350
daromadliligi ko‘rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Statistikada bu ko‘rsatkichlar
faqat statikada o‘rganilmasdan, balki dinamikada ham o‘rganiladi.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishi (har bir emitent bo‘yicha alohida) ma’lum
bir paytga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari soni va summasi (qiymati) bilan
xarakterlanadi.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish deganda biz ularni birinchi bozorini,
ya’ni ilk bor sotilishini tushunamiz. Ma’lumki, qimmatli qog‘ozlarni ilk bor sotish
bilan asosan emitentlar va vositachilar shug‘ullanishadi.
Statistik hisobotlarda ilk
bor sotilgan qog‘ozlarni soni va summasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
Ma’lumki, qimmatli qog‘ozlar bir necha bor sotilishi mumkin. Ularning
sotilishi va qayta sotilishi ikkinchi bozor, ya’ni fond bozorida amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘oz birjada sotilishi uchun, oldin kotirovka varaqasiga (listing)
kiritilishi kerak.
Har qanday qimmatli qog‘oz ham listingga kiritilavermaydi.
Listingga
kiritilish shartlari mavjud. Masalan, Nyu-York fond birjasiga kiritilishi uchun
aksiya quyidagi talablarga javob berish kerak. Kompaniya aksiyasining balansdagi
qiymati 18 mln.dollardan kam bo‘lmasligi; kompaniyani foydasi keyingi 3 yildan 2
mln.doll. kam bo‘lmasligi; 100 va undan ortiq aksiyaga ega bo‘lgan 2000
aktsioneri bo‘lishi; ochiq savdoga kamida 1100000 dona aksiya chiqargan bo‘lishi;
ularning oylik oboroti 100000 donadan oshishi.
Rossiyada bu talab pastroq. Masalan, MTsFBning ikki talabi mavjud:
emitentning kapitali (sof aktivlari) summasi 50 mln. rub. kam bo‘lmasa (tijorat
banklari uchun); 100 mln. rub. - boshqa emitentlar uchun. Qimmatli qog‘ozlar
soni, tegishli ravishda 2500 va 5000 dona. Bulardan tashqari emitentlar MTsFBga:
emissiya loyihasi; moliyaviy hisobot; e’lon qilingan va to‘langan dividendlar hajmi
ma’lumotlarini topshirishlari kerak.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobotlarda
ma’lum bir davrga beriladi. Ularga: sotilgan va sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
soni; sotilgan va sotib olingan qimmatli qog‘ozlar summasi va boshqalar kiradi.
351
Bunday ma’lumotlar emitentlar va qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha alohida
beriladi.
Foizlar, dividendlar va kupondan olingan daromad qimmatli qog‘ozlarning
daromad ko‘rsatkichlari hisoblaniladi.
Mutloq daromad summasi aksiya bo‘yicha dividend summasiga tengdir.
Dividend aksiyalar soniga proportsional taqsimlanuvchi sof foydaning bir qismi.
Hukumat, aktsionerlik jamiyatlari, korxona va
tashkilot obligatsiyalari
bo‘yicha belgilangan daromad summasi ularning nominal qiymatidan foiz shakli
usulida aniqlanadi. Bu summa obligatsiyaning necha yilga chiqarilganligiga
bog‘liq. Muddat tugagandan keyin obligatsiya qaytarib sotib olinishi kerak.
Obligatsiyalar, sertifikatlar va veksellar bo‘yicha daromad summasi
belgilangan
foiz stavkasi, ularning nominal qiymati va ulardan foydalanish
muddatiga qarab aniqlanadi.
Xazina majburiyatlari va hukumat obligatsiyalari bo‘yicha daromad hajmi
kupondan olinadigan foiz stavkasi va qimmatli qog‘ozning o‘sgan qiymatiga
bog‘liq.
Aktsiya bo‘yicha daromad summasi dividendlar
va aksiyalar sotib olish va
sotish (kurs) narxlari farqining yig‘indisiga teng.
Dividend summasi va normasi quyidagi formulalar bilan aniqlaniladi:
100
Do'stlaringiz bilan baham: