Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi


Cho‘kishga cho‘ktiruvchi ionlanishining ta’siri



Download 166,31 Kb.
bet16/23
Sana23.07.2022
Hajmi166,31 Kb.
#843326
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar

Cho‘kishga cho‘ktiruvchi ionlanishining ta’siri. To‘liq cho‘ktirish uchun cho‘ktiruvchi reagentning dissotsilanish darajasi muhim ahamiyatga ega. Masalan, Mg2+ kationini Mg(OH)2 holida cho‘ktirish uchun KOH bilan NH4OH ta’siri o‘rtasida katta farq bor. 0,1 M eritmada KOH 100% dissotsilansa, NH4OH xuddi shunday 0,1 M eritmada bor yo‘g‘i 1% dissotsilanadi. Cho‘ktiruvchilarning bir xil ortiqcha miqdori olinganda NH4OH kaliy gidroksidga nisbatan 100 marta kam konsentratsiyadagi OH-ionlarini hosil qiladi. Boshqacha aytganda, kam dissotsilanuvchi ammoniy gidroksid Mg2+ ionlarini KOH ga nisbatan to‘liq cho‘ktira olmaydi. Keltirilgan bu misoldan ko‘rinadiki, boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, ta’sir etayotgan cho‘ktiruvchi qanchalik yaxshi dissotsilangan bo‘lsa, cho‘ktirilayotgan ion shunchalik to‘la cho‘kadi. Kimyoviy analizda cho‘ktiruvchining dissotsilanish darajasini kamaytirish ham muhim ahamiyatga ega. NH4OH eritmasidagi OH- ionlarining uncha katta bo‘lmagan konsentratsiyasini yanada kamaytirish mumkin. Bunga eritmaga bir ismli ion NH4+ kationi kiritish, ya’ni ammoniy tuzlari qo‘shish bilan erishiladi. Eritmadagi ionlar konsentratsiyalari ko‘paytmasi [Mg2+] [OH-]2 magniy gidroksidning eruvchanlik ko‘paytmasi dan kam bo‘lib qoladi va cho‘kma hech ham hosil bo‘lmaydi. Bu usul sistematik analizda keng qo‘llaniladi. Masalan, Mg2+ kationini natriy gidrofasfat bilan NH4OH ishtirokida topishda Mg(OH)2 cho‘kmasi hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eritmaga ammoniy xlorid qo‘shish yo‘li bilan ammoniy gidroksidning dissotsilanishi kamaytiriladi. Ionlarni to‘liq cho‘ktirishga ishlatiladigan cho‘ktiruvchining gidrolizi ham ta’sir ko‘rsatadi, agar cho‘ktiruvchi kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuz bo‘lsa alohida ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi ikkinchi va uchinchi guruh kationlarining umumiy guruh reagentlari oson gidrolizlanadi:
(NH4)2CO3+ H2O = NH4HCO3+ NH4OH
(NH4)2S+H2O = NH4HS + NH4OH
Gidrolizda hosil bo‘ladigan HCO3- va HS- ionlari tegishli guruh kationlarini cho‘ktirmaydi. Binobarin, guruh reagentlarining gidrolizi kationlarning to‘liq cho‘kishiga to‘sqinlik qiladi. Gidrolizning oldini olish uchun eritmalarga NH4OH , ya’ni gidroliz mahsulotlaridan biri qo‘shiladi. Natijada, gidroliz muvozanati chap tomonga siljiydi, cho‘ktiruvchi reagentlar — ammoniy karbonat (NH4)2CO3 yoki ammoniy sulfid (NH4)2S larning konsentratsiyalari oshadi va kationlarning to‘liq cho‘kishiga erishiladi.

Download 166,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish