Andijon mashinsozlik instituti



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana15.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#554003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
firma mohiyati turlari va xarajatlari

Korxonaning maqsadi
X - darajadagi 
foyda yoki daromad 
olish
Y - darajadagi talab 
yoki ehtiyojni 
qondirish


Ushbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni 
amalga oshirishini talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik 
maqsadlarni kiritish mumkin. Talabga va standartga javob beradigan mahsulot 
yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalga 
oshirish uchun texnik maqsadlar qo`yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki 
mahsulotni yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko`rsatkichlarini standartga 
moslash, ishlab chiqarish potensialini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi. 
Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, 
korxonaning oldiga ijtimoiy maqsadlar qo`yiladi. 
Tabiat va jamiyatni muhofazasini ta‘minlash har xil ko`rinishdagi ofatlarni 
(yong‗in, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.z.) oldini olish uchun tegishli ekologik 
maqsadlar amalga oshiriladi. 
Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator 
vazifalarni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko`rsatib o`tamiz. 
Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo`jalik 
aloqalar, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta‘minot, moddiy-texnik 
ta‘minot, ishchi kuchi ta‘minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazolar. 
Korxona faoliyatida ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomala 
jarayonlari ro‗y beradi. Ishlab chiqarish doirasi ishlab chiqarishga tayyorgarlik 
ko‗rish va mahsulot ishlab chiqishdan iborat. Takror ishlab chiqarish esa ishchi 
kuchini jalb etish va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini 
yangilash va kengaytirish jarayonlarini o‗z ichiga oladi. Muomala doirasida 
korxona uchun zarur bo‗lgan ishlab chiqarish vositalari harid qilinadi va tayyor 
mahsulot (ish, xizmat)lar sotiladi. 
Korxona faoliyatiga ichki va tashqi muhitlar ta‘sir ko‗rsatadi. Ichki muhit 
bu odamlar, ishlab chiqarish vositalari, axborot va pul mablag‗i. Ularning 
birgalikdagi harakati natijasida tayyor mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqariladi. 
Korxona tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni sotishda, moddiy, moliyaviy va mehnat 


resurslarini jalb etishda va hokazolarda tashqi muhit bilan aloqada bo‗ladi va unga 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
Tashqi muhit - bu tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar iste‘molchilari, ishlab 
chiqarish vositalarini yetkazib beruvchilar, banklar va boshqa moliyaviy 
tashkilotlar, davlat organlari va korxona atrofida yashovchi ishchi kuchi. 
Korxonada moddiy omillar birikib mehnat jarayoni yuz keltiradi, 
jamiyatning talab-ehtiyojini qondirishga qaratilgan moddiy mahsulot (ish, 
xizmat)lar ishlab chiqariladi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida korxona o‗z o‗rniga ega, ma‘lum 
sohaga ixtisoslashgan bo‗ladi. Unda muayyan texnika-texnologiya jamlanadi va 
shunga muvofiq ish kuchi faoliyat yuritadi (ma‘lum kasbiy malaka va mahoratga 
ega bo‗lgan kishilar mehnat qiladi). 
Korxonalar ixtisoslashuviga qarab sanoat, transport, qurilish, aloqa, qishloq 
xo‗jaligi, savdo, maishiy-xizmat va boshqalarga bo‗linadi. 
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida sanoat korxonalari yetakchi o‗rinlardan 
birini egallaydi. Yalpi ichki mahsulotning 20-25 foizi aynan sanoat tarmog‗ida 
yaratiladi. 
Sanoat korxonalari xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarini ilg‗or, 
zamonaviy texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo‗jaligi, qurilish, transport, aloqa 
va boshqa sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish 
darajasiga bog‗liqdir. Sanoat tarmog‗ining yanada rivojlanishi mamlakat 
iqtisodiyotining kuchayishida muhim omil hisoblanadi. 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda xalq 
iste‘moli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi turmush darajasining 
oshishiga xizmat qiladi. 


Sanoat, xususan og‗ir industriya xalq xo‗jaligida takror ishlab 
chiqarishning asosi hisoblanadi. U beto‗xtov o‗zi va xalq xo‗jaligining boshqa 
tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqaradi. Og‗ir 
industriya sanoatining barcha tarmoqlarini, qishloq xo‗jaligini, aloqani, qurilishni, 
savdoni ilg‗or texnikalar bilan qurollantiradi. Sanoatning barcha xalq xo‗jaligi 
tarmoqlarini texnik jihozlashi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirishga va ishlab 
chiqarish mashtabini kengaytirishga xizmat qiladi. 
Sanoat qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning asosi 
hisoblanadi. U qishloq xo‗jaligini yangi texnika vositalari bilan ta‘minlash orqali 
sohadagi mehnatni sanoatlashtirilgan (industriyalashtirilgan) ko‗rinishga olib 
keladi. 
Sanoat qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydi va xalq iste‘moli 
tovarlarining asosiy qismini ishlab chiqadi. Aholining iste‘mol tovarlari bilan 
ta‘minlanish darajasi ko‗pincha sanoatning rivojlanishiga bog‗liqdir. 
Sanoatning 
rivojlanishi 
ishlab 
chiqarish 
kuchlarining 
oqilona 
joylashtirilishiga, mamlakat iqtisodiy hududlarining har tamonlama yuksalishiga, 
tabiiy boyliklardan maqsadli foydalanishga yordam beradi. 
Sanoat, shuningdek, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashning 
asosi hisoblanadi, chunki u zamonaviy harbiy texnika turlarini va vositalarini 
ishlab chiqadi. 
O‗zbekiston Respublikasi idustriyasi tarkibida kuchli, ayrim hollarda esa 
noyob, og‗ir, yengil va oziq-ovqat sanoat korxonalari mavjud. Ular bir qancha 
avlodlar mehnati bilan yaratilgan ishlab chiqarish kuch-qudrati hisoblanadi va 
mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy 
yo‗nalishlari quyidagilardir: 


- bozorni har tamonlama o‗rganish asosida mavjud mahsulot (ish, 
xizmat)larga bo‗lgan va kelajakda paydo bo‗ladigan talabni aniqlash va o‗z 
istiqbolini belgilash; 
- mahsulotlarni reklama qilish, o‗rash, turli texnik xizmatlar ko‗rsatishni 
tashkil etish; 
- mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish 
nuqtai nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish; 
- iste‘molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil 
qilish; 
- ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash va 
moliyalashtirish; 
- mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; 
- korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar. 
Qayd etilgan asosiy yo‗nalishlar korxonalarda bir qancha masalalarning hal 
etilishini talab qiladi. Jumladan: 
- korxona egalarining daromad olishini; 
- iste‘molchilar talabini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini; 
- xodimlarni ish haqi bilan ta‘minlash; 
- korxona atrofida yashovchi aholi uchun ish joylari bilan ta‘minlanishini; 
- atrof muhitni himoya etilishini; 
- ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlanishini; 
- ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini takomillashtirilishini va h.k.z. 
Bu masalalarni hal etish uchun korxonalar bir qancha vazifalarni bajarishi 
kerak bo‗ladi: 


- ishlab chiqarish va shaxsiy iste‘moli uchun mahsulotlar tayyorlash; 
- iste‘molchilarga mahsulotlarni sotish va yetkazib berish; 
- mahsulotlar sotilganidan keyingi davrlarda ularga texnik xizmatlar 
ko‗rsatish; 
- ishlab chiqarishni moddiy va texnik jihatdan ta‘minlash; 
- xodimlar mehnatini tashkil etish va boshqarish; 
- moliyaviy majburiyatlarni o‗z vaqtida bajarish; 
- amaldagi standartlar, me‘yorlar va qonunchilikga rioya etish. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, mustaqil xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt sifatida, 
korxona nimani, qancha, qanday usullar bilan ishlab chiqarish, uni kimga, qayerda, 
qanchaga sotishni, olingan pul tushumlarini qaysi maqsad yo‗lida ishlatishni o‗zi 
hal qiladi. U bozorga qarab ish tutadi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy 
muhitga tez moslashib, doimo manevr qilishga - mahsulot turlarini yangilash, 
sifatini oshirish, faol reklama siyosatini olib borish, ishlab chiqarish harajatlarini 
kamaytirish, investitsiya va innovatsiya bilan shug‗ullanish kabilarga undaydi. 
Jamiyatda uchta asosiy iqtisodiy sub‘ektlar tovar-pul munosabatlarida 
asosan aloqa qilib turadi. Bular davlat, korxona va uy (oila) xo`jaligidir. 
Bularning munosabatlari ikki tomonlama harakterga ega bo`ladi. Davlat 
bilan bozor sub‘ektlarining munosabatlari asosan qonunlar, qonuniy hujjatlar bilan 
tartibga solinadi, lekin xo`jalik aloqalari (oldi-sotdi) shartnomalar, kelishuvlar, 
davlat buyurtmalari, kontraktlar, davlat subsidiyalari orqali amalga oshiriladi. 
Bozor sub‘ektlari (korxona, uy xo`jaligi)ning aloqalari, munosabatlari 
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 
Bozor tizimida iqtisodiy sub‘ektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi 
munosabatlarining predmetlarini quydagi jadvalda keltiramiz: 


Jadval. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish