Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

3.4. Statistik grafiklar 
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o‘rganish qurollaridan biri 
hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma’ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, 
taqdimotlarni, gazeta , jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi 
maxsus eshittirishlarni va xatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz 
tassavur ham qilib bo‘lmaydi. 
Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas 
(Kommercheskiy i politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo‘lib statistik 
ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir. 
Grafiklar o‘quvchining diqqatini o‘ziga tez jalb etish bilan birga 
ma’lumotlarni esda saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko‘rish va 
tushunish qiyin bo‘lgan ayrim qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim 
o‘rin egallaydi. Ommaviy o‘quvchi uchun grafik tasvir orqali statistik 
ko‘rsatkichlarni tushunish va o‘rganish statistik jadvallardan ko‘ra ancha qulaydir: 
miqdoriy ko‘rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori bo‘ladi; statistik 
kuzatuv natijalari tezroq va 
osonroq tushuniladi hamda 
umumlashtiriladi; hodisa va 
jaryonlarning 
o‘zaro 
bog‘liqligi va ularni vaqt 
bo‘yicha o‘zgarishi yaqqol 
ko‘rinib 
turadi; 
statistik-
iqtisodiy 
qonuniyatlarni 
aniqlash 
va 
aniqlangan 
qonuniyatlarni 
ko‘rish 
va 
tekshirish 
imkoniyati 
tug‘iladi. 


70 
Ma’lumki, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlar sifat va miqdor belgiga ega 
bo‘lgan ma’lumotlardan tashkil topadi. Statistikada ham sifat, ham miqdor belgiga 
ega bo‘lgan ma’lumotlar grafiklarda tasvirlanadi.
Sifat belgiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni grafikda tasvirlanishini ko‘rib 
chiqamiz. Sifatiy ma’lumotlari deganda odatda sanab bo‘lmaydigan ma’lumotlarni 
tushunamiz, shuning uchun ham sifat o‘zgaruvchining qiymati sinflarga bo‘linadi. 
Masalan 3.1-rasmda tasvirlanganidek MM -04 guruhida 28 ta student o‘qiydi, 
shundan 14 tasi o‘zbeklar, 5- ruslar, 4 –koreyslar, 3 – tojiklar, 2- turkman. Bizning 
misolimizda studentlar millati bo‘yicha 6 sinfga bo‘lingan. Har bir sinf uchun 
nisbiy chastotani hisoblaymiz. O‘zbeklar – 14/28=0,5 yoki 0,5x100=50%, ruslar – 
18%, koreyslar – 14%, tojiklar – 11%, turkmanlar – 7%. Olingan ma’lumotlarni 
ustunli va doiraviy diagrammalarda tasvirlanishi mumkin. 
 
Statistik grafiklar
– bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, 
figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir. Statistik grafiklarni 
tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim.
Statistik ko‘rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o‘zgarishini, 
shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko‘ra bilish, tasavvur qilish, 
tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo‘lgan grafiklar yasalishi lozim. 
Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar 
qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o‘lchov birliklari; 
masshtab; shkala; grafik talqin. 
Grafik tasvir
- bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va 
figuralar to‘plamidan iborat geometrik belgilardir. 
Grafik maydon
– grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan 
maydondir. Grafik maydon o‘z vazifasiga qarab aniq o‘lchamlarga (formatga), 
ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo‘ladi.

Maydon o‘lchovlari
– grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning 
koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o‘lchovini ifodalovchi to‘r. 
Amaliyotda keng qo‘llaniladigan koordinatalar tizimi bu to‘g‘ri chiziqli koordinata 


71 
tizimidir (3.2-rasm). Uning asosan birinchiI choragidan, ba’zan barcha 
choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni 
tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (3.3-rasm). Ular vaqt 
bo‘yicha tsiklik (davriy) o‘zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To‘g‘ri chiziqli 
koordinata tizimida maydon o‘lchovlari vertikal va gorizontal o‘qlarda (ordinata va 
abtsissa o‘qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur 
(asosan o‘ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o‘qi va unga nisbatan nur 
burchagi o‘lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o‘lchovlar 
kontur to‘r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi 
chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.
3.2-rasm. To‘g‘ri chiziqli koordinata tizimi 
3.3-rasm. Qutbli koordinata tizimi 
 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish