n
) zarur. Har bir sinovda “ha” (0) va “yo‘q” (1) javobni
olinadi. Bu yerda, binomial tasodifiy miqdor
x
– bu
n
sinovlarda “0” sonidir.
Puasson tasodifiy miqdori deganda ma’lum bir davrda, makonda hajmda
juda kam ro‘y beradigan miqdorlar soni tushiniladi. Masalan, avtobuslarda bilet
tekshirishlar soni, bugun kardiomarkaziga navbatsiz yotqizilgan kasallar soni,
fermerning 100ta podasidan birga podasidan bitta podasida kasalga uchragan
qo‘ylar soni, institut guruhlari ichida MM-01 gruhida ikkichilar soni va h.k.
Gipergeometrik tasodifiy miqdorlar deganda o‘rganilayotgan to‘plamdan
tanlab olingan birliklarda tadqiqot qilinadigan hodisalar soni tushiniladi.
2.
Statistik to‘plam
– bu umumiy bog‘liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi
bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi obyekt yoki hodisalarning
yig‘indisidir. Masalan, korxonalar soni, aksiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni
va h.k. To‘plamlar bir jinsli (o‘xshash, bir xil bo‘lgan) va turli jinsli bo‘lishi
mumkin.
O‘rganilayotgan obyektning belgilari to‘plamning hamma birliklari uchun
umumiy bo‘lsa to‘plam bir jinsli deyiladi. Masalan, xususiy firmalarni o‘rganishda,
eng avvalo, ulardan ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi va shug‘ullanmaydigan
24
korxonalarni ajratish kerak. Bu yerdan ikkita yangi to‘plam paydo bo‘ladi. Bu
to‘plamlarga kirgan har bir korxona to‘plam birligi hisoblanadi.
To‘plam birliklari bir holatda bir jinsli, shu birliklar boshqa holatda bir jinsli
bo‘lmasligi mumkin. Masalan, ish haqi nuqtayi nazaridan davlat (yoki nodavlat)
korxonalarida band bo‘lgan ayollar-ishchilar to‘plami bir jinslidir. Aholini takror
ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan, aniqrog‘i tug‘ilish masalasidan qarasak bu
to‘plam bir xil emas, chunki ayollarning ayrim yoshdagilari endi bola tug‘a
olmaydi.
Shunday qilib, to‘plam birligi – bu bir obyekt (masalan, student, qoshiq,
krovat, bitim va h.k) hisoblanadi. Bosh to‘plam – bu birliklar yig‘indisi (masalan:
studentlar, korxonalar, bitimlar soni va h.k)dir.
Ma’lumki, bosh to‘plamni to‘liq o‘rganish juda katta kuch va mablag‘ talab
qiladi. Lekin, statistikada isbot qilinishicha bosh to‘plam bo‘yicha olinadigan
xulosani tanlanma to‘plam ma’lumotlari bo‘yicha ham olish mumkin. Tanlanma
to‘plam - bosh to‘plam birliklarini maxsus statistik metodlar yordamida tanlab
olingan qismini ifodalaydi. Tanlash qanday amalga oshiriladi va tanlab kuzatish
boshqa masalalarini kelgusi boblarda muhokama qilamiz.
3.
Belgi
-
bu to‘plam birligining sifatiy xususiyatidir. O‘rganilayotgan
to‘plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va
alternativ belgilarga bo‘linadi.
Miqdoriy ifodaga ega bo‘lgan belgilar miqdoriy belgilar deyiladi. Masalan,
ish staji, mehnat haqi, kishi yoshi va h.k.
Miqdoriy ifodaga ega bo‘lmagan belgilar atributiv belgilar deyiladi.
Masalan, professor, biznesmen, barmen, bankir va h.k.
Agarda belgida, mohiyati bo‘yicha teskari variant mavjud bo‘lsa, bunday
belgilar alternativ belgilar deyiladi. Masalan, har bir kishi turmush qurgan va
qurmagan bo‘lishi mumkin, do‘kondagi tovar iste’molga yaroqli va yaroqsiz
bo‘lishi mumkin. Bunday belgilar bo‘yicha ma’lumot to‘planayotganda, odatda,
savolga ha yoki yo‘q deb javob beriladi.
25
Statistik o‘rganishning farqli xususiyati, unda faqat o‘zgaruvchan
(tebranuvchi, farqlanuvchi) belgilar o‘rganiladi, ya’ni belgilar bir-biridan
farqlanadi. Bu farqlanish statistikada variatsiya deb ataladi. Masalan, menejer
ishini olaylik. Uning ishi natijasiga firmadagi umumiy sharoitlar va uning faqat
o‘ziga bog‘liq omillar (uning ma’lumoti, ishchanligi, ishni tashkil qila bilishi va
h.k.) ta’sir qiladi. Birinchi omil firmadagi hamma menejerlar uchun bir xil,
ikkinchi omil esa har bir menejer uchun alohida tasnifga ega. Bu omillar bir-biri
bilan qo‘shilib, pirovard natijada ishchining ish natijasini har xil bo‘lishiga olib
keladi. Bunday belgilar variatsion belgilar deb ham ataladi.
Agarda, o‘rganilayotgan belgining o‘zgarishi turli davrlarga to‘g‘ri kelsa
(oy, yil) bunday o‘zgarish statistikada variatsiya emas, dinamika deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |