3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilganlar turlari. Reja



Download 424,19 Kb.
bet1/8
Sana28.02.2022
Hajmi424,19 Kb.
#473776
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 - maruza


3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilganlar turlari.
Reja:
1.Ilk dastur
2.Berilganlarning C# dasturlash tilida turlari va e’loni.
3.O‘zgaruvchi va o‘zgarmas tushunchasi.
Istalgan dasturlash tilini o’rganish undagi eng sodda dasturni tahlil qilishdan boshlansa, ancha qulay bo’ladi. Demak, quyidagi listingga e’tibor qarataylik.


2.1-listing
/* Ko’p satrli izoh yozish:
User: user
Sana: 11.06.2016
Soat: 16:56
*/
using System;
namespace app1
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
Console.WriteLine("Salom Dunyo!");
// Bir satrli izoh yozish
Console.Write("Biror tugmani bosing...");
Console.ReadKey(true);
}
}
}

Dasturni satrma-satr tahlil qilishga harakat qilib ko’raylik. 1- va 5-satrlarda /* va */ belgilari orasida keltirilgan matn dasturchilar orasida izoh deb yuritiladi. Bu belgilar orasidagi har qanday belgi yoki belgilar ketma-ketligi izoh deb tushuniladi.


Izoh – dastur kodiga hech qanday ta’sir o’tkazmay, dastur kodini boshqa foydalanuvchi yoki dasturchi uchun tushunarliligini ta’minlash vazifasini bajaradigan qism.
Demak, izohlar hech qanday vazifa bajarmaydi, lekin ular dasturning o’qilishini osonlashtiradi. Agar bir nechta satr emas, balki bir satrli izoh yozmoqchi bo’lsak, u holda 14-satrda berilgan usuldan foydalanish mumkin. Bir satrli izohlarni yozish uchun “//” belgilaridan foydalaniladi.
Izohlardan keyingi qatorda yozilgan using System operatori haqida to’xtalib o’taylik. Dasturlash muhiti ilovalar ishlab chiqishda tizim bilan bog’liq bo’lgan kerakli to’plamlarni taqdim etishi lozim. Masalan, kiritish/chiqarish operatorlari, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, grafik muhit va boshqalar. System aynan shunday fazolardan biri hisoblanadi, u e’lon qilingandan so’ng dasturchi undagi kerakli fazo tarkibidagilarni qo’llashi mumkin. Masalan, Console fazo a’zosi orqali, hech qanday grafiklarsiz, faqat oq-qora ekranda (konsol rejimida) kiritish/chiqarishni bajarish mumkin.
7-satrda keltirilgan namespace app1 kalit so’zi keltirilgan. Bunda dasturchi o’zining dasturida ishlatayotgan o’zgaruvchilarni bitta nomlar fazosi deb nomlanuvchi fazoda e’lon qiladi. Bu dasturga boshqa dasturlar orqali murojaat qilganda ushbu nomlar fazosi nomi orqali murojaat qilinadi. Nomlar fazosida dastur tuzish shart emas. Bu yerda nomlar fazosi nomi app1 deb olingan. Demak, namespace kalit so’zi orqali nomlar fazosini e’lon qilish mumkin. Bu yerda fazo tarkibi 9-18-satrlardir.
C# tilida ilovalar yaratish rasmiy ravishda maxsus struktura – sinflar yaratishdan boshlanadi.
Sinflar ikki qismdan tarkib topadi: sarlavhasi, u class kalit so’zidan so’ng kiritiladi, unda e’lon qilinayotgan sinf nomi keltiriladi va tanasi, u ochiluvchi va yopiluvchi shakliy qavslar ichida joylashadi. Sinf e’lon qilingandan keyin nuqtali vergul qo’yiladi yoki o’zgaruvchilar ro’yxati beriladi:

class Screen { /* ... */ };


class Screen { /* ... */ } myScreen, yourScreen;

Sinfning ichki tanasida, qismiy ma’lumotlar, funksiya-a’zolar va ularga ko’rsatkichlar e’lon qilinadi. Shunday qilib sinf tanasida ma’lumot-a’zolar e’lon qilinadi.


Har bir sinf aniqlanishida yangi ma’lumotlar tipi hosil bo’ladi. Hattoki, bir xil tarkibdan iborat bo’lgan sinflar, lekin ikki nomga ega bo’lgan sinflar turlicha tiplarga tegishli bo’ladi:

class First {


int memi;
double memd;
};

class Second {


int memi;
double memd;
};

class First obj1;


Second obj2 = obj1; // Xato! obj1 va obj2 lar turli xil tiplarga tegishli.

Sinf tanasi alohida ko’rinish sohasida bo’ladi. Ikkita turli xil sinflarda bir xil nomdagi a’zolar bo’lishligi bu xatolik emas, chunki bu a’zolar turli xil obyektlarga tegishli bo’ladi.


Sinf e’lon qilingandan so’ng unga ikki xil usulda murojaat qilish mumkin:

  1. class kalit so’zi yoziladi, so’ng esa sinf nomi yoziladi. Masalan yuqoridagi misolda First sinfiga tegishli obj1 obyekti e’lon qilingan.

  2. Faqat sinf nomi ko’rsatiladi. Yuqoridagi misolda Second sinfiga tegishli obj2 obyekti e’lon qilingan.

Dasturning 11-satriga to’xtalaylik. Bu yerda biz uchun Main kalit so’zi qiziqarlidir. Istalgan dastur ushbu so’zdan boshlanadi. Demak, Main- „boshlamoq“dir. Bu – dasturga kirish nuqtasi, dasturni ijro etishni boshlash joyiridir. Main konstruksiyasi tilda rasmiy ravishda funksiya deb ataladi. Funksiya va uning qo’llanishi haqida keyinchalik to’xtalamiz. Shuning uchun bu funksiya ichidagi qo’llangan kalit so’zlarni ko’rib o’taylik:

Download 424,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish