Gomogen cho‘ktirish. Biroq ushbu qoidalarga rioya qilmasdan ham kristall cho‘kmalar olish mumkin. Bunday usullarga gomogen cho‘ktirish yoki hosil bo‘luvchi reagentlar usuli misol bo‘la oladi. Hosil bo‘luvchi reagentlar usuliga ko‘ra cho‘ktiriluvchi ion bo‘lgan eritmaga cho‘ktiruvchi ion eritmadagi biror tarkibiy qism, masalan, erituvchi molekulalari bilan ta’sirlashganda hosil bo‘ladigan reagent kiritiladi. Misol tariqasida bariy ionini sulfat holida cho‘ktirishni keltirsak, eritmadagi cho‘ktirilishi kerak bo‘lgan bariy ioniga dimetilsulfat (sulfat kislotaning metil spirti bilan hosil qilgan murakkab efiri) ta’sir ettiriladi. Bunda qo‘shilgan dimetilsulfat erituvchi - suv molekulalari ta’siridan sekin gidrolizlana boshlaydi:
(CH3)2SO4 + 2H2O 2CH3OH + H2SO4.
Gidroliz natijasida hosil bo‘layotgan sulfat ioni erit-madagi bariy ioni bilan cho‘kma hosil qilib, cho‘ka boshlaydi. Bu gidroliz jarayoni eritmadagi barcha bariy cho‘kib bo‘lmaguncha davom etadi. Shutariqayuqoridakeltirilgantalablargajavobbermaydigansharoitdahambariysulfatningkristallcho‘kmasihosilbo‘ladi. Sulfat ionining hosil bo‘lish tezligi juda kichik bo‘lganligi uchun yuqoridagi talablarga javob berish zarurati qolmaydi, chunki aytib o‘tilgan talablarning dastlabki uchtasi gidroliz reaksiyasi oqibatida bajariladi. Oxirgi ikki talabni bajarishga umuman zarurat qolmaydi.
Eruvchanlik ko‘paytmasi. EK erish jarayonining muvozanat konstantasidir. Cho‘kmaninghosilbo‘lishjarayonierishjarayoniningteskarisidir, shuninguchuncho‘kishjarayoniningkonstantasiEKgateskaribo‘lgankattalikdirvau 1/EKgateng.
Cho‘kmaninghosilbo‘lishidaGibbsstandartenergiyasiningo‘zgarishikameruvchanbirikmaEKbilanquyidagitenglamaorqaliifodalanadi:
=RTlnEKo DGokattalikni
formula orqali hisoblanib va ma’lumotnomadagi termodinamik kattaliklardan foydalanib EKo ni hisoblash mumkin.
lgGo=DGo/2.303RT (ya’ni DGo=RTlnEKo dan lnEKo=DGo/RT natural logarifmni o‘nli logarifmga aylantirsak 2,303 lg EKo=DGo/RT; yoki lgEKo =DGo/2.303RT bo‘ladi).
Moddaning to‘yingan eritmasi va uning shu eritmadagi cho‘kmasidan iborat sistema, bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik va u bilan muvozanatda turgan gaz geterogen sistemalarga kiradi. Geterogen sistemalarning bir-biridan chegara sirtlari bilan ajraladigan ayrim qismlari fazadeb ataladi. Masalan, to‘yingan eritma va undagi cho‘kmasi geterogen sistemaning ayrim fazalaridir Kam eruvchan AnBm birikma o‘z to‘yingan eritmasi bilan muvozanatda bo‘ladi.
AnBm (k)→ nA(e)+mB (e)
(k) - kattiq : (e) – erigan.
Muvozanat konstantasi: KoAnBm=( anA.amB/ aAnBm)
Bundan KoAnBm ·aAnBm = anA·amB= EKo Bunday usul bilan hosil qilgan muvozanat konstanta eruvchanlik ko‘paytmasi deyiladi va EKo bilan ifodalanadi.
EKo - termodinamik EK deyiladi.
Ionlar aktivligining ular konsentratsiyasi bilan bog‘liqligini e’tiborga olib yuqoridagi tenglamani quyidagicha ifodalash mumkin:
EKo=anA.amB=[A]n[B]m.ƒnA.ƒmB [A]n.[B]m=EK
EK - konsentratsion eruvchanlik ko‘paytmasi deyiladi.
EK=EKo ga bo‘lganda AnBm to‘yingan eritmaning eruvchanligi S mol/l bilan ifodalanadi. Bu eritmada ionlar konsentratsiyasi quyidagiga teng:
[A] = nS; [B]=mS bularni EK qiymatiga qo‘ysak EK=[nS]n[mS]m Bundan
Yuqoridagi formulalardan eruvchanlik bo‘yicha EK va aksincha EK ma’lum bo‘lsa, eruvchanlikni hisoblash mumkin.
Elektrolitning to‘yingan eritmasidagi ionlar konsentratsiyasi:
1-masala. Agar EKo=2,5 10-5bo‘lsa, 1 l suvda necha gramm kalsiy sulfat eriydi?
Yechish. Muvozanat sxemasini yozamiz: CaSO4 ↔ Ca2+ + SO42- To‘yingan eritmadagi tuzning molyar konsentratsiyasini x bilan ifodalaymiz. Ca2+ va SO42– ionlarning muvozanat konsentratsiyasi ham xM ga teng bo‘ladi. Eruvchanlikning termodinamik va konsentratsion konstantalari amalda teng deb hisoblasak,
CaSO4 ning molyar massasi 136 g/mol. Eritmadagi CaSO4 ning miqdori (N) quyidagicha topiladi:
N = 136∙5∙10–5 = 0,682 g/l.
2-masala. 1 litr suvda 0,000002149 g kumush yodid eriydi.EK ni hisoblang.
Yechish. AgJ ning molyar massasi 234,8 g/mol. To‘yingan eritmadagi kumush yodidning molyar konsentratsiyasi (x) ni aniqlaymiz:
↓AgJ = Ag+ + J– bo‘lganda eritmadagi ionlarning muvozanat konsentratsiyalari ham teng bo‘ladi:
[Ag+] = [J–] = x = 9,109∙10–9 M;
EK= [Ag+][J–] = (9,109∙10–9)2 = 8,3∙10–17.