Testlar va ularning yechimlari ‼️1-misol va uning yechimi



Download 47,78 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi47,78 Kb.
#744450
Bog'liq
TESTLAR VA ULARNING YECHIMLARI


TESTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
‼️1-misol va uning yechimi:
✅Savol:
MS Excelda B5:F12 maydon diapazonida nechta katak mavjud?
✅Yechish:
MS Excelda ustunlarning nomlanish tartibiga qaraymiz:
ABCDEFGH
Ustunlarni alohida hisoblaymiz:
B dan F gacha 5 ta ustun bor (B C D E F)
Satrlarni alohida hisoblaymiz:
Har doim katta sondan kichik sonni ayirib, birni qo'shamiz (to'liq chegara kirishi uchun)
12-5+1=8 (satrlar soni)
Kataklar sonini quyidagicha hisoblaymiz:
5*8=40
Javob : 40
‼️2-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ms Excel 2016 da D2 katakchadagi = A$3*$B4 formulani F4 katakchadagi nusxasini toping?
✅Yechish:
MS Excelda ustunlarning nomlanish tartibiga qaraymiz:
ABCDEFGH
$ - absolyut belgisidan keyin kelgan birinchi ifoda o'zgarmaydi. Alifbodan ma'lumki:
1)D dan F gacha 2 ta xona bor, demak A ham ikki xona siljiydi va C ga boradi (alifboga qarang).
2)3 o'zgarmaydi, chunki oldida absolyut belgisi ($) bor
3)B o'zgarmaydi, chunki oldida absolyut belgisi ($) bor
4)4 o'zgaradi, D2 dan F4 ga tushsa, ikkita birlik siljiydi, demak, 4 ga ham ikki qo'shamiz.
Natija : = C$3*$B6
Javob := C$3*$B6
‼️3-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Rastrli 72 rangli grafik faylni boshqa 8 rangli formatga o'zgartirgandan keyin uning hajmi 52 Kbga qisqardi. Boshlang'ich faylning hajmini toping?
✅Yechish:
Z = (x*y)*r formuladan foydalanamiz (natija bitda bo'ladi)
Z - hajm;
x va y - ekran o'lchamlari;
r - rangni kodlash razryadi;
72 xil rangni tasvirlash uchun necha bit kerakligini topamiz:
2 (6-darajasi) < 72 < 2 (7-darajasi). Kamida 7 bit kerak ekan. Sakkiz xil rangni tasvirlash uchun 3 bit kerak. Demak:
Z = (x*y)*7 (avvalgi hol)
Z - 52 = (x*y)*3 (keyingi hol)
Sistemani bir-biriga bo'lib, Z ni topamiz.
Javob : 91 Kb
‼️4-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ali sakkizlik sanoq sistemasida (54;70) oraliqdagi barcha butun sonlarni yozib chiqdi. Vali esa shu sonlardan 6 raqami qatnashgan barcha sonlarni o'chirib tashladi. Qolgan sonlar yig'indisini sakkizlik sanoq sistemasida aniqlang va o'n birlik sanoq sistemasiga o'tkazing.?
✅Yechish:
Ali yozgan sonlar:
54;55;56;57;58;59; ... 69;70
1)Chegaralarni olib tashlaymiz: 54 va 70
2)6 qatnashganlarni olib tashlaymiz: 56;60;61;...69
3)Sakkizlik sanoq sistemasida bo'lgani uchun 8 qatnashganlarni ham olib tashlaymiz:
58;59
Qolgan sonlar: 55;57 (sakkizlikda). Ularning yig'indisi 134 (sakkizlikda)
Natijani avval o'nlikka o'tib, so'ng o'n birlikka o'tkazamiz:
134(sakkizlik) = 92 (o'nlik) = 84 (o'n birlik)
Javob : 84
‼️5-misol va uning yechimi:
✅Savol:
A5 formatdagi hujjat 20 bet bo'lib, har bir sahifada 30 ta satr va har bir satrda 40 ta belgi mavjud. Belgilarni kodlash uchun ikki baytli Unicode ishlatilgan. Hujjat bir baytlik ASCII yordamida qayta kodlanganda, sahifadagi satrlar soni ikki baravar oshgan va satrdagi belgilar soni 15ga kamaygan. Hosil bo'lgan hujjatdan bir nechta sahifalarolib tashlandi va hujjatdagi ma'lumotlarning hajmi Unicodeda kodlangan hujjatidan 31500 baytga kam bo'ldi. O'chirilgan sahifalar sonini (ASCIIda kodlangan) aniqlang?
✅Yechish:
1)Umumiy axborot hajmini topib olamiz:
20*30*40=24000 bayt.
2)Ikki baytli Unicodeda qancha baytligini topib olamiz:
24000*2=48000 bayt
Sahifadagi satrlar soni ikki marta oshgan bo'lsa u 60 ta bo'lgan, satrdagi belgilar soni 15 taga kamaygan bo'lsa u 25 ta bo'lgan. O'chirilgan betlar soni x bo'lsin. Oxirgi natija 31500 bayt kam bo'lganini hisobga olgan holda, quyidagi tenglamani tuzamiz:
(20-x)*60*25=48000-31500
(20-x)*6*25=1650
20-x=11
x=9
Javob : 9 bet
‼️6-misol va uning yechimi:
✅Savol:
O'nlik sanoq sistemasidagi 144 soni x asosli sanoq sistemasida 264 ga teng bo'ldi. x asosni toping?
✅Yechish:
1) x asosli 264 soni 10 lik sanoq sistemasiga o'tkazamiz:
2x²+6x+4=144
2x²+6x-140=0
x²+3x-70=0
x=-10; x=7
-10 javob bo'lolmaydi, demak javob 7
Javob : 7
‼️7-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Berilgan ikkita matndagi belgilar soni bir xil.Birinchi matn 16 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan.Ikkinchi matn 250 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matnda birinchi matnga qaraganda necha marta ko'p axborot mavjud?
✅Yechish:
16 ta belgidan iborat alifboni kodlash uchun (16 2ning to'rtinchi darajasi) 4bit kerak
2)250 ta belgidan iborat alifboni kodlash uchun 8bit kerak.
Shu yerdan ham ma'lumki ikkinchi matnda birinchi matnga qaraganda 2 marta ko'p axborot mavjud.
Javob : 2 marta
‼️8-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Butun sonni saqlash uchun 2 bayt ishlatiladi. (-258) Sonning ichki ko'rinishi nechta nollardan iborat?

✅Yechish:


Bu turdagi misollarda, agar berilgan son manfiy bo'lsa -1, musbat bo'lsa 0 qo'shiladi.
1) 258 - 1 = 257
2) 257 ni ikkilikka o'tkazamiz, 100000001 hosil bo'ladi.
Ikkilikda to'qqizta belgi hosil bo'ldi. Misol shartida 2 bayt deyapti ya'ni 16 ta belgi. Bizga 7 belgi yetmayapti , demak 7 ta belgiga to'ldiramiz.
0000000100000001 hosil bo'ladi.
4) Natijani inkor qilamiz ya'ni 1111111011111110 Javobda 2 ta nol qatnashar ekan
Javob : 2
‼️9-misol va uning yechimi:
✅Savol:
4(darajasi 2022)+ 2 (darajasi 2022) +8
ifodaning qiymatini, ikkilik sanoq sistemasida yozsak, berilgan son raqamlar yig'indisi nimaga teng bo'ladi.?
✅Yechish:
2 soni ikkilikda 10 ga teng, demak uni qancha ko'paytirsak ham faqatgina sonda nollar ko'payadi. Demak, hammasini ikkilikka o'tkazamiz.
4 (darajada 2022)=2 (darajada 4044). Ikkilikda bu 1 soni bilan boshlanib, qanchadir nol bilan tugaydi, raqamlar yig'indisi bir. Qolgan sonlar ham xuddi shunday ikkilikka o'tkazilib hisoblanadi. Bu juda oson, natijani chiqarishni siz aziz foydalanuvchilarga qoldiramiz.
Javob :Mustaqil ravishda yechishga harakat qiling
‼️10-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Diskning 0.25Mbayt qismida 262144 ta belgidan iborat axborot yozilgan. Bu ma'lumotlar nechta belgili alifboda ifodalangan?
✅Yechish:
Z=M*i formuladan foydalanib hisoblaymiz:
Z - axborot hajmi;
M - axborotdagi belgilar soni;
i - har bir belgining hajmi;
Yuqoridagi formulaga qo'yib i ni topamiz:
0.25*2(23-darajasi)bit=262144*i; i=8bit
Endi N=2(i-darajasi) formuladan foydalanamiz:
N=256
Javob : 256
‼️11-misol va uning yechimi:
✅Savol:
p1.bmp faylida qanchadir hajmga ega 24 bitli rasm sifatida saqlandi. Agar ushbu rasm 16 bitli tasvir sifatida saqlansa, p2.bmp faylining ma'lumot hajmi necha marta kichik bo'ladi?
✅Yechish:
K= 2 (darajada i) formuladan foydalanamiz.
i - bitta belgini kodlashga ketadigan bit
K - jami belgilar soni.
Formulaga qo'yamiz: 16 = 2 (darajada i) Bundan i = 4;
Endi necha marta kattaligini topamiz:
24/i = 24/4 = 6;
Javob :6
‼️12-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Beshlik sanoq sistemasidagi sonlarni ketma-ket yozilganda quyidagicha ko'rinish paydo bo'ldi:
123410111213142021222324...
Ushbu ketma-ketlikda 100 - o'rinda turgan raqamni aniqlang?
✅Yechish:
5 likda sonlarni yozib ko'ramiz:
12341011121314202122232430313233344041424344100101102103104110111112113114..
10-40 oraliqda 40 ta belgi, boshidagi 4 ta bilan 44 ta belgi, 100-104 oraliqda 15 ta, 110-114 gacha 15 ta, 120-124 oraliqda 15ta, 130131132133
Javob : 3 (4+4*10+3*15+11)
‼️13-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Vali 2 lik sanoq sistemasida 111 dan boshlab, ketma - ket 55 ta raqam yozib chiqdi. Vali oxirgi yozgan sonni toping?
✅Yechish:
2 likda xona tartibi:
Bir xonali sonlar: 0 va 1
Ikki xonali sonlar: 10 va 11 (2 ta)
Uch xonali sonlar: 100, 101, 110, 111 (4 ta)
To'rt xonali sonlar: 1000, 1001, 1010, 1011, 1100, 1101, 1110, 1111 (8 ta)
Besh xonali sonlar: 16 ta
Tartibga e'tibor qilsak faqat ikkining darajalari bilan tugayapti
Ali yozgan sonlar:
3 xonali sonning oxirgisi, to'rt xonali sonning hammasi va besh xonali sondan 4 ta belgi yozishi kerak.
(111+4*8+5*4=55)
Vali oxiri 5 xonali sondan 4 ta yozgan, biz ham yozib chiqamiz:
10000, 10001, 10010, 10011
Javob : 10011
‼️14-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ali 16lik sanoq sistemasida 5 dan boshlab ketma - ket probellarsiz 21 ta belgi yozib chiqdi. Ali yozgan oxirgi sonni toping?
✅Yechish:
16lik sanoq sistemasi quyidagi tartibda ketadi:
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9,A,B,C,D,E,F,10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,1A,1B,1C,1D,1E,1F..
Har bir F gacha 16 ta son bor.
Ali 5dan boshlab 21 ta belgi yozgan bo'lsa, u quyidagicha yozgan:
5,6,7,8,9,A,B,C,D,E,F,10,11,12,13,14
Oxirgi yozilgan son 14.
Javob : 14 (belgi so'ziga diqqat qiling)
‼️15-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ikkilik sanoq sistemasida 6 ta nol qatnashgan, eng kichik, to'rt xonali 16likda sonni aniqlang?
✅Yechish:
Avval 16likda bir va nol qatnashgan eng kichik sonni topamiz, bu son 1000 soni. Bu sonni to'rtlik jadvaldan foydalanib, ikkilikka o'tkazib olamiz.
Natija: 1000 (16lik) = 1 0000 0000 0000 (2lik)
Bu sondan masala shartiga ko'ra 6 ta nol qatnashgan eng kichik sonni hosil qilamiz.
Natija: 1 000000 1111 11
Endi bu sonni 16likka (tetraga asosan) o'tkazamiz.0001 0000 0011 1111
Javob : 103F
‼️16-misol va uning yechimi:
✅Savol:
z = 11
print (z <<1)
Dastur natijasini aniqlang.?
✅Yechish:
<<- belgi, hammaga ma'lum, ikkilik chapga surish.
Avval 11 ni ikkilikka o'tkazib olamiz. Natija = 1011
Bu raqamni bitta chapga sursak, oxirida nol qo'shiladi.
Natija = 10110 bo'ladi. Natijani yana 10likka o'tkazamiz.
Javob : 22
‼️17-misol va uning yechimi:
✅Savol:
z = 11
print (z <<2)
Dastur natijasini aniqlang.?
✅Yechish:
<< - belgi, hammaga ma'lum, ikkilik chapga surish.
Avval 11 ni ikkilikka o'tkazib olamiz. Natija = 1011
Bu raqamni ikkita chapga sursak, oxirida ikkita nol qo'shiladi.
Natija = 101100 bo'ladi. Natijani yana 10likka o'tkazamiz.
Javob : 44
‼️18-misol va uning yechimi:
✅Savol:
z = 11
print (z>>1)
Dastur natijasini aniqlang.?
✅Yechish:
>> - belgi, hammaga ma'lum, ikkilik o'nga surish.
Avval 11 ni ikkilikka o'tkazib olamiz. Natija = 1011
Bu raqamni o'nga sursak, oxiridagi raqam o'chib, oldida nol qo'shiladi.
Natija = 0101 bo'ladi. Natijani yana 10likka o'tkazamiz.
Javob : 5
‼️19-misol va uning yechimi:
✅Savol:
z = 11
print(z>>2)
Dastur natijasini aniqlang.?

✅Yechish:


>> - belgi, hammaga ma'lum, ikkilik o'nga surish.
Avval 11 ni ikkilikka o'tkazib olamiz. Natija = 1011
Bu raqamni ikkita o'nga sursak, oxiridagi ikkita raqam o'chib, oldida nol qo'shiladi.
Natija = 0010 bo'ladi. Natijani yana 10likka o'tkazamiz.
Javob : 2
‼️20-misol va uning yechimi:
✅Savol:
print (14^7) Dastur natijasini belgilang.?
✅Yechish:
^ - maxsus qo'shish. Ikkilik sanoq sistemasida qo'shishda, Ikkalasi ham rost yoki ikkalasi ham yolg'on bo'lganda yolg'on, qolgan hollarda rost bo'ladigan amal.
14 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz = 1110
7 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz = 111
1110+111 = 1001 (yuqoridagi qoidaga asosan). Natijani yana 10 likka o'tkazamiz. (misolda qo'shish amali emas, mantiqiy qo'shish amali ishlatildi)
Javob : 9
‼️21-misol va uning yechimi:
✅Savol:
print (~(-14)) Dastur natijasini belgilang.?
(-14 sonining oldida to'lqin chiziq bor)
✅Yechish:
Har doim qavsda manfiy son bo'lsa, natija o'zidan bitta kam musbat son bo'ladi
Javob : 13
‼️22-misol va uning yechimi:
✅Savol:
print (~14) Dastur natijasini belgilang.?
(14 sonining oldida to'lqin chiziq bor)

✅Yechish:


Har doim qavsda musbat son bo'lsa, natija o'zidan bitta ko'p manfiy son bo'ladi
Javob : -15
‼️23-misol va uning yechimi:
✅Savol:
print (14|7) Dastur natijasini belgilang.?
✅Yechish:
Bilamizki | - mantiqiy qo'shish amali.
14 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz = 1110
7 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz = 111
1110+111 = 1111 (rostlik jadvaliga asosan, misolda qo'shish amali emas, mantiqiy qo'shish amali ishlatildi). Natijani (1111ni) yana 10likka o'tkazamiz.
Javob : 15
‼️24-misol va uning yechimi:
✅Savol:
print (14&7) Dastur natijasini belgilang.?
✅Yechish:
Bilamizki & - mantiqiy ko'paytirish amali.
14 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz = 1110
7 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz = 111
1110*111 = 0110 (rostlik jadvaliga asosan, ko'paytirish emas, mantiqiy ko'paytirish amali ishlatildi). Natijani (110ni) yana 10likka o'tkazamiz.
Javob : 6
‼️25-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Signal uzatuvchi qurilma sekundiga 5 ta signaldan birini uzatadi. Ushbu qurilma yordamida, uzunligi 3 sekund bo'lgan nechta turli xil xabarni jo'natish mumkin?
✅Yechish:
Q = M (N -darajasi) formuladan foydalanib topamiz.
Q - barcha signallar soni;
M - har bir signalni uzatishga ketgan vaqt (sekundiga uzatiladigan signallar soni);
N - jami signallarni uzatishga ketgan vaqt. (jami signallarni uzatish vaqti);
M = 5;
N = 3;
Q=125
Javob : 125
‼️26-misol va uning yechimi:
✅Savol:
O'quvchining o'qish tezligi minutiga 160 ta so'z ( bitta so'zda o'rtacha 6 ta belgi mavjud) bo'lsa, 4 soat tinimsiz o'qiganda, o'quvchi qancha Kbayt ma'lumotni o'qish mumkin?
✅Yechish:
Bir minutda nechta belgi o'qishini topib olamiz:
160*6 = 960
To'rt soatda esa 960*4*60 = 230400 bayt o'qigan, savol kilobaytda berilgani uchun 1024 ga bo'lamiz.
Javob : 225
‼️27-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Bobur 999 ta turli ismni ikkilikda eng kam xonali bit orqali kodladi. U kodlashdan ortib qolgan kodlar yordamida yana nechta ismni kodlashi mumkin?
✅Yechish:
999 ta ismni kodlash uchun necha bit kerak? Buni quyidagicha topamiz:
2 (9-darajasi) <999< 2 (10-darajasi)
Demak 10 bit kerak. 10 bit bilan 1024 xil ismga
kod berish mumkin. Kodlash 10 ta noldan boshlanib, 10 ta birda tugaydi.
Endi 1024 - 999 = 25
Javob : 25
‼️28-misol va uning yechimi:
✅Savol:
1024x600 o'lchamdagi grafik fayl qattiq diskdagi hajmi 120Kbdan oshmaydi. Ushbu rasmni kodlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan ranglarning maksimal miqdorini aniqlang?
✅Yechish:
Q >=m*n*i formuladan foydalanamiz.
Q - axborot hajmi;
m va n - ekran o'lchami;
i - rangni kodlash razryadi;
Q = 120Kb = 120*1024*8bayt
120*1024*8 >=1024*600*i;
1.6 >=i
Demak i = 1 Endi ranglarning maksimal miqdorini:
k = 2 (darajasida i) formula bilan topamiz.
Javob : 2
‼️29-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Alifbo 4 ta belgidan tashkil topgan. Ushbu belgilardan foydalanib, 3 ta belgidan iborat so'zlarni takrorlamasdan nechta so'z yozish mumkin?
✅Yechish:
(m!/(m-n)!) formuladan foydalanamiz:
4!/(4-3)!=24 ta
Javob : 24
‼️30-misol va uning yechimi:
✅Savol:
d=lambda a:a*4
t=lambda a:a*4
x = 3
x = d(x)
x = t(x)
x = d(x)
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
(3*4*4*4) = 192
Javob : 192
‼️31-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ali 8lik sanoq sistemasida 1 dan boshlab ketma - ket 41 ta raqam yozib chiqdi. Ali oxirgi yozgan sonni toping?
✅Yechish:
8 likda sonlar tartibi:
0,1,2,3,4,5,6,7,10,11,12,13,14,15,16,17,20,211,22,23,24,25,26,27....
Ali yozganlar:
1,2,3,4,5,6,7 (7 ta raqam), 10,...17 (16 ta raqam),20,...27 (16 ta raqam),30
Javob : 30
‼️32-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ali aytdi – “Halil 2 dan yuqori baho oldi
Vali aytdi – “Halil 3 dan yuqori baho oldi
Soli aytdi – “Halil 4 dan yuqori baho oldi
Yuqoridagi mulohazalardan bittasi rost bo’lsa, Halil nechi baho olgan?
✅Yechish:
Alining fikriga ko'ra: Halil 3, 4 yoki 5 baho olgan
Valining fikriga ko'ra: Halil 4 yoki 5 baho olgan
Solining fikriga ko'ra: Halil 5 baho olgan
Yuqoridagi fikrlardan ko'rinadiki, Halil 4 va 5 baho olmagan, chunki ushbu baholar qolgan fikrlarda ham mavjud, shartga ko'ra bitta fikr rost bo'lishi kerak. Bundan shunday xulosa chiqadiki, Halil 3 baho olgan
Javob : Halil 3 baho olgan
‼️33-misol va uning yechimi: (kanal foydalanuvchisidan kelgan savol, onlayn repetitorda tushgan savol)
✅Savol:
9^7+3^21-9 ifoda natijasini 3 lik sanoq sistemasiga o'tkazsak, natijada nechta 2 soni qatnashadi?
✅Yechish:
3 sonini 3 lik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz, natijada 10 soni hosil bo'ladi. Bizda esa quyidagi ifoda paydo bo'ladi:
(10)^14+(10)^21-(10)^2
Endi 10 ni har qanday darajaga ko'tarsak ham u 1 ta bir va oxiri 0 bilan tugaydi.
(10)^14 = bu oxiri 14 ta 0 li son
(10)^21 = bu oxiri 21 ta 0li son
Endi ikkalasini qo'shamiz.
1...(6ta 0)1...(14ta 0)
Natijadan 100ni ayiramiz.
0 dan birni ayirganda 3 qarz olib beramiz, 1 ni ayirsak, 2 qoladi, shu taqlid hisoblab borsak, natijada 12 ta 2 soni hosil bo'ladi
Javob : 12 ta 2 soni qatnashadi
‼️34-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ali 8 lik sanoq sistemasidagi sonlarni 1 dan boshlab ketma-ket bo‘sh joy qoldirmay yoza boshladi. Ali yozgan raqamlar soni 25 ta bo‘lsa, Ali yozgan oxirgi sonni aniqlang.?
✅Yechish:
Sakkizlik sanoq sistemadagi sonlarni yozib boshlaymiz:
1,2,3,4,5,6,7,10,11,12,...17,20,21,...27...,30,31,...37,...
1 dan 7 gacha 7 ta raqam, 10 dan 17 gacha 8 ta son , 16 ta raqam, 25 ta bo'lishi uchun ikkita belgi yetmayapti, navbat 20 ga keldi
Javob : 20
‼️35-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Soli 2 lik sanoq sistemasidagi sonlarni 2 dan boshlab ketma-ket bo‘sh joy qoldirmay yoza boshladi. Soli yozgan raqamlar soni 58 ta bo‘lsa, Soli nechta son yozganini aniqlang.?
✅Yechish:
Soli ikkilikda ikkidan boshlab yozgan bo'lsa, u, 10 (2 likdagi ikki)dan boshlab yozgan. Ikkilikdagi sonlar tartibi:
0;1;10;11;100;101;110;111;1000;1001;1010;1011;1100;1101;1110;1111;...
Ikkilikda 2 xonali sonlar 2 (1-darajasi) 2 ta
Ikkilikda 3 xonali sonlar 2 (2-darajasi) 4 ta
Ikkilikda 4 xonali sonlar 2 (3-darajasi) 8 ta
Ikkilikda 5 xonali sonlar 2 (4-darajasi) 16 ta
Ikkilikda 6 xonali sonlar 2 (5-darajasi) 32 ta
Endi Soli 10 dan boshlab 58 ta yozgan bo'lsa, u yana 56 ta belgi yozgan.Demak, 2 xonali, 3 xonali va 4 xonali sonlarni to'liq yozgan.Demak 5 xonalidan ikkita yozishi kerak.
2 xonali*2+3 xonali*4+4 xonali*8+5 xonali*2=58
Demak Soli 16ta son yozgan, Soli oxirgi yozgan son 10001
Javob : 16
‼️36-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Quyidagi mulohazalarning faqat bittasi rostligi ma’lum: “Ali 5 ball olmagan”, “Vali 4 ball olmagan”, “Soli 4 ball olgan”. O‘quvchilar olgan ballarni aniqlang?
✅Yechish:
Agar Ali rost gapiryapti deb fikrlasak demak Vali va Soli yolg'on gapirgan bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki, Ali 3 yoki 4 ball olgan. 3ball olgan holni qaraymiz:
Vali yolg'on gapirganligi uchun 4 yoki 5 ball oladi. Solining yolg'on gapirganligini hisobga olib, Valiga 4 ball qoladi, Soliga esa 5 ball .
Javob : Ali 3 ball, Vali 4 ball, Soli 5 ball
‼️37-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Onlayn Repetitsiyada Html bo'ycha tushgan savol. (Pastdagi rasmda) Rasmga qarab, savol va javobni solishtirib, html teglari nima vazifa bajarishini bilib oling.
Javob :Pastdagi ikkinichi rasm (BE)
‼️38-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Onlayn Repetitsiyada tushgan savol.
ict = [ 'python', 'paskal', 'java', delphi' ]
print (ict[-1])
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
ict = [ 'python' ]
print (ict [-1])
Natija = python
ict = [ 'python', 'paskal' ]
print (ict [-1])
Natija = paskal
Yuqoridagi misollardan ko'rinadiki, bizning misolda dastur natijasi delphi
Javob : delphi
‼️39-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Onlayn Repetitsiyada tushgan savol.
l=[22,'dc',45,6.75]
i=0
while i<4:
print(l[i])
i+=1
print(l[::2])
Dastur natijasini aniqlang
✅Yechish:
l list berilgan, elementlari: 22, dc, 45 va 6.75
while shartli takrorlash operatori va i qiymat berilgan, misoldan ko'rinib turibdi i ning qiymati birga teng

Eslatma: indekslash 0 dan boshlanadi

i=0 bo'lganda:
while shartni tekshiradi va ekranga 22 chiqadi, i ga 1 qo'shiladi
i=1 bo'lganda:
while shartni tekshiradi va ekranga dc chiqadi, i ga 1 qo'shiladi
i=2 bo'lganda:
while shartni tekshiradi va ekranga 45 chiqadi, i ga 1 qo'shiladi
i=3 bo'lganda:
while shartni tekshiradi va ekranga 6.75 chiqadi, i ga 1 qo'shiladi
i=4 bo'lganda:
while shartni tekshiradi va keyingi operatorga o'tadi
print(l[::2]) ⏮ operator vazifasi:
0-indeksdan 2 indeksgacha kesib chiqaradi.

Javob :
22


dc
45
6.75
[22, 45]

‼️40-misol va uning yechimi:


✅Savol:
n=3
m=4
a=[ [ 0 ] * n ]*m
a [ 0 ] [ 0 ] =5
print(a [ 1 ] [ 0 ] )
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
Misoldan ko'rinadiki bizga list (ro'yxat e'lon qilingan).
Tushunishingiz uchun quyidagi ro'yxatni olaman
👇👇👇
C= [ [1,2,3] , [4,5,6] ]
C [ 0 ] [ 0 ] = 1 (nolinchi satr, nolinchi ustunda 1 soni turibdi.
C [ 0 ] [ 1 ] = 2
C [ 0 ] [ 2 ] = 3
C [ 1 ] [ 0 ] = 4
C [ 1 ] [ 1 ] = 5
C [ 1 ] [ 2 ] = 6
Ro'yxat elementlariga xuddi shu tarzda ya'ni indekslar orqali murojaat qilinadi.
a [ 0 ] * n bu - bizda n ta ro'yxat berilgan , hammasining qiymati 0 bilan to'ldirilgan degan ma'noni bildiradi
Misolda n=3 , demak uchta ro'yxat berilgan, hammasining qiymati 0 ga teng
[ [ 0 ] * n ]*m bu - [ [ 0 ] * n ]dan m ta e'lon qilingan degani
m=4 demak, elementi uchtadan bo'lgan to'rtta ro'yxat e'lon qilingan, ularning ham qiymati 0 ga teng
Bizning misol mana bu ko'rinishda bo'ladi
👇👇👇
a = [ [ 0,0,0 ] , [ 0,0,0 ] , [ 0,0,0 ] , [ 0,0,0 ] ]
a = [ 0 ] [ 0 ] =0
............................
a [ 0 ] [ 0 ] = 5 bo'lgani uchun va ro'yxat bitta listda joylashgani uchun 0-indeksning barchasi 5 qiymatga teng bo'ladi, qolgani 0
a [ 0 ] [ 0 ] = 5
a [ 1 ] [ 0 ] = 5
a [ 2 ] [ 0 ] = 5
a [ 3 ] [ 0 ] = 5
print(a [ 1 ] [ 0 ] ) = 5
Javob : 5

‼️41-misol va uning yechimi:


✅Savol:
for in range ( 4 , 17 ):
print ( ' Salom ')
✅Yechish:
for siklining umumiy ko'rinishi:
for i in range ( start , stop , step )
Bizning misolda:
start = 4
stop = 17
step = 17 - 4 = 13
Demak ekranga 13 marta Salom so'zi chiqadi
Javob : 13 marta Salom so'zi chiqadi

‼️42-misol va uning yechimi:


✅Savol:
for in range ( 4 , 25 , 3 ) :
print ( ' Salom ')
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
start = 4
stop = 25
step = 3
Endi ekranda nechta Salom so'zi chiqishini quyidagicha topamiz (har doim):
(25-4)/3 = 7
Demak ekranga 7 marta salom so'zi chiqadi
Javob : 7 marta Salom so'zi chiqadi
‼️43-misol va uning yechimi:
✅Savol:
for i in range ( 4 , 29 , 3 ) :
print ( ' Salom ')
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
start = 4
stop = 29
step = 3
Endi ekranda nechta Salom so'zi chiqishini quyidagicha topamiz (har doim):
(29-4)/3 = 25/3 ≈ 8.3
Bunday vaziyatda har doim katta butun songacha yaxlitlab olamiz.
(29-4)/3 = 25/3 ≈ 8.3 ≈ 9
Javob : 9 marta Salom so'zi chiqadi
‼️44-misol va uning yechimi:
✅Savol:
for i in range ( 3 ,9 ) :
for j in range ( 2 ,7 ) :
print( ' Test ' )
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
i = 3 bo'lganda j 2 dan 7 gacha ishlaydi.
i = 4 bo'lganda j 2 dan 7 gacha ishlaydi.
i ning takrorlashlar soni :
9 - 3 = 6
j ning takrorlashlar soni :
7 - 2 = 5
Jami takrorlashlar sonini topish uchun ko'paytiramiz:
6 * 5 = 30
Javob : 30 marta Test so'zi chiqadi

‼️45-misol va uning yechimi:


✅Savol:
s = 0
for i in range ( 6 , 337 , 7 ) :
s + = i
print ( s )
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
i qabul qiladigan sonlar 6 , 13 , 19 ,....
Bu sonlar yig'indisini topish uchun:
1)Necha marta takrorlanishini topamiz
( 337 - 6 ) / 7 ≈ 48
2)Sonlar yig'indisini arifmetik progressiya yordamida hisoblaymiz
S ( n ) = ( 2* a ( 1 ) + ( n - 1 ) *d ) * n / 2
S ( 48 ) = ( 2* 6 + ( 48 - 1 ) *7 ) * 48 / 2
S ( 48 ) = ( 12 +47 * 7 ) * 24 = 8184
Javob : 8184

‼️46-misol va uning yechimi:


✅Savol:
s = 0
for i in range ( 1000 ) :
if i% 2 == 0 and if i % 3 == 0 :
s + = 1
print ( s )
Dastur natijasini aniqlnag?
✅Yechish:
1) 1000 marta takrorlanadi
2) Ikkiga bo'linishini tekshiradi
3) Uchga bo'linishini tekshiradi
Agar ikkala shart rost bo'lsa s ga 1 qo'shiladi
s ga 1 qo'shilishi uchun i quyidagi sonlarni olishi kerak:
6 ; 12 ; 18 ; ....
Bu sonlar nechtaligini topamiz:
1000 / 6 = 166. (6) = 167
Demak s = 167
Javob :167
‼️47-misol va uning yechimi:
✅Savol:
a = 12
for i in range ( 10, 14 ) :
for j in range ( 3 , i ) :
if a % i == 2 :
print ( a )
break
a + = 12
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
i 10 dan 14 gacha takrorlanadi
j esa, i =10 bo'lganda 3 dan 10 gacha, i =11 bo'lganda, 3 dan 11 gacha ....
break operatori faqat for j ning ishini to'xtatadi. Ya'ni shart bajarilsa, printda son ekranga chiqsa, for j ishini to'xtatadi va for i ishini boshlaydi. Agar if shart bajarilmasa a ga 12 qo'shiladi.

1) i = 10 ; j = 3


if 12 % 10 == 2 shart tekshiriladi.
Ekranda a = 12 hosil bo'ladi va for i ishini yana boshladi.
2) i = 11 ; j = 3
if 12 % 11 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =11 qoladi, j davom etadi.
3) i = 11 ; j = 4
if 24 % 11 == 2 shart tekshiriladi. Ekranda a = 24 hosil bo'ladi va for i ishini yana boshladi.
4) i = 12 ; j = 3
if 24 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j davom etadi.
5) i = 12 ; j = 4
if 36 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j davom etadi.
6) i = 12 ; j = 5
if 48 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j davom etadi.
7) i = 12 ; j = 6
if 60 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j davom etadi
8) i = 12 ; j = 7
if 72 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j davom etadi
9) i = 12 ; j = 8
if 84 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j davom etadi
10) i = 12 ; j = 9
if 96 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j davom etadi
11) i = 12 ; j = 10
if 108 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j davom etadi. i ning takrorlanish soni tugadi. Endi j = 11bo'ladi
12) i = 12 ; j = 11
if 120 % 12 == 2 shart tekshiriladi. Shart bajarilmaydi, a ga 12 qo'shiladi va i =12 qoladi, j ham to'xtaydi
13) i = 13 ; j = 3
if 132 % 13 == 2 shart tekshiriladi. Ekranga 132 soni chiqadi
break operatori yana ishni for i ga uzatadi, lekin u oxirgi songa keldi, demak dastur to'xtaydi.
Javob :12, 24, 132

‼️48-misol va uning yechimi:


✅Savol:
O'nlik sanoq sistemasidagi 127 sonidan shunday eng kichik natural N sonini ayirsak, javobda ikkilik sanoq sistemasida faqat 1 raqami ishlatiladi.N sonini toping.
✅Yechish:
127 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz.
127 (o'nlik) = 1111111 (ikkilik)
Hosil bo'lgan sondan qanday sonni ayirsak, natija faqat 1 raqamidan iborat bo'lishi va shartga mos kelishi mumkin, shu sonni topamiz.
1111111
-
111111
__________
1000000
Yechimdan ham ma'lumki, bu son 63 (111111) soni
Javob :63

‼️49-misol va uning yechimi:


✅Savol:
Obunachilarmizdan htmlga oid savollar kelib tushmoqda. Kanal html teglarida yozilayotganligi uchun, savol matnini yozib bo'lmaydi, shuning uchun savolni rasmli holda joylayapmiz (pastdagi rasm, rasmda savol va javobi bitta joyda)
✅Yechish:
Html teglari haqida qisqacha ma'lumot:
table - jadval
tr - satrlar soni
td - ustunlar soni
Nechta ochib yopilgan tr bo'lsa, shuncha satr bor, tr ning ichida nechta ochib yopilgan td bo'lsa shuncha ustun bor
< tr > < td > 5 < /td > < td > 7 < /td > bu : birinchi satrda ikkita ustun bor degani va yacheykalarda 5 va 7 sonlari bor.
< /tr > < tr > < td > 6 < /td > < td > 4 < /td > bu :
ikkinchi satrda ikkita ustun bor degani va yacheykalarda 6 va 4 sonlari bor.
< /tr> < tr > < td > 9 < /td > < /tr > bu :
uchunchi satrda bitta ustun bor va yacheykada 9 soni bor degani.
Misolning shartida ikkinchi ustundagi sonlar yig'inidisini toping deyapti. Bizda ikkinchi ustunda 7 va 4 sonlari bor. Ular yig'indisi 11 ga teng.
Javob : 11

‼️50-misol va uning yechimi:


✅Savol:
MS Excel 2016.
Agar A1 = ДЛСТР ("2020+128"), A2 = 15, B2 = 4*B1, va
= Если ( ( И ( B1*A1-A2 > 128 ; A2*B1 - B2 > 256 ) ; B2^2 - A1 ; B1^3 - A1) formula natijasi 504 bo'lsa , B1 katakka yozish mumkin bo'lgan sonlar yig'indisini toping?
✅Yechish:
И bu: mantiqiy ko'paytirish
Если bu : mantiqiy shart
ДЛСТР bu - o'zining argumentidagi belgilar sonini sanaydi. Agar argumentda qo'shtirnoq bo'lsa belgilar sonini sanab ketaveramiz, agar qo'shtirnoq bo'lmasa , avval qo'shib olib, keyin natijasini sanaymiz. Bizda qo'shtirnoq bor, shuning uchun sanab ketaveramiz.
A1 = ДЛСТР ("2020+128") = 8 (qo'shtirnoq ichida 8 ta belgi bor, + bilan birgalikda)
B1 = x deb olamiz. B2 = 4x.
Funksiyaga qo'yamiz:
= Если ( ( И ( B1*A1-A2 > 128 ; A2*B1 - B2 > 256 ) ; B2^2 - A1; B1^3 - A1)
= Если ( ( И (8*x-15 > 128; 11x>256 ); 16x^2 - 8 ; x^3 - 8)
8*x-15 > 128; 11x>256 bu shart.
Agar shart rost bo'lsa, Если uchun ham rost bo'ladi va birinchi operator bajariladi.

Shart rost bo'lganda 16x^2 - 8 👈 bajariladi, agar shart yolg'on bo'lsa x^3 - 8 👈 bajariladi. Xulosa shuki, 504 soni shulardan hosil bo'ladi. Qaysidan hosil bo'lishini bilmaymiz, shuning uchun sistema qilib ishlaymiz va x ni topamiz.

16x^2 - 8 = 504 ⏩ x^2 =32 ⏩ x= Ildizda (32) ≈ 5.5 ;
x = - ildizda (32) ≈ -5.5 ⏮ Bu qiymatlar rost ifodadan ( 16x^2 - 8 = 504 ) hosil bo'ldi.
x^3 - 8 = 504 ⏩ x^3 =512 ⏩ x = 8 ⏮ bu yolg'on bo'lgan holdagi ifodadan (x^3 - 8 = 504) hosil bo'ldi
8*x-15 > 128; 11x>256
👆👆👆👆
Mana bu ifodaga hosil bo'lgan uchta x ning qiymatini olib kelib, tekshirib ko'ramiz:
1) 5.5 ni qo'ysak ikkala natija ham yolg'on, И mantiqiy ko'paytirish ham yolg'on, x^3 - 8 👈 operator bajariladi, lekin 5.5 soni 16x^2 - 8 👈 mana bundan hosil bo'ldi, shuning uchun 5.5 javob bo'lmaydi.
2) -5.5 ham xuddi yuqoridagidek tekshiriladi va bu ham javob bo'lmasligi kelib chiqadi.
3) 8 ni qo'ysak, 8*x-15 > 128; 11x>256 👈 ikkalasini ham qanoatlantirmaydi va x^3 - 8 👈 mana buning yechimi bo'lganligi uchun 8 javob bo'ladi.
Javob : 8

Bu turdagi misollarda


(8*x-15 > 128; 11x>256 ); 16x^2 - 8 ; x^3 - 8) 👈 mana bu shartda:
(8*x-15 > 128; 11x>256) 👈 bunda x ning o'rniga son qo'yganda ikkalasi ham rost bo'lsa 16x^2 - 8 👈 bu operator, ikkalasi ham yolg'on bo'lsa x^3 - 8 👈 bu operator bajariladi
‼️51-misol va uning yechimi:
✅Savol:
MS Excel 2016.
A1 = 52 ; C1 = A1 + 5 ; A2 = A1 + B2 ;B2 = МИН ( A1;C1) ; C2 = B2*B1 ;
A2:C2 blok asosida gistogramma tuzilgan. A2 katakka mos gistogramma qismi B2 va C2 kataklarga mos gistogramma qismlarining har biridan ikki marta uzun. Shulardan kelib chiqib, quyidagi formulaning natijasini aniqlang?
= 3*КоренЬ (B1) * A1 + 9*C2
✅Yechish:
Pastdagi chizmaga qarang
МИН - bu yerda A1;C1 bo'lganligi uchun eng kichigiga teng bo'ladi (ikkita katakchani o'z ichiga oladi)
B1=X deb, qiymatlarni jadvalga qo'yamiz. (pastda 1-rasm)
Endi A2 katakdagi qiymat B2 va C2 katakdagi qiymatdan ikki marta uzun degan shartga asosan X = 1 va A2 = 104, B1 = 1 bo'ladi (pastda 2-rasm)
Natijalarni = 3*КоренЬ (B1) * A1 + 9*C2 formulaga qo'yamiz:
= 3*КоренЬ (1) *52 + 9*52 = 3*1*52 +9*52 = 624
Javob : 624
‼️52-misol va uning yechimi:
✅Savol:
< table > < tr > < td colspan = 2 >
< u > < ol > < li > test < /ol > < /u > < /td >
< td rowspan = 2 > < b > < ul > < li > test < /ul > < /b > < /td > < /tr > < tr > < td > < i > < ol > < li > test < /ol > < /i > < /td > < td > < strike > < dl > < dd > test < /dl > < /strike > < /td > < /tr > < /table >
Quyidagi html kod yozilishi bo'yicha kataklar sanalganda nechanchi katakda tartiblangan ro'yxat va og'ma shrift qo'llanilgan?
✅Yechish:
Har bir ochilib yopilgan tr bitta satrni bildiradi. Demak bizda ikkita satr bor. Birinchi satrda ikkita katakcha bor, ikkinchi satrda ham ikkita katakcha bor,jami 4 ta katakcha bor.
colspan - ustunlarni birlashtiradi
rowspan - satrlarni birlashtiradi
u - ostiga chizish
ol - tartiblangan ro'yxat hosil qiladi
ul - markerlangan ro'yxat
.........................................
Jadval ko'rinishi pastdagi rasmda
1-katakda : test so'zi yoziladi, u tegi qatnashganligi uchun ostiga tag chiziq chiziladi, ol tegi qatnashganligi uchun oldida 1 raqami chiqadi.
2-katakda : test so'zi chiqadi, b tegi borligi uchun qalin yozuvda, ul tegi yozilganligi uchun markerlangan holda bo'ladi.
3-katakda : test so'zi chiqadi, i tegi qatnashganligi uchun og'ma, ol tegi qatnashganligi uchun tartiblangan ro'yxat
To'g'ri javob uchunchi katak
Javob :3-katak
‼️53-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Bog'da 88 dona daraxt mavjud. Shundan 32 tasi olma, 22 tasi nok, 16 tasi olcha, 17 tasi o'rik. Bog'bon hisobni qaysi sanoq sistemasida bajargan.
✅Yechish:
Jami daraxt soni 88 ta.
Olma 32 dona (x asosli sanoq sistemada )
Nok 22 dona (x asosli sanoq sistemada )
Olcha 16 dona (x asosli sanoq sistemada )
O'rik 17 dona (x asosli sanoq sistemada )

32 (x asosli sanoq sistemada ) + 22 (x asosli sanoq sistemada ) + 16 (x asosli sanoq sistemada ) + 17 (x asosli sanoq sistemada ) = 88 (x asosli sanoq sistemada )


Bu turdagi misollarda sonlarning birlar xonasini ( oxirgi sonlarni ) qo'shish orqali topamiz.

2 + 2 + 6 + 7 = 17 ; Jami darxatlar sonining oxirigi raqami 8.


Endi 17 ni qaysi songa bo'lsak qoldiq 8 bo'ladi. Demak 9 ga
Javob : 9 lik sanoq sistemasida

‼️54-misol va uning yechimi:


✅Savol:
MS Excel.
A1 = 10 ; B1 = 9 ; C1 = B1 - A1 ; bo'lsa
= DEC . B . DB ( C1 ) formula natijasini aniqlang?
✅Yechish:
C1 ni topamiz:
C1 = B1 - A1 = 9 -10 = -1
= DEC . B . DB ( C1 ) funksiyaning vazifasi 10 likdan ikkilikka o'tkazadi.
= DEC . B . DB ( C1 ) 👈 ifodada C1 ning o'rnida musbat son kelsa, o'zini ikkilikka o'tkazadi. Manfiy son kelsa quyidagi amallarni bajaramiz ( 1 sonini qo'shib olamiz ):
1) Har doim -1 ( yoki -4...) songa quyidagicha qilib 1 ni qo'shamiz : 1 - 1 = 0
2) Hosil bo'lgan sonni ikkilikka o'tkazamiz. Bizda nol ikkilikda ham nol.
3) = DEC . B . DB ( C1 ) natijasi 10 ta belgidan iborat bo'ladi. 2 - tartibda hosil bo'lgan sonda 10 ta belgiga nechta yetmasa oldini shuncha 0 bilan to'ldiramiz. Bizda 9 ta yetmayapti
0000000000
4) Chiqqan natijani ( 0000000000) inkor qilamiz:
1111111111
Demak javob 1111111111
Bu son -1 ning ichki ko'rinishi ham deyiladi
Javob : 1111111111
‼️55-misol va uning yechimi:
✅Savol:
< table > < tr > < td > 176 < /td > < td > 88 < /td > < td > -176 < /td > < td rowspan = 2 > 176 < /td > < /tr > < tr > < td colspan = 2 > 88 < /td > < td > 93 < /td > < /tr > < /table >
Birlashtirilmagan kataklardagi sonlar yig'indisiga barcha kataklar sonining ko'paytmasini toping.?
✅Yechish:
colspan va rowspanlar nima vazifa bajarishini avvalgi misollarda ko'rdik.
Bu misolda, 2 ta satr, 2 ta birlashgan katak va 3 t ustun bor. Pastdagi rasm.
Pastdagi rasmga diqqat qilib, sonlarning joylashish tartibiga qarab,shu turdagi misollardan yechib ko'ring.
Birlashmagan kataklarda 176, -176, 88, va 93 soni bor. Ularning yig'indisi 181 ga teng. Rasmga qarang. Barcha kataklar soni 6 ta
Demak javob 181*6
Javob : 1086
‼️56-misol va uning yechimi:
✅Savol:
MS Excel
A1 = 10 ; B1 = 30 ; A2 = 20 ; B2 = 40 : C1 katakda ushu formula joylashgan 👉 = A1 + B$1 - 10
Elektron jadval berilgan. Jadvalning C1 katagining C2 katakchaga nusxasini toping?
✅Yechish:
= A1 + B$1 - 10 formulani nusxalaganda absolyut adres faqat 1 ning odida bor, demak bir o'zgarmaydi, qolgan barchasi o'zgaradi. C1 dan C2 ga nusxalaganimiz uchun , ustun o'zgarmaydi, faqat satrlar o'zgaradi.
Nusxalash natijasi quyidagicha bo'ladi:
= A2 + B$1 - 10
Berilgan sonlarni formulaga qo'yamiz:
= 20 +30 - 10 = 40
Javob : 40
‼️57-misol va uning yechimi:
✅Savol:
P [1...5] massiv elementlari mos ravishda, 1 ; -1 ; 5 ; 2 ; 4 ga teng. Ifodaning qiymatini hisoblang?
P [ 1 ]*P [ 3 ] - P [ 2*P [2] + P [ P [ 5 ] - P [2 ] ] ]
✅Yechish:
P [ 1 ] = 1
P [ 2 ] = -1
P [ 3 ] = 5
P [ 4 ] = 2
P [ 5 ] = 4
Ifodaga qo'yamiz:
1*5- P [ 2*(-1) + P [ 4 - (-1) ] ] =
5 - P [ -2 + P [ 5 ] ] =
5 - P [ -2 + 4 ] = 5 - P [ 2 ] = 5 - ( -1) = 6
Javob : 6
‼️58-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Chevrolet so'zi harflarini kodlashda eng kam bit talab etiladigan 2 likda tekis kodlash usulidan foydalanilgan. Shu bilan birga ikkilikdagi kodlar o'sib borish tartibi, ingliz alifbosining o'sib borish tartibiga moslashtirilgan. R harfining kodini toping?
✅Yechish:
D < = 2 (darajasida n ) formuladan foydalanamiz.
D - so'zdagi belgilar soni.
n - kodlash razryadi yoki bitlar soni.
Chevrolet so'zini ingliz alifbosi bo'yicha kodlab olamiz:
c , e , h , l , o , r , t , v
Ingliz alifbosida o'sish tartibida yozib chiqdik.
Qatordan ko'rinadiki D = 8
Yuqoridagi formulaga ko'ra:
8 < = 2 ( darajasida n) ⏩ n = 3 bit
Shartda tekis kodlash degani uchun bu sonlar kombinatsiyasi 3 ta nol yoki 1 dan iborat bo'ladi
c - 000
e - 001
h - 010
l - 011
o - 100
r - 101
t - 110
v - 111
Ikkilikdagi sonlarni harflar tugaguncha yozamiz ( tartib bilan )
Demak javob 101
Javob : 101

‼️59-misol va uning yechimi:


✅Savol:
Faqat A , B , D , E va F harflari yordamida yozish mumkin bo'lgan hamma 5 ta belgidan iborat parollar ro'yxati alifbo tartibida taxlangan. Ushbu ro'yxat quyidagicha boshlangan:
A)AAAAA
2)AAAAB
3)AAAAD
4)AAAAE
5)AAAAF
6)AAABA
7)...........
..............
Ushbu ro'yxatda D harfi bilan boshlangan birinchi so'z qaysi o'rinda kelgan?
✅Yechish:
A=0 ; B=1 ; D=2 ; E=3 ;F=4 kabi kodlab olamiz.
Endi ro'yxat quyidagicha bo'ladi:
00000
00001
00002
00003
00004
00010
..........
Misol shartida D harfi bilan (bizda 2 bilan) boshlangan 1-so'zni so'rayapti ya'ni 20000 ko'rinishni topishimiz kerak.
Bu sondan oldin 11111 soni keladi. Endi yuqoridagi sonlar 4 bilan tugaganligi uchun ular 5 lik sanoq sistemasida turibdi. Endi 20000 (5 lik) sonini 10 likka o'tkazamiz.
2*5 (4-darajasi)+0 = 1250
Kodlash noldan boshlangani, tartiblash 1 dan boshlangani uchun 1250 soniga 1 ni qo'shib olamiz, natija 1251 bo'ladi.
Demak D bilan boshlanuvchi birinchi parol 1251 o'rinda turibdi
Javob : 1251

‼️60-misol va uning yechimi:


✅Savol:
Ekran to'g'ri to'rtburchak shaklda bo'lib, uning eni 192 piksel, bo'yi 160 pikselni tashkil etadi. U xotiradan 30 kilobayt joy egallasa, ekranning har bir pikseli eng ko'pi bilan nechta rangda aks etishi mumkinligini hisoblang?
✅Yechish:
a = 192 pk
b = 160 pk
Xotira hajmini P deb belgilasak P = 30 kb
Bu turdagi misollarda P = a*b*c formuladan foydalanamiz.
P - axborot hajmi
a - ekranning gorizontal nuqtalar soni
b - ekranning vertikal nuqtalar soni
c - rangni kodlash razryadi
Formula birligi har doim bit bo'ladi
30 kb = 192*160*c bit
30*1204*8 bit = 192*160*c bit
c = 8 bit
Misol shartida necha xil rangda aks etadi deyapti. Rangning razryadi ma'lum, necha xil rangda aks etishiini quyidagicha topamiz:
2 ni har doim rang razryadi necha bo'lsa shu darajaga ko'taramiz.
2 (8-darajasi) = 256 xil
Javob : 256
‼️61-misol va uning yechimi:
✅Savol:
MS Excel
A va B ning ixtiyoriy natural qiymatida tomoni A va balandligi B bo'lgan paralellogramning yuzini to'g'ri hisoblaydigan formulani ko'rsating.?
A1 katakda A, B1 katakda B soni kiritilgan.
✅Yechish:
Geometriya kursidan ma'lumki, tomoni x, balandligi y bo'lgan paralellogram yuzi x*y formula bilan topiladi ya'ni tomoniga balandligini ko'paytiramiz.
Bizning misolda tomoni A, balandligi B sonlari bilan berilgan. Demak paralellogram yuzini topish uchun bu sonlarni ko'paytiramiz va modulda yozamiz.
Javob : ABS (A1*B1)

‼️62-misol va uning yechimi:


✅Savol:
Faqat A, B , K , M , T , U harflari yordamida yozish mumkin bo'lgan hamma 6 ta belgidan iborat parollar ro'yxati alifbo tartibida taxlangan. Ushbu ro'yxatda MAKTUB paroli qaysi o'rinda kelgan.
✅Yechish:
AAAAAA
AAAAAB
AAAAAK
AAAAAM
AAAAAT
AAAAAU
AAAABA
..............
Shu ketma-ketlikda davom etsa, maktub paroli qaysi o'rinda bo'ladi.?
Yuqorida ham bu turdagi misol yechib ko'rsatildi
A-0
B-1
K-2
M-3
T-4
U-5
Kabi belgilaymiz.
Demak:
000000
000001
000002
000003
000004
000005
.............
kabi ro'yxat davom etadi.
MAKTUB so'zi m harfidan boshlangani uchun biz 3 soni bilan boshlangan va qolgan harflarga mos sonlarni yozib olamiz:
302451
Sonda 0 dan 5 gacha sonlar qatnashgani uchun bu sonnni 6 likda yozish mumkin. Bu sonni 10 lik sanoq sistemasiga o'tamiz.
302451 (6 lik) = 23935 (10 lik)
Yuqoridagi misolda aytddik, ntijaga 1 ni qo'shamiz:
23936 soni hosil bo'ladi
Javob : 23936
‼️63-misol va uning yechimi:
✅Savol:
ASCII kodlash jadvalida 7-ustun, C-satrda joylashgan \ belgisi , kompyuterda qanday kodlanishini aniqlang?
✅Yechish:
ASCII jadvalda 256 ta belgi bor, ustunlari ham 16 ta , satrlari ham 16 ta. Ustun va satr kesishmasida qandaydir bitta belgi mavjud.
1) 7 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazamiz. (ustunni)
7 (10 lik) = 111 (2 lik)
2) C ni ham ikkilikka o'tkazamiz (satrni)
C = 12 = 1100 (2 lik)
Har doim 1-yozilishda ustun, keyin satr yoziladi.
1111100
Natija 7 ta bo'lib qoldi. Bir bayt 8 bit, shuning uchun natijani bir baytga keltiramiz, oldidan nol qo'shamiz
01111100
Javob : 01111100
‼️64-misol va uning yechimi:
✅Savol:
28800 bit/s tezlikda ishlaydigan modem orqali har bir pikselning rangi uch baytda kodlangan 640 X 480 pikselli rastrli tasvirni yuborish uchun qancha vaqt kerak?
✅Yechish:
Misol shartida har bir piksel rangi 3 bayt deyapti. E'tibor qiling.
Quyidagi formula yordamida hisoblaymiz:
t = Q/R
t - vaqt
Q - axborot hajmi
R - ma'lumotni uzatish tezligi
Q = 640*480*3 bayt = 640*480*3*8 bayt
t = 640*480*3*8/28800 = 256 sekund
Javob : 256 sekund
‼️65-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Jadvalda internetning muayyan segmentida ushbu so'rov uchun qidiruv serverining topilgan so'rovlar soni va sahifalari ko'rsatilgan ( yuqoridagi rasm)
Sumalak so'zi bo'yicha necha ming sahifa topilgan?
✅Yechish:
Pastdagi rasmga qarang
Navro'z | Sumalak ➡️ 14200 sahifa
Navro'z ➡️ 9700 sahifa
Navro'z $ Sumalak ➡️ 5100 sahifa
Yechimida Venn diagrammasidan foydalanamiz ( pastdagi 2-rasm)
Venn diagrammasidan foydalanib tenglama tuzib olamiz.
1)Navro'z|Sumalak ( Navro'z yoki Sumalak ) uchun, yoki so'zi qatnashsa kamida bitta bo'lsa yetarli, shuning uchun hammasi kiradi.
a + b + c = 14200
2)Navro'z uchun (2-rasmga qarang) so'zi a va b harflarni o'z ichiga olgan
a + b = 9700
3) Navro'z $ Sumalak (2-rasmga qarang ), ikkalasining kesishmasini olamiz
b = 5100
4) Sumalakni topish kerak ya'ni (2-rasmga qarang):
b + c = ?
Sistema qilamiz:
a + b + c = 14200
a + b = 9700
b = 5100
b + c = ?
Sistemadan b + c ni topamiz.
b + c = 9600
Javob :9600
‼️66-misol va uning yechimi:
✅Savol:
X = ( 32^8 +16^6 - 1)*8^4 + 4^2 + 1
sonini o'nlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazildi. Sonning ikkilik sanoq sistemasidagi ifodasida nechta 1 raqami ishtirok etganini aniqlang?
✅Yechish:
1) Ikkining darajalari ko'rinishiga o'tkazamiz:
X = ( 2^40 +2^24 - 1 ) * 2^12 +2^4 + 1
2) Qavsni ochamiz
X = 2^52 + 2^36 - 2^12 + 2^4 +1
10 likdgi ikki soni ikkilikda 10 ga teng
2^52 = 1 (52 ta nol)
2^36 = 1 (36 ta nol)
2^12 = 1 (12 ta nol)
2^4 + 1= 1 (4 ta nol) = 1000 + 1 = 10001
2^36 - 2^12 = 1 (36 ta nol) - 1(12 ta nol) = 1 (24ta) (12ta nol)
2^52 + 1(24ta)(12ta nol) + 10001 =
1 (nollar) 1 (24ta) (nollar ) 10001
Jami 27 ta 1 soni bor
Javob : 27 ta bir soni bor
‼️67-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Jadvalda internetning muayyan segmentida ushbu so'rov uchun qidiruv serverining topilgan so'rovlar soni va sahifalari ko'rsatilgan ( yuqoridagi rasm)
Matematika & Informatika & FIzika so'zi bo'yicha necha ming sahifa topiladi (pastda 1-rasm)?
✅Yechish:
Venn diagrammasidan foydalanamiz. (pastdagi 2-rasm)
Har bir kesishmani alohida harflar bilan belgilab olamiz.
Chizmadan ko'rinadiki:
1)Matematika & Informatika ➡️ b + e = 330
2)Matematika & Fizika ➡️ d + e = 270
3)Matematika $ ( Informatika | Fizika) ➡️ b +e + d = 520
Matematika $ Informatika & Fizika = e = ?
Sistema qilib olamiz:
b + e = 330
d + e = 270
b +e + d = 520
e =?
Sistemadan e ni topamiz. e = 80
Javob : 80 ming
‼️68-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ekranda bitta nuqta 16 xil rangdan birini qabul qilishi mumkin. Tasvir o'lchami 10X15 sm bo'lib, unda bir dyuymga 32 ta nuqta to'gri keladi. ( 1 dyuym 2.5 sm). Tasvirning axborot hajmi necha kilobayt?
✅Yechish:
Bu turdagi misollarda har doim quyidagi formulani ishlatamiz:
P = a*b*c ( birligi bit) c ni qanday topamiz
P - axborot hajmi ;
a va b - ekran o'lchamlari
c - rangni kodlash razryadi.
c ni qanday topamiz:
Rang xili sonini 2 ning darajasiga keltiramiz:
16 = 2^4
c = 4 bit
1) 10 : 2.5 = 4 dyuym
2) 15 : 2.5 = 6 dyuym
P = 4*6 dyuym^2*4 bit
Dyuym ^2 quyidagicha topiladi:
1) 1 dyuymga 32 ta nuqta to'g'ri keladi. Endi dyuym kvadratni topamiz:
2) 1 dyuym ^ 2 = 32 ^2 = 1024
3) 24 dyuym ^ = 1024*24
P = 1024*24*4 bayt ⏮ Natijani Kbga o'tkazamiz:
P = 1024 * 24 * 4 / 8*1024 = 12 kb
Javob : 12 Kb
‼️69-misol va uning yechimi:
✅Savol:
MS Excel
E2 = 10 ; F3 katakchada quyidagi formula yozilgan.
= Если ( Е2 > ДЛСТР ( " kompyuter " ) ; ЗАМЕНИТЬ ( " sarlavha " ; 3 ; 6; " odat ") ; CРЗНАЧ ( 21 ; 17 ; 10 ) )
Shu funksiya natijasini toping?
✅Yechish:
Если - shart funksiyasi.
Bu funksiyaning ishlash tartibi:
1) Е2 > ДЛСТР ( " kompyuter " ) 👈 mana bu shart rost bo'lsa, 👉 ЗАМЕНИТЬ ( " sarlavha " ; 3 ; 6; " odat ") 👈 ishlaydi
2) Е2 > ДЛСТР ( " kompyuter " ) 👈 mana bu shart yolg'on bo'lsa, 👉 CРЗНАЧ ( 21 ; 17 ; 10 ) 👈 ishlaydi.
ДЛСТР - belgilar sonini sanaydi = 9
Е2 > ДЛСТР ( " kompyuter " ) 👈 shartni tekshiramiz:
10 > 9
SHart to'g'ri, demak ЗАМЕНИТЬ ( " sarlavha " ; 3 ; 6; " odat ") 👈 shart ishlaydi
ЗАМЕНИТЬ ( " sarlavha " ; 3 ; 6; " odat ") ni bajaramiz:
ЗАМЕНИТЬ - kerakli belgini almashtiradi.
" sarlavha " ; 3 ; 6; " odat - 3 - belgidan boshlab, 6 tasini odat so'ziga almashtiradi va natija:
saodat bo'ladi.
6 tasini almashtirish kerak edi, shuning uchun r dan boshladi.
Javob : saodat

Pythonda satrlar bilan ishlash haqida ma'lumot


c = ' informatika ' so'zi berilgan bo'lsin.
0 - indeksda = i
1- indeksda = n
2 - indeksda = f
3 - indeksda = 0
4 - indeksda = r
5 - indeksda = m
6 - indeksda = a
7 - indeksda = t
8 - indeksda = i
9 - indeksda = k
10 - indeksda = a
Indekslash bo'yicha misollar ko'ramiz:
✅print ( c [ 2 : 5 ] ) = for (2-indeksdan 5-indeksgacha)
✅print ( c [ 0 : ] ) = informatika (to'liq)
✅print ( c [ 3 : ] ) = ormatika (3-indeksdan boshlab)
✅print ( c [ : 6 ] ) = inform (6-indeksgacha)
✅print ( c [ 2 : 10 : 3 ] ) (ikkinchi indeksdan boshlab, 10-indeksgacha 3 tadan sakrab o'tadi) = fmi
✅print ( c [ : : 5 ] ) ( 0 - indeksdan boshlab, besh qadam bilan sakrab ) = ima
✅print ( c [ : : - 4 ] ) (10-indeksdan boshlab, 4 qadam bilan orqaga) = aaf
✅print ( c [ 10 : : - 3 ] ) (10-indeksdan boshlab, 3 qadam bilan orqaga, har 3-indeks) = atrn
✅print ( c [ : - 3 ] ) ( orqa tarafdan 3-indeksdan boshlab qirqadi) = informat
✅print ( c [ - 3 : ] ) ( oxiridagi 3-indeksgacha qirqadi) = ika
✅print ( len ( c ) ( belgilar soni ) = 11 ( agar bo'sh joy bo'lsa , u ham belgi sifatida qaraladi )
_________________________________
c = ' informatika '
a = ' fani '
print ( c + a ) = informatikafani
_________________________________
split ( ) - bu funksiya vazifasi so'zlar orasiga bo'sh joy ajratib beradi
sep () - so'zlar orasiga kerakli belgini chiqarib beradi. Bu funksiya har doim printning ichida keladi
‼️70-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Algoritm natijasida
y : = x - 7 ;
x : = 3 * ( y + 1 ) ;
y : = x + y ;
y ni chiqarish
y o'zgaruvchining qiymati 15 ga teng bo'ldi. x ning boshlang'ich qiymatini toping.
✅Yechish:
Oxirgi natija y = 15 bo'ldi. Shu paytdagi x ning qiymatini topish kerak.
x : = 3 * ( y + 1 ) 👈 shu joyda y ning o'rniga 👉 y : = x - 7 ni qo'yamiz.
x : = 3 * ( x - 6 )
y : = x + y 👈 ifodada x ning o'rniga x : = 3 * ( x - 6 ) 👈 ifodani , y ning o'rniga y : = x - 7 👈 ifodani qo'yib y ni topamiz:
y : = 3 * ( x - 6 ) + x - 7 👈 shu ifoda 15 ga teng bo'ldi deyapti
4 * x - 25 = 15
x = 10
Javob : x = 10
‼️71-misol va uning yechimi:
✅Savol:
var
k : byte ; s , n : string ;
F : array [ 1 ... 11 ] of byte ;
begin Randomize ;
S : = ' informatika ' ; n = ' ' ;
F [ 1 ] : = random ( 1 ) ;
F [ 2 ] : = random ( 2 ) + 1 ;
for k : = 3 to 6 do
F [ k ] : = F [ k - 2 ] + F [ k - 1 ];
for k : = 1 to 6 do
n : = n + S [ F [ k ] + 1 ] ;
writeln ( n ) ; end .
Paskal tilida quyidagi dastur bajarilganda ekranda qanday qiymat hosil bo'ladi.?
✅Yechish:
1)Boshlang'ich qiymatlarni aniqlab olamiz:
k : byte - butun tip, 0 dan 255 gacha sonlarni qabul qiladi.
s va n - string ( satrli )
F - massiv nomi, uning elementlari 11 tadan iborat , tipi butun, 0 dan 255 gacha sonlar.
Randomize - turli sonlarni tanlashda ishlatiladi.
Masalan:
random o'zi yozilsa [0:1) oraliqdagi tasodifiy sonlarni tanlaydi.
random ( 5 ) bo'lsa - 0 dan 4 gacha tasodifiy sonlardan birini tanlaydi
F [ 1 ] : = random ( 1 ) - 0 dan 1 gacha butun sonni oladi, 0 kiradi, 1 kirmaydi, demak:
F [ 1 ] = 0
F [ 2 ] : = random ( 2 ) - bu 0 dan 2 gacha butun sonlardan birini oladi ( 2 kirmaydi ). Lekin yuqorida Randomize berilgan, F [ 1 ] = 0 ekanligidan
F [ 2 ] = 1 va F [ 2 ] = 1 + 1 = 2
for k : = 3 to 6 do 👈 takrorlanish bajariladi.
for k : = 3 to 6 do
F [ k ] : = F [ k - 2 ] + F [ k - 1 ]
F [ 3 ] : = F [ 1 ] + F [ 2 ] = 0 + 2 = 2
F [ 4 ] : = F [ 2 ] + F [ 3 ] = 2 + 2 = 4
F [ 5 ] : = F [ 3 ] + F [ 4 ] = 2 + 4 = 6
F [ 6 ] : = F [ 4 ] + F [ 5 ] = 0 + 2 = 4 + 6 = 10
for k : = 1 to 6 do
n : = n + S [ F [ k ] + 1 ] 👈 operator bajariladi
n ning boshlang'ich qiymati bo'sh joy ( misol shartiga qarang ) va S [ F [ k ] + 1 ] 👈 bundagi kelgan belgini qo'shib oladi.
k = 1 da :
n : = n + S [ F [ k ] + 1 ] ; F [ 1 ] = 0
n : = n + S [ 1 ] ; S : = ' informatika ' ; S [ 1 ] = i ;
k = 2 da :
n : = n + S [ F [ 2 ] + 1 ] ; F [ 2 ] = 2
n : = n + S [ 3 ] ; S : = ' informatika ' ; S [ 3 ] = f
k = 3 da :
n : = n + S [ F [ 3 ] + 1 ] ; F [ 3 ] = 2
n : = n + S [ 3 ] ; S : = ' informatika ' ; S [ 3 ] = f
k = 4 da :
n : = n + S [ F [ 4 ] + 1 ] ; F [ 4 ] = 4
n : = n + S [ 5 ] ; S : = ' informatika ' ; S [ 5 ] = r
k = 5 da :
n : = n + S [ F [ 5 ] + 1 ] ; F [ 5 ] = 6
n : = n + S [ 7 ] ; S : = ' informatika ' ; S [ 3 ] = a
k = 6 da :
n : = n + S [ F [ 6 ] + 1 ] ; F [ 6 ] = 10
n : = n + S [ 11 ] ; S : = ' informatika ' ; S [ 3 ] = a
Ekranda iffraa so'zi hosil bo'ladi
Javob : iffraa
‼️72-misol va uning yechimi:
✅Savol:
S : = random ( random ( 2 ) ) ;
for i : = - 75 + random 1 to x do
S : = S + 2*i ;
Dastur bajarilishi natijasida S ning qiymati 942 ga teng bo'lsa, takrorlanishlar sonini aniqlang?
✅Yechish:
Demak S = 942 bo'lsa , takrorlashlar sonini topishimiz kerak?
Har doimgidek boshlang'ich qiymatlarni aniqlab olamiz.
S : = random ( random ( 2 ) ) = 0 ( yuqoridagi misolga qarang )
S = 0 ( boshlang'ich qiymat ) ; random 1 = 0 ;
for i : = - 75 + random 1 to x do
for i : = - 75 to x do
S : = S + 2*i 👈 ifodaga qo'yamiz
S : = 0 + 2* ( - 75 ) + 2* ( - 74 ) + .... 2* ( 74 ) + 2* ( 75 )
Shu yergacha hammasi qisqaradi.
2 ( 76 + 77 + ... 80 + 81 ) Shunda tugaydi.
2 ( 76 + 77 + ... 80 + 81 ) = 942
Endi X ni topamiz. ( - 75 dan 81 gacha keldi )
Takrorlashlar soni = 81 - ( - 75 ) + 1 = 157
Javob : 157
‼️73-misol va uning yechimi:
✅Savol:
MS Excel 2016
A1 = - 165.02 ; B1 = 3 bo'lsa , quyidagi formula natijasini aniqlang?
= ABS ( ЗНАК (ЛЕВСИМВ ( A1 ; B1 ) ) )
✅Yechish:
ЛЕВСИМВ ( A1 ; B1 ) - funksiyaning bajaradigan vazifasi, qavs ichidagi ifodada chap tomondan kerakli belgini ajratib oladi.
= ABS ( ЗНАК (ЛЕВСИМВ ( A1 ; B1 ) ) )
= ABS ( ЗНАК (ЛЕВСИМВ ( - 165.02 ; 3 ) ) )
ЛЕВСИМВ ( - 165.02 ; 3 ) - chap tomondan 3 ta belgini ajratib oladi.
ЛЕВСИМВ ( - 165.02 ; 3 ) = - 16
= ABS ( ЗНАК (- 16 ) )
ЗНАК - bu , qavs ichida manfiy son bo'lsa -1 qaytaradi, 0 da 0 qaytaradi, musbatda 1 qaytaradi, bizda -1 qaytaradi
= ABS ( - 1 ) = 1
Javob : 1
‼️74-misol va uning yechimi:
✅Savol:
MS Excelda A1 = 6 ; A2 = 5 ; A3 = 7 bo'lsa, A4 katakchaga yozilgan
= ЕСЛИ ( СЧЁТ ( А 1 : А3 ) < СЧЁТЕСЛИ ( А1 : А3 ; "> 5") ; СЦЕПИТЬ ( 20 ; 21 ) ; ПСТР ( " universitet " ; 7 ; 4 ) )
Dastur natijasini aniqlang?
✅Yechish:
Boslang'ich qiymatlarni formulaga qo'yib , Esli shart funksiyasini tekshirib ko'ramiz.
Agar rost bo'lsa СЦЕПИТЬ ( 20 ; 21 ) 👈 bajariladi, aks holda ПСТР ( " universitet " ; 7 ; 4 ) ) 👈 bajariladi.
СЧЁТ ( А 1 : А3 ) - А 1 : А3 diapozondagi bo'sh bo'lmagan katakchalar sonini sanaydi.
А 1 : А3 diapozonda 3 tasi ham band, demak СЧЁТ ( А 1 : А3 ) = 3
СЧЁТЕСЛИ ( А1 : А3 ; " > 5") - bu ham bo'sh bo'lmagan katakchalar sonini sanaydi, faqat 5 dan kattasini degan shartga asosan.
СЧЁТЕСЛИ ( А1 : А3 ; " > 5") = 2 ;
= ЕСЛИ ( СЧЁТ ( А 1 : А3 ) < СЧЁТЕСЛИ ( А1 : А3 ; " > 5")
= ЕСЛИ ( 3 < 2 ) Shart yolg'on bo'lganligi uchun ПСТР ( " universitet " ; 7 ; 4 ) ) 👈 operator bajariladi.
ПСТР ( " universitet " ; 7 ; 4 ) ) - bu berilgan matnda boshlang'ich o'rindan boshlab ( 7 ) , nechtasini ( 4 ) qirqish kerakligini bajaradi.
ПСТР ( " universitet " ; 7 ; 4 ) ) = site
Javob : site
‼️75-misol va uning yechimi:
✅Savol:
HTML da tag chiziqli va og’ma ko’rinishdagi rim sanoq sistemasini sonlarini yig’indisini toping.?
< strong > < u > VC < /u > < /strong >
< cite > < b > CDV < /cite > < /b >
< em > < u > XCVIII < /em > < /u >
< b > < i > XCV < /b > < /i >
< u > < cite > I < /u > < /cite >
< b > < u > IV < /b > < /u >
✅Yechish:
Kanalga tashlangan HTLMga oid qo'llanmaga ko'ra , berilgan Html teglari natijasi pastdagi rasmda keltirilgan
Javob : XCVIII+I=98+1=99
‼️76-misol va uning yechimi:
✅Savol:
A nuqtaning koordinatalari ( 33; 42 ) ( 8 lik sanoq sistemasida ) , B nuqtaning koordinatalari ( 15 ; 1A ) ( 16 lik sanoq sistemasida ). A va B nuqtalar orasidagi eng qisiqa masofani ikkilik sanoq sistemasida hisoblang?
✅Yechish:
A va B nuqtalarni 10 lik sanoq sistemaga o'tib olamiz.
33 ( 8 lik ) = 27 ( 10 lik )
42 ( 8 lik ) = 34 ( 10 lik )
15 ( 16 lik ) = 21 ( 10 lik )
1A ( 16 lik ) = 26 ( 10 lik )
Ikki nuqta orasidagi masofa quyidagi formula yordamida topiladi:
AB = ildiz ( ( 27 - 21 ) ^2 + ( 34 - 26 )^2) = ildiz ( 36+ 64 ) = 10
Natijani ikkilikka o'tkazamiz:
10 ( 10 lik ) = 1010 ( 2 lik )
Javob :1010
‼️77-misol va uning yechimi:
✅Savol:
45 . 25 ( 10 lik ) sonini 6 lik sanoq sistemasiga o'tkazing?
✅Yechish:
1)Butun qismini 6 ga ustun shaklida bo'lib o'tkazamiz.
2)Kasr qismini 6 ga ustun shaklida koʻpaytirib o'tkazamiz.
Butun qismini o'tkazamiz:
45|6____
42 | 7|6__
___ 6 |1
3 ___
1
Natijani teskaridan yozsak, butun qismi 113 bo'ldi.
Kasr qismini o'tkazamiz:
0.25 alohida yozib olamiz va quyidagicha tarzda 6 ga ko'paytiramiz:
0 | 25
| *
| 6
25 ni 6 ga ko'paytirsak, ikki xonali son bo'lsa , 25 ning tagida qoladi, agar undan ko'p bo'lsa, bittasi chiziqning chap tomoniga ( 0 ning tagiga o'tadi ). Bizda 25*6 = 150 ; 50 qoladi, 1 nolning tagiga o'tadi.
0 | 25
| *
| 6
1 | 50

Bu jarayon nollar hosil bo'lguncha yoki davriy bo'lguncha davom etadi.


0 | 25
| *
| 6
1 | 50
| *
| 6
3 | 00
Nollar hosil bo'ldi, shu yerda to'xtatamiz.
Nolning tagidagi sonlar yechimga qo'shiladi
Demak javob 113.13 bo'ladi
Javob :113.13
‼️78-misol va uning yechimi: ( obunachimizdan kelgan savol )
✅Savol:
Harbiy bazada 43 tank mavjud. Mashqlar paytida maxsus qurilma marrani o'tgan har bir tankning raqamini barcha tanklar uchun bir xil uzunlikdagi minimal sonli bitdan foydalanib qayd etadi. 40 ta tank marrani bosib o'tganda , qurilmaning xotirasining qancha qismi ( bayt) ishlatiladi?
✅Yechish:
43 ta tankni kodlash uchun qancha minimal bit ketishini topamiz, buning uchun 43 soni ikkining qaysi darajasiga yaqin ekanligini aniqlaymiz.
2^5 < 43 < 2^6
Demak 6 bit joy kerak
40 * 6 = 240 Bitdan baytga o'tishi uchun 8 ga bo'lamiz
240 / 8 = 30
Javob :30 bayt
‼️79-misol va uning yechimi: ( obunachimizdan kelgan savol )
✅Savol:
Sakkiz, yetti va o'n bit bilan necha xil rangni kodlash mumkin? Bu qanday amalga oshiriladi.?
✅Yechish:
Masalan :
0 - oq rang
1 - qora rangni kodi bo'lsa , kompyuter xotirasida bir bit joy bo'lsa, biz bitta nuqtani kodlashimiz mumkin ( bitta oq yoki bitta qorani qo'yish mumkin). Bir bit bilan bitta rangni kodlash mumkin.
Agar kompyuter xotirasida ikki bit bo'sh joy bo'lsa ,
00
01
10
11 Demak to'rt xil rangni kodlash mumkin.
Agar kompyuter xotirasida 3 bit bo'sh joy berilgan bo'lsa
000
001
010
011
100
101
110
111 Demak 8 xil rangni kodlash mumkin ekan. Ikkining darajalari bo'yicha davom etyapti.
8 bit bilan necha xil rangni kodlash mumkin. 2^8 darajasicha ya'ni 256 xil rangni kodlash mumkin degani
7 bit uchun:
2^7 = 128 xil rangni kodlash mumkin.
10 bit uchun :
2^10 = 1024 xil rangni kodlash mumkin.
Javob : 256 xil , 128 xil , 1024 xil
‼️80-misol va uning yechimi: ( obunachimizdan kelgan savol )
✅Savol:
Python dasturlash tilida berilgan dastur natijasini aniqlang?
def f(n):
if n < =2:
return 1
return 3 * f ( n - 1 ) - f ( n - 2 )
print f ( 8 )
✅Yechish:
n < = 2 bo'lgani uchun f (1 ) = 1; f ( 2 ) = 1
3 * f ( n - 1 ) - f ( n - 2 ) 👈 funksiyaga qo'yamiz:
f ( 3 ) = 3 * f ( 3 - 1 ) - f ( 3 - 2 ) = 3 * f ( 2 ) - f ( 1 ) = 2
f ( 4 ) = 3 * f ( 3 ) - f ( 2 ) = 6 - 1 = 5
f ( 5 ) = 3 * f ( 4 ) - f ( 3 ) = 15- 2 = 13
f ( 6 ) = 3 * f ( 5 ) - f ( 4 ) = 3*13 - 5 = 34
f ( 7 ) = 3 * f ( 6 ) - f ( 5 ) = 3*34 - 13 = 89
f ( 8 ) = 3 * f ( 7 ) - f ( 6 ) = 3*89 - 34 = 233
Javob : 233
‼️81-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Ali tomonlari 1001 ( 2 lik ) va 101 ( 2lik ) bo'lgan to'g'ri to'rtburchakli xona polini bo'yayotgan edi. Xonaning tomoni 11 ( 2 lik ) bo'lgan kvadrat qismiga bo'yoq yetmay qoldi. Ali bo'yagan joy yuzasini aniqlang?
✅Yechish:
Polning yuzini topib olamiz:
1001 * 101 = 101101
Kvadrat yuzini topamiz:
11 * 11 = 1001
Pol yuzidan kvadrat yuzini ayiramiz:
101101 - 1001 = 100100
Demak bo'yalgan soha yuzi 100100
Javob : 100100
‼️82-misol va uning yechimi:
✅Savol:
< html >
< font face="times new roman" >
< b > 2x < sup > < i > 2 < /i > < /sup > - 5x + 2 < /b > = 0 < /font > < /html >
Web sahifada tasvirlanadigan quyidagi tenglamaning ildizlari ko'paytmasini toping.?
✅Yechish:
Tenglama ko'rinishi pastdagi rasmda berilgan.
font face - shrift turi
b - qalin yozuv
sup - darajaga yozish
i - og'ma
Tenglama quyidagi ko'rinishda bo'ladi (pastdagi rasm) :
2 * x^2 - 5x +2 = 0
Tenglamaning har ikki tarafini ikkiga bo'lib, Viyet teoremasini qo'llaymiz ( matematikadagi ):
x^2 - 2.5x + 1 = 0
Viyet teoremasidan tenglama ildizlari ko'paytmasi 1 ga teng.
Javob : 1
TESTLAR VA ULARNING YECHIMLARI (MAXSUS KANAL), [13.03.2022 20:46]
‼️83-misol va uning yechimi:
✅Savol:
Faqat B , F , N , O harflari yordamida yozish mumkin bo'lgan hamma 4 ta belgidan iborat parollar ro'yxati alifbo tartibida berilgan. Ushbu ro'yxat ko'rinishi quyidagicha:
BBBB
BBBF
BBBN
BBBO
BBFB
BBFF
........
B harfi qatnashmagan birinchi parol qaysi o'rinda kelganligini aniqlang?
✅Yechish:
B - 0
F - 1
N - 2
O - 3
Demak :
BBBB - 0000
BBBF - 0001
BBBN - 0002
BBBO - 0003
BBFB - ........
BBFF
B harfi qachon takrorlanmaydi, qachonki F ga o'tganda , ya'ni FFFF bo'lganda B harfi qatnashmaydi. FFFF ( 1111 ) ning o'rnini topishimiz kerak.
0 dan 3 gacha sonlarni yozish mumkin bo'lgan sanoq sistema bu 4 lik sanoq sistemasi. Bu sonni 10 likka o'tamiz:
1111 ( 4 lik ) = 85 ( 10 lik )
Kodlash 0 dan , tartiblash 1 dan boshlangani uchun 85 ga 1 ni qo'shamiz 86 bo'ladi.
Javob : 86
‼️84-misol va uning yechimi:
✅Savol:
< table >
< tr >
< td > < ol
start="3" > < li > 1 < li > 2 < li > 3 < /td >
< td > < ol type="A"
start="2" > < li > 2 < li > 3 < li > 4 < /td >
< td > < ol type="i"
start="3" > < li > 4 < li > 5 < li > 6 < /td >
< /tr >
< tr >
< td > < ol
start="4" > < li value ="4" > 7 < li > 8 < li > 9 < /td >
< td > < ol type="a"
start="2" > < li > 10 < li > 11 < li > 12 < /td >
< td > < ol type="I" >
< li > 5 < li type ="13" > 14 < li > 15 < /td >
< /tr >
< /table >
Yuqorida Html kod berilgan.Jadvaldagi bosma rim raqamlari bilan nomerlangan sonlar yig'indisini toping?
✅Yechish:
tr - satrlar
td - ustunlar
li - jadval elementi
ol - tartiblangan ro'yxat
start = " 3 " - ro'yxat elementi 3 dan boshlab raqamlanishini bildiradi.
ol type = " A " - ro'yxat elementi bosma harflar bilan belgilanishini bildiradi. Agar uning oldida start = " 2 " joylashsa, ro'yxat elementi alifboning ikkinchi harfi bilan boshlanadi ya'ni B bilan
ol type = " i " - ro'yxat elementi yozma rim raqamlari bilan belgilanishini bildiradi. Yuqoridagi qoida bunga ham amal qiladi.
ol type = " I " - ro'yxat elementi bosma rim raqamlari bilan belgilanishini bildiradi. Yuqoridagi qoida bunga ham amal qiladi.
Bosma rim raqamlari bilan boshlangan jadvalda ( pastdagi rasmga qarang ) 5 , 14 , 15 soni joylashgan
Ularning yig'indisi 34
Javob : 34
‼️85-misol va uning yechimi:
✅Savol:
print (0 & -15) Dastur natijasini belgilang.?
✅Yechish:
Bilamizki & - mantiqiy ko'paytirish amali.
0 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz = 0
-15 ni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazib olamiz. Buning uchun inkor formulasidan foydalanamiz.
not ( - 15 ) = - ( -15 + 1 ) = 14
Endi 14 ni ikkilikka o'tkazamiz.
14 (10 lik ) = 1110
Rostlik jadvaliga asosan ko'paytiramiz ( mantiqiy ko'paytiramiz ) :
1110 * 0000 = 0000 (rostlik jadvaliga asosan, ko'paytirish emas, mantiqiy ko'paytirish amali ishlatildi). Natijani (0ni) yana 10likka o'tkazamiz.
Javob : 0
Download 47,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish