Issiqbardoshlik - bu materialni yuqori temperaturada plastik deformatsiyaga va yemirilishga ko’rsatgan qarshiligi. Issiqbardosh po’lat va qotishmalardan yuqori temperaturada, yoyilish sharoitida ishlaydigan detallar (qozon, buь va gaz turbinasi, ichki yonar dvigatelp detallari) tayyorlanadi.
Yoyilish xodisasi xaqida 5-ma’ruzada aytib o’tilgan edi.
Yoyilishda donalar chegarasi ichida dislokatsiyalar xarakati deformatsiyalanishga olib keladi. Bunga donalar chegaralarini oqishi xam qo’shiladi.
Yoyilishda bir vaqtni o’zida naklep, qaytish, poligonlashish va rekristallanish xodisalari bajariladi.
Yoyilishda xam dislokatsiyalarni xarakatiga turli fazalar (nojinsliliklar, qo’shilmalar va boshq.) to’sqinlik qiladi. Bunday to’siqlarni (barperlarni) dislokatsiyalar aylanib o’tadi.
Yoyilish deformatsiya temperatura va materialni yuklanish vaqtiga (nagruzkani ta’sir etish vaqtiga) bog’liq.
Issiqbardosh materiallarni yaratishda yoyilishga olib keladigan omillarni bilish kerak. Issiqbardosh materiallarni yaratishni asosiy yo’nalishlari:
1. Qotishmani rekristallanish temperaturasini oshirish. Austenit po’latlarini ferrit po’latlariga nisbatan reksristallanish temperaturasi yuqori, shuning uchun ularni issiqbardoshligi xam yuqori. Austenit po’latiga qiyin eruvchan elementlar (Mo, W, Cr) kiritilsa diffuziya tezligi pasayadi, rekristallanish temperaturasi ortadi va bular xisobiga po’latni issiqbardoshligi ortadi. Yoyilish diffuziya sharoitida amalga oshadi. SHuning uchun diffuziya koeffitsienti materialni issiqbardoshlikga turьunligini xarakterlaydi.
2. CHegaraviy diffuziyani aktivlashish energiyasini oshiruvchi moddalarni qotishmani tarkibiga kiritish. Masalan, nikelni bor bilan legirlashda chegaraviy diffuziyani aktivlashish energiyasi dona xajmidagi diffuziyani aktivlashish energiyasidan sal kam ikki barobar ortadi va shu bois qotishmani rekristallanish temperaturasi ko’tariladi.
3. Yirik donali metallni mayda donali metallga nisbatan issiqbardoshligi yuqori, chunki yirik donali metalni donalarini chegarasi kichik.
4. Dislokatsiyalarni surilishiga effektiv to’siqlar xosil qilish. Masalan, dispersli qatirish.
5. Issiqbardosh qotishmalar keng temperatura oraliьida ishlaydi va shuning uchun ularni tarkibi barqaror bo’lishi kerak.
6. Yoyilishda dislokatsiyalarni xarakatini dispers karbidlar (TiC, VC, WC, ZrC, NbC) va intermetallid fazalar (Ni3Ti, Ni3Al va boshq.) xam chegaralaydi.
Olovbardoshlik. Bu yuqori temperaturada ishlaydigan materialni ikkinchi xarakteristikasi.
Olovbardoshlik - bu yuqori temperaturada materialni tashqi muxitni kimyoviy ta’siriga qarshilik ko’rsatish xossasi.
Temir asosidagi qotishmalar 5700S dan yuqori temperaturada intensiv oksidlanadi va metallni sirti temir oksidi FeO (vyustit) bilan qoplanadi. Bu ьovakli qatlam metallni xajmini kislorod ta’siridan ximoya qilolmaydi.
Po’latlarni olovbardoshliligini oshirish uchun arkibiga kislorod bilan kuchli bog’lanadigan va zich parda xosil qiladigan elementlar kiritiladi (xrom, alyuminiy, kremniy va boshq.).
zamonaviy issiqbardosh qotishmalar qatorida permitli, martensitli, austenitli issiqbardosh po’latlarni, nikelp va kobalpt qotishmalarini xamda qiyin eruvchan (Mo, Nb, W) elemenlarni ko’rsatish mumkin. Eng yuqori issiqbardoshlik xossasiga volpfram qotishmlari ega (20000S).
Do'stlaringiz bilan baham: |