`rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi
sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o`z faoliyatini ro`yobga
chiqaradigan
mustaqil xo`jalik yurituvchi sub‘ekt korxona hisoblanadi‖.
Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo`lish uchun quyidagi talablarga
javob berishi kerak: faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-
mulkiga ega bo`lishi;
ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish;
uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish;
to`rtinchidan, mulkiy va shaxsiy, nomulkiy huquqlarni amalga oshirish;
beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo`lishi mumkinligi;
oltinchidan, mustaqil xo`jalik balansiga ega bo`lish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib korxonaga quyidagicha ta‘rif berish nazariy
va amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo`ladi deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: