Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

Statistik ko‘rsatkichlar tizimi
– bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan 
statistik ko‘rsatkichlar yig‘indisidir. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni 
barcha pog‘onalarini o‘zida qamrab oladi. Agarda ko‘rsatkichlar mamlakat, hudud, 
tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko‘rsatkichlari deyiladi. Agarda 
korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko‘rsatkichlari
deyiladi.
Yana bir masala. Statistika sotsial bilimning eng muhim qurollaridan biri 
sifatida yagona ilm sohasimi yoki bo‘laklardan tashkil topganmi? degan savol 
tug‘iladi. Aslida statistika bitta narsa, lekin bir qancha tarmoqlari (sotsial, 
iqtisodiy, moliya va h.k) mavjud. 
Statistikaning 
umumiy 
nazariyasi 
ommaviy 
hodisalarni 
statistik 
o‘rganishning umumiy tamoyillarini va metodlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. 
Sotsial statistika aholining turmush tarzini va boshqa sotsial munosabatlarini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Iqtisodiy 
statistika esa mamlakatda ro‘y berayotgan makroiqtisodiy darajali o‘zgarishlarning 
miqdoriy tomonlarini o‘rgansa, institutsional birliklar statistikasi – firma va 
korxonalar darajasidagi hodisalarning miqdoriy tomonlarini o‘rganadi. 
Statistik jadvallar, grafiklar va boshqa instrumentlar statistikaning muhim 
unsurlaridan biri bo‘lib, ular o‘rganilayotgan hodisa voqealarini o‘zaro 
bog‘liqligini o‘rganishda, yana ham aniqrog‘i qonuniyatlarni aniqlashda juda 
muhim. Masalan, ko‘rsatiladigan servis xizmatlar (savdo, ovqatlanish, turizm va 
boshqalar)ni mavsumiyligini o‘rganishdan oldin jadval tuziladi, jadval 
ma’lumotlari asosida mavsumiylik indekslari hisoblanadi va olingan natijalar 
asosida statistik grafiklar tuzamiz. Bu ikkala instrument asosida qonunyat 
aniqlanadi.
Statistik gipoteza
. Statistik gipoteza deb shunday gipotezaga aytiladiki, u 
qandaydir tasodifiy o‘zgaruvchan miqdorlar taqsimotida aniqlangan xossalar 


28 
mavjudligini taxmin qiladi. Ushbu xossalar (parametrlar) gipotegik mohiyatlarga 
ega. Biz ular bilan real tanlov uchun hisoblangan miqdorlarni solishtiramiz. 
Agarda ular orasidagi farq kichik bo‘lsa mavjud haqiqiy ma’lumotlar taklif 
qilingan gipoteza bilan bir-biriga mos (to‘g‘ri) deya olamiz, agarda farq katta 
bo‘lsa, biz haqiqiy natijalar gipotezaga mos emas degan xulosaga kelamiz. Statistik 
gipotezalarni nol va muqobil turi mavjud. Ma’lumotlarning to‘g‘riligini 
ta’minlovchi dalil bilan tasdiqlansa muqobil gipoteza, agarda tasdiqlanmasa nol 
gipoteza deyiladi.
Statistik xulosa
. Hodisa va voqealar birliklari haqida ma’lumot to‘plash, 
tasvirlash, tahlil qilishdan maqsad oqilona qaror qabul qilishdir, ya’ni biron-bir 
xulosaga kelishdir. Masalan, dunyoda qizlar yoki o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘iladimi 
degan savolga javob berish uchun barcha tug‘ilgan bolalar jinsi o‘rganiladi. 
Birovda 3 qiz, ikkinchi birovda 3 o‘g‘il bola tug‘ilishi mumkin. Oldin 
ta’kidlaganimizdek, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o‘g‘il bola tug‘iladi. Bunday 
xulosaga kelish, ko‘rish yoki eshitish orqali emas, mashaqqatli mehnat, ya’ni 
statistik tadqiqotlar asosida amalga oshiriladi.
Vaqt va resusrlarning cheklanganligi tufayli, biz har doim bosh to‘plam 
bo‘yicha ish olib borishimiz shuning uchun ham statistik xulosaga to‘plamni bir 
qismi (tanlanma to‘plam) orqali kelishimiz mumkin. Bunday xulosada, ko‘rinib 
turibdiki noaniqlik unsuri ishtirok etadi. Lekin, tadqiqotchi barcha bilim va 
tajribasini ishga solib xulosani ishonchliligini oshirishga harakat qilishi kerak.
Ishonchlilik 
statistikaning navbatdagi unsuri bo‘lib, uning darajasi statistik 
xulosa bilan bir paytda paydo boladi va statistikani taxminiy hisob – kitoblardan 
ajratib turadi, boshqacha qilib aytganda, statistik xulosa bilan bog‘liq bo‘lgan 
noaniqlik me’yorining tasdig‘i hisoblanadi.
Yuqoridagi umumiy bayonlashdan ko‘rinib turibdiki statistikaning unsurlari 
(elementlari) tasviriy va tahliliy statistika unsurlariga bo‘linadi, ular esa o‘z 
navbatida quyidagilardan tashkil topadi. 
Tasviriy statistika unsurlari: 

To‘plam birligi ; 


29 

Bosh to‘plam va tanlanma to‘plam; 

Statistik jadvallar va grafiklar ; 

Qonunyatlarni aniqlash; 
Taxminiy (xulosaviy ) statistika unsurlari: 

Bosh to‘plam; 

Bosh to‘plam birligining tavsiflanishi; 

Bosh to‘plam birliklarini tanlash; 

Bosh to‘plam haqida xulosa; 

Xulosani ishonchliligi. 
Statistika o‘z obyektini ma’lum metodlar yordamida o‘rganadi. Statistika 
dialektik metodga asoslanib, o‘z predmetining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o‘rganishning maxsus statistik 
metodlarini yaratgan. Ularning yig‘indisi statistika metodologiyasi deyiladi. 
Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to‘g‘risida ma’lum bir xulosaga kelish 
uchun biz, birinchi navbatda, ular haqida ma’lumotlar to‘plashimiz, ikkinchidan, 
to‘plangan ma’lumotlarni tartibga solib, ularni jadvallarga joylashtiramiz va 
grafiklarda tasvirlaymiz, uchinchidan, olingan va hisoblangan ko‘rsatkichlarni har 
tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to‘liq bajarsak, 
o‘rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to‘g‘risida obyektiv xulosaga 
kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik 
kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga 
bo‘linadi. 
Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo‘llaniladi. 
Birinchi bosqichda - statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda - jamlash va 
guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli 
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar, dinamika 
ko‘rsatkichlarini tahlil qilish balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish
metodlari. Ushbu metodlarni kitobning kelgusi boblarida o‘rganamiz. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish