Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

Birinchi xususiyat
. Ommaviy hodisalarni o‘rganadi. Masalan, professor 
oilasida 3 nafar qiz bola tug‘ildi, fermer oilasida 3 nafar o‘g‘il bola. Bu yerdan, 
demak professorlar oilasida faqat qiz bola tug‘ilar ekan, fermerlar oilasida o‘g‘il 
bola tug‘ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki bu voqealar 
ommaviy emas. Bunday xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar, viloyat, 
mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida bolalar tug‘ilishini o‘rganish kerak. 
Shunday o‘rganishlardan bizga ma’lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o‘g‘il bola 
tug‘iladi, lekin doimo ayollar soni erkaklar sonidan ko‘p. 
Ikkinchi xususiyat
. Miqdoriy tomonlarini o‘rganadi. Bizga ma’lumki, har bir 
hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat tomonlarini 
aniq fanlar o‘rganishi hammaga ma’lum, lekin bu degani statistika hodisalarining 
miqdorini o‘rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani 
emas. Aksincha, sifat va miqdor ko‘rsatkichlari uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. 
Masalan, Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘shma korxonalarni olaylik. 
Ularning 5 yillik iqtisodiy – moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar 
asosida qo‘shma korxonalarni uch guruhga ajratsak: yaxshi ishlagan, o‘rtacha 
ishlagan, yomon ishlagan. Ko‘rinib turibdiki, biz miqdor ko‘rsatkichlarni tahlil 
qilib, qo‘shma korxonalarni sifat ko‘rsatkichi orqali ularni uch guruhga ajratdik. 
Uchinchi xususiyat
. Aniq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalarning miqdoriy 
tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt 
bo‘yicha o‘zgaradi. Masalan, Farg‘ona va Buxoro shaharlari aholisining soni va
tarkibi bir xil emas, ular vaqt bo‘yicha ham o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham 
statistik ma’lumotlar o‘zining vaqt bo‘yicha chegaralanganligi, joy bo‘yicha va 
to‘plamdagi faktlar hajmining aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi. 


22 
To‘rtinchi 
xususiyat

Hodisalarning 
rivojlanish 
qonuniyatlari. 
Ko‘pchilikning fikricha, qonuniyat deganda o‘rganilayotgan hodisalardagi 
takrorlanish, aniq tartib va to‘g‘rilik, birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar bir-
biridan farq qiluvchi belgilarning umumiy to‘plamda o‘zaro yoyishib ketishi 
natijasida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham, ommaviy ma’lumotlarni 
umumlashtirish yo‘li bilan aniqlangan qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deb 
yuritiladi. Statistik qonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular 
to‘plamdagi ayrim hodisalarga, elementlarga, birliklarga tegishli bo‘lmasdan, balki 
umumiy to‘plamga tegishlidir. 
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab 
qo‘shilmasi va o‘zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida 
olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o‘zida qamrab olgan to‘plamlarda 
namoyon bo‘ladi. Bu yerda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning 
mohiyati shundaki, hodisalar to‘plami qanchalik ko‘proq unsurlardan tashkil 
topgan bo‘lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan 
o‘zgaruvchanliklar shunchalik to‘laroq o‘zaro yoyishadi va oqibat natijasida 
hodisalarning zaruriy bog‘lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq 
namoyon bo‘ladi. 
Statistikaning unsurlari (elementlari). 
1
.Statistik miqdor
. Statistik miqdorlar tasodifiy va aniq miqdorlarga 
bo‘linadi.
Har qanday statistik tajriba statistik miqdorni paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Masalan, mahsulot sifatini tekshirishda sifatli va sifatsiz miqdorlar ( tovarlar) soni 
aniqlanadi. Paydo bo‘lgan miqdorlar tasodifiy bo‘lgani ma’qul. Masalan, ikkita 
tanlashda kuzatiladigan brak tovarlar umumiy sonining o‘zgaruvchisini tasodifiy 
miqdor deyiladi. Tasodifiy miqdorning o‘zi ikkiga bo‘linadi: diskret va uzluksiz. 
Diskret miqdorda mutloq bo‘lgan qiymatlarning soni cheklangan bo‘ladi. 
Masalan, Shaxrisabz sharbat ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘rik sharbatini 
reytingini aniqlab berish uchun 10 ta degustatorni jalb qildi va ulardan 0,1,2,3 balli 
tizimda ishlashni talab etdi. Tasodifiy miqdor ushbu tanlash nuqtalarining har 


23 
biriga 10 ta sonlarni jamlash bilan baho beradi. Bu yerda min=0, max=30. 
Tasodifiy miqdorni 
x
bilan belgilasak 31 qiymatni olishimiz mumkin. Agarda 
tasodifiy miqdorning qiymatlarini hisoblab bo‘lmasayu, ular qandaydir 
intervaldagi nuqtalarga mos kelsa, bu o‘zgaruvchi uzluksiz tasodifiy miqdor 
deyiladi. James T. McClave, Terry Sincich diskret va uzluksiz miqdorlarga 
quyidagicha ta’rif beradi “Sanoq sonli qiymatlarni qabul qiluvchi tasodifiy 
o‘zgaruvchilar diskretli... . Intervalda mavjud har qanday nuqtaga mos keladigan 
qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan tasodifiy miqdorlar uzluksiz deb 
ataladi”.
Binomial, Puasson va gipergeometrik tasodifiy miqdorlar ham mavjud. 
Agarda ikkita ro‘y berishi mumkin bo‘lgan natijalardan birini ro‘y berishligi 
binomial tasodifiy miqdor deyiladi. Masalan, studentlarni o‘qishini olaylik. 100 
kishini tekshirishimiz (

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish