Amaliy mashg`ulot№1. Mavzu: Ishlab chiqarishda ish kuni xronometraji,mehnatning og`irligi va keskinligi(zo`riqish) ni baholashni o`rganish


Ko'pikni xilma-xil qurilmalarda hosil qilish mumkin



Download 3,3 Mb.
bet165/170
Sana10.07.2022
Hajmi3,3 Mb.
#771868
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170
Bog'liq
AMALIY MASHG

Ko'pikni xilma-xil qurilmalarda hosil qilish mumkin: bular doimiy o'rnatilgan, ko'chirib yurish mumkin bo'lgan yoki harakat-lanuvchi qurilmalar va qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlardir.Qo'lda ishlatiladigan ko'pikli o't o'chirgichlar juda keng tarqalgan.Bunga sabab o't o'chiruvchi moddani xohlagan vaqtda ishlatish mumkin.Uni bir odam bir necha sekund davomida ishga tayyorlashi va oson ishlatishi mumkin.Bundan tashqari,undan ajralib chiqadigan ko'piksimon modda oqim sifatida anchagina bosim yordamida(6-8)bir necha metr masofadagi yonayotgan zonaga(6-8 m)yo'naltirilishi mumkin.
Yonayotgan xonaga kiritiladi,SO bilan o'chirganda uning zaharliligini hisobiga olish kerak,uning hattoki 10 foiz miqdorida nafas olish,o'limga olib keladi. Shuning uchun undan foydalanganda maxsus signal tizimlari bo'lishi kerak.Shuni aytib o'tish kerakki,1 1 suyultirilgan karbonat kislotasi 506 1 gazga aylanadi.
Karbonat kislotalar yordamida o'chirish
Sanoat korxonalarida faqat qattiq yoki suyuq moddalargina emas,balki elektr qurilmalari, stanoklar va boshqalar ham yonib ketishi mumkin.
Ma'lumki,yuqorida aytib o'tilgan o't o'chirish vositaiarini qo'llash,ya'ni ko'pik yoki suv yordamida o'chirish,ular elektr tokini yaxshi olkazganligi tufayli ularni elektr qurilmalarini uchirishsa,mutlaqo ishlatib bo'lmaydi.
Chunki bunda o't o'chiruvchining elektr toki ta'siriga tushib qolish xavfi bor. Shiming uchun bunday hollarda karbonat kislotalaridan foydalaniladi.Ma'lumki,karbonat kislotalari(ya'ni SO,)bilan o'chirishning ikki xil usuli qo'llaniladi.Birinchisida SO2 to'ldirilgan ballonlar yonayotgan xonaga kiritiladi.SO2 bilan o'chirganda uning zaharliligini hisobga olish kerak,uning hattoki 10 foiz miqdorida nafas olish,o'limga olib keladi.Shuning uchun undan foydalanganda maxsus signal tizimlari bo'lishi kerak.Shuniaytib o'tish kerakki 1 1 suyultirilgan karbonat kislotasi 506 1 gazga aylanadi.Ikkinchisi usulda SO2 o't o'chirgichlarga to'ldiriladi. Bunday o't o'chirgichlarning OU-2, OU-5, OU-8 turlari keng qo'llaniladi.Bu o't o'chirgichlarni ishlatishda uning yuqori qismiga o'rnatilgan ventil burab ochiladi.O't o'chirgichga to'ldirilgan su-yultlrilgan SO2 bosim ostida uning ichki tomonidan siqib chiqarila boshlaydi.Suyultirilgan SO2 nihoyatda tezlik bilan bug'lanishi hi-sobiga qorsimon massaga aylanadi.Nihoyatda sovuq bo'lganligi uchun elektr qurilmasiga yo'naltirilgan taqdirda uni o'rab sovutadi (uning sovuqligi-81°C atrofida bo'ladi)va havo o'tkazmaganligi sababli o'chirishga erishiladi.Bu o't o'chirgichlarning son ko'rsatkichlari uning hajmini bildiradi.2,5,8 litr hajmga ega bo'lgan karbon kislotali o't o'chirgichlarning umumiy ko'rinishi.
Sanoatda karbonat kislotali,zambilg'altaklarga o'rnatilgan 25,50 va undan katta hajmdagi turlari ham mavjud.Bundan tashqari tarkibiga galogenlar qo'shilgan o't o'chiigichlardan ham keng foydalaniladi.Asosiy xususiyati shuki, ular kimyoviy reaksiyani to'xtatishi mumkin. Maxsus kimyoviy vositalar yordamida o'chirish
Yonuvchi metallarni o'chirish juda mushkul ish.Bunday yonuvchi metallar qatoriga kaliy,natriy,litiy,sirkoniy,magniy va boshqalarni kiritish mumkin.SC>2 magniyning yonishini tezlashtirib yuboradi.Yonayotgan metallga suv sepib o'chirmoqchi bo'lsangiz,unda portlash ro'y berib, metall parchalari ancha uzoq masofalarga tarqalib,yonish zonasini kengaytirib yuboradi.Hattoki,qumq qum ham yonayotgan metall ta'siriga tushib qolishi va qumning parchalanishi kuzatiladi.Bunda sof kremniy birikmalari hosil boladi. Kremniy namlikni o'ziga tortib,reaksiyaga kirishadi, natijada yonuvchi va zaharli kremniy oksidi hosil bo'ladi.Shuning uchun bunday metallarni o'chirishda maxsus kimyoviy kukunlardan foydalaniladi.Asosan kukunsimon grafit, Na2CO3,MgCO3,MgO2 va ulaming aralashmalari,shuningdek, suyultirilgan inert gazlardan foydalanish mumkin. Avtomatik o't o'chirish vositalari
Avtomatik o't o'chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi.Sprinklerlar asosan yong'in xavfi yuqori bo'lgan sanoat korxonalariga o'rnatiladi. Mashinasozlik korxonalari yong'inga uncha xavfli bolmaganligi sababli,unga sprinkler qurilmalari o'rnatilmaydi.Sprinkler qurilmalari o'rnatiladigan xonalarga yoki sexlarga bosim ostida suv o'tkazuvchi quvurlar o'tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o'rnatiladi.Mabodo yong'in sodir bo'lsa,issiqlik ta'sirida sprinkler ishga tushadi, ya'ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi. Uning suv chiqarish teshigidan ma'lum masofada o'rnatilgan doira shaklidagi to'siq suvni keng ko'lamda sachrashini ta'minlaydi; Har bir sprinkler boshchasi 6-9 m2 maydonga suv sachratib, o't o'chirishni ta'minlaydi.Bunday qurilmalar o'rnatilgan korxonalarda sodir bo'lgan yong'inlarning 90 foizi shu qurilmalar o't o’chirish komandalari kelgunda qadar o'chirishga ulgurgani aniqlangan.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish