5
Darslikni maqsadi, vazifasi va tarkibi
Keyingi
yillarda
Respublikada
ta’lim
sohasida
o‘tkazilayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi – o‘z fikriga ega bo‘lgan, mamlakatni innovatsion
rivojlanish yo‘liga o‘tkaza
oladigan, jahonda o‘z tenglari orasida teng bo‘lgan,
bilimdon va vatanparvar kadrlarni tayyorlashdir. Kadrlarni tayyorlashning eng
muhim bazaviy omillaridan biri zamonaviy darsliklarni mavjudligidir. Shu
munosabat bilan Toshkent moliya instituti statistika kafedrasining professorlari
dunyoning eng rivojlangan
davlatlar tajribasi asosida, Respublika qadr-
qimmatlarini unutmasdan, Statistika bo‘yicha darslikni yangi avlodini yaratdilar.
Mazkur darslik barcha statistikani o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Darslikni ushbu tartibda yozilishi, uning mazmuni va tartibini, nazariy va amaliy
(ayrim hollarda tashkiliy) masalalarni yoritishni,
prinsipial holatlarni aniq
masalalar yordamida ko‘rsatib berishni oldindan belgilab beradi.
Darslikni maqsadi – turli tabiiy va ijtimoiy hodisa va voqealarni
xarakterlovchi statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash texnologiyasini,
ularning
tipologiyasini, tarkibini, dinamikasini, o‘zaro bog‘liqligini, ularga ta’sir qiluvchi
omillarni aniqlashda va baholashda zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik metodlarni
qo‘llash asosida mavjud imkoniyat va ishlamayotgan zaxiralarni aniqlab ularni
tezkorlik bilan xo‘jalik oborotiga kiritish yo‘llarini o‘rgatishdir.
Ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirishda
va statistik tahlil asosida
xulosalar qilishda, innovatsion takliflar ishlab chiqishda va ularni amaliyotga
tatbiq etishda o‘quvchiga ko‘maklashish darslikni vazifasidir.
Darslik ikki bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limida
statistik metodlar
(statistik kuzatish, tasvirlash,
tanlab
kuzatish,
variatsion, dispersion,
korrelyatsion tahlil, indeks, dinamikani o‘rganish va boshqalar) batafsil
yoritilgan, ikkinchi bo‘limida esa sotsial-iqtisodiy masalalar (innovatsiya, aholi,
mehnat bozori,
moliya bozori, milliy boylik, milliy hisoblar tizimi,
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash texnologiyasi
va tahlil qilishning
statistik metodlari aniq va amaliy misollar yordamida) o‘quvchiga tushuntirib
6
berilgan. Bizni fikrimizcha, statistika metodologiyasi
namunaviy va amaliy
misollar bilan to‘ldirilganligi darslikni ilmiy-amaliy qadriyatini oshiradi va uni
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishni osonlashtiradi.
Darslikni
X
bobini
institut
yosh
olimlari
D.Shadiyeva
va
Z.A.Nuriddinovlar yozgan, rasmlarni tayyorlashda M.Xashimov yordam berdi.
Darslik mualliflari taqrizchilarga va uni nashrga tayyorlashda
ko‘maklashganlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda o‘quvchilardan
kitobni takomillashtirish bo‘yicha taklif, mulohaza va istaklarni kutib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: