Atmosferani ifloslantiruvchu faktorlar



Download 18,37 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi18,37 Kb.
#758307
Bog'liq
Atmosferani ifloslantiruvchu faktorlar


Atmosferani ifloslantiruvchu faktorlar
Turli energiyani ishlab chiqaruvchi sanoatda yoqilg`ini yonishidan atmosfera ifloslanadi, ya‘ni ximiya, metallurgiya, neftni qayta ishlovchi sanoatlarga tegishli. 
Masalan, sulfid minerallarini kuydirish natijasida, ya‘ni qo`rg`oshin, ruxli va mis rudalarini kuydirish natijasida -SO2 oksidi atmosferaga tushadi. 
Mis rudalarini birlamchi kuydirish natijasida chiqadigan gazlardan 8 % ni oltingugurt tashkil etadi. Sulfid minerallari galenit va rux (ZnS) sulfidlarni kuydirish natijasida Rb va Zn hosil bo`lib, chiqadigan gazlardan 6 % ni SO2 tashkil etadi, bu esa sulfat kislota sanoatida qo`llaniladi. 
2. Qora metallurgiya. 
Qora metallurgiya ishlab chiqarish asosida yuqori temperaturada po`lat va 
cho`yanni ishlab chiqarish yotadi. Temir rudalarini suyuqlantirib toza temir bilan 
6 % uglerod olinadi. Bu esa cho`yan va po`lat olish uchun qo`llaniladi.
Rudani qazish va qayta ishlash natijasida atmosferaga katta miqdorda uning 
changlari chiqadi. Domnali pechda kydirish natijasida chiqadigan gazlar tarkibida 
SO bo`ladi. Bunday gazlar qimmatbasho yoqilg`i bo`lib po`lat ishlab chiqarishda 
qo`llaniladi. Po`lat ishlab chiqarishda reaktsiya ushlab turilishida kislorod hosil bo`ladi. Bu jarayon natijasida tutun gazlar hosil bo`ladi, bu gazlar tarkibida sulfidlar, merkaptanlar va boshqa ximiyaviy moddalar bo`lib, turlicha yoqimsiz hidga ega. 
3. Nometall minerallar.
Asbest, qum, maydalangan jinslar tsement tayyorlash uchun yo`lni qoplashda, ko`mir olishda qo`llaniladi. Bu materiallar portlash yordamida olinadi, eziladi, omborga olib boriladi va tegishli qo`llaniladigan joyga yuboriladi. Ko`mir esa turli aralashmadan tozalash uchun yuvishga yuboriladi. 
Qum va ohaktoshni ximiyaviy qayta ishlash natijasida tsement va shisha olinadi. Tsement ishlab chiqarishda maydalangan ohaktosh pechda kuydiriladi, natijada mayda oshaktosh changlari chiqadi. Shisha olishda qum va maydalangan shisha siniqlari pechda suyuqlantiriladi, natijada tutun va gazlar hosil bo`ladi, bular tarkibida zaharli mashsulotlar karbonatlar, nitratlar, xloridlar, ftoridlar bo`ladi. Bu barcha manbalarni qazib olish, maydalash, tashish materiallarni saqlashda yuqori miqdorda qo`pol va mayda changlar hosil bo`ladi. Bu esa ishlab chiqarishda ishchilar uchun jiddiy xavf tug`diradi. 
4. Neftni tozalash.
Neftni tarkibida oltingugurt, organiq uglevodorodlar, anorganiq birikmalar, ishqoriy va ishqoriy yer metallari bo`ladi. 
Neftni tozalash va qayta ishlashda turli uglevodorodlar-reaktiv yoqilg`i, mazut, bitum neft ximiyaviy sanoat uchun olinadi. 
Neftni qayta ishlashda past sifatli neftni yonishi havoni ifloslaydi. Mash‘alani yonish rejimi buzilishi natijasida mayda qurum zarrachalari hosil bo`ladi, shuningdek katalitik krekinglashda atmosferaga qattiq zarrachalar tushadi. 
Bu jarayon mavhum qaynash qatlamli reaktorlarda amalga oshiriladi, katalizatorni 
jarayonda ko`p marotaba qo`llash natijasida vodorod sulfid va merkaptan hosil 
bo`ladi. Bu moddalar yoqilg`ini yengil navlari ajralishida hosil bo`lib, dvigatelni 
korroziyaga uchrashiga sabab bo`ladi. Texnologiyadan ratsional foydalanish natijasida bu moddalar yig`ib olinadi va oltingugurt olishda qo`llaniladi. Neft mashsulotlarini tozalashda klapan, truba quvuri, reaktor, rezervuar yoriqlaridan 
uglevodorodlarni oqishi kuzatilib, bu yo`qotishlar neftni qayta ishlash jarayonini 
to`g`ri boshqarish orqali kamaytiriladi. 
5.Ximiya sanoati.
Ximiya sanoatida turli xom ashyo turlari ishlatilib, ulardan turli ko`rinishli havoni ifloslovchilar chiqadi. 
Mis, sulfat kislota ishlab chiqarishda atmosferaga oltingugurt (II) oksidi ajralib chiqadi, bu gaz reaktorda temperatura 450-600 0C da SO2 ning SO3 ga to`liq katalitik oksidlanmasligidan kelib chiqadi. Quvvati 200 t/sutka bo`lgan kislota ishlab chiqarish korxonalaridagi atmosferaga ajralib chiqish dozasi yuqori emas.Yirik ishlab chiqarish korxonalarida atmosferaga ajralib chiqadigan doza o`n barobar yuqori bo`ladi. 
Sulfat kislotani maydalangan fosfat rudasi bilan qayta ishlash natijasida superfosfat o`g`itlar olinadi. Natijada atmosferaga vodorod ftorid va boshqa ftortarkibli gazlar ajralib chiqadi. Bundan tashqari g`ishtni pechda kuydirish natijasida ftor bulutlari ajralib chiqadi. 
Qog`oz va tsellyo’loza sanoatida havoga vodorod sulfid va merkaptanlar ajralib chiqadi. Maydalangan yog`och reaktorda neytral sulfit yoki ishqor reagenti bilan qayta ishlanadi. Neytral sulfitda natriy sulfat va biokarbonat bufer aralashmasi, ishqoriy reagentda natriy sulfit bilan gidrooksid aralashmasi bo`ladi. 
Bundan tashqari qog`oz tsellyo’loza sanoatida apilka qirindisi va ildizlarni kuydirish natijasida tutun hosil bo`ladi. 
Lak sanoatida asosan smola ishlab chiqarishda atmosferaga uglevodorodlar aralashmasi ajralib chiqadi. Yuzani buyash natijasida erituvchi bug`lari ajralib 
chiqadi, bu esa zaharlanishga olib keladi.
Download 18,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish