Sprinklerlar asosan yong`in xavfi yuqori bo`lgan korxonalarga o`rnatiladi. Sprinkler qurilmalari o`rnatiladigan xonalarga bosim ostida suv o`tkazuvchi quvurlar o`tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o`rnatiladi.
Yong`in sodir bo`lganda,issiqlik ta`sirida sprinkler ishga tushadi,ya`ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi va har bir sprinkler boshchasi 6–9 m2 maydonga suv sachratib,o`t o`chirishni ta`minlaydi.
Bunday qurilmalar o`rnatilgan korxonalarda sodir bo`lgan yong`inlarning 90% shu qurilmalar o`t o`chiruvchilari kelgunga qadar o`chirishga ulgurgani aniqlangan.
Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda drencher qurilmalaridan ham keng foydalaniladi. Drencher qurilmalarining sprinklerdan farqi shuki, unda engil eruvchan qulfli qurilma o`rnatilmaydi va ularni ishlatish asosan suv o`tkazish kranlarini ochish yo`li bilan amalga oshiriladi.
4-rasm.Suv tarqatgichlar drencher:a-drencher OVD;b-prinkler OVS;1-ulovchi uskuna; 2,4- ushlovchi richaglar; 3- eruvchi qulf; 5- suv sachragich; 6-klapan;
Do'stlaringiz bilan baham: |