Cho‘kmaning erishi.
Ionlarni qiyin eriydigan birikmalar holida cho‘ktirish bilan bog‘liq har xil masalalarni hal qilishda eruvchanlik ko‘paytmasi qoidasi qanday ahamiyatga ega ekanligini yuqorida ko‘rib chiqdik. Analiz uchun muhim bo‘lgan teskari masalani, chunonchi qiyin eriydigan cho‘kmalarni eritmaga o‘tkazish shart-sharoitlarini topish masalasini hal qilishda ham bu qoidaning ahamiyati juda katta. Masalan, Mg(OH)2 cho‘kmasini eritib, eritmadan Mg2+ ionini topish kerak bo‘lsin. Bu cho‘kma ustidagi eritma Mg(OH)2 ga to‘yingan bo‘ladi. Demak, undagi ionlar ko‘paytmasi [Mg2+]·[OH]2 = = 6 ·10-10 ga teng (25 0C da). Agar shu eritmaga biror kislotadan ozroq qo‘shsak, kislotaning vodorod ionlari eritmadagi gidroksid ionlarini bog‘lab, ionlanmagan H2O molekulalarini hosil qiladi va natijada ionlar ko‘paytmasi [Mg2+]·[OH-]2 eruvchanlik ko‘paytmasi dan kichik bo‘lib qoladi. Eritma magniy gidroksidga to‘yinmagan bo‘lib qoladi va uning cho‘kmasi eriy boshlaydi, yangi eritmaga cho‘kmadan Mg2+ va OH- ionlari o‘ta boshlaydi. Bu jarayon ionlar ko‘paytmasi [Mg2+]•[OH-]2 yana ga tenglashguncha davom etadi, so‘ngra muvozanat qaror topadi. Agar kislota qo‘shishni davom ettirsak, muvozanat holati buzilib, cho‘kmaning yangidan-yangi miqdori eritmaga o‘taveradi. Nihoyat cho‘kmaning hammasi erib ketadi. Shunday qilib, biror cho‘kmani eritish uchun uning eritmaga o‘tayotgan ionlaridan birini shu ion bilan oz dissotsilanadigan birikma hosil qiluvchi ion ta’sir ettirib bog‘lash kerak. Bu qoidani quyidagicha izohlash ham mumkin. Ionlar ko‘paytmasi [Mg2+]·[OH-]2 muvozanat vaqtida doimiy va taxminan ga teng bo‘lgani sababli, eritmadagi ionlardan birini konsentratsiyasi o‘zgartirilsa, ikkinchi ionning ham konsentratsiyasi o‘zgarib ketadi. Masalan, Mg2+ ionining eritmadagi konsentratsiyasini kamaytirish, ya’ni uni cho‘ktirish uchun, cho‘ktiruvchini ko‘proq qo‘shish, ya’ni OH- ionlarining konsentratsiyasini oshirish zarur. Aksincha, eritmadagi Mg2+ ionining konsentratsiyasini oshirish, ya’ni Mg(OH)2 cho‘kmasini eritish zarur bo‘lsa, OH- ionlarini qandaydir kuchsiz elektrolitning ionlanmagan molekulasi tarzida bog‘lash bilan uning konsentratsiyasini kamaytirish lozim. Mg(OH)2 ga kislotalar ta’sir ettirilganda boradigan reaksiyani quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
Mg(OH)2 ↔ Mg2+ + 2OH-
2OH- + 2H+ ↔ 2H2O
Mg(OH)2↓ + 2H+ ↔ Mg2+ + 2H2O
Qiyin eriydigan boshqa asoslardan kislotalarda xuddi shunday eriydi, masalan:
Mn(OH)2↓ + 2 H+ ↔ Mn2+ + 2H2O
Fe(OH)3↓ + 3H+ ↔ Fe3+ + 3H2O
Bir qator gidroksidlar faqat kislotalardagina emas, balki ammoniy tuzlarida ham eriydi:
Mg(OH)2↓ + 2NH4+ ↔ Mg2+ +NH4OH
Mn(OH)2↓ + 2NH4+ ↔Mn2+ +NH4OH
Lekin NH4OH ga nisbatan ancha kuchli ionlangani sababli, eritmadagi OH- ionlarining konsentratsiyasi kislota qo‘shgandagidek ko‘p kamaymaydi. Demak, ammoniy tuzlarining asoslarni eritish xususiyati kislotalarnikiga nisbatan ancha kam va yaxshi eruvchan ba’zi asoslargina ammoniy tuzlarida eriydi. Kuchsiz kislotalarning qiyin eriydigan tuzlari kislotalarda eriydi, chunki kislotaning H+ ionlari tuzlarning anionini bog‘lab, kuchsiz kislotaning ionlanmaydigan molekulalarini hosil qiladi:
KHC4H4O6↓ + H+ ↔ H2C4H4O6 + K+
Bu yerda cho‘kmadan eritmaga o‘tayotgan HC4H4O6- anionlari H+ ionlari bilan birikib, tartarat kislotasining nihoyatda oz ionlanadigan molekulalari H2C4H4O6 ni hosil qiladi. Eritmada bu anionlarning konsentratsiyasi kamayib, KHC4H4O6 cho‘kmasining erishi hisobiga K+ ionlarining konsentratsiyasi ortib boradi.
Kuchli kislotalarning qiyin eriydigan tuzlari, masalan: AgJ, BaSO4, SrSO4, AgCl va boshqalar kislotalarda erimaydi, chunki bu holda kam ionlanadigan birikmalar hosil bo‘lmaydi. Kumush xlorid kislotalarda erimagani holda ammiakning suvdagi eritmasida oson eriydi. Bunga sabab shuki, cho‘kmadan eritmaga o‘tadigan Ag+ ionlari NH3 molekulalari bilan bog‘lanib, [Ag(NN3)2] + kompleks ionini hosil qiladi.
AgCl=Ag+ + Cl - ;
AgCl + NH3 = AgNH3+ + Cl-
AgC1+ 2NH3 = [Ag(NH3)]+ + Cl- Bunda Ag+ ioni konsentratsiyasining kamayishi eritma bilan cho‘kma o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga va cho‘kmaning eritmaga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash HgI cho‘kmasi KI da oson eriydi, chunki undan eritmaga o‘tgan Hg22+ ionlari KI ning dissotsilanishi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha J- ionlari bilan birikib, [HgI4]2- kompleks ionlarini hosil qiladi:
HgI2↓ + 2I- → [ HgI4]2-
Demak, bu yerda eritmaga bir ismli ion J- ning kiritilishi HgJ2 cho‘kmasining eruvchanligini ko‘paytiradi. Nihoyat, har xil oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida ham cho‘kma erib ketishi mumkin. Masalan, HC1 va H2SO4 da erimaydigan CoS, NiS, CuS, Vi2S3 va boshqa sulfidlar konsentrlangan HNO3 da qizdirilganda osonlik bilan erib ketadi. CuS ning erishi quyidagicha tenglamaga muvofiq, boradi:
3CuS↓ + 2NO3- + 8H+ →•3Cu2+ + 3S↓ +4H2O + 2NO↑
Bu reaksiyaning mohiyati shundaki, cho‘kmadan eritmaga o‘tayotgan S2- ionlari nitrat kislota ta’sirida S gacha oksidlanadi. Natijada eritmada S2- ionlarining konsentratsiyasi kamayib Cu2+ ionlarining konsentratsiyasi ortadi, ya’ni CuS cho‘kmasi eriydi. Ba’zan cho‘kmani eritish uchun uning tarkibiga kirgan birorta elementni qaytarishga to‘g‘ri keladi. Masalan, to‘rt valentli marganes gidroksidi MnO(OH)2 sulfat kislota H2SO4 da erimaydi, ammo agar eritmaga KNO2 yoki NaNO2 tuzi qo‘shilsa, u holda MnIV ioni Mn2+ gacha qaytariladi, natijada uning gidroksidi yaxshi eriydi:
MnO(OH)2 + NO2- + 2H+ → Mn+2 + NO3- + 2H2O
Cho‘kmalarning eruvchanligi turli omillarga bog‘liq. Cho‘kmalarning eruvchanligi eritmaning pH qiymatiga, hosil bo‘ladigan cho‘kmaning kristall yoki amorf tuzilishiga egaligiga ham bog‘liq. Har qanday cho‘kmaning eruvchanligi bulardan tashqari harorat, eritmadagi ionlar, ularning turlari, konsentratsiyalari va soni bilan ham bog‘liq. Moddani eritmadan to‘liq ajratish uchun cho‘ktiruvchi cho‘ktiriladigan ionga nisbatan ko‘proq qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |