5. O’lchov asboblari uchun po’latlar.
Bu po’latlar yuqori qattiqlik va yeyilishbardoshlikka ega bo’lishi, uzoq vaqt ishlashda o’lchamlarini o’zgartirmaslik talablari qo’yiladi. O’lchov asboblari uchun X, XG, 50, 55 va boshqa po’latlar ishlatiladi.
Yuqori uglerodli po’latlar toblanib uzoq vaqt davomida past temperaturada bo’shatiladi. Kam uglerodli po’latlar (15, 20) esa tsementitlangandan so’ng toblab past temperaturada bo’shatiladi. Ayrim xollarda asboblar nitrallatlardan (38XMYuA) xam tayyorlanib yuqori qattiqlikka azotlanib ishlatilishi mumkin.
6. Qattiq qotishmalar va olmos asboblar.
Juda qattiq (WC, TiC, TaC) karbidlar va bog’lovchi moddadan (Co) tayyorlangan qattiq qotishmalardan xam asboblar tayyorlanadi. Bu qotishmalar kukun metallurgiyasi yo’li bilan tayyorlanadi. Metallokeramik qattiq qotishmalar qattiq (87...92 HRC) va mustaxkam bo’ladi, ammo ular juda mo’rt bo’lib zarbga chidamli emas.
Qattiq qotishmalarni yeyilishbardoshliligini tezkesar po’latlarni yeyilishbardoshliligidan 20 marttagacha yuqori. Bu qotishmalardan tayyorlangan asboblar kesish xossalarini 800...9000S gacha yo’qotmaydi, chunki ular tarkibidagi temirni karbidi yo’q.
Metallokeramik qattiq qotishmalar uch guruxga bo’linadi: VK (VK3, VK6, ...), TK (T14K6, T30K6, ...), TTK (TT8K12, TT6K8, ...).
Qattiq qotishmalar
Qattiq qotishmalar asbobsozlik materiallari turkumiga kiradi. Metallar keramikasidan tashkil topganligi sababli metallokeramik qattiq qotishma deb ataladi. O’z navbatida bu kompozitsion ma’ terialdir.
Qattiq qotishmalar ko’p tarqalgan asbobsozlik materialidir. Ular kukun metallurgiyasi asosida olinadi. Tashkil etuvchilari maydalab, kukun holiga keltirilib aralashtiriladi.
Masalan, BK6 markali qotishma uchun WC = 94% va Co = 6% hajmida har ikki tashkil etuvchi kukunlari tayyorlanadi. Olingan massani kerakli shakl va o’lchamli qolip (shtamp)ga solib, bosim ostida- presslanadi va kerakli o’lchamli plastinkalar olinadi.
Plastinkalar grafitli trubkali yoki yuqori chastotali vakuum pechlariga joylashtirilib tok o’tkaziladi (G = 1500A).
Yuqori harorat ta’sirida karbidlar (masalan, WC) zarrachalari kobolt zarralari bilan birikib, yopishadi. Bu yerda kobolt zarralari bog’lovchi vazifasini o’taydi. Natijada o’ta yuqori qattiq massa hosil bo’ladi.
Qattiq sinchlari zich volfram va titan karbidlari kristallaridan iborat bo’lib, uyushqoq modda — karbidlarning koboltdagi qattiq eritmasi bilan bog’langan bo’ladi.
Qattiq qotishmalar, asosan, ikki guruhdan iborat: 1 — bir karbidli - volfram karbidli - BK va 2 - ikki karbidli volfram va titan karbidli — TK. .
Lekin uch va undan ko’p karbidli qattiq qotishmalar ham bor - TTK.
Albatta TK guruhi BK ga nisbatan ancha qattiq issiqqa bardoshliligi yuqori. Lekin BK guruhi mustahkamroq va zarbiy qovushqoqligi yuqoriroq.
VK guruhi issiqqa bardoshligi 800°C bo’lsa, TK guruhiniki 900-1000°S ga yetadi.
Eng ko’p tarqalgan qattiq qotishmalaming kimyoviy tarkibi va xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan (GOST 3882-74).
Qotishma
markasi
|
SHixta (massafliq) tarkibi, %
|
seg,MPa
|
NRA
|
WC
|
TiC
|
TaC
|
Co
|
Bundan k am emas
|
Volframli qotishmalar
|
VK
|
97
|
|
|
3
|
1100
|
89,5
|
VK4
|
96
|
|
|
4
|
1400
|
89,5
|
VK6
|
94
|
|
|
6
|
1500
|
88,5
|
VK8
|
92
|
|
|
8
|
1600
|
87,5
|
VK10
|
90
|
|
|
10
|
1650
|
87
|
VK15
|
85
|
|
|
15
|
1800
|
86
|
VK20
|
80
|
|
|
20
|
1950
|
84
|
VK25
|
75
|
|
|
25
|
2000
|
82
|
Titan — volframli qotishmalar
|
|
T30K4
|
66
|
30
|
|
4
|
950
|
92
|
|
T15K6
|
79
|
15
|
|
6
|
1150
|
90
|
|
T5K10
|
85
|
5
|
|
10
|
1400
|
88,5
|
|
Titan — tantal - volframli qotishmalar.
|
|
TT7K12
|
81
|
4
|
3
|
12
|
1650
|
87
|
|
TT8K6
|
86
|
6
|
2
|
6
|
1250
|
90,5
|
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, markalarning o’qilishi quyidagicha:
BK6 - bunda Co = 6%. Wc = 94%; T15K6 - da Co = 6%; TiC= 15% qolgani, ya’ni WC = 79%.
BK guruhidagi qotishmalar tarkibida kobolt miqdori ortishi bilan ularning mo’rtligi kamayadi. SHuning uchun BK8 qora — dastlabki qirqishda ishlatiladi.
TK guruhi BK guruhiga nisbatan mo’rtroq. SHu sababli, keskich chidamliligini saqlash maqsadida TK guruhi asosan, polatlarini qirqishda ishlatilishligi tavsiya qilinadi.
Qattiq qotishmalarining qirqish-ishlash qobiliyatini mayda zarrachali (donalar o’lchami 0,5-0,15 mk ga teng)qotishmalar olish bilan oshirish mumkin, masalan, BK6M.
Qotishma tarkibiga tantalning qo’shilishi uning harorati vaqti-vaqti bilan o’zgarishda darz ketishga qarshiligini oshiradi.
Umuman olganda, BK3 — BK8 qattiq qotishmalari, asosan, uvoq qirindi (uzuq-uzuq qirindi) olinadigan materiallar qirqishda ishlatiladi. Masalan, cho’yan, rangli metallar, farfor, keramika va h.k.
BK10 va BK15 qotishmalari ancha yuqori qovushqoq bo’lganligidan sim olish asboblarida («fileralar» da) burg’alash asboblarida ishlatiladi.
Ikki karbidli qattiq qotishmalar ko’pincha, tez qirqish jarayonlarida qo’llaniladi.
Uch karbidli qattiq qotishmalar TiC-ToC-WC-Co tizimida bo’ladi. Bu guruh qotishmalari mustahkam, vibratsiyalarga hamda uqalanishlarga chidamli. Bular og’ir qirqish sharoitlarida po’lat quymalar va pokovkalarni qora qirqishda qo’llaniladi. Asboblar uchun sunoiy olmoslar xam qo’llaniladi. Ulardan turli obraziv asboblar tayyorlanadi. Olmoslarni turg’unligi qattiq qotishmalarga qaraganda 2...3 marta yuqori.
Xulosa
Men ushbu mustaqil ish topshirig’ini bajarish jarayonida mahsus xossali po’latlar haqida bilib oldim.Konstruksion po’latlar ,asbobsozlik po’latlari, legirlangan po’latlarning tuzilishi, tarkibi, ishlatilish sohasi kabi ma’lumotlarga ega bo’ldim.Ularning issiqbardoshliligi,olovbardoshliligi,tashqi muhit bilan ta’sirlar,mustahkamlik,qovushqoqlik,korroziyaga bardoshliligi ,korroziyani oldini olishchoralari kabilarni o’rgandim.Bu bilimlarni kelajakda o’z sohamda yetuk injener –mexanik bo’lib , amalda rivojlantirishga harakat qilaman.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Nosirov I. Materialshunoslik. Toshkent, “O’qituvchi”, 2005.
Arzamasov B.N. Nauchnыe osnovы materialovedeniya. M., Mashinostroenie, 2000.
Laxtin Yu.M., Leontpeva V.P. Materialovedenie. M., Mashinostroenie, 2001.
Mozberg R.K. Materialovedenie. M., Vqsshaya shkola, 1991, 448 s.
To’raxonov A.S. Metallshunoslik va termik ishlash. Toshkent, O’qituvchi, 1969, 450 b.
Gulyaev A.P. Materialshunoslik. M., Mashinostroenie, 1986.
Ilxom Nosir. Materialshunoslik. T., O’zbekiston, 2013.
I.Nosirov. Materialshunoslik. T., O’qituvchi, 1993.
Peysaxov. Materialovedenie. Konspekt lektsiy. S.Pb, 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |