YORITISH
JIHOZLARI bino, kucha, xiyobonlar va boshqalarni yoritish uchun foydalaniladigan
qurilmalar (yoritish asboblari va yoritish qurilmalari, yoritish armaturalari). Yoritish asboblari —
yoritish, nurlatish, yorug’lik signalizatsiyasi yoki proektsiyalash uchun mo’ljallangan
asboblar;
yorituvchi, nurlatuvchi, signal beruvchi va proektsiyalovchi xillari bor. Ular optik nurlatish manbai,
yorug’lik nuri oqimini fazoda berilgan yo’nalish bo’yicha qayta taqsimlash qurilmalari,
konstruktsion
detallardan iborat. Konstruktsion detallar yoritish asboblarining barcha qismlarini birlashtiradi va
nurlanish manbaini hamda yorug’likni qayta taqsimlaydigan qurilmalarni shikastlanishdan va atrof
muhit ta’sirlaridan himoya qiladi. Yorug’lik oqimini to’plash darajasiga qarab, yorug’lik
oqimini optik
o’q bo’ylab to’la to’playdigan (projektorlar), yorug’lik oqimini optik o’qning ba’zi uchastkasida kichik
hajmda to’la to’playdigan (proektorlar), yorug’lik oqimini katta fazoviy burchakda qayta
taqsimlaydigan (yoritish jihozlari) xillarga bulinadi. Yorug’lik oqimini qayta taqsimlashda turli
shakldagi qaytargichlardan foydalaniladi. Yorug’lik asboblari yig’indisidan
iborat yoritqich yoritish
qurilmalari deyiladi. Bular yordamida maydon, xona yoki ayrim ob’ektdar yoritiladi. Yoritish
armaturalari — yorug’lik oqimini fazoda ma’lum tomonga yo’naltiradigan, taqsimlaydigan va ko’zni
qamashishdan saqlaydigan qurilmalar. O’rnatilishiga qarab, osma, shipga, devorga, polga
o’rnatiladigan, stolga qo’yiladigan; vazifasiga qarab, oddiy va bezak xillarga bo’linadi.
Oddi y yoritish
armaturalariga sanoat binolarini yoritish uchun ishlatiladigan qaytargichi emalli, zdlarning baland
tsexlari va xonalari,
shuningdek, katta ko’chalarni yoritadigan qaytargich oynali, nam
o’tkazmaydigan va portlashdan saqlaydigan, stolga qo’yiladigan va boshqalar. Yoritish jihozlari
kiradi. Bezak
yoritish armaturalariga abajur,
lampalar, muzey, teatr va boshqa joylarga
o’rnatiladigan lyustra — qandillar, stolga o’rnatiladigan lampalar, yotoqxonalar, yo’lakchalar va
poyezd vagonlarida ishlatiladigan lampa ko’cha yoritqichi (Toshkent shahri). Lampalarni
mahkamlashda, yorug’likning spektr tarkibini o’zgartirishda, lampochkalarni changdan,
namlikdan
shikastlanishdan saqlashda yoki o’tga o’ch muhitlardan ajratishda turli moslamalar qo’llaniladi.