14.4. Qimmatli qog‘ozlar statistikasi ko‘rsatkichlari
Qimmatli qog‘ozlar statistikasi ko‘rsatkichlari tizimi qimmatli qog‘ozlar
bozori hajmi, muomalasi, daromadliligi va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan
tashkil topadi va ularga ko‘rsatkichlar qo‘shiladi:
1.
Fond birjalari soni. Bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha hisoblanadi va
aniq paytga bo‘lgan birjalar sonini xarakterlaydi.
2.
Listingga kiritilgan emitentlar soni. Bu ko‘rsatkich har bir birja bo‘yicha
hisoblanadi, chunki har bir birjaning emitentlarni listingga kiritish talabi
har xil.
3.
Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar soni – jami va shu jumladan qimmatli
qog‘ozlarning turlari bo‘yicha.
4.
Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati. Bu ko‘rsatkich qimmatli
qog‘ozlarning nominal qiymati (R
N
) ularning soniga (N) ko‘paytirish
bilan aniqlanadi.
5.
Qimmatli qog‘ozlarning turlari va emitentlar bo‘yicha tarkibi.
6.
Joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar soni, qiymati va turli kesimlardagi
tarkibi.
7.
Qimmatli qog‘ozlarni birlamchi sotishdan olingan mablag‘ – bu
ko‘rsatkich investorni haqiqiy sotib olish bahosi sotib olgan qimmatli
347
qog‘ozlar qiymati xarakterlaydi.
8.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi taklif va talabni hajmi, miqdori va tarkibi.
9.
Talabni taklif bilan qondirilishi ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich taklifni
(miqdor va qiymat) talabga bo‘lish bilan aniqlanadi.
10.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini kapitalizatsiyasi – bu muomalada bo‘lgan
qimmatli qog‘ozlar sonini ularni bozor qiymatiga ko‘paytmasi.
11.
Tuzilgan birja bitimlari soni va sotilgan qimmatli qog‘ozlar miqdori
(natural ko‘rsatkichlarda, dona).
12.
Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha oborot – bu birja bitimlarida
ko‘rsatilgan summalar yig‘indisi.
13.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish darajasi ko‘rsatkichi – birja
oboroti hajmini yalpi ichki mahsulotga yoki davlat byudjeti
daromadlariga nisbati bilan hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini statistik tahlilida baholi qiymat ko‘rsatkichlari
muhim rol o‘ynaydi. Ularga qimmatli qog‘ozlarni nominal taklif, talab, bozor,
o‘rtacha, integrallashgan baholari kiradi. Nominal baho odatda emitent tomonidan
aniqlanadi. Masalan, aksiya bo‘yicha ustav fondini chiqarilgan aksiyalar soniga
nisbati bilan aniqlanadi, taklif qilinadigan baho sotuvchilar takliflarida keltiriladi,
talab bahosi esa odatda sotib olish arizalarida keltiriladi. Ko‘rsatilgan talab va
taklif baholarda hech qachon bitim tuzilmaydi, chunki ular mo‘ljal vazifasini
bajaradi.
Bulardan tashqari birlamchi bozor bahosi (yoki emission baho) mavjud. Bu
baho joylashtirish bahosi deb ham yuritiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida qirqish,
anderrayter, sotib olish guruhi, qoplash, ochish va yopish baholari ham uchraydi.
Qirqish bahosida (yoki gollandcha auktsion) emitent eng past baholarni
o‘rnatadi va u bo‘yicha o‘ziga kerak xajmda qarzli qimmatli qog‘ozlar
joylashtiriladi. Bu sxema odatda davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida qo‘llaniladi.
Anderrayter bahosi bilan anderrayter qimmatli qog‘ozlari joylashtiriladi. Qoplash
bahosi obligatsiyalarda qo‘llaniladi. Agarda obligatsiya belgilangan muddatda
348
qoplansa qoplash bahosi nominal bahoga teng bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarda fond
bozorlarini ochish va yopish baholari ustidan ham kuzatish amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozor bahosi (qimmatli qog‘ozlarning kurs qiymati ham
deyiladi) bilan sotiladi va sotib olinadi. Bozor bahosi talab va taklifga bog‘liq.
Talab yuqori bo‘lsa bozor bahosi oshib boraveradi. Talabning o‘zgarishi qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanadigan daromadga, emitentning istiqboli va obro‘yiga,
reklama sifati va h.k.larga bog‘liq.
Statistikada davrlar uchun o‘rtacha baho quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu erda
r
i
– i
kun uchun qimmatli qog‘oz bahosi
; q
i
– i
kun uchun bitim xajmi
(sotilgan dona yoki ming dona).
Ma’lumki davlat obligatsiyalari partiyalar bilan chiqariladi. Bunday paytda
har bir partiya uchun o‘rtacha baho aniqlanadi:
i
i
i
i
q
q
p
P
bu erda
r
i
– i
bitim bahosi
; q
i
–i
bitim xajmi (obligatsiyalar soni).
Misol
.
Bir partiya chiqarilgan (nominal qiymati 5000 so‘m) obligatsiyalar 3
ta bitimda sotildi. Birinchi bitimda 5500 so‘m bilan 10000 dona sotilgan. Ikkinchi
bitimda – 4500 va 15000; uchunchi bitimda – 6000 va 20000.
O‘rtacha tortilgan baho teng:
.
9
,
5388
20000
15000
10000
20000
6000
15000
4500
10000
5500
сўм
P
Agarda davlat qimmatli qog‘ozlari bir necha marta chiqarilsa,
integrallashgan o‘rtacha baho hisoblaniladi:
i
i
i
i
Q
Q
P
P
i
i
i
q
q
p
P
349
bu erda
i
P
– i
Do'stlaringiz bilan baham: |