Anatomiya fanidan amaliy mashg’ulotlar Tuzuvchi



Download 10,37 Mb.
bet21/36
Sana31.05.2022
Hajmi10,37 Mb.
#621261
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
ANAT AMALIY MASHG`ULOTLAR

Darsning maqsad: Odam organizmidagi bezlar haqida ma`lumotga ega bulish.Ichki sekretsiya bezlarining boshqa bezlardan farqlarini ajratish va ularning tuzilishini o`quv jihozlar yordamida o`rganish, talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish va baholash.
Kerakla asboblar: maket, mulyaj, plakat, tablica, qog`oz, qalam, o`chirg`ich, planshet hamda kley.
Ishning borishi: Amaliy darsida ma’ruza darsidan foydalangan holda olib boriladi. Mavzuga oid mulyaj, plakat, maket, planshet, tablicalar yordamida ichki sekretsiya bezlarining boshqa bezlardan farqlarini ajratish va ularning tuzilishini o`quv jihozlar yordamida o`rganish. Talaba mavzu bo`yicha ichki sekretsiya bezlarining gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, ayrisimon bez, buyrak usti, ma`da osti va jinsiy bezlarning tuzilishini bilishi kerak.Ushbu mavzuga oid ma’lumotlar Amaliy daftarga yoziladi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Mavzuga oid barcha rasmlarni ichki sekretsiya bezlarining joylanishini al’bomingizga chizing.
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Garmonning umumiy xususiyati
2. Qalqonsimon bez ning tuzilishi.
3. Gipofiz.va buyrak usti bezining tuzilishi.
4. Me`da osti bezining tuzilishi.
Amaliy № 18
Mavzu: Yurak tuzilishi bilan tanishish.
Nazariy tushuncha. Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi, u qonni organizmdagi tomirlar bo`ylab harakatini ta’minlaydi. Venalardan o`ziga kelayotgan qonni arteriyalarga ritm bilan haydab chiqarish yurakning vazifasidir. Yurak qon tomirlarining o`zgarishidan hosil bo`lgan, ichi kovakli, 4 kamera va klapanlarga ega, qonning qon aylanish sistemasi bo`ylab harakat qilishini ta`minlovchi organdir. Uning devorida uch parda: endokard, miokard va epikard farq qilinadi. Yurakni tashqaridan fibroz xaltacha-perikard o`rab turadi. Endokard yurakning ichini qoplaydi va yurak klapanlarini hosil qiladi. Uning yuzasi qalin bazal membranada joylashgan va poligonal hujayralardan iborat endoteliy bilan qoplangan. Endoteliy osti qavat kam tabaqalangan hujayralarga boy biriktiruvchi to`qimadir. Bu qavat ostida silliq muskul hujayralari va elastik tolalardan iborat muskul-elastik qavat joylashadi. Endokardning tashqi qavati yo`g`on elastik, kollagen va retikulyar tolalarga boy biriktiruvchi to`qima. Shunday qilib, endokard tarkibida yirik qon tomirlariga xos hamma to`qima va qavatlar mavjud. Yurak ichki pardasining oziqlanishi, asosan, uning ichidagi qon hisobiga amalga oshib, endokar-dning faqat tashqi qavati qon kapillyarlariga ega (24-28-rasm).
Miokard yurak muskulidan tuzilgan. Bu muskul to`qimasining hujayralari - kardiomiotsitlar funksional “muskul tolalari” hosil qiladi. Muskul elementlarining orasida biriktiruvchi yumshoq to`qimaning yupqa qatlamlari, tomirlar, kapillyarlar va nervlar joylashadi. Kardiomiotsitlar oraliq disklar vositasida tolalarga umumlashgan, qo`shni tolalar esa anastomozlar yordamida o`zaro tutashgan. Kardiomiotsitlarning bu tarzdagi o`zaro aloqalari miokardning funksional bir butunligini ta`minlaydi. Yurak turli bo`limlaridan yurak chap qorinchasining miokardi eng kuchli taraqqiy qilgan. Yurak qorinchalari va bo`limchalarining muskuli anatomik jihatdan zich biriktiruvchi to`qimadan iborat fibroz halqalar vositasida bir-biridan ajralib turadi. Lekin o`tkazuvchi sistema tarkibiga kiruvchi atrioventrikulyar bog`lamcha yurakning o`ng bo`limchasidan qorinchalarga o`tadi.
Yurak bo`lmacha va qorinchalari alohida tuzilmalardan tashkil topgan bo`lishiga qaramay, ularning o`tkazuvchi yo`li Purkine tolalari yordamida birlashib turadi.1. Sinus bo`lmacha tuguni yurakning o`ng qulogqi bilan yuqori kovak venasi o`rtasida epikard ostida joylashgan. Bu butun yurak bo`lmachalarining muskul tolalari va artioventrikulyar tugun bilan tutashgan bo`lib, bo`lmachalarning qisqarish ritmini tartibga solib turadi.2. Artioventrikulyarlar tuguni (Ashoff-Tovar tuguni) yurakning o`ng bo`lmachasi devorida joylashgan bo`lib, qorinchalarga-bo`lmacha-qorincha tutami yoki Giss tutami nomi bilan kiradi. Giss tutami qorinchalar orasidagi to`siq orqali pastga qarab yo`naladi va 2 ta oyoqchaga bo`linadi, oyoqchalar har ikkala qorincha endokardi ostiga joylashib, mushak qavatiga Purkine tolalari bo`ylab tarqaladi.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish