Darsning maqsadi: Teri va teri bezlari haqida aniq tushincha hosil qili shva ularni tuzilishi va vazifasi haqida ma’lumot berish.
Kerakla asboblar: maket, mulyaj, plakat, tablica, qog`oz, qalam, o`chirg`ich, planshet hamda kley.
Ishning borishi: Amaliy darsida ma’ruza darsidan foydalangan holda olib boriladi. Mavzuga oid mulyaj, plakat, maket, planshet, tablicalar yordamida mavzu to’liq yoritiladi. Shunday qilib, mavzuga oid barcha ma’lumotlar olindi. endi ushbu mavzuga oid rasmlarni oq qog`ozga tushiriladi. Teri qaysi a’zolarda, qalinligi qancha bo’lishi ham Amaliy daftarga yoziladi.
Ishni rasmiylashtirishga oid tavsiyalar: Al’bomingizga terining qavatlarini alohida-alohida ko’rsatib chizing. Amaliy daftaringizga odam terisi hayvon terisidan nimalar bilan farq qilishini hamda o’xshash belgilarini yozing.
Amaliy №17
Mavzu. Ichki sekretsiya bezlari.
Nazariy tushuncha. Garmonlar ishlab chiqarilishi nerv oxirlari, bo`rtiq osti yadrolar ta`siri ostida murakkab nerv gumoral yo`l bilan boshqariladi. Ularning ta`siri ostida gipofiz qo`zg`aladi va undan ishlab chiqariladigan garmonlar olgan bezlarning ish faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi. Demak, bezlarda garmonlar ishlab chiqarilishi o`z holicha boshqarilmasdan, nerv tizimi bilan uzviy bog`liq holda, ya`ni nerv gumoral yo`l bilan boshqarilar ekan.
Qalqonsimon bez toq bez bo`lib, bo`yin sohasida xiqildoqning qalqonsimon tog`ayi bilan kekirdakning yuqori 3-4 tog`ay halqalari oldida joylashgan. Qalqonsimon bezning o`ng va chap qismlari bo`yin orqali birikadi. 30-40 % odamlarda bezning buynidan tepaga qarab joylashgan piramidasimon bo`lagi uchraydi. Bezni o`rab turgan fibroz pardadan o`sib turgan o`simtalar bez chiqarishini bo`lakchalarga ajratadi. Bez bo`lakchalari pufakchalardan iborat bo`lib, uning ichki yuzasi kubsimon hujayralar bilan qoplangan. Folikulalar tarkibida quyuq kolloid moddasi bo`lib, uning tarkibidan yodga boy bo`lgan aminokislotalar, oqsil bo`ladi. Bez tarkibida yod, qon plazmasi tarkibiga nisbatan 300 marta oshiq bo`ladi. Bezning yuzasi qon tomir to`rlari va nerv chigallari qoplagan.
Gipofiz oval shaklida 0,3-0,5 g li bez bo`lib, miya asosidagi kulrang do`mboqqa varonkasimon oyoqchasida osilib turadi. Bez kalla ponasion suyagining turk egari chuqurchasida joylashgan. Miyaning pastki ortigi old va orqa bo`laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi bo`lagi bez epiteley hujaylaridan tuzilgan adeno-gipofiz deyiladi. Bezning orqa bo`lagi old miyaning ostidan 3 qorincha tubidan burtib o`sib chiqadi.Shu uchun bezning orqa qismida nerv to`qima elementlari uchraydi. Oldingi qismidan chikuvchi garmonlar organizmni turli funktsiyalariga ta`sir qiladi. Bezning oldingi bo`lagi orqa tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan garmon odam terisi rangiga ta`sir qiladi. Bezning orqa bo`lagidan ajralgan garmonlar aslida ko`rish dumbog`ining ostki qismidan ajralib, varonkasimon oyoqcha orqali pastga tushadi va bezda to`planadi. Garmon qonga o`tib, siydik qayta so`rilishi, bachadon qisqarishini, sut ajralishini kuchaytiradi (32-rasm).
Bu bez qalpoq shaklida buyrak ustida joylashgan. Unda old va orqa, pastki yuzalar mavjud. Ogirligi 3-5g, usti gadir-budir. Bezni qoplab turgan pardadan chiqqan o`simtalar uni bir nechta bo`laklarga ajratadi. Bez ogirligi chaqaloqlarda 3-4 g, 8-10 yoshgacha 1-1,5 marta kattalashadi, 20 yoshda 11-13 g bo`ladi. Karilikda bez kichraya boradi. Po`stloq qismi mezodermadan rivojlanib, turli garmonlar ishlab chiqaradigan qon tomir va nervlarga boy epitiliy hujayralardan paydo bo`lgan 3 sohadan iborat. Bu qismdan chiquvchi aldosteron garmoni suv, tuz almashinuvini gidrokardizon esa oqsil, yog` va uglevod almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni kuchaytiradi.
Bezning miya qismi ekdodermadan rivojlanadi, bu qismga adrenalin va noradrenalin garmonlari ishlanib chiqadi. Adrenalin yurak qisqarishini oshiradi, qon tomirini toraytiradi, bironxlarni kengaytiradi. Me’da osti bezining dum qismida bir millionga yaqin yumaloq shaklli bez hujayralari bo`lib, ular ishlab chiqargan garmonlar qonga shimiladi, shuning uchun bir xildagi bez to`plami inkretor funksiali me’da osti bezi orolchasi deb ataladi. Orolcha bezlari insulin va glyukagon garmonlarni ishlab chiqaradi. Orolcha hujayrasining insulin ishlab chiqarish qobiliyati kamaygan taqdirda siydik bilan ko`p miqdorda gulyukoza tashqarga chiqadi. Bu hol qand kasalligini kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |