Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi


Qiyin eriydigan birikmani boshqa qiyin eruvchan birikmaga aylantirish



Download 166,31 Kb.
bet22/23
Sana23.07.2022
Hajmi166,31 Kb.
#843326
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar

Qiyin eriydigan birikmani boshqa qiyin eruvchan birikmaga aylantirish Analitik kimyoning sifat analizida ko‘pincha qiyin eruvchan birikmani biror reaktiv ta’sir ettirib, uni boshqa qiyin eruvchan birikmaga aylantirish reaksiyalari bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Bunday reaksiyalarning borishini eruvchanlik ko‘paytmasi qoidasidan kelib chiqqan holda tushuntirish mumkin. Kumush xromat Ag2CrO4 cho‘kmasi bo‘lgan to‘yingan eritmada Ag+ ionlari bor va bu ionlar ana shu eritmaga KC1 qo‘shilganda C1- ionlari bilan reaksiyaga kirishadi. Kumush xloridning eruvchanligi (1,25∙10-5 mol/l) kumush xromat Ag2CrO4 ning eruvchanligi (1,3∙10-4 mol/l) ga nisbatan kam bo‘lganligi sababli, Ag+ kationlarining konsentratsiyasi kumush xloridning eruvchanlik ko‘paytmasi qiymatidan oshib ketish uchun yetarli bo‘ladi va AgCl cho‘kmaga tushadi.
Buni qizil risht rangli Ag2CrO4 cho‘kmasi o‘rniga oq suzmasimon AgCl cho‘kmasi hosil bo‘lishidan bilish mumkin. Eritmada Ag+ ionlarining kamayishi eritmani Ag2CrO4 ga nisbatan to‘yinmagan qilib qo‘yadi va muvozanat bu cho‘kmaning erishi tomonga siljiydi. Shunday qilib, qo‘shiladigan KC1 ning miqdori yetarli bo‘lsa, Ag2CrO4 batamom erib, AgC1 cho‘kmasi hosil bo‘ladi:



Quyidagi reaksiyada

hosil bo‘ladigan birikma (AgCl)ning eruvchanlik ko‘paytmasi boshlangich birikma (AgI) ning eruvchanlik ko‘paytmasidan taxminan 1000000 marta ( =1,56∙10-10> = l ,5∙10-16) ortiq. Shuning uchun AgI cho‘kmasini KC1 eritmasi bilan qayta-qayta ishlasak ham yuqoridagi reaksiya amalda mutlaqo bormaydi. Xuddi shu reaksiyaning teskarisi- AgCl cho‘kmasini KI eritmasi bilan bir marta ishlagandayoq reaksiya amalda oxirigacha yetadi. AgCl ning AgI ga aylanishi tufayli oq cho‘kma sariq cho‘kmaga aylanadi. Qiyin eruvchan birikmani boshqa bir qiyin eruvchan birikmaga aylanish jarayonidan ionlarni bir-biridan ajratishda, ayniqsa, ularni eritmaning bir qismidan topishda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin. Cho‘ktiruvchi sifatida ishlatiladigan qattiq suvda qiyin eriydigan reaktivlar, tanlab ta’sir etishlariga suvda oson eriydigan reaktivlarga qaraganda ba’zan bir qancha afzalliklarga ega bo‘ladi. Masalan, S-2 va CO3-2_ anionlari bo‘lgan eritmaga kadmiyning eruvchan tuzi CdSO4 ta’sir ettirilsa, kadmiyning qiyin eriydigan tuzlari hosil bo‘lish natijasida har ikkala anion ham cho‘kmaga o‘tadi. CdSO4o‘rniga eruvchanligi CdS nikidan katta, lekin CdCO3 nikidan kichik bo‘lgan qiyin eruvchan CdCO3 tuzini ishlatsak, eritmadan faqat S2- ioni cho‘kadi, SO32- ioni esa cho‘kmaydi. Bu usuldan ana shu anionlarni ajratishda foydalaniladi. Ba’zan har xil eruvchan moddalar aralshmasiga ma’lum bir reaktiv ta’sir ettirib, bizni qiziqtirayotgan ionigina eritmaga o‘tkazib yuborish va uni hosil bo‘lgan eritmadan topish mumkin bo‘ladi. Masalan, rodanid anioni CNS- FeCl3 ta’siridan topiladi, bu anion Fe3+ kationi bilan to‘q qizil rangli Fe(CNS)3 hosil qiladi:
3CNS+Fe3+=Fe(CNS)3
Eritmada yana I- anionlarining bo‘lishi bu reaksiyaga xalaqit beradi, chunki I- ionlari Fe3+ kationlari bilan oksidlanib eritmani Fe(CNS)3 rangiga o‘xshash qizil qo‘ng‘ir rangga kirituvchi erkin yod hosil qiladi:
2I-+2Fe3+ ↔ I2+2Fe2+
I- anionlarini CNS- anionlaridan ajratish uchun tekshirilayotgan eritmasiga kislotali muhit hosil bo‘lguncha HNO3 qo‘shiladi va unga AgNO3 eritmasi ta’sir ettiriladi. Bunda I- va CNS- anionlari AgI va AgCNS holida cho‘kadi, Hosil bo‘lgan cho‘kma eritmadan ajratilib yuvilgach, KBr eritmasi bilan chayqatiladi. EKAgBr = 5,3∙10-13 EKAgCNS= 1,1∙10-12 dan kichik bo‘lgani uchun kumush rodanid erib, kumush bromid cho‘kmasiga aylanadi:
AgCNS+Br- →AgBr+CNS- cho‘kmadan eritmaga o‘tgan CNS- anionlari FeCl3 yordamida topilishi mumkin. AgI ning eruvchanlik ko‘paytmasi (EKI- = 1,5 I-10-16) AgBr nikidan kichik bo‘lganligi sababli, KBr ta’sirida I- ionlari amalda eritmaga o‘tmay, cho‘kma holida qoladi, binobarin I- ionlari CNS- anionlarini sifat jihatidan topishga xalaqit bermaydi.

Download 166,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish