Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
4.
Statistik ko‘rsatkich va ma’lumotlar
. Statistik ko‘rsatkich – bu kategoriya 
bo‘lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. 
Statistik ko‘rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Ular reja, 
hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko‘rsatkichlar shaklida bo‘lishi mumkin. Statistik 
ko‘rsatkichlarni statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik 
ma’lumotlar bu statistik ko‘rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir. 
Statistik ma’lumotlar miqdoriy va sifat ma’lumotlarga bo‘linadi. 
Miqdoriy ma’lumotlar
– bu tabiiy raqamli shkalada qayd etilgan 
o‘lchovlardir. Ularga quyidagilar misol bo‘la olishi mumkin:

Respublika viloyatlarining har birida mehnatga qobilyatli kishilarning 
bandlik darajasi (%); 

TMIga qabul qilingan abituriyentlar soni (kishi);

Toshkent shahar supermarketlarning tovar oboroti (so‘m); 

Bunyodkor komandasi futbolistlarining bitta o‘yin davomida yugurish 
hajmi (km); 

Yog‘ zavodi mahsulotining hajmi (l); 

Fermerning olgan hosili( tonna yoki ts/ga). 
Sifat ma’lumotlari
– tabiiy raqamli shkalada o‘lchash mumkin bo‘lmagan 
o‘lchovlardir. Ularga: 


26 

Ishchining normani bajarish darajasi (bajardi, bajarmadi); 

Mahsulot sifati (sifatli va sifatsiz); 

Studentlarni jinsi (ayol yoki erkak); 

Saylovchilarning partiyalarga a’zoligi (ha yoki ha deganlarni qaysi 
partiyaga a’zoligi: XDP, MT va h.k); 

Ovqatning tayyorlilik darajasi (pishgan va pishmagan); 
O‘quvchiga eslatib qo‘ymoqchimiz. Miqdoriy ma’lumotlar qo‘shilishi, 
ayirilishi, ko‘paytirilishi va bo‘linishi mumkin. Sifat ma’lumotlari bo‘yicha esa bu 
amallarni bajarib bo‘lmaydi. O‘zimizga qulaylik yaratish uchun sifat 
ma’lumotlariga raqamli qiymatlarni tayinlashimiz mumkin. Lekin ushbu 
tayinlangan raqamli qiymatlar faqat oddiy kodlardir. Ularni tartib nomeri yoki 
indekslar deb ham atashadi. Masalan: pochtada Toshkent shahri indeksi 101000, 
kasalxonadagi divanning tartib (qayd qilish nomeri ham deyiladi) nomeri K-
001217028. Bular birliklarni toifalarga ajratish uchun berilgan oddiy kodlardir. 
Miqdoriy va sifat ma’lumotlarni tahlil qilishning statistik usullariga keyingi 
boblarda batafsil to‘xtalamiz.
Miqdoriy va sifat ma’lumotlarini o‘rganish muhim masalalardan biri ularni 
o‘qib bilishdir, ya’ni raqamlar savodxonligidir. Miqdoriy savodxonlik o‘quvchiga 
yoki tadqiqotchiga oqilona qarorlar qabul qilishga, tanqidiy fikrlashga yordam 
beradi. Tanqidiy fikrlash va statistikani yaxshi o‘zlashtirish statistik tafakkurni 
hosil qiladi. Statistik tafakkur o‘z ichiga ma’lumotlarni tanqidiy baholash uchun 
oqilona fikrlash va statistik metodlarni qo‘llashni oladi hamda to‘plam birliklarini 
bosh to‘plamdan farqlanishini bilishga asos hisoblanadi. Statistik tafakkur yana 
tadqiqotchilarni nopoklikka yo‘l qo‘ymasligini va etika qoida-qonunlariga rioya 
qilishiga yordam beradi. Masalan, Toshkent moliya institutining kredit–iqtisod 
fakultetida studentlarni o‘zlashtirishini o‘rganish uchun tadqiqotchi fakultet 
dekaniga murojaat qilsa, dekan o‘zlashtirishni ko‘tarish maqsadida a’lo bahoga 
o‘qiydigan studentlarni taklif etishi mumkin. Agarda tadqiqotchi dekan taklif 
qilgan studentlar bo‘yicha o‘zlashtirishni o‘rganib, kredit–iqtisod fakultetida 
o‘zlashtirish eng yuqori degan xulosaga kelsa, u statistika amalyotida axloqiy 


27 
(yetik) nopoklikda ayblanadi. Demak, har qanday ma’lumotni qabul qilishdan 
oldin tadqiqotchining tanqidiy fikrlash, mantiqiy tahlil qilish, ya’ni statistik 
tafakkurga asoslanishi yaxshi natijalarga olib keladi.
5.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish