Nutq tovushlarining o`zgarishlari va ularning imloga ta`siri
R E J A:
Nutq tovushlari
Nutq tovushlari va o`zgarishlari
Nutq tovushlarining imloga ta`siri
Nutq jarayonida tovushlar turli o’zgarishlarga uchraydi (ketdi-ketti, nonvoy-novvoy). Bunga fonemalarning turli ottenkalarda (variantlarda) namoyon bo’lishi sabab bo’ladi. ular dastlab ikkiga bo’linadi:
1. Kombinator o’zgarishlar – nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ro’y beradigan o’zgarishlardir. Bunga assimiliyasiya, dissimilyasiya, akkomodatsiya, gaplologiya, sinerezis, eliziya kabi hodisalar kiradi.
2. Pozitsion o’zgarishlar – tovushlarning talaffuziga ularning so’zda tutgan o’rni, o’rg’uning ta’siri kabilarning sabab bo’lishi hodisasidir. Bunga reduksiya, proteza, epenteza, epiteza, prokopa, sinkopa, apokopa, metateza kabi hodisalar kiradi. Bu hodisalar fonetik jarayonda yakka va aralash holda ishtirok etishi mumkin.
Turkiy tillarning barchasi, jumladan, o’zbek tili uchun ham singarmonizm hodisasi xarakterli sanaladi. Ayniqsa, o’zbek tilining tarixiy bosqichlarida singarmonizm keng tarqalgan edi. Hozirgi o’zbek adabiy tili va unga asos bo’lgan shevalarda singarmonizm zaiflashib bormoqda, lekin qipchoq va o’g’o’z lahjalariga oid shevalarda bu hodisa hali ham mustahkam o’rin egallaydi. Singarmonizm – sin – o’xshash, xarmoni ohang (lotincha) so’zlaridan olingan bo’lib, tovushlar ohangdoshligi degan ma’noni ifodalaydi. Singarmonizm deyilganda tovushlarning bir-birniga uyg’unlashuvi tushuniladi. Tovushlarning uyg’unlashuvi unli va undosh tovushlarda kuzatiladi. (unli tovushlar un) So’z o’zagidagi unli tovushlar qo’shimchalardagi unli tovushlarni o’ziga moslashtirsa unlilar uyg’unligi deyiladi. Bular 2 xil bo’ladi: 1) tanglay singarmonizm; 2) lab singarmonizmi.
a) tanglay uyg’unligida unlilar qattiq va yumshoqlik, til oldi va til orqalik jihatidan moslashadi. Masalan: ketamiz, temirchilik; umrum, uyqum. Boshidagi ikki so’zda til oldi, keyingi so’zlarda esa til orqa unlilarining moslashuvi bor.
b) lab uyg’unligida so’zning birinchi bo’g’inida u va o’ lablangan unlilari kelsa, keyingi bo’g’inlarda ham lablangan unlilar keladi: ko’rib - ko’rub.
Undoshlar uyg’unligida o’zakning oxiridagi undosh tovushga, qo’shimchaning boshidagi undosh tovush moslashadi: boshta(da), o’tka(ga).
Assimilyasiya – ikki xil noo’xshash tovushlarning bir-biriga ta’siri tufayli o’xshash tovushlarga aylanish hodisasidir. Uning quyidagi turlari bor:
Progressiv assimilyasiya – bunda oldin kelgan tovush ta’sir etib, keyingi tovushni o’ziga o’xshatadi: ketdi – ketti, aytdi – aytti.
Regrissiv assimilyasiya – bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir etadi va o’ziga moslashtiradi: karnay – kannay, tuzsin – tussin.
To’liq assimilyasiya – bunda tovushlar bir-biriga aynan moslashadi: nonvoy – novvoy.
To’liqsiz assimilyasiya – bunda tovushlar o’zaro qisman moslashadi: tanbur – tambur, yuzta – yusta. Bunda «b» lab-lab undoshi «n» til undoshini lab-lab undosh «m»ga aylantirish bilan o’ziga moslashtirgan.
