Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev


  1.3.O‘zbekistonda statistika rivojining tarixiy bosqichlari



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 


30 
1.3.O‘zbekistonda statistika rivojining tarixiy bosqichlari 
O‘zbekiston Respublikasida statistika uzoq va murakkab, mamlakatda 
ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy rivojlanishning xususiyatlariga bog‘liq yo‘lni bosib 
o‘tdi. 
Sovet davrigacha bo‘lgan vaqtda O‘zbekiston statistikasi Rossiya imperiyasi 
tarkibida davlat statistikasini shakllantirish va uning tashkiliy asoslarini yaratish, 
tashkiliy-uslubiy ishlarini takomillashtirish ishlari bilan xarakterlanadi. 
Sovet statistikasining dastlabki bosqichi (1917-1930yy)da statistika 
uslubiyotining rivoji jadallashib, xorijiy statistika yutuqlaridan keng foydalanishga 
harakatlar bo‘lgan. Maxsus uyushtirilgan ro‘yxatlar va tadqiqotlar o‘tkazilgan 
holda birinchi marta xalq xo‘jaligi balansi tuzilgan. 
Statistikadagi keyingi bosqichi 1930-yillardagi ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimining paydo bo‘lishi va ommaviy qatag‘onlar natijasida ancha susaydi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin statistikaning roli sezilarli darajada oshdi. U 
mehnat va moddiy resurslarni tezkor hisobga olish, ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirish kabi muhim vazifalarni bajardi. Bu davrda iqtisodiyot va statistikada 
balans ishlanmalari kengaydi, indeks nazariyasi chuqurlashtirildi, iqtisodiy-
matematik model va usullarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish kengaydi. 
O‘sha davrdagi statistikaning ijobiy tomoni sifatida statistika uslubiyotining 
yagonaligi, texnik va dasturiy vositalarning bir xil andozadaligi natijasida kichik 
hajmdagi 
investitsion 
xarajatlar 
bilan 
hisoblash 
tizimi 
faoliyatining 
samaradorligining ta’minlanganligini keltirish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, barcha iqtisodiy 
munosabatlar tizimida tub o‘zgarishlarga qaratilgan iqtisodiy islohotlar statistika 
tizimini jiddiy takomillashtirish, barcha hisob va statistika tizimida kompleks 
takomillashtirishni talab qilar edi. Tub o‘zgartirishlarga ehtiyoj – iqtisodiyotdagi 
turli mulkchilik shakllarining holati va imkoniyati to‘g‘risida haqqoniy va aniq 
ma’lumotlar asosida jamiyat hayotini boshqarish va samaradorligini oshirish, ular 
faoliyatini prognozlash hamda boshqaruv qarorlarini baholash zaruriyati bilan 
belgilangan edi. 


31 
Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Mustaqil O‘zbekiston 
statistika tizimini qayta qurishda boshlang‘ich punkt bo‘lib 1992-yil hisoblanadi. 
Shu yili iqtisodiyot talabidan hisob va statistikaning orqada qolayotganligi ayniqsa 
kuchli namoyon bo‘lgan edi. Bu bosqichda qayta qurishning asosiy yo‘nalishi 
statistika va prognozlashtirish idoralari ishlari orasidagi o‘zaro aloqani 
ta’minlashga qaratildi. Ushbu maqsadda 1992-yilning 5-avgustida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar 
Mahkamasi huzurida Istiqbolni belgilash va statistika Davlat qo‘mitasini tuzish 
to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra “O‘zistiqbolstat” Davlat qo‘mitasi tuzildi. 
Farmonga binoan O‘zbekiston rivojlanish istiqbollarni belgilash qo‘mitasi va 
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi birlashtirildi. 
“O‘zistiqbolstat” tarkibida istiqbolni belgilash va statistika hududiy 
boshqarmalari, Bosh hisoblash markazi, Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tekshirish 
instituti, Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil qilindi. 
Joylarda Istiqbolni belgilash va statistika idoralari obro‘sini oshirish 
maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va statistika qo‘mitasi, 
Toshkent shahri va viloyatlarda Istiqbolni belgilash va statistika bosh 
boshqarmalari, tuman va shaharlarda istiqbolni belgilash va statistika bo‘limlari 
tuzildi. 
Iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurishdagi iqtisodiy islohotlar, 
qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish mamlakatda statistika va hisob tizimini 
tubdan islohot qilinishini talab qilar edi. Statistika tizimining xalqaro andozalarga 
o‘tkazish va islohotlarning ko‘p maqsadli yo‘nalishlari masalalarining keng 
ko‘lamliligi va murakkabligi uni amalga oshirishda davlat ishtiroki zarurligini talab 
qildi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 
24-avgustda 433-sonli qarori bilan 1996-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan 
“O‘zbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan statistika va hisob 
tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi Davlat dasturi” qabul qilindi.
Ushbu Dasturni amalga oshirish ishlarida ko‘pgina davlat idoralari, yetakchi 
iqtisodiy va boshqa ilmiy muassasalar hamda OTMlari qatnashgan. 


32 
Bir maqsadga yo‘naltirilgan va bosqichma-bosqich Dasturning hayotga 
tatbiq qilinishi quyidagi natijalarga erishish imkonini berdi: 
- bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi milliy hisobchilik yangi 
konseptual 
makroiqtisodiy 
modelni 
– Milliy hisoblar tizimi (MHT) 
metodologiyasini o‘zlashtirish boshlandi; 
- narxlar, mehnat, tashqi va ichki savdo statistikasi tubdan yangidan tashkil 
qilindi, statistikaning moliya, byudjet va bank bo‘limlari qaytadan shakllantirildi, 
tarmoqlar statistikasi ko‘rsatkichlari aniqlashtirildi, institutsional o‘zgarishlar 
statistikasini yaratish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi, MHT sxemasi bo‘yicha 
tarmoqlararo balansni ishlab chiqish uchun sharoitlar yaratildi, Yagona korxona 
tashkilotlarning davlat registrini shakllantirish uchun tashkiliy va me’yoriy-
huquqiy 
asoslar 
yaratildi 
va 
statistikaning 
axborot-hisoblash 
tizimi 
takomillashtirildi. Eng muhim natija sifatida davlat statistikasi idoralarining 
xalqaro tashkilotlar 
bilan o‘zaro aloqalarining 
yangi 
sifat 
darajasiga 
ko‘tarilganligini qayd qilish mumkin. 
Mamlakatda bozor iqtisodiyoti islohotlarining yanada rivojlanishi va 
chuqurlashuvi, turli mulkchilik shakllari va iqtisodiyot sohalarining holati va 
imkoniyatlari to‘g‘risida haqqoniy va aniq ma’lumotlarga tayangan holda davlat 
boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek boshqaruv qarorlarini baholash 
zaruriyati va statistikani isloh qilish Dasturining amalga oshirish natijalari 
mamlakat iqtisodiy va statistika tizimlari faoliyatini yanada takomillashtirish
statistika oldida turgan muammolarni yechish uchun ularning tashkiliy tizimlarini 
optimallashtirish masalalarini kun tartibiga qo‘ydi. 
Ushbu masalalarni hal qilish maqsadida 1997-yilning 15-mayida 
“O‘zistiqbolstat” Davlat qo‘mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga 
aylantirildi. 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga asosiy vazifalar sifatida 
quyidagilar yuklatilgan edi: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning aniq 
yo‘nalishlari, 
yo‘llari 
va 
usullarini 
aniqlash, 
respublika 
iqtisodiyotini 
boshqarishning bozor mexanizmlarini ta’minlash; makroiqtisodiy va moddiy 


33 
balanslar, 
MHTga 
asoslangan 
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
istiqbollarining variantli hisob-kitoblarini ishlab chiqish; to‘lov, moliya va tashqi 
savdo balanslarini shakllantirish va nazorat qilish (Moliya vazirligi bilan 
birgalikda); O‘zbekiston iqtisodiyotining optimal rivoji va proporsiyalarini, 
mineral va xomashyo resurslaridan oqilona foydalanilishi, barqaror o‘sish va 
dunyo xo‘jaligiga integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan investitsiya 
dasturlarini tayyorlash va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; iqtisodiyot va 
madaniyat rivoji, aholi turmush darajasi va farovonligining o‘sishini hisobga olish 
va nazorat qilishga qaratilgan hozirgi zamon indikativ, analitik va statistik uslublar 
va vositalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish. 
Mamlakatni keyingi davrdagi rivoji statistikani takomillashtirishda yangicha 
yondashishlar zarurligini talab qilar edi. Ushbu yondashishga ko‘ra ustuvorliklar 
doirasida ishlarni yanada rivojlantirish va ularni yakuniga yetkazishni hamda 
tizimining o‘zini bozor iqtisodiyotiga moslashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar 
bilan birgalikda olib borildi. Ya’ni, statistikaning ayrim elementlarini fragmentar 
isloh qilishdan butunlay yaxlitlikda statistika tizimini isloh qilishga o‘tildi. 
Xalqaro statistika amaliyoti hamda uslubiy ko‘rsatmalari va andozalariga 
ko‘ra statistika muassasalarining funksional vazifalarini yechish uchun berilgan 
topshiriqlarni bajarish maqsadida ma’lum tizimga ega bo‘lishi talab qilinadi. 
Shu sababli statistika rivojining yangi sifat bosqichini yaratishda muhim 
shart-sharoit va huquqiy asos bo‘lib 2002-yilning 12-dekabrida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonun 
(ushbu qonunga 2005-yil 20-dekabrida, 2010-yil 3-sentyabrida va 2012-yil 3- 
yanvarida tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan) va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
2002-yil 
24-dekabridagi 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi 
farmoniga ko‘ra Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning asosida 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
statistika qo‘mitasi tashkil qilindi. 


34 
Yuqorida qayd qilingan “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonun va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra 2003-yilning 8-yanvarida 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul 
qilindi. Ushbu qarorga binoan Davlat statistika qo‘mitasi, milliy va mintaqaviy 
xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalar va qoidalarga asoslangan, 
davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va 
tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun 
statistika sohasida yagona siyosat olib boruvchi davlat ijroiya idorasi hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning 
globallashuvi 
va 
integrallashuvi, 
investitsion 
jarayonlarning rivojlanishi, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, 
aholining bandlik darajasini oshirish, iqtisodiyotning real sektori va 
tarmoqlarida rivojlanishni ta’minlash, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va 
umuman milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ta’minlash masalalari 
barcha sohalarda statistik va ekonometrik tahlilni takomillashtirish bilan birga 
statistika fanining nazariy va uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot va uslubiy ishlarini yanada jadallashtirishni taqozo etdi. 
Bu esa mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini 
statistik tadqiq qilish masalalarini hal etishning samarali mexanizmini ishlab 
chiqishning zaruriyatini keltirib chiqardi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017- 
yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-sonli Qarori muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur qaror bilan statistika tizimi faoliyatida mavjud 
kamchiliklar aniq ko‘rsatib berildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha 2017-2021 
yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy 
boshqarmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. 
Ushbu ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha 2017-2021 yillarda 
statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika 
axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-


35 
tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Natijada statistik ma’lumotlardan milliy va 
xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistik axborotlarning ochiq-
oydinligini va oshkoraligini maksimal darajada ta’minlash, xalqaro statistik 
tashkilotlar bilan hamkorlik qilish borasida ijobiy qadamlar qo‘yildi
1

Milliy statistika tizimini xalqaro statistik tizimga yanada integrallashtirish 
maqsadida O‘zbekiston to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni xalqaro va chet 
elning yetakchi moliyaviy institutlari nashriyotlarida joylashtirish bo‘yicha 
hamkorlikni kengaytirish borasida ishlar olib borish yo‘lga qo‘yildi. 
Shuningdek, 2020-yildan kechiktirmasdan “Milliy hisoblar tizimi – 2008” 
asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblarni to‘liq ko‘lamda joriy etish ishlari 
amalga oshirila boshlandi. 
Mamlakatimizda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-
sonli qaroriga binoan statistik ko‘rsatikichlar Yevropa hamjamiyatining 
Iqtisodiy faoliyat turlari statistik tasniflagichiga asoslangan O‘zbekiston 
Respublikasining iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi bo‘yicha 
(IFUT-2) shakllantirilib, 2017-yildan boshlab amalda qo‘llanila boshlandi. 
Ushbu tasniflagichga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmi va tuzilmasiga ta’sir 
etuvchi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni yanada to‘liq qamrab olish, ishlab 
chiqarish 
hajmlarini 
yanada 
to‘liq 
hisobga 
olish, 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash hamda zamonaviy tovarlar va xizmatlar turlarini 
rivojlantirish jarayonlarining yoritilishini ta’minlash choralari ko‘rildi. Shu 
maqsadda, statistika amaliyotiga yangilangan "Milliy hisoblar tizimi-2008'' 
qo‘llanmasi tavsiyalarini, xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan iqtisodiy 
faoliyat turlari va mahsulotlar statistik tasniflagichlarini joriy etish ishlari 
amalga oshirildi, davlat statistikasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha yuzdan ortiq 
uslubiy hujjatlar tayyorlandi va statistika amaliyotiga joriy etildi. 
1
Иқтисодиётни модернизация ва диверсификация қилиш шароитида таркибий 
ўзгаришларнинг самарали йўлларини статистик методлар асосида ўрганиш ва 
такомиллаштириш масалалари: республика миқёсидаги илмий амалий анжуман 
материаллари. – Тошкент: «VNESHINVESTPROM» нашриёти, 2017 – 328 б. 


36 
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risida ishonchli va to‘liq 
axborot bazasini shakllantirishga qaratilgan mamlakat statistikasining rivoji 
ma’lumotlar yig‘ish va qayta ishlashni tashkil qilish, moliyalashtirish va statistik 
tadqiqot ishlarini yangilab borilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Dolzarb, haqqoniy va 
to‘liq statistik axborot umumdavlat va mintaqa darajasida puxta mintaqaviy siyosat 
olib borish uchun kafolat bo‘ladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish