Oz eruvchan elektrolitning bir turini boshqasiga o‘tkazish Analiz jarayonida ba’zan bir turdagi oz eruvchan elektrolitni boshqa turdagi oz eruvchan elektrolitga o‘tkazish zarurati paydo bo‘ladi. Masalan, kationlar aralashmasini tizimli analizda kalsiy, stronsiy, bariy kationlarini murakkab aralashmadan ajratib olish uchun ularni sulfat kislota yoki sulfat kislotaning eruvchan tuzlari eritmasi ta’sirida sulfatlar holida cho‘ktiriladi. Kalsiy sulfat CaSO4, stronsiy sulfat SrSO4va bariy sulfat BaSO4lardan iborat cho‘kma eritmadan ajratib olinadi. Cho‘kmadagi kalsiy, stronsiy, bariy kationlarini ochish uchun eritmadagi sulfatlar eriydigan holga o‘tkazilib, hosil bo‘lgan eritmadan tegishli kationlarni ochuvchi xos reaksiyalarni bajarish kerak. Ammo kalsiy, stronsiy va bariy sulfatlari suvda ham, kislota, ishqorlarda ham erimaydi. Kalsiy, stronsiy, bariy kationlarini ularning sulfatli cho‘kmalaridan eritmaga o‘tkazish uchun, sulfatli cho‘kmalar aralashmasi soda Na2CO3 ning to‘yingan eritmasi bilan isitilib aralashtiriladi. Bu amal 3-4 marta takrorlanib, har gal chayindi to‘kib tashlanadi. Sodali so‘rim deb ataluvchi bu jarayonda qattiq sulfatlar qattiq karbonatlarga aylanadi:
CaSO4 (q) ↔ CaCO3 (q)
SrSO4 (q) + Na2CO3 ↔SrCO3 (q) + Na2SO4
BaSO4 (q) ↔ BaSO3 (q)
Hosil bo‘lgan suvda erimas karbonatlar biror kislotada (masalan, sirka kislotada) eritiladi:
CaCO3(q) + 2H+ Ca2+ + CO2 + H2O
SrCO3(q) + 2H+ Sr2+ + CO2 + H2O
BaSO3(q) + 2H+ Ba2+ + CO2↑ +H2O
Natijada kalsiy, stronsiy, bariy kationlari eritmaga o‘tadi va ular turli reaksiyalar vositasida ochiladi.Qattiq sulfatlarni qattiq karbonatlarga o‘tkazish jarayonini bariy sulfat BaSO4misolida ko‘rib chiqamiz:Bariy sulfat va karbonatlarning eruvchanlik ko‘paytmalari tegishlicha 1,1∙10-10 va 4∙10-10 qiymatlarga ega. Bariy sulfat erib so‘ngra bariy karbonat cho‘kmasini hosil qilishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
C(Ba2+) C(SO42-) < 1,1∙10-10 ;
C (Ba2+) C(CO32-) 4∙10-10.
C(Ba2+) C(SO42-) ion ko‘paytmasi bariy sulfat eruvchanlik ko‘paytmasidan kichik bo‘lgani sababli cho‘kma eriy boshlaydi va C(Ba2+) C(CO32-) ion ko‘paytmasi bariy karbonat eruvchanlik ko‘paytmasidan katta bo‘lganligi sababli eritmaga o‘tgan bariy kationlari karbonat holida cho‘kadi. Eritmada to‘planadigan sulfat ionlari vaqti-vaqti bilan yo‘qotiladi. Bariy sulfat cho‘kmasi ustidagi bariy ionlarining konsentratsiyasi C(Ba2+) = [Ba2+] = (1,1∙10-10)1/2= 1,05∙10-5 mol/1. Binobarin, bariy karbonat cho‘kmasi hosil bo‘lishi uchun karbonat CO32- ionlarining konsentratsiyasi quyidagicha hisoblangan
[CO32-] = EK(BaCO3)/[ Ba2+]= 4∙10-10/1,05∙010-5 = 3,81∙10-5 mol/1 qiymatdan katta bo‘lishi shart. Bu qiymat karbonat (CO32-) ionlarining juda kichik konsentratsiyasiga taalluqli bo‘lib, soda eritmasi qo‘shilganida karbonat ionining konsentratsiyasi hisoblangan qiymatdan bir necha marta ortiq bo‘ladi. Karbonat ionining konsentratsiyasi C(CO32-)>3,81∙10-5 mol/1 dan katta bo‘lganida C(Ba2+) C(CO32-) ion ko‘paytma bariy karbonat eruvchanlik ko‘paytmasidan bir necha barobar ortiq bo‘lganligi sababli bariy karbonat cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Eritmadagi bariy ionlari bariy karbonatga aylanishi natijasida C(Ba2+) C(SO42-) ion ko‘paytma bariy sulfat eruvchanlik ko‘paytmasidan kichik bo‘lib qoladi bu esa yana bariy sulfat erishiga olib keladi. Bu jarayon bariy sulfat, bariy karbonatga batamom o‘tguncha takrorlanadi.Kalsiy va stronsiy qattiq sulfatlarini karbonatlarga aylantirish ham ana shundek amalga oshadi.
BaSO4 (q) + Na2CO3 BaSO3 (q) + Na2SO4.
Do'stlaringiz bilan baham: |