Kontakt assimilyasiya – moslashayotgan tovushlarning ketma-ket joylashuvidir, yuqoridagi misollar.
Distant assimilyasiya – bir-biridan o’zoqda joylashgan tovushlarning moslashuvi: sichqon – chichqon, soch-choch.
Dissimilyasiya – so’z tarkibidagi bir xil yoki o’xshash tovushlardan birining noo’xshash tovushga aylanib qolishi hodisasi: birorta – bironta (ror - ron), qisqa-kista (ss - st). Bu hodisa assimilyasiyaning aksi hisoblanadi. uning assimilyasiya kabi bir necha ko’rinishlari mavjud:
Progressiv dissimilyasiya – bunda keyingi tovush o’zgaradi: zarur-zaril, nonni-nondi.
Regrissiv dissimilyasiya – bunda oldingi tovush o’zgaradi: maqtanmoq – maxtanmoq.
To’liq dissimilyasiya – bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo’xshash tovushga aylanadi: kissa-kista, nonni-nondi.
To’liqsiz dissimilyasiya. Bunda qisman o’xshash tovushlarning artikulyasion xususiyatlaridan ayrimlarigina o’zgaradi. Masalan, uchta-ushta, maqtov-maxtov. Bu misollardagi (cht>sht, qt>xt) «ch» va «t»; «q» va «t» undoshlarining barchasi portlovchidir, ammo «t» ning ta’sirida «ch» sirg’aluvchi «sh» ga, «q» esa sirg’aluvchi «x» ga aylangan.
Kontakt dissimilyasiya – bunda yonma-yon to’rgan tovushlardan biri o’zgaradi: maqsad-maxsad, zarar.
Distant dissimilyasiya. Bunda dissimilyasiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo’ladi: birorta-bironta.
Tovushlarning tushishi bilan bog’liq hodisalar ham nutqda ko’p uchraydi. Ularga quyidagilar kirradi:
Prokopa (ankopa) – so’z boshidagi tovushning tushib qolishi: yiring-iring, yirik-irik, YUsuf-Usuf. Prokopa asosan tarixiy jarayon maxsuli bo’lib, hozirgi o’zbek adabiy tilida uchramaydi.
Sinkopa – so’z o’rtasidagi tovushning tushib qolishi. Bu hodisa reduksiyaning davomi sifatida yuzaga keladi, ya’ni o’zak morfemaga affiks qo’shilishi natijasida, o’rg’u oxirgi bo’g’inga ko’chib, o’zakdagi unli kuchsizlanadi va tushib qoladi: burun-burnim, o’g’il-o’g’lim.
Apokopa – so’z oxiridagi tovushning yoki qo’shma so’z komponentlarining tushirib qoldirilishi: baland-balan, xursand-xursan, Toshkent-toshken, kilogramm-kilo.
Siperizis – so’z tarkibida yondosh qo’llangan ikki unlining diftonglashuvi – bir cho’ziq unli holiga kelishi: maorif – morif, saodat – so:dat, mutolaa – mutola.
Eliziya – unli tovush bilan tugagan so’zga unli bilan boshlangan so’zning qo’shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi. Masalan, ayta oldi – aytoldi, Dili orom – Dilorom.
Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’sir etishi natijasida tovush orttirilishi ham ro’y beradi. Tovush orttishining quyidagi turlari mavjud:
Proteza – so’z boshida tovush orttirilishi: ip-yip, ilon-yilon, rus-o’rus, stol-istol.
Epenteza – so’z o’rtasida tovush orttirilishi. Bu hodisa asosan boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’zlar tarkibida yuz beradi. Bunda yonma-yon kelgan unlilar orasida bir undosh tovush, undoshlar o’rtasiga bir unli qo’shib aytiladi: doim-doyim, oila-oyila, hukm-hukum, faxr-faxir, radio-radiyo.
Epiteza – so’z oxirida tovush orttirilishi hodisasi: kiosk-kisoka, tank-tanka.
Tovush o’zgarishlarining yana quyidagi turlari ham bor:
reduksiya – unli fonemaning o’rg’usiz bo’g’inda kuchsizlanishi: bilan –b:lan, biroq-b:roq, bilim-b:lim.
akkomodatsiya – bir tovush talaffuzining ikkinchi tovush talaffuziga moslanishi. Masalan, «i» til oldi unlisi qiz, g’isht, qiziq kabi so’zlarda q, g’ undoshlaridan keyin kelgani uchun til orqa ottenka bilan aytiladi.
metateza – so’z tarkbidagi tovushlarning o’zaro o’rin almashishi: tuproq-turpoq, isitma-istima, aylanmoq-aynalmoq ...
gaplologiya – so’z tarkibida yonma-yon kelgan ikkita bir-biriga o’xshash bo’g’inlardan birining tushirilishi: qaynona-qaynana-qayna, Mamarasul-Marasul.
Transkripsiya – fonemalarning nutqdagi turli ottenkalarini, shuningdek, mahalliy lahja va shevalarning fonetik xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalash uchun qo’llaniladigan maxsus grafik belgilar tizimidir. Bunday tizimdan xalq og’zaki ijodi namunalarini, o’zga til matnlarini yozib olishda keng foydalaniladi.
Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urғuning tabiatiga boғliq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.
Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urғuga nisbatan urғuli va urғusiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘ғin va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘ғinlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ular-ning birikmalari farqlanadi.
Unli tovushlarning urғusiz bo‘ғinlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduktsiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduktsiyasi farqlanadi. Urғusiz yopiq bo‘ғinlarda unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduktsiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urғusiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi gorod, goroda so‘zlarida urғusiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.
Tovushlarning urғuga nisbatan o‘rniga ko‘ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urғuli bo‘ғindagi holati - kuchli pozitsiya deb, urғusiz bo‘ғindagi holati - kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyat-larini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya`ni reduktsiyaga uchraydi.
YUqorida ko‘rsatilgan miqdor reduktsiyasidan tashqari sifat reduktsiyasi ham bor. Sifat reduktsiyasida bir yo‘la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o‘zgaradi. Masalan, rus tilidagi voda, vodi, vodyanoy, vodavoz so‘zlaridagi urғusiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o‘zgaradi. O‘zbek tili-da bunday xususiyat etarli darajada ko‘zga tashlanmaydi. Reduktsiyaga uchragan tovushlar urғuli tovushlarga qaraganda aniq bo‘lmagan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega.
Reduktsiya`ning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham boғliq. Odatda to‘liq talaffuz stilida reduktsiya minimal darajada bo‘lib, oғzaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro‘y beradi. Undan tashqari reduktsiyaning darajasi unlilarning tilning ko‘tarilishiga ko‘ra belgilariga (yuqori, o‘rta, quyi) ham boғliq.
Undosh tovushlar ham pozitsion o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi jarangli undoshlar jarang-sizlashishi bunga misol bo‘la oladi (kitob /kitop/, qand /qant kabi). Ba`zan ko‘p bo‘ғinli so‘zlarda so‘z oxiridagi jarangsiz undoshlar jarangli bo‘lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi).
Turli holatlarda tovushlarning talaffuzi har xil o‘zgarishlarga uchraydi. N.S. Trubetskoy ko‘rsatishicha "...amaliy jihatdan aynan bir tovushni bir pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir turda talaffuz etish mumkin emas" [Trubetskoy N.S. Osnovi fonologii. M., 1960, s. 48-49.] Nutqda tovushlarning turli pozitsion o‘zgarishlarini qancha chuqur o‘rganilsa, shunchalik ko‘p tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin.
Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlariga akkomodatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. Ba`zan bu hodisalarni o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi. Odatda tovushlarning birikuvi nutq organ-larining turli harakatlariga bogiiq boiadi.
Tovushlar qo‘shni holatda kelganda, oldingi tovushlarning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasi bilan boғlanishi natijasida ularning artikulatsiya fazalari to‘la amalga oshirilmasligi mumkin. Turli artikulyatsion-akustik xususiyatlar tovushlar birikmasida bir-biriga ta`sir qilishi natijasida artikulatsiya qisqarishi, tovush ba`zan tushib qolishi va boshqa o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ba`zan nutqda talaffuzni iqtisod qilish hisobiga bo‘ladi, chunki "... odam o‘zining nutqi eshituvchiga qanchalik tushunarli bo‘lsa, o‘shancha talab etilgan nutq kuchini (ya`ni talaffuzini) sarf qiladi" [Martine A. Osnovi obshey lingvistiki. Novoe v lingvistike. Vғp. III.M, 1963, str. 536].
Nutqda talaffuzni iqtisod qilish artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan bir necha undoshlar birikmasini qisqartirib oson talaffuz etishda kuzatilishi mumkin. Nutqda ro‘y beravchi bunday iqtisod qilish tendensiyasi kelgusida til doirasiga ham ko‘chadi.
Masalan, (str) undoshlar birikmasining talaffuzi qiyinchilik tuғdiradi va shu tufayli uni osonlashtirish turli tillarda bo‘lgan undoshlar birikmasini umumiy qisqartirish tendensiyasiga bo‘ysunadi. Qiyoslang: rus oғzaki nutqida "stram" so‘zi "sram" yoki nemis tilidagi strom so‘zi srom - "yo‘nalish"" kabi talaffuz etiladi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 62].
Quyida har bir kombinator o‘zgarishni alohida ko‘rib o‘tamiz.
Akkomodatsiya (lotincha accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik hodisalardan biri bo‘lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy boғliqdir. Akkomodatsiya uch turli bo‘ladi. Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deyiladi. Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashsa, regressiv assimilatsiya deb ataladi. Qo‘shni kelgan tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya unlilarning undoshlarga va undoshlarning unlilarga moslashuvida ro‘y berishi mumkin. O‘zbek tilida chuqur til orqa (uvulyar) undoshlardan (x, ғ, q) keyin til oldi unlilari (i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa unlilari (u,o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo‘lib artikulatsiya qilinadi. O‘zbek tilidagi bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo‘la oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodasiyaga misoldir. Non, nom, ming so‘zlarida bir yo‘la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun undoshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi.
Rus, mordva, chuvash, nemis va fransuz tillarida til oldi unlilaridan oldin undoshlar palatalizatsiya qilinadi [Serebrennikov B.A. Veroyatnostnғe obosnovaniya v komparativistike. M., Nauka, 1974, s. 142]1, ya`ni regressiv akkomodatsiyaga uchraydi. Ba`zi tillarda esa, til orqa unlilaridan keyin undoshlar velyarizatsiya qilinadi, ya`ni tilning orqa qismi orqaga yoki yumshoq tanglayga tomon yo‘naladi va undoshning ton va shovqini pasayib qattiq talaffuz etiladi. Undoshlarning lablangan unlilar bilan birikuvi natijasida labializatsiya hodisasi ro‘y beradi. Ba`zan esa, velyar va lab undoshlari til orqa lablangan unlilari bilan birikishi natijasida labiovelyarizatsiya hosil bo‘ladi. Bu hodisalar ham akkomodatsiyaning turlari hisoblanadi. O‘zbek tilidagi qunt, bolta, qarta, mingta, kamchil so‘zlaridagi undosh birikmalarning har ikki elementi bir-biriga ta`sir qilib, jarangsiz undoshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o‘z navbatida, sonorlar ham jarangsiz undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib, shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa o‘zaro akkomodatsiyaga misoldir.
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo‘lishi o‘rni va usuli, labning holati va tovush paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko‘ra moslashuv orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya fazalari orqali boғlanadi va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi boғlanishning artikulatsiya strukturasini chuqur o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |