Kosachali anemometr.havo tezligining 1 dan 10 m/s gacha o’llchash imkonini beradi.Asbobning ishlash prinsipi quyidagicha asbob o’qi unga mahkam o'rnatilgan parraklari bilan harakatlanayotgan havo ta'sirida aylana boshlaydi, havo harakati tezligi qancha katta bo'lsa, u shunchalik tez aylanadi. O'q tishsimon g'ildiraklar sistemasi orqali strelkalarga ulangan.Markaziy strelka birlik va o'nliklarni, mayda millarning strelkalari bo'linmalarning yuzdan va mingdan bir ulushlarini ko'rsatadi. Yon tomonida joylashgan richag yordamida o’qni tishsimon g'ildiraklari sistemasidan uzish yoki ulash mumkin.O'lchash oldidan millar ko'rsatkichlarini o’qdan uzib qo'yilgan holda yoziladi. Asbobni o'lchash nuqtasiga o'rnatiladi va o'q unga mahkamlangan parraklar bilan birga aylana boshlaydi. Sekundomer bo'yicha vaqt belgilab olinadi va asbob ulanadi. Bir minut vaqt o'tgandan keyin o’qni uzib qo'yiladi va ko'rsatgichlar yana yoziladi. Ikkinchi yozib olingan ko'rsatgichlardan birinchisini ayirib, ayirmani. 60 ga (bir minutdagi sekundlar soni) bo'lib, strelkaning biri sekund ichida o'tgan bo'linmalari soni topiladi. Keyin asbobga qo'shib beriladigan grafik bo'yicha havo harakatining bir sekunddagi metrlar tezligi aniqlanadi.
Termoanemometrning umumiy ko'rinishi.Havo harakatining aks|ri korxonada talab etiladigaii kichik tezliklarini (sekundiga bir metrdan kam) o'lchash 'uchun
termoanemometrlardan foydalaniladi.U shuningdek,havo haroratini o'lchash imkonini ham beradi.Termoanemo-metr—yarim o'tkazgichlardan yasalgan batareyali asbobdir.O'lchash asosi asbob datchigi qarshiligining o'zgarishiga asoslangan bo'lib,bu o'zgarish harorat va havo harakatining tezligi o'zgarganda sodir bo'ladi.Asbobga uning tuzilishi va o'lchash texnikasi bayon etilgan tavsiyanoma ilova qilinadi.Havoning kimyoviy tarkibi,fizik xususiyatlari va tarkibida har xil moddalarning bo'lishi, havodan, nafas olib mehnat qilayotgan kishilar uchun juda, muhim.Chunki havoning tozaligi'inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.Yer atmosferasi quruq havo bilan ma'lum miqdordagi suv bug'larining aralashmasidan tashkil topgan.Quruq atmosfera havosining tarkibida 78 foizi azot, 20,9 foizi kislorod,0,93 foizi argon,0,03 foizi karbonat angidridi va uncha ko'p bo'lmagan miqdorda geliy,neon,kripton ya boshqa gazlar bor.Ma'lumki, inson uchun eng muhimi havo tarkibida kislorodning bo’lishidir. havoning holatini bosimi, zichligi, harorati,absolyut namligi, namlik sig'imi, nisbiy namligi, issiqlik sig'imi va boshqdlar bilaan belgilanadi.
Havo bosimi.Havoning bosimi dengiz sathiga nisbatan o'lchanadi va 760 mm.simob ustuniga teng, Toshkent uchun esa 715—740 mm.simob ustuni oralig'ida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |