Andijon mashinsozlik instituti


Korxona - jamiyatning asosiy bo`g‘ini hisoblanuvchi, aholining



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana15.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#554003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
firma mohiyati turlari va xarajatlari

Korxona - jamiyatning asosiy bo`g‘ini hisoblanuvchi, aholining 
talabini qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish 
maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab 
chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni 
bajaradigan, faoliyati bo`yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, 
huquqiy shaxs maqomiga ega bo`lgan, har xil masshtabdagi xo`jalik 
yurituvchi sub’ektdir. 
Ushbu ta‘rif maqsadi, faoliyati, shakli, turlari va mulk shaklidan qat‘iy 
nazar barcha korxonalarga taalluqlidir. 
Xo`jalik yurituvchi sub‘ekti korxona maqomiga ega bo`lishi uchun jahonda 
qabul qilingan quyidagi belgilarga javob berishi zarur. Bu belgilar uning ta‘rifidan 
kelib chiqadi. 


Korxona xo`jalik yurituvchi sub‘ekt sifatida ishchi kollektivini tashkil 
qilishni aniq tizimiga (sistemasiga), korxonaning tarkibiy tuzilish, boshqarish 
texnologiyasi va tartibiga ega bo`lishi kerak. Shunday qilib, korxonaning birinchi 
belgisi uning tashkiliy tuzilishi va boshqarilishi. 
Korxona tashkiliy yaxlitligi uning ikkinchi belgisidir.. Tashkiliy yaxlitlik 
tegishli tartibda korxonaning ta‘sis etuvchi hujjatlarida o`z aksini topgan bo`lishi 
kerak. 
Uchinchi belgisi o`zlik mulkiga ega bo`lishi. Korxona mol-mulkini o`z 
hohishi bo`yicha ishlatishi mumkin. 
To`rtinchidan korxona o`z harakati va burchlari oldida moddiy 
javobgarligi. 
Va nihoyat korxonaning oxirgi belgisi uning o`z nomiga ega bo`lishi. Bu 
belgi tashqi qarashda formal ko`ringan bilan moddiy ahamiyatga egadir. Chunki u 
o`z nomi bilan bitimlar tuzadi, tashqi aloqalarni amalga oshiradi, o`z imdjini 
asraydi, ulug‗laydi, sud organlariga talabgor yoki javobgar sifatida chiqadi
faoliyatini reklama qiladi va boshqa funksiyalarini amalga oshiradi. 
Korxonalarning shakllari va turlari masalasiga to`xtalsak, aksariyat 
adabiyotlarda (chet el, o`zimizda chop etilgan) alohida belgilariga qarab ularning 
turlari tasniflanadi. Shakli va turlariga alohida urg‗u berilmaydi. Masalan: 1. 
―Sovremennaya ekonomika‖ o`quv kursining 22.2. paragrafi ―Vidi i formi 
predpriyatiy‖ deb nomlangan, lekin turlari va shakllari ajratib tasniflanmagan. 
2. 
V.A.Chjenning 
―Xususiylashtirish 
asoslari‖ 
asarida 
ham 
―Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari‖ bo`limida korxonaning turlari va 
shakllari bir xil ma‘noda ishlatiladi. Bu asarda mulk turlari keltirilib, ―O‗zbekiston 
Respublikasida korxonalar to`g‗risidagi Qonunga muvofiq mana shu mulk 
shakllari asosida korxonalarning har xil turlari barpo etilishi mumkin‖ deb 


ta‘kidlangan va korxonaning quyidagi turlari keltirilgan: Ijara korxonasi; kichik 
korxonalar; xususiy korxonalar; hissadorlik jamiyatlari; qo`shma korxonalar. 
Bizning fikrimizcha korxonalarni mulk shakllariga va sohalariga qarab 
shakllarga tasniflanishi mumkin. Korxonaning shakllariga to`xtalib o`tamiz. 
Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga 
turlanadi. ―O‗zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g‗risida‖ O‗zbekiston 
Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga 
chiqadi: 
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; 
- kollektiv (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy mahalla, kooperativ mulk, 
ijaraga olingan korxona mulki, aksionerlar jamiyati, davlat korxonasi 
kollektivining, 
jamoat 
tashkilotlari 
va 
diniy 
tashkilotlar, 
konsern 
(konsarsium)larning mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki; 

Respublika, 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi, ma‘muriy-territorial 
tuzilmalar (komunal) mulkdan iborat davlat mulki; 
- aralash mulk; 
- qo`shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek 
ajnabiy yuridik shaxslar mulki. 
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi 
mumkin: 
- shaxsiy yoki xususiy mulkga asoslangan xususiy korxonalar; 
- jamoat mulkiga asoslangan korxonalar; 
- davlat mulkiga asoslangan korxonalar; 
- aralash mulkga asoslangan qo`shma korxonalar; 


- ajnabiy davlatlar, ajnabiy fuqarolar mulkiga asoslangan korxonalar. 
Sohalarga qarab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy 
ishlab chiqarish sohasidagi; transport; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; ta‘lim; 
infratuzilma (infrastruktura); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va 
diniy tashkilotlar korxonalariga. 
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya‘ni mulk shakliga va 
sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi. 
Ishlab chiqarish mashtabi (hajmi)ga qarab kichik, o`rta va yirik 
korxonalarga turlanadi. 
Bu korxonalarga asosan ishchilarning soniga qarab toifaga ajratiladi. 
O‗zbekiston Respublikasida makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ma‘lumotiga
asosan amaldagi korxonalar ko`rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan: 
Jadval. 
(ishchilar soni) 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish