Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


 Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

2.3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari 
Statistik kuzatishni tashkil qilish va uni o‘tkazishda qo‘pol xatolarga yo‘l 
qo‘yilsa, statistik kuzatish natijalarining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun 
ham bu murakkab ishni boshlashdan oldin har tomonlama muhokama va ekspertiza 
qilingan kuzatish rejasini tuzish zarur. Statistik kuzatish rejasi dasturiy-uslubiy va 
tashkiliy masalalarni o‘z ichiga oladi. 
Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil 
topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish obyekti va birligi; 
kuzatish formulyari va yo‘riqnoma. 
Har bir ishni bajarishdan oldin, uni nima uchun bajarayapmiz o‘zi, maqsad 
nima? degan savollarga javob bo‘lishi kerak. Bu tamoyil statistik kuzatishga ham 
to‘liq tegishli. Demak, aniq va tushunarli bo‘lmagan maqsad va vazifalar 
belgilansa, statistik kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlarni to‘plab, kerakli 
ma’lumotlar qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Maqsad va vazifalar 
aniqlangandan so‘ng kuzatish dasturi tuziladi. 
Kuzatish dasturi
– bu kuzatish davomida yig‘ilishi kerak bo‘lgan savollar 
yoki qayd qilinishi lozim bo‘lgan belgilar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatidir. U qisqa, 
tushunarli bo‘lishi kerak va faqat aniq javob olinishi mumkin bo‘lgan, shubha 
tug‘dirmaydigan va bir-birining javoblarini nazorat qila oladigan savollardan 
tashkil topgan bo‘lishi kerak. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og‘ir va 
mas’uliyatli bosqichidir. 
Kuzatish obyekti 
- bu tekshirish o‘tkaziladigan hodisa va jarayonlar 
yig‘indisi yoki statistik ma’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori 
(oralig‘i)dir. Masalan, aholi ro‘yxati o‘tkazilayotgan bo‘lsa, biz aniq belgilab 
olishimiz kerak, qaysi aholini ro‘yxatga olmoqchimiz: mavjud aholinimi? Yoki 


47 
doimiy aholinimi? Tijorat korxonalarini ro‘yxatga olish uchun, oldin aniq 
bilishimiz kerak, qaysi korxonalar tijorat korxonalari bo‘lib hisoblanadi? 
Kuzatish birligi
 
– bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega 
bo‘lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo‘lib, aholi ro‘yxatida har bir shaxs, korxonalar 
ro‘yxatida har bir korxona hisoblanadi. 
Kuzatish birligi bilan to‘plam birligini almashtirmasligimiz kerak. Ular 
ayrim vaqtda bir-biriga teng. Masalan, aholi ro‘yxatida har bir shaxs, ham kuzatish 
birligi, ham to‘plam birligi hisoblanadi. Ayrim paytda, ular o‘zaro teng emas. 
Masalan, sanoat korxonalarida jihozlar ro‘yxatga olinganda sanoat korxonasi 
kuzatish birligi, har bir jihoz esa to‘plam birligi bo‘lib hisoblanadi. 
Kuzatish formulyari
 
– bu berilgan savollarga olingan javoblar to‘ldirilgan 
hujjat. U ikki xil bo‘ladi: a) alohida shakldagi formulyar. Unga tijorat 
korxonasining yillik hisobotini misol keltirish mumkin. b) ro‘yxat shaklidagi 
formulyar. Unda bitta emas, balki bir nechta hisob birliklari haqida ma’lumot 
keltiriladi. 
Yo‘riqnoma
 
- bu statistik kuzatish dasturidagi barcha savollarga to‘g‘ri, aniq 
va bir xilda javob qaytarishni ta’minlaydigan ko‘rsatmalar, tushuntirish va talqinlar 
to‘plami. Yo‘riqnomada har savol va unga beriladigan javob turli variantlarda 
talqin qilinadi. Savollar bo‘lmasa ma’lumotlarni qaerdan va kimdan olish, kuzatish 
obyekti va birligi, kuzatish muddati, kuzatish materiallarini rasmiylashtirish 
tartibi, topshirish va jo‘natish muddati, ko‘rsatkichlarni hisoblashni yagona 
texnologiyasi va boshqa masalalar batafsil yoritiladi. 
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
kuzatish organi; kuzatish vaqti va muddati; kuzatish joyi; boshqa tashkiliy 
masalalar. 
Kuzatish organi
 
- bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil 
qiladigan va o‘tkazadigan tashkilotdir. Aholi ro‘yxatini o‘tkazishda, sobiq ittifoq 
paytida, faqatgina Markaziy statistika boshqarmasi (MSB) kuzatish organi bo‘lib 
hisoblanardi. Kuzatish organi bo‘lish uchun (kuzatish o‘tkazishdan oldin, kuzatish 
paytida va undan keyin) juda katta javobgarlikni bo‘yniga ola oladigan va shu ishni 


48 
kami-ko‘stsiz bajarishga qurbi etadigan tashkilot bo‘lishi kerak. Bu javobgarlik 
o‘ta muhim va boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro‘yxatini o‘tkazish organi 
bo‘lgan tashkilot ishiga shu mamlakatning xalqi, hukumati va bir qancha nufuzli 
xalqaro tashkilotlar baho beradi. 
Kuzatish vaqti va muddati
 
- deganda statistik kuzatish qachon (qaysi vaqtda) 
va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi. Kuzatish vaqtini tanlash muhim 
masala. Odatda, aholi ro‘yxatini o‘tkazish uchun qish payti tanlanadi (oxirgi ya’ni, 
1989 yilgi aholi ro‘yxati 12-19 yanvar kunlari o‘tkazilgan), chunki bu paytda 
aholini harakati eng pastdir.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish