Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi


Cho‘kishning eritma pH iningqiymatiga bog‘liqligi



Download 166,31 Kb.
bet17/23
Sana23.07.2022
Hajmi166,31 Kb.
#843326
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar

Cho‘kishning eritma pH iningqiymatiga bog‘liqligi. Ionlarning to‘liq cho‘kishi uchun reaksiya muhiti, ya’ni analiz qilinuvchi eritmaning pH qiymati ham hisobga olinishi kerak, zotan har bir moddaning to‘liq cho‘kishi H+ ionlari konsentratsiyasining ma’lum chegarasida yuz beradi. Eritmaning pH ini ma’lum qiymatda saqlab turish uchun kislotalar, inqorlar va bufer eritmalardan foydalaniladi. Qo‘shiladigan kislota yoki ishqorni tanlab olishda u bilan kiritiladigan ionlar tekshirilayotgan eritmadagi ionlarni topishga xalal bermasligiga va kiritilgan ionlar analiz davomida ishni murakkablashtirib yubormasligiga ishonch hosil qilish kerak. Masalan, K+ kationini topishda kislotali eritmani KOH yoki NH4OH bilan neytrallash yaramaydi, albatta, NaOH dan foydalanish lozim. Ma’lumki, har xil bufer aralashmalar eritmadagi pH ning o‘zgarishiga to‘sqinlik qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun eritma pH ini unga mos keladigan bufer aralashma qo‘shish bilan saqlab turish kerak. Bufer aralashmalarni ishlatish yana shuning uchun ham qulayki, ular eritmada ozgina kislota yoki ishqor bo‘lishiga qaramay, muayyan pH hosil qiladi. Ammo har qanday bufer aralashmaning muayyan bufer sigimi bor va u ma’lum miqdordagi H+ yoki OH- ionlarini bog‘lay oladi. Bu ionlardan biri haddan tashqari ko‘p miqdorda bo‘lsa, u holda eritma biz mo‘ljallagan pH ga ega bo‘lmay qoladi, uning qiymati ham turg‘un bo‘lmaydi . Modomiki shunday ekan, kuchli kislotali yoki kuchli ishqoriy eritmalarga bufer aralashma qo‘shishdan oldin ulardagi kislota yoki ishqorning ortiqcha qismini neytrallash yoki bo‘lmasa bufer sigimi ancha katta, ya’ni ikkala tarkibiy qismning konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan bufer aralashma ishlatish kerak. Shunday yo‘l tutilgandagina bufer aralashmaning ta’siri foydali bo‘ladi.
Ionlarni birin-ketin cho‘ktirish. Analitik kimyoda ta’sir ettirilayotgan reagent eritmadagi ionlarning faqat bittasi bilan emas, balki ikkitasi yoki bir qanchasi bilan qiyin eriydigan birikma hosil qiladigan jarayonlar kuzatiladi. Eruvchanlik ko‘paytmasi qoidasidan foydalanib, bunday jarayonlar mohiyatini oson tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, eritmada bir vaqtning o‘zida C1- va CrO42- anionlari bo‘lib, ularning konsentratsiyalari bir xil, 10-1 mol/l dan bo‘lsin. Ayni eritmaga tomchilatib AgNO3 eritmasi qo‘shilsa, Ag+ ionlari eritmadagi C1- va CrO42- ionlari bilan to‘qnashishi sababli quyidagi reaksiyalar borishi mumkin:
Ag+ + Cl- =AgCl
2Ag++CrO42- =Ag2CrO4
Avval bu tuzlarning qaysi biri cho‘kishini bilish uchun ularning eruvchanlik ko‘paytmasi qiymatidan foydalaniladi. Qaysi tuzning eruvchanlik ko‘paytmasi o‘z qiymatiga oldin yetsa, shu tuz oldin cho‘kadi. AgCl va Ag2CrO4 ning cho‘ka boshlashi uchun kerak bo‘lgan Ag+ ionlarining konsentratsiyasini bu tuzlarning eruvchanlik ko‘paytmasi qiymatidan osonlik bilan hisoblab chiqarish mumkin:


Ag+ ionlari konsentratsiyalarini tegishlicha va deb belgilab, quyidagicha hisoblash mumkin:


Demak, birinchi navbatda tuzlar orasida eng kam eruvchan
cho‘kmaga tushadi. Boshqacha aytganda, kumush xloridning eruvchanlik ko‘paytmasi Ag+ ionlarining kamroq konsentratsiyasida o‘z qiymatiga yetadi va birinchi bo‘lib kumush xloridning oq cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Qizil rangdagi kumush xromat cho‘kmasining hosil bo‘lishi xlorid-ionlarning to‘liq cho‘kkanligini bildiradi, binobarin K2CrO4 dan argentometriyada indikator sifatida foydalanish mumkin. Keltirilgan misoldan ma’lum bo‘ladiki, ionlar aralashmasiga ayni reagent ta’sir ettirilganda, ular shu ionlar hosil qiladigan qiyin eruvchan birikmalar eruvchanlik ko‘paytmasining o‘z qiymatiga yetishi tartibida cho‘kadi. Bunday cho‘ktirish birin-ketin cho‘ktirish deb ataladi. Birin-ketin cho‘ktirishda reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan birikmalarning eng oz eriydigani odatda, birinchi navbatda cho‘kadi, undan keyin ko‘proq eriydigani cho‘kadi. Ionlarning ketma-ket cho‘kishi nafaqat reaksiya mahsulotlarining eruvchanligiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki shu ionlarning eritmadagi konsentratsiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Qiyin eriydigan elektrolitni hosil qiluvchi ionlarning konsentratsiyalarini o‘zgartirib, ionlarning birin-ketin cho‘kishini tamoman teskari tartibda olib borish ham mumkin. Masalan, C1- va CrO42- ionlarining konsentratsiyasi

ya’ni,

bo‘ladigan qilib tanlangan bo‘lsa, u holda birinchi navbatda AgCl emas, balki Ag2CrO4 cho‘kadi.
Ionlarni birin-ketin cho‘ktirishdan kimyoviy sifat analizda keng miqyosda foydalaniladi. Bundan tashqari, birin-ketin cho‘ktirish qoidasi titrimetrik analizda, xromatografiya usulida, shuningdek, filtr qog‘ozda bajariladigan tomchi reaksiyalarida o‘z ifodasini topadi.



Download 166,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish