Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi


GETEROGEN SISTEMALARDAGI KIMYOVIY MUVOZANAT



Download 166,31 Kb.
bet8/23
Sana23.07.2022
Hajmi166,31 Kb.
#843326
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar

GETEROGEN SISTEMALARDAGI KIMYOVIY MUVOZANAT


Cho‘ktirish-eritish reaksiyalarining analizda ishlatilishi.
Ionlarni topish, ajratish va aniqlashda cho‘ktirish reaksiyalaridan keng foydalaniladi. Qattiq fazani - cho‘kmani eritmadan ajratish jarayoniga cho‘ktirish deb ataladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra cho‘kmalar turlicha bo‘ladi. Masalan, BaSO4 - kristall, As2S3 - pag‘a-pag‘a, AgCl - suzmasimon ko‘rinishga ega. Biroq cho‘kmalarni tashqi ko‘rinishlari bo‘yicha sinflarga bo‘lish ilmiy emas, chunki bir xil modda sharoitga qarab turli xil ko‘rinishli cho‘kmalar hosil qilishi mumkin. Barcha cho‘kmalar tuzilishi bo‘yicha kristall va amorf cho‘kmalarga bo‘linadi. Kristall cho‘kmalar muayyan shaklga ega bo‘lib, ularni mikroskop ostida farqlash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, hosil bo‘ladigan kristallarning tuzilishi cho‘ktirish sharoitiga bog‘liq. Ayni bir modda turli shaklga ega bo‘lgan kristallar hosil qilishi mumkin. Cho‘kmalar kristallarining turli tuzilishini tekshirishga asoslangan analiz usuliga mikrokristalloskopik analiz deyiladi. Mikrokristalloskopik analizni o‘tkazish vaqtida bir xil modda kristallarining turlichaligini hisobga oladilar. Yirik kristallarning shaklini hatto oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin. Kristallarni maydalaganda ham ularning shakli o‘zgarmaydi, chunki shakl kristall panjaraga bog‘liq. Kristallarning ichki tuzilishi berilgan birikmaning tarkibiga kirgan tarkibiy qismlarning tuzilishiga bog‘liq. Moddalar kristall panjaralarining tuzilishini rentgenostruktur analiz yordamida o‘rganish mumkin. Kristallar tez cho‘kadi va oson filtrlanadi, ularni dekantatsiyalab ham ajratsa bo‘ladi. Amorf tuzilishli cho‘kmalar ma’lum bir shaklga ega emas, chunki uning tarkibiga kiruvchi tarkibiy qismlar fazoda betartib joylashgan. Kristall cho‘kmalarda esa tarkibiy qismlar fazoda muayyan tartib bo‘yichagina joylashadi. Amorf cho‘kmalar sekin cho‘kadi, ularni ajratish ham ancha qiyin. Ko‘pchilik hollarda ular qiyin filtrlanadi. Aniq tuzilishga ega bo‘lmagan amorf cho‘kmalar ko‘p ifloslanadi. Kristall cho‘kmalar ham ifloslanadi, biroq ularning ifloslanishi amorf cho‘kmalardan ko‘ra kam bo‘ladi. Hosil bo‘luvchi cho‘kmaning tozaligi, uning tuzilishiga, cho‘ktiruvchining xossalariga va cho‘ktirish sharoitiga bog‘liq. Cho‘kmalar ifloslanishining asosiy sababi birgalashib cho‘kishdir.

Download 166,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish