Andijon mashinsozlik instituti


Ijtimoiy ishlab chiqarish



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana15.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#554003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
firma mohiyati turlari va xarajatlari

Ijtimoiy ishlab chiqarish 
(Milliy iqtisodiyot)
 
 
Tarmoqlar, sohalar 
 
 
Birlashmalar, korporatsiyalar 
konsorsiumlar, kompaniyalar Aksioner 
jamiyatlar 
 
 
Korxonalar 
Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruhlarga bo`lish mumkin. 
Birinchisi - o`z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo`jalik mahsulotlarini, 
daryolar, dengizlar, okeanlar, o`rmon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta 
ishlab chiqarish sanoatlariga yetkazuvchi tarmoqlar. 
Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini, daryolar, 
dengizlar, okeanlar, o`rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. 


Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat 
ko`rsatuvchi tarmoqlar (transport, aloqa, kommunal xo`jalik, savdo-sotiq, tijorat, 
ta‘minot kabilar). 
To`rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog‗liqni saqlash, ta‘lim va 
boshqa aholiga xizmat ko`rsatuvchi sohalardan iboratdir. 
Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo`lib, ular 
hududlarda tarixan shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo`jalik aloqalari 
orqali tig‗iz bog‗liq, umumiy qonun qoidaga bo`ysinuvchi yagona tizimdir. Shu 
sababli unga iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy ishlab chiqarish sifatida qaraladi. 
Milliy iqtisodiyotni asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun 
zarur bo`lgan moddiy, ijtimoiy, ma‘naviy borliqlar korxonalarda yaratiladi. 
Korxonalar, tarmoqlar va sohalarni tarkibini, mazmunini, mashtabini, rivojlanish 
darajasini belgilaydi. Ulardan tarmoq va xududiy birlashmalar tashkil topadi, 
shahar, tuman, viloyatlar tuziladi. 
Aksariyat adabiyotlarda korxonaning maqsadi to`g‗risida so`z yuritilganda, 
bu masalaga bir tomonlama qarashlarni kuzatamiz. Ya‘ni korxonaning maqsadi o`z 
faoliyatidan foyda (daromad) olish deb ta‘kidlanadi. Masalan: A.A.Sergeev - 
―Korxona - foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va 
xizmat qilish uchun barpo etilgan mustaqil faoliyat yurituvchi sub‘ekt‖ deb 
ta‘riflaydi va ―shakllari ko`pligiga qaramay korxonalar foyda olish maqsadi orqali 
bir xil tus oladi‖ deb takidlaydi. Aslida korxona o`z mahsulotlariga bo`lgan talabni 
qanchalik to`la qondirsa uning samaradorligi shuncha yuqori bo`ladi. Shu borada 
Amerika avtomobil qurilishini hamda ―Amaliyot falsafasini‖ yaratgan ―fordizm‖ 
nazariyasini asoschisi Genri Fordni aytganlarini keltirish o`rinli deb hisoblaymiz. 
G.Ford o`zining tadbirkorlik faoliyatini maqsadini jamiyatga xizmat qilishda deb 
tushungan va ―Faqat foyda olish uchun qilinadigan ish - eng yuqori darajadagi 
xavf-xatarli faoliyatdir. 


...Korxonaning maqsadi foyda olish yoki chayqovchilik emas, aksincha 
iste‘mol uchun ishlab chiqarishdir. Bordiyu xalq ishlab chiqaruvchi unga xizmat 
qilmayotganligini sezib qolsa, uning kelajagi uzoqqa bormaydi‖ deb ta‘kidlagan. 
(Tarjima darslik avtorlariniki.) 
Taniqli tadbirkor ―Bin‖ firmasini boshlig‗i L.P.Bin firmaning 
memorandumida, hamma ishchi va xizmatchilari bajarishi shart bo`lgan, quyidagi 
tezisni yozdirib, unga rioya qilishni qattiq nazorat qilgan: ―Iste‘molchi - bizni 
shoximiz: Biz iste‘molchiga bog‗liqmiz, iste‘molchi bizga emas. Hech kim, hech 
qachon o`z iste‘molchisi bilan tortishib, hech narsa yutmagan. Iste‘molchi - bu 
bizga o`z talabini keltiruvchilar. Bizni ishimiz ularni talabini o`zimiz uchun, 
hamda ular uchun ham foyda keltirish orqali qondirishdan iborat‖. 
Nemis 
olimlari 
F.K.Bea, 
E.Dixtla, 
M.Shvaytasralar 
―Ekonomika 
predpriyatiya‖ (izdatelsskiy dom ―INFRA-M‖, 1999.) darsligida korxona 
faoliyatining samarasi o`z taklifi orqali talabni to`la qondirishga bog‗liq degan 
fikrni olg‗a surishgan. 
Bizning fikrimizcha, korxonaning asosiy maqsadini ikki yo`nalishdan 
iborat ekanligini ta‘kidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun 
faoliyat yuritishligi bo`lsa, ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo`naltirilgan 
bo`lishi kerak. Chunki bu maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga 
oshmaydi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish