Mahsus xossali po’latlar
Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar.
2. Oddiy sifatli konstruktsion po’latlar.
3. Avtomat po’latlar.
4. Legirlangan konstruksion po’latlar.
5. Korroziyabardosh (zanglamas) po’latlar.
6. Issiqbardosh po’latlar va qotishmalar.
7. Asbobsozlik po’latlari va qotishmalari.
Umumiy ma’lumotlar
Mashina, konstruktsiya va inshoatlar tayyorlash uchun xizmat qiladigan po’latlarga konstruktsion po’latlar deb ataladi. Konstruktsion po’latlar tarkibida, odatda, 0,5-0,6%gacha uglerod bo’ladi, ammo ayrim xollarda uglerodning miqdori 0,8-0,85%-ni tashkil etishi mumkin (GOST 1050-74).\
Zamonaviy mashina va konstruktsiyalar detallari dinamik nagruzkalar, kuchlanishlar kontsentratsiyasi, yuqori va past temperaturalar, agressiv muxitlar ta’sirida xizmat qiladi. Bu omillar detallarni mustaxkamligini va ishonchliligini pasaytiradi .shuning uchun konstruktsion po’latlarga yuqori talablar qo’yiladi- ular yuqori konstruktsion mustaxkalikga ega bo’lishlari kerak. Bulardan tashqari po’latlar yuqori texnologik xossalarga xam ega bo’lishlari lozim.
Uglerod po’latlar. Bu po’latlar ikki sinfga ajratiladi: oddiy sifatli (GOST 380-71) va sifatli (GOST 1yo050-74) po’latlar.
Oddiy sifatli po’latlar qo’llanilishi va me’yorlangan xossalariga ko’ra “A”, “B”va “V”guruxlargabo’linadi.
“A” guruxi po’latlari. Bu po’latlarni mexanik xossalari me’yorlanadi. Po’latlar markalari StO, St1, St2,...St6. Po’latlar markasidagi soni o’sishi po’latni mustaxkamlik xossalarini ortishini bildiradi.
“B” gurux po’latlari. Bu po’latlarni kimyoviy tarkibi me’yorlanadi. Po’latlar markalarida birinchi xarf po’lat “B” gurux po’lati ekanligini bildiradi (BStO, BSt1,BSt2,...BSt6). Markadagi sonlarni o’sishi po’latlarni mustaxkamlik xossalarini pasayishini bildiradi.
“V” gurux po’latlari. Bu po’latlarni tarkibi xamda mexanik xossalari me’yorlanadi. Po’lat markalari Vst1, Vst2..., Vst5.
Bu guruxlar po’latlarini 1,2,3,4 raqamlari qaynar, yarimqaynar va tinch xolatlarda, 5va6 raqamli po’latlar esa -yarimqaynar va tinch xolatlarda ishlab chiqariladi. Po’latlar qanady xolatda qaytarilganligi uning markasida “KP”,”SP” va “PS” xarflari bilan ko’rsatiladi. Masaaln, po’lat St”kp, St 2sp, St3ps. Markalardagi indekslar quyidagi maononi bildiradi:
“KP”, “SP” va “Ps” xarflari bilan ko’rsatiladi. Masalan, po’lat St2kp, St2sp, St3ps. Markalardagi indekslar quyidagi maononi bildiradi:
“KP”-kipyashaya (qaynar);
“PS”-poluspokoynaya (yarimqaynar);
“SP”- Spokoynaya (tinch).
Sifati oddiy bo’lgan A.B,V gurux po’latlari tarkibida S0,06%, R0,08%.
Sifatli uglerodli uglerodli po’latlarda zarrali elementlar miqdori S0,04%, R0,035...0,04%.
Do'stlaringiz bilan baham: